O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Ta’limni tashkil etishning ma’ruza-seminar tizimi



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə30/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

2.Ta’limni tashkil etishning ma’ruza-seminar tizimi. Ma’ruza – bu, o’qituvchi tomonidan bilimni bayon etish. Ma’ruzada keng hajmli bilim monologik yo’l bilan bayon qilinadi. Qoidaga ko’ra, ma’ruza metodi yuqori sinflarda qo’llanadi. Ma’ruzaning mohiyati shundaki, u o’quvchilarning bilimni to’liq va tugallangan, mantiqan, o’zaro bog’liq holda o’zlashtirishiga yordam beradi.
Hozirgi davr pedagogik tajribada ham, ma’ruza bahs metodi qullanilmoqda. Bu metod o’quvchilarning mustaqil fikrlash, o’z mulohazalarini isbotlash, asoslashni bilishlarida muhim omil bo’layapti. Zero, puxta tayyorgarlik bilan uyushtirilgan bahs o’quvchilarning ta’lim va tarbiyada muammoni chuqur tushunish yo’llarini, unga nisbatan bo’lgan o’z fikr-mulohazalarini himoya qilishni, boshqalar fikri bilan hisoblashish odobini egallashlarida alohida ahamiyatga ega.
Ma’ruza metodida ko’zlangan asosiy maqsad – o’quvchilarda bilimni mustaqil egallash qobiliyatini hosil qilishdir.
Ma’ruza yangi bilimni o’tishda uning qismlarini umumlashtirishda, murakkab qonun-qoidalarni yakunlashda, muammoli masalalarni o’rganishda, o’quv fanlari o’rtasidagi o’zaro aloqani o’rganishda qo’llaniladi.
Ma’ruzaning mazmunli, samarali bo’lishi uchun:
- aniq, o’ylab tuzilgan rejani o’quvchilarga tanishtirish;
- rejaning har bir qismi bo’yicha berilgan ma’lumotni yakunlash;
- bayon o’quvchilarga tushunarli va ko’rgazmali, yorqin bo’lishi;
- bayon o’quvchilarda muhim o’rinlarni bilib olishga qiziqish uyg’otadigan bo’lishi kerak.
Ma’ruzani shunday o’qish lozimki, buning ta’sirida talabalarda shu fanga uning vazifa va kelajagiga nisbatan turli qarashlar, ilmiy e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi darkor shunday ekan, o’qituvchi ma’ruza o’qish jarayonida tinglovchilarning tarkibini hisobga olgan holda, uning ilmiy tomoniga alohida e’tibor berishi va talabalarning qiziqishi va intilishlariga quloq solishi lozim.
O’qilayotgan ma’ruzalarning tarbiyaviy ta’sirining ya’nada yuksak bo’lishi o’qituvchining yoshlar oldidagi obro’siga, shaxsiy sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta’lim sohasidagi tajribasi, mahoratiga va talabalar bilan o’rnatilgan do’stona munosabatlariga bog’liqdir.
Bundan tashqari dars va ma’ruzaning samarali natijasi o’quvchi va talabalarning o’quv jarayondagi ruhiy holatlarini qay darajada hisobga olinishiga ham bog’liq. Shunday ekan, ta’limni samarali tashkil etish, uning dars, ma’ruza va boshqa shakllaridan o’qitish jarayonida o’rinli foydalanishlari uchun shubhasiz, o’qituvchining pedagogik mahorati, pedagoglik madaniyati, o’z predmetini puxta bilishligi va o’quvchi talabalar bilan umumiy til topa olishligi g’oyat katta ahamiyatga egadir.
Ma’ruza va ma’ruzachiga quyiladigan pedagogik talablar. Ma’ruzani muvaffaqiyatli o’qish, ma’ruzani ta’limiy va tarbiyaviy vazifalarini tadbiq etish, ko’p jihatdan ma’ruzachi va talabalar auditoriyasi o’rtasidagi muloqatga bog’liq bo’ladi.
Ma’ruzachi va talabalar o’rtasidagi muloqatni yuzaga keltirish uchun uchta guruh shartlari mavjuddir.
Birinchi guruh sharti ma’ruza mazmuni va tuzilishiga bog’liq bo’ladi. Bularga quyidagilar kiradi.
Ma’ruzalarga ularni o’tkazishga qat’iy talablar quyiladi:
1. Ma’ruzani mazmuni va tuzilishi aniq ishlab chiqilgan bo’lishi kerak.
2. Ma’ruza aniq reja asosida tashkil etilishi.
3. Ma’ruza ilmiy faktlar va ma’lum otlarga boy bo’lishi kerak.
4. Ma’ruzada fan-texnikaning eng so’nggi yangiliklari yoritilishi zarur.
5. Ma’ruza uchun materiallar chuqur o’rganilgan holda tanlanishi kerak.
6. Ma’ruza mazmuni asosiy tushunchalarni yoritishga qaratilgan bo’lishi kerak.
7. Ma’ruzada ilmiy adabiyotlar tahlili, o’tilayotgan mavzuni darslikda yoritilishiga ob’ektiv baho berish zarur.
Ikkinchi guruh shartlari ma’ruzachini sifatlariga qaratilgan talablardir:
1. Ma’ruzachi aniq g’oyaviy va ilmiy bilimlarga ega bo’lishi.
2. Ma’ruzachi umumiy va ilmiy, intellektual salohiyatga ega bo’lishi kerak.
3. Ma’ruzachi ma’ruzadagi ma’lumotlarni erkin holda o’zlashtirgan bo’lishi zarur.
4. Ma’ruzachi o’z predmetini chuqur bilishi va ilmiy ixodga qiziquvgan bo’lishi zarur.
5. Ma’ruzachida lektorlik mahorati, bilim va malakalar uzviyligi, bog’liqligi (o’quvchi talabalar diqqatini o’ziga jalb etish, talabalarni fikrlash faoliyatlarni yo’lga solish va boshqalar) mavjud bo’lishi kerak.
6. Ma’ruzachida muloqatga kiritish malakalari va tashkilotchilik sifatlari mavjud bo’lishi kerak.
7. Ma’ruzachini nutqi grammatik va orfoepik jihatdan savodxon va to’g’ri bo’lishi, uning nutqi aniq, ifodali, tushunarli va auditoriyadagilar uchun eshitilarli bo’lishi zarur.
8. Ma’ruzachini nutq sur’ati (tempi) talabalarga ma’ruzani tushunishlari va asosiy mazmunni yozib olishlari uchun mos bo’lishi kerak.
9. Ma’ruzachi talabalar bilan xushmuomila vash u bilan birga talabchan munosabatda bo’lishi lozim.
Uchinchi guruh shartlariga quyidagilar kiradi:
1. Ma’ruza soatlarini to’g’ri taqsimlanishi.
2. O’quv jarayonini o’z vaqtida, sifatli materiallar bilan ta’minlash.
Yuqorida sanab o’tilgan uch guruh shartlari birgalikda amalga oshirilsagina, hamma talablarga javob beradigan ma’ruzani o’tish mumkin bo’ladi.
Ma’ruza, asosan ijtimoiy fanlarni o’qitish jarayonida qullanmoqda. Ma’ruza darslarini tashkil etish ancha murakkab va ko’p mehnat talab qiladigan ishdir. Ma’ruza darsi tajribali, yuksak darajada pedagogik mahorat asosida tashkil etiladi. Ma’ruzadan faqat fan, o’quv predmeti asoslari borasidagi ma’lumotlar berib qolmasdan, balki o’quvchilarni ijtimoiy-g’oyaviy jihatdan tarbiyalab borish talab etiladi. Ma’ruza jarayonida asosiy e’tibor o’quvchilarning mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, bilim va faoliyat malakasini oshirishga qaratilgan.
Maktab amaliyotida ma’ruzaning quyidagi turlaridan keng foydalanilmoqda: ma’ruza-hikoya, maxruza-suhbat, ma’ruza-munozara hamda ommaviy ma’ruza. Ma’ruzalar yozma shaklda ifoda etiladi. Shu bois ma’ruzachi-o’qituvchida ma’ruza mavzusi yuzasidan reja hamda konspekt bo’lishi lozim.
Ma’ruza umumiy o’rta ta’lim maktablari hamda yangi turdagi o’quv muassasalarida 45 daqiqalik bir akademik soatdan iborat bo’ladi. Umumiy qoidaga muvofiq ma’ruza bir dars davomila oxiriga yetkazilmay qolgan bo’lsa, u yangi mashg’ulotda davom ettiriladi. Har bir mavzu bo’yicha ma’ruza materiallari tushuntirib bo’lingach, o’quvchilar bilan savol-javob o’tkaziladi. Har bir mavzu yuzasidan foydalanish lozim bo’lgan adabiyotlar ro’yxati taqdim etiladi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə