O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Ta’limni insonparvarlashtirish



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə20/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Ta’limni insonparvarlashtirish – bu insonga ta’lim berishda ularga nafaqat bilim berish, kasb – hunarni egallashni o’rgatish, balki yaxshilikni sevishni, insoniylik amaliyotini ham o’rgatish, ya’ni insoniylik sifatlarini namoyon etish qobiliyatlarini hosil qilishga ko’maklashish jarayonidir.
Demak, inson mohiyatidagi ezgulikni to’la namoyon eta olish uchun jamiyatda shart – sharoit va imkoniyat yaratishi muhimdir. Shu ma’noda ta’limning maqsadi ta’lim oluvchilarni insoniyatning eng ezgu sifatlari, madaniy – ma’rifiy meroslari bilan tanishtirishdir. Bunda ular faoliyat ko’rsatayotgan jamiyat tuzilmalari va qadriyatlari o’ta muhimdir. Binobarin insonda insoniylik sifatlarini shakllantirmoqchi bo’lgan jamiyat o’z – o’zini sog’lomlashtirish va umuminsoniy qadriyatlarga tayanib ish ko’rish kerak.
Qadimgi donishmandlarning “O’zingni angla!” – degan o’lmas hikmati bizgacha yetib kelgan. Bu ajoyib durdona fikrdan qanchadan – qancha ma’no bor. Ayni paytda u barcha narsalarning o’lchovi va tabiati haqidagi fan kalitidir (ochqichidir). Demak, inson o’z – o’zini o’rganmasdan va anglamasdan turib insoniylasha olmaydi. O’z – o’zini anglash insonning o’zida insoniy sifatlarni barqarorlashtirishga yordam beradi. Ziyolilik ham, ijodkorlik ham insoniylik o’lchovi emas. Ammo insoniylashishni ham ijodiy, ham amaliy faoliyat tarzida qaramoq kerak.
Ta’lim berish faoliyati shubhasiz, insonning ma’naviy hayoti bilan chambarchas bog’liqdir. U doimo aqliy va ongli faoliyatni taqozo etadi. Ta’limdagi barcha ishlar, eng avvalo, inson ongini rivojlantirishga yo’naltiriladi. Ammo bu boradagi faoliyatda izchil fikr yuritish, rejali ishlarni amalga oshirish, haqiqatni anglash asosidagina samarali natijalarga erishadi. Zero pedagogik jarayon doimiy fikrlash va ijod qilish jarayonidir.
Demak, ta’limni insonparvarlashtirish muammosi ta’lim oluvchilar ongini, tafakkurini, eng muhimi ma’naviyatini shakllantirish va rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Insonparvarlik muammosiga ilmiy – nazariy, metodologik, didaktik nuqtai – nazardan yondashilsa bu sohadagi ilmiy tadqiqot ishini olib borish uchun shubhasiz dolzarb mavzudir.
Pedagogik faoliyatdagi ushbu yo’nalish (soha, tarmoq) ta’lim oluvchiga majburiy tarzda bilimlarni berish emas, balki ularda ilmiy bilimlarni ijodiy o’zlashtirishga nisbatan ichki ehtiyoj, havas, qiziqish, intilish va rag’batni yuzaga keltirish lozim. Bu jarayonda yana bir omillardan biri ta’lim oluvchilarning erkin harakat qilishi va mustaqil faoliyat yuritishiga sharoit yaratish. Shunda ularni ijodkorlikka, yangilikka, intiluvchanlikka undash mumkin va eng asosiysi ularning ta’lim jarayonidagi xilma – xil fikrlarini erkin ifodalay olishlik qobiliyatlari o’sadi va hattoki natijada kutilmagan g’oyalarni (fikrlarni) ilgari surish holatlari ham uchrashi mumkin.
Shu sababli ham ta’limni insonparvarlashtirishda quyidagilarga e’tibor berilsa, ushbu sohada olib boriladigan faoliyati samaraliroq bo’ladi:

  • ta’lim berishda ta’lim oluvchi o’z huquqlarini bilishligini baholash va lozim topilganda ularni ta’kidlab qo’yish. Bunda ta’lim oluvchi instellektual salohiyatini yuksaltirishda unga suyanishni ongli ravishda tushunmog’i lozim;

  • ta’lim jarayonini ta’lim oluvchining bilim olish imkoniyatlarini va qobiliyatlarini e’tiborga olgan holda yuritish. Bunda zo’riqishga yo’l qo’yish katta xato bo’ladi va ta’lim oluvchi ushbu ta’lim sohasiga salbiy holatdagi munosabatda bo’lishiga olib keladi;

  • ta’lim jarayonida ta’lim oluvchining aqliy, jismoniy hamda ma’naviy dunyoqarashini namoyon etishga imkoniyat yaratish kerak va ular ta’lim jarayonida sog’lom muhit yaratishga muntazam ravishda qayg’urish lozim;

  • ta’lim jarayonida ta’limning faol usullari to’g’risida keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borish hamda ta’lim jarayonida o’qituvchi va ta’lim oluvchining teng munosabatda bo’lish jarayonlarini ta’minlovchi ta’lim turlaridan foydalanish orqali ularni ijodkorlik sari yetaklash;

  • Ozod va obod Vatan, Erkin va farovon Hayot qurishdek buyuk vazifani bajarishda faol qatnashuvchi barkamol avlodni tarbyuiyalashni erkinlashtirishning barcha tamoyillariga amal qilish va ilg’or metodlardan samarali foydalanish, shuningdek, ilm – fan va texnika – texnologiyalarning eng so’ngi yutuqlari asosida yangi axborot va pedagogik texnologiyalarni ishlab chiqish va joriy etishga erishish.


  1. Yüklə 1,07 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə