O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə17/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Tayanch tushunchalar: ta’lim turlari va shakllari tavsifi,ta’limni tashkil etishning ma’ruza-seminar tizimi.


1. Maxsus fanlarni o‘qitish mazmunini belgilashda sohaga yo‘nalganlik.
Ta’limning quyidagi qonuniyatlari mavjud: tarbiyalovchining tarbiya qonuni; har qanday ta’lim faqat o’qitilayotgan, o’qiyotgan va o’rganayotgan ob’ektning ma’lum bir maqsadga o’zaro ta’siri yordamida amalga oshiriladi; ta’lim faqatgina ta’lim beruvchining faoliyatiga va o’y – fikirlariga muvofiq ravishda ta’lim oluvchilarning faol faoliyatlari davomida yuz beradi; o’quv jarayoni ta’lim beruvchi hamda ta’lim oluvchining maqsadlariga muvofiq kelgan holda yuz beradi; alohida bir shaxsni u yoki bu faoliyati o’rganishga yo’llash uni ushbu faoliyatga jalb etish orqali erishiladi; ta’limning maqsadi, bilim olishning mazmuni va ta’lim metodlari orasida doimiy bog’liqlik mavjud bo’ladi; ta’limning maqsadi ta’lim mazmunini va metodini belgilab beradi.
Ta’lim jarayoni bilan ijtimoiy tizimlar va shart – sharoitlar orasidagi qonuniy aloqalarni o’rganish imkoniyatini beradigan tizimli – tarkibiy tuzilish bizga ta’lim qonuniyatlarini o’rganish uchun yetakchi metodologik manba, asos deb hisoblaymiz. Keyin esa ta’lim tarkibiga kiradigan o’qitish va o’rganish jarayonlari orasidagi aloqalari, eng oxirida esa o’quv jarayonining vazifalari, mazmuni qaraladi.
Ta’lim qonuniyatlari tarkibiy qism sifatida ta’lim jarayoniga kiradigan, uning qonuniyatlaridan kelib chiqadigan yaxlit pedagogik jarayon bilan keng ijtimoiy – iqtisodiy jarayonlarning o’zaro aloqalarini tahlil etishdan kelib chiqadi.
Ta’lim jarayonining tarkibiy qismlari: maqsadlilik, rag’batantiruvchi – izohli, mazmuniy, operatsion faoliyatlari (ta’limning metodlari, shakllari) nazorat, to’g’irlov, baho, natijaviy baholardan iboratdir. Ta’lim jarayoninig tarkibiy qismlari pedagoglar va o’qitilayotganlarning o’z oldiga maqsad tanlash, maqsad qo’yishdan tortib, ularning amalga oshirilib haqqoniy natijalar keltirilishiga qadar bo’lgan hamjihatliklarning rivojlanishini aks ettiradi. Shu bilan birga, ta’lim jarayonining ushbu tarkibiy qismlari pedagoglar va ta’lim oluvchilarning ma’lum darajada belgilangan davriy hamjihatliklarini nazarda tutish lozim.



Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə