O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə36/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Tayanch tushunchalar: Ta’lim olganlikni tashxis etishning mohiyati. O’quv jarayonida nazorat va hisobga olish funktsiyalari. Ta’lim olganlikni natijalarini tekshirish va baholash tamoyillari.
1. Maxsus fanlarni o‘qitish jarayonida talabalar bilim, ko’nikma va malakalar tizimini baholashning o‘ziga xosligi.. Bo’lajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlashda ta’lim oluvchilarning bilimlarini nazorat qilish o’ta muhimdir. To’g’ri tashkil etilgan ta’lim jarayonida egallanishi lozim bo’lgan nazariy materiallar bo’yicha olinayotgan bilimlarni yanada mukammallashtirish va eng asosiysi ta’lim oluvchilarning intellektual salohiyatlarini yuksaltirish uchun turli vositalarni tanlash imkonini beradi.
Ta’lim natijalarini nazorat qilish vositalari – o’rganilayotgan fan (mavzu) bo’yicha shakllantirilgan ma’lumotlar bazasi (bilimlar banki)dan ta’lim beruvchi tomonidan tayyorlangan (tuzilgan) topshiriqlar, savollar, test – savollari va shu kabilar va ulardan foydalanish vositalari. Bunday jarayonlarda natijalarni o’zlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Reyting tizimi to’g’risidagi «Nizom»da «Talabalar bilimini reyting orqali baholashdan maqsad talabalarda o’qitilayotgan fanlarni chuqur egallash, topshiriqlarga ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o’z bilimini mustaqil ravishda oshirishga intilish hamda adabiyotlardan keng foydalanish kabi xususiyatlarni rivojlantirish ushbu tarika raqobatbardosh mutaxassislarni tayyorlashga erishish», - deb ta’kidlanadi.
Yuqorida keltirilgan hujjatdagi asosiy maqsaddan qator vazifalar va talablar kelib chiqadi.
Ta’lim-tarbiyaning tarkibiy qismlari o’zaro bog’liq va aloqador bo’lib, pedagogik jarayon hisoblanadi. Bu jarayonning samaradorligi ko’p jihatdan tashkil etilgan tarbiya vositalari tizimiga bog’liqdir. Bu vositalar butun tarbiyaviy ish tizimining tarkibiy qismi deb qaralgandagina o’z ahamiyatini yo’qotmaydi va tarbiyaning umumiy vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishga yordam beradi.
Hisobga olish, tekshirish va bilimni nazorat qilish hamda baholash, o’qitish jaraynida muhim rol yo’naydi. Jumladan, talabalar bilimini haqiqiy aniq va adolatli baholash hamda natijalarni ularga muntazam ravishda ma’lum qilib borish katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi.
Maskur «Nizom» talablari, asosan, talabalarni uzluksiz o’z ustilarida faol ishlashlarini, har bir sohada mustaqil va ijodiy yondashishni, fan asoslarini puxta o’zlashtirish uchun mas’uliyat sezishlarini hamda mustaqil ishlash ko’nikmalarini keng rivojlantirishni talab etadi.
Talabalar bilimini nazorat qalish va baholashni to’g’ri yo’lga quyish, ularda o’tilgan fanlarga nisbatan ijodiy yondashish, mustaqil fikrlash, o’z bilimni doimiy ravishda oshirish, adabiyotlardan keng foydalanishni yo’lga quyish demakdir. Shu bilan birga o’qituvchi va talaba o’rtasidagi uzviy bog’lanishni yuzaga keltiradi, yana o’qitishning o’zaro aloqador ikki vositasini yuzaga keltiradi. Yana o’qitishning o’zaro aloqador ikki vositasi o’qituvchining faoliyati va talabaning mehnatga ongli munosabatini uzluksiz jarayon sifatida doimiy bo’lib turishini ta’minlaydi.
Bunda professor-o’qituvchilarning ma’ruza va seminar mashg’ulotlarga puxta tayyorgarlik ko’rishi, baholashga doir me’yor va mezonlarni, savolnomalar, test savollari va turli boshqotirmalar hamda tayanch tushunchalarini tuzishdagi mas’uliyat yondoshish va tinimsiz mehnati yotadi. Talaba bilimini baholash muhim vositalaridan biri bo’lib, asosan, talabalarningn xulqi o’zgarishi va tarbiyaviy ta’siri kuchayganligida namoyon bo’ladi.
O’qituvchining talaba bilimini nazorat qilish va baho qo’yish (ballash) jarayonidagi xatti-harakati ulardagi haqiqiy bilim va ko’nikmalarni aniqlashga imkon beradi, ularni ortiqcha tashvishlaridan, oxirida «o’tmay qolish» qo’rquvidan xalos etadi. O’zidagi iqtidor va imkoniyatga ishonch hosil qilgan talaba yanada fan asoslarini chuqurroq egallashga harakat qiladi, o’qituvchi bilan bahs-munozaraga kirishadi, o’zlariga ham nisbatan talabchan bo’lishga odatlantiradi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə