O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Maxsus fanlardan kurs ishi kurs ishiga ilmiy rahbarlikni tashkil etish va kurs ishlarini tayyorlash metodikasi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə34/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Maxsus fanlardan kurs ishi kurs ishiga ilmiy rahbarlikni tashkil etish va kurs ishlarini tayyorlash metodikasi. Kurs ishiga yuqori talab qo’yiladi va kafedrada ilmiy rahbar tanlanadi. Kurs ishi mavzusi faqat darslik doirasidagina emas, balki qo’shimcha adabiyotlar, gazeta, jurnal maqolalaridan foydalanib yoziladi. Kurs ishida ilmiy izlanish elementlari bo’lishi lozim. Ish reja asosida yoziladi va kirish, asosiy qism, yaoni yoritiladigan masalalar va xulosadan iborat bo’ladi. Kurs ishi rasmiy qabul qilingan shaklda bo’lishi kerak. Agar biror muallifning fikri mavzuni yoritishda alohida ahamiyatga ega bo’lsa, shunday ko’chiriladi va qo’shtirnoq ichiga olinib, izoh beriladi, nomerlanadi va manba ko’rsatiladi. Unda havola qilingan muallifning ismi-sharifi, asar nomi, nashriyot, nashr qilingan yili ko’rsatiladi.
Reja qaysi adabiyotlar bilan ishlashni aniqlashtiradi. Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning ahamiyati, ilmiy-amaliy ahamiyati, tadqiqot metodlari, ilmiy farazi, yangiligi asoslanadi. Ushbu mavzu oldin qaysi adabiyotlarda qanday yoritilganligi ko’rsatiladi, malakaviy ishidan qo’yilgan maqsad va vazifalar yoritiladi. Xulosa qismida ishning bajarilishida o’rganilgan adabiyotlar, ishning natijasi, tajriba yakunlari, umumiy xulosalar keltiriladi. Kurs ishida ko’tarilgan masalalar bo’yicha matndan kelib chiqib bildirilgan xulosalar ishning qadr-qimmatini oshiradi. Talabaning mavzuni chuqur bilishidan, yaxshi bilimga ega ekanligidan dalolat beradi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatida o’rganilgan barcha adabiyotlar ro’yxati keltiriladi. Gazeta, jurnal maqolalari, monografiya, to’plam, muallifning ismi-sharifi to’liq yoziladi, maqola va boshqalar to’liq keltiriladi, nashriyot va yili ko’rsatiladi.
Kurs ishi yozishda Respublika oliy majlisi tomonidan qabul qilingan qonunlar, meoyoriy hujjatlar, Prezidentimiz asarlari diqqat bilan o’rganiladi.
Mustaqil bajariladigan ishlardan biri – referat. Referat biror ilmiy asar, o’qilgan kitob kabilarning qisqacha mazmuni, adabiyotlar obzorini o’z ichiga oladi. Referat odatda ilmiy axborot vazifasini o’taydi. Unda muayyan mavzu yoritilishi bilan birga, tegishli ilmiy nazariyalar, xulosalar yoritilishi va tanqid qilinishi mumkin. Talabalarning seminar mashulotlariga tayyorlab keladigan maxsus axborotlari ham referat deyiladi.
Mustaqil ishlardan yana bir turi – doklad. Dokladni adabiyotlarni o’rganib, tanlangan mavzuga chuqur yondashib, o’z kuzatishlarini ham bayon qilgan holda tayyorlash kerak. Doklad tayyorlashda talaba adabiyotlar bilan ishlash, turli manbalardan olgan materiallarni umumlashtirish, o’z fikrini yozma bayon qilishni o’rganadi. Kelgusida ham murakkab ishlarni bajarishga, malakali auditoriyada fikrlarini bayon qilishga o’rganadi.
Referat, doklad tayyorlash uchun talaba fanning nazariy asoslarini puxta o’zlashtirishi kerak. Tanlab olgan mavzuni yoritish uchun 3, 4 savol qo’yiladi, kirish va xulosalardan iborat bo’ladi. Masala bo’yicha turlicha qarashlar, fikrlar bayon qilinadi. Talaba ularga o’z nuqtai nazarini bildiradi.
Aqliy mehnat qilib charchash, yaqqol bilinmasada, miya toliqadi. Surunkali aqlan charchash soliqqa yomon tahsir qiladi. Shuning uchun charchaganda dam olish kerak. har bir talaba dam olish tartibini o’zi belgilaydi. Psixolog olimlarning fikricha, darslardan keyin kamida 3 soat dam olish, boshqa yumushlar bilan shuullanish kerak. Adabiyotlar bilan ishlaganda, dars tayyorlaganda har bir yarim soatdan 10-15 minut dam olish maslahat beriladi. Yaxshi dam olish shakllari ochiq havoda bo’lish, qo’shiq tinglash va mavzu to’risida o’ylamaslik.
Bitiruv malakaviy ishlari bajarish talablari, tashkiliy va ilmiy-metodik ta’minoti, maxsus fanlardan o‘quv va malakaviy pedagogik amaliyotni, maslahat soatlarini tashkil etish va otkazish metodikasi. Bitiruv-malakaviy ish talabaning mutaxassis sifatida o’qishning yakuniy bosqichidagi ilmiy ishlari turlaridan biridir. U mustaqil ilmiy tadqiqot ishi bo’lib, talabaga universitetda o’quv jarayonida olgan bilimlari hamda kasbiy tayyorgarligini amalga oshirish uchun imkon beradi.
Malaka ishining bosh maqsadi – talabaning mutaxassislik fanlari sohasidagi muammolardan biriga oid ilmiy faoliyatini namoyon etishdir. Talabaning bunday faoliyati bo’lusi mutaxassisga umumkasbiy o’quv fanlari va maxsus tayyorgarlik bo’yicha olgan bilimlari, shuningdek u yoki bu amaliy hamda nazariy masala yuzasidan olgan ish tajribasini kompleks amalga oshirish uchun imkon beradi.
Boshlovchi tadqiqotchi muammoni va tadqiqot mavzusini tanlash borasida quyidagilarda eotibor qaratishi lozim:
1. Dastlab qaysi yo’nalish sizga koproq yoqayapti: muayyan fan metodologiyasimi, fan nazariyasi, metodikasi, tarixi va h.k.
2. Tanlagan sohada qaysi muammoni tadqiq qilmoqchisiz.
3. Ilmiy jamoani o’rganib chiqish va ilmiy rahbar yoki ilmiy konsulptantni to’ri tanlash.
4. Tadqiqot dasturini mustaqil ravishda ishlab chiqish, tanlangan mavzu bo’yicha kartoteka va bibliografiya tuzish.
5. Kundalik ish faoliyatini to’ri rejalashtirish.
Tadqiqotchi ilmiy bilish faoliyati tuzilishi, uning shakllari va usullari tamoyillari haqidagi ta’limot hisoblangan ilmiy bilish metodologiyasini sinchiklab o’rganib chiqishi zarur. Metodologik refleksiya, yaoni o’z ilmiy faoliyatini tahlil qilish qobiliyati, bilishning muayyan kontseptsiyalari, shakl va metodlarini ilmiy asoslash, tanqidiy mulohaza qilish va ijodiy qo’llash, boshqarish va tuzilmalar yaratishni o’z ichiga oladi.
Fan sohasida intellektual vazifalarni hal etish uchun muayyan qobiliyatlar, yaoni muammoni ajrata olish va mavjud materialni u bilan qiyoslash, taklif kiritish va uni amalga oshirish natijalarini chamalab ko’rish, vazifani hal qilishning maqbul izchillikda taqsimlash talab etiladi.
Tadqiqotchining ilmiy ishiga doir refleksiya tarkibidagi pedagogik tadqiqot sifatini baholash imkonini beruvchi uchun bitta xususiyatini ajratish mumkin. Bular: muammo, mavzu, dolzarblik, tadqiqot ob’yekti, predmeti, maqsadi, vazifasi, gipotezasi va himoyalangan qoidalari, yangiligi, fan uchun ahamiyati, amaliyot uchun ahamiyati.
Muammoni qo’yish ilgari o’rganilmaganlardan nimalarni o’rganish kerak degan savolga javobni ko’zlaydi. Ilmiy muammoni amaliy vazifadan farqlash lozim. Muammoda ilmiy bilimlardagi bo’shliq aks etadi.
Tadqiqot mavzusini shakllantirishda biz shuullanmoqchi bo’lgan ishni qanday nomlash zarur degan savolga javob berish lozim. Mavzuni shunday belgilash kerakki, unda eskidan yangiga qaratilgan harakat o’z aksini topsin.
Tadqiqotning dolzarbligini asoslash – nima uchun mazkur muammoni hozirgi paytda o’rganish zarurligini tushuntirib berishdan iboratdir.
Tadqiqot ob’yektini aniqlash tadqiqotda aynan nima ko’rib chiqilayotganini aniqlash demakdir.
Biroq ob’yektning barcha jihatlari va ko’rinishlari haqidagi yangi bilimlarni olishning iloji yo’q. Shuning uchun tadqiqot predmetini aniqlash, yaoni ob’yekt qanday ko’rib chiqilayotganini belgilash zarur. Undagi munosabatlar, xususiyatlar, jihatlar, vazifalarni mazkur tadqiqot ochib beradi. Ob’yekt barchaga tegishlari, predmeti esa tadqiqotning shaxsiy mulki, uning ob’yektga nisbatan o’z qarashlaridir. U predmetni aniq maqsadga yo’naltirilgan holda yaratadi.
Olim o’z oldiga maqsad qo’yar ekan, tadqiqot jarayonida qanday natija olishni xohlashini aniqlaydi, vazifalar esa maqsadga erishish uchun nima qilish kerakligi haqida tasavvur beradi.
Gipoteza va himoya qilinadigan oyalar tadqiqotchining ob’yektning ko’rinmaydigan, boshqalar sezmayotgan jihatlari haqidagi tasavvurini oshkor qiladi.
Tadqiqot yakunlari sarhisob qilinar ekan, tadqiqotchi olingan natijalarning yangiligi, yaoni boshqalar qo’l o’rmagan mavzu bo’yicha nimalar qilindi va qaysi natijalar birinchi bor olinganligi haqida aytishga haqli. Tadqiqotning fan uchun ahamiyati, yaoni fanning qaysi muammolariga, kontseptsiyalariga, tarmoiga uni rivojlantirish, mazmunan boyitishga yo’naltirilgan o’zgarishlar kiritilayotganligi aniqlanadi.
O’tkazilgan ilmiy ishning amaliyot uchun ahamiyatini aniqlashda olim “tadqiqot natijasida amaliy faoliyatdagi qaysi muayyan kamchiliklarni bartaraf etish mumkin?” degan savolga javob beradi.
Yuqorida bayon etilganlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, barcha metodologik tavsiflar o’zaro boliq bo’lib, bir-birini to’ldiradi. Muammo tadqiqot mavzusida o’z aksini topadi. U fanda erishilgan odatdagi natijadan yangisiga qaratilgan harakatdir. O’z navbatida, ilgari surilgan muammolar va mavzuning nomlanishi tadqiqotning dolzarbligini aniqlash va asoslashni ko’zda tutadi.
Yuqorida sanab o’tilgan xususiyatlar bir-biriga mos kelishi, o’zaro to’ldirishi lozim bo’lgan bir tizimni tashkil qiladi. Ularning o’zaro muvofiqlashtirilganlik darajasiga qarab, ilmiy ishning sifati haqida xulosa chiqarish mumkin.
Malaka ishini bajarish quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
– malaka ishiga qo’yiladigan asosiy talablar bilan tanishib chiqish;
– malaka ishini mavzusini tanlash va mustahkamlash;
– malaka ishi rejasini tuzish va ilmiy rahbar maslahatini olish;
– malaka ishi mavzusi bo’yicha adabiy manbalar, meoyoriy hujjatlar, O’zbekiston Respublikasi qonunlarini tanlash va o’rganish;
– amaliyot materiallarini to’plash va tahlil qilish;
– malaka ishini yozish va rasmiylashtirish;
– malaka ishini himoyaga tayyorlash;
– malaka ishini himoya qilish.
Bitiruv-malaka ishi quyidagi talablarga javob berish shart:
– mavzuning dolzarb bo’lishi;
– ilmiy-tadqiqot xususiyatiga ega bo’lishi;
– ta’lim-tarbiya masalalariga baishlangan, fanning nazariy va amaliy yo’nalishlari bo’yicha bob va paragraflarni o’z ichiga olishi, hisob tahliliy qism, tadqiqot bo’yicha mografiyalar, davriy adabiyotlarni o’rganish va tanqidiy tahlil qilishni o’z ichiga olishi;
– tadqiq qilinayotgan muammo va uning amaliy ahvolini o’rganishi, ularning tavsifini berishi, ilor tajriba va muallifning tajribasini namoyon etishi;
– predmet, ob’yekt, maqsad, vazifa, gipoteza, tadqiqot usullari, metodologik asosi, ilmiy-amaliy ahamiyatining aniq tavsifi, o’tkazilgan eksperimentlarning tavsifi va tahlili berilgan bo’lishi;
– natijalar umumlashtirilgan, xulosalar va amaliy tavsiyalar asoslangan bo’lishi;
– muallifning masalani nazariy tushunib yetishi, tahlil asosida xulosa chiqarish va ularni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish qobiliyatini namoyon etishi;
– tadqiqot mavzusi bo’yicha adabiy manbalar va nashr etilgan materiallardan foydalanishda talabaning xalolligini aks ettirishi lozim.
Malaka ishining rejasi asosida uning bo’lusi mundarijasi tuziladi va o’z ichiga kirish, boblar, paragraflar, xulosa qismi, adabiyotlar ro’yxati va ilova qismini oladi.
Kirish har bir malaka ishining muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Unda muammo, yaoni qanday ekanligi, nima uchun tadqiq qilinayotganligi asoslab beriladi. U malaka ishining quyidagi tarkibiy qismlarini o’z ichiga oladi:
– dolzarbligi;
– tadqiq etilayotgan muammoning ishlab chiqilganligi;
– ob’yekti va predmeti;
– gipotezasi;
– asosiy vazifalari;
– asosiy vazifalarni hal qilish usullari;
– yangilik elementlari;
– muammoning ilmiy va amaliy ahamiyati;
– himoyaga olib chiqilayotgan fikrlar, oyalar.
Mavzuning dolzarbligi tadqiq etilayotgan muammoning mohiyati muhimligini belgilab berishdir. Unda mazkur masalani o’rganishning nazariy va amaliyot uchun zarurligi isbotlab beriladi, maxsus adabiyotlarda muammoni o’rganilish va aks ettirilish darajasi yoritiladi, mavzu asoslab beriladi va uni maxsus o’rganishga bo’lgan talab – ehtiyoj ochib beriladi. Bu yerda mavzuning qay darajada ishlab chiqilganligi yoritiladi, yaoni adabiyotlarning qisqacha sharhi beriladi. Adabiy sharh muayyan mantiqiy izchillikda amalga oshirilishi zarur. Avval maxsus adabiyotlarda keltirilgan material tanqidiy tahlil etiladi.
Malaka ishining ob’yekti tadqiqotchi ish olib boradigan amaliyot yoki ilmiy bilimning qismi demakdir. U muammoli vaziyatni tudiruvchi jarayon bo’lib, uning ustida tadqiqot olib boriladi.
Malaka ishining predmeti orqali tadqiqotchi butun bir ob’yektni o’rganib, bunda ob’yektning bosh, asosiy belgilarini ajratib oladi. Predmet ob’yekt chegarasida bo’lgan narsani va oldinda turgan tadqiqot mazmunini belgilaydi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə