O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə40/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Birinchidan, O’zbekiston Respbulikasining “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” ta’limni demokratik va insonparvarlik tamoyillari asosida rivojlantirishni nazarda tutadi. Besh balli baholash tizimi qattiqqo’llikni. Ta’lim beruvchining mustabidligi hamda uning ta’lim jarayonida yakka hukmronligini ta’minlashga xizmat qilib kelgan.
Demak, ushbu jarayonda talab va amaldagi holat bir – biriga muvofiq kelmaydi.
Ikkinchidan, baholash mezoni ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi o’rtasida ixtiloflarni keltirib chiqarishga emas, aksincha, o’zaro faol hamkorlik, bir – birini tushuna olishlari uchun xizmat qilishi lozim.
Uchinchidan, baholash mezoni faqatgina ta’lim oluvchilar tomonidan bilim, ko’nikma va malakalarning o’zlashtirilish darajasini nazorat qilish uchungina emas, balki ta’limni tashxis etishning faol ko’makchisiga aylanishi zarur.
Baholashning besh balli tizimi birdan beshgacha farqlanuvchi dastlabki baholar qo’yish tartibini bildirib, mohiyati esa baholarning o’rtasidan kelib chiqqan holda choraklik (yillik) o’zlashtirish natijalarini aniqlash tartibidan iborat.
Masalan, ta’lim oluvchi biror o’quv fanidan uchta nazorat ishini 3, 4 va 5 ga bajargan, joriy nazorat bo’yicha ham shunday natijalarni qayt etgan bo’lsa, unga chorak uchun “4” baho qo’yiladi.Bu esa joriy, oraliq va yakuniy nazorat paytida yaxshi tayyorgarlik ko’rgan ta’lim oluvchining ijobiy baholanishi o’rniga, oldingi mavzulardan “5” bahoga berilgan javoblarining mutlaqo inobatga olmasligiga sabab bo’ladi.
Savol va topshiriqlar:
1. Talabalar bilimini nazorat qilishning tarbiyaviy ahamiyati.
2. Nazorat qilish turlari.
3. Talabalar bilimlarini reyting nazorati.
4. Test va uning imkoniyatlari.
5. Testlarni turlari.
6. Talabalarni bilimini nazorat qilish va baholashda o’qituvchiga qo’yiladigan talabalar.
MAVZUNI MUSTAHKAMLAShGA OID SEMINAR TOPShIRIQLAR.
1. Ta’lim jarayonlarini tekshirishning baholash jarayonlariga ta’siri haqidagi seminar ta’limiy faoliyatlardan misollar keltiring va ular orasidagi uyg’unlikka e’tibor berishning ta’limiy afzalliklaridan sanab bering.
2. Ta’lim natijalarini nazorat qilish vositalarini sanab bering va ulardan amaliyotda foydalanish bo’yicha referat tayyorlang.
3. Nazorat funktsiyalarini sanab bering va ulardan amaliyotda foydalanish bo’yicha tavsiyanomalar tayyorlang.
4. Didaktik testlarning ta’lim jarayonidagi ahamiyati haqida referat tayyorlang.
5. Me’yoriy va mezonli testlarning qo’llanilish sohalari to’g’risida referat tayyorlang.
6. Standartlashtirilgan testlarning mazmun – mohiyati bo’yicha referat tayyorlang.
7. Testlashtirishning diagnostik darajasi bo’yicha berilgan testdan ko’zlangan maqsad haqida referat tayyorlang.
8. Testlashtirishni tashkil etish usullari haqidagi ma’lumotlarni to’plab, tahlil qilib ko’ring.
9. Nazorat va tekshirishdagi umumiylik va xususiylik haqida referat tayyorlang.
10. Baholash mezonlari va tamoyillarining ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishdagi ahamiyati haqida referat yozing.


1-Ilova

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə