O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg’unligi tamoyili



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə19/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

3. Ta’lim va tarbiya mazmunining uyg’unligi tamoyili – bu kishilarga bilim va tarbiya berish jarayonidan iborat bo’lib, bunda egallangan bilim va ko’nikmalarni hayotga qo’llay olishga o’rgatiladi, hayotda ta’lim oluvchilarning ham intellektual, ham ma’naviy jihatdan uyg’unlikda rivojlanishi ta’minlanadi.
Yaxlit ta’lim - tarbiya jarayonida ikkala o’zaro bog’liq juftlik, ya’ni bilim berish va tarbiyaviy ko’nikmalarni shakllantirish hamda shakllangan ta’limiy – tarbiyaviy bilimlar va ko’nikmalar bo’yicha faoliyat ko’rsatishga o’rgatish, ob’ektiv borliqdagi qonuniyatlarni o’rganish va uning amaliy munosabatlarini tarkib toptirishda namoyon bo’ladi. Shu sababli ta’lim oluvchilarga bilim berishda egallangan bilimni amalda ishlatishga o’rgatish bilan birga ta’lim tarbiyalovchi ham bo’lishi kerak.
4. O’quv materialini to’g’ri tanlash.
Bunda ta’lim mazmuniga oid quyidagi jihatlarga e’tibor beriladi: o’quv materialini tanlashda mashg’ulotning maqsadi, ta’lim oluvchilarning oldingi mashg’ulotlarda olgan bilim va malakalariga; fan asoslariga oid bilimlarga; ta’lim oluvchilarning jismoniy rivojlanganligiga va shu kabilarga. O’quv materiali mazmuni ta’lim oluvchilarning oldingi tajribalari va fan asoslari bo’yicha olgan bilimlariga hamda mashg’ulotning maqsadiga muvofiq holda tanlanadi.
5. Ta’lim mazmunining ko’rgazmalilik tamoyili – bu ta’lim vositalaridan foydalanishning didaktik tamoyilidir. Shu sababli o’rganilayotgan tushunchalarning mazmunini ochib berishga oid manbalar (pedagogik hodisa va jarayonlar) ajratib olinib o’rganiladi va o’rgatiladi. Ajratib olingan manbalarning ko’rgazmaliligini kuchaytirish uchun turli kodlash usullari (rangli, raqamli, harfli va shu kabilar) qo’llaniladi. Manbalarni o’qitish jarayonida ular bilan ishlash uslublaridan asosiylari kuzatish va tajriba o’tkazish hisoblanadi.
6. Ta’limni demokratlashtirish va insonparvarlashtirishning mazmun – mohiyati.
Ta’limni demokratlashtirish
Demokratiya (demos – xalq va kratos – hokimiyat, xalq hokimiyati ma’nosini anglatadi). Har qanday davrning, har qanday jamiyatning va har qanday xalqning o’ziga xos demokratsiyasi bo’ladi. Ya’ni, demokratik tamoyillarni belgilashda, jamiyatning ob’ektiv va sub’ektiv shart – sharoitlari asosida shakllangan, xalqning, millatning ijtimoiy ongi va psixologiyasini xal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Demak, demokratiya insoniyatning madaniyati, ma’naviyati, ijtimoiy ongi, mentaliteti, idroki, bilim doirasi, ishbilarmonlik qobiliyati, uning jamiyatda erkin yashashi va mehnat qilish ko’nikmasi bilan birgalikda shakllanib, rivojlanib boradigan tabiiy tarixiy jarayondir.
Demokratlashtirish – oliy o’quv yurtini boshqarishdan tortib, butun ichki tuzilishi va faoliyatini o’z ichiga oladi. U har qanday buyruqbozlikdan, ayrim shaxs va jamiyat a’zolarining shaxsiy fikrlaridan xolos etadi, o’zaro bir – birini to’g’ri tushunish, ishonch va do’stona xamkorlik asosida milliy, ma’naviy ijodiy erkinlik berish, o’quv – tarbiya ishining shakllari, uslublarini yaxshilash uning mohiyatini tashkil etadi.
Demokratlashtirilgan tarbiyaga tayangan o’qituvchining faoliyat doirasi kengayadi. oliy o’quv yurtlari, oila va jamoatchilikning hamkorlik qilish o’quv tarbiya ishining mazmunini boyitadi va ta’lim – tarbiya borasida bir – birini to’ldirib boradi. Bunda ayniqsa, dars jarayonini demokratlashtirish zarur.
Pedagog o’z faoliyatini talabalar faolligini oshirishga, ularning o’quv – tarbiya ishlarini hal qilishga qaratadi, ya’ni guruh jamoasiga tayanib ish ko’radi. Umuman olganda darsda va darsdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarni demokratik usulda tashkil etish o’quvchilarni ijodiy fikrlashga, har bir ishda faol ishtirok etish hamda tashabbus ko’rsatishga, guruh jamoasi ishiga astoydil yondashishga o’rgatib, ta’lim – tarbiya ishining samaradorligini oshiradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə