O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi


Maxsus fanlarni o‘qitishda masofaviy shakllari. Masofaviy ta’lim



Yüklə 1,07 Mb.
səhifə31/91
tarix28.11.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#133395
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91
MFO\'M MAJMUA 1 POTOK

Maxsus fanlarni o‘qitishda masofaviy shakllari. Masofaviy ta’lim – bu masofadan turib o’qitishning usullariga asoslangan holda aholining keng qatlamlariga taqdim etiluvchi zamonaviy ta’lim texnologiyasidir. U o’quv adabiyotlarining almashinish vositalari (Er sun’iy yo’ldosh, televidenie, radio, kompyuter aloqa va boshqalar)ga tayanib, ixtisoslashtirilgan axborot muhiti yordamida masofadan mamlakat aholisining keng qatlamiga va xorijiy davlatlarga taqdim etiladigan ta’lim xizmatlar majmuidan iborat.
Masofaviy ta’lim tizimida bo’lajak mutaxassislarni tayyorlashning samaradorligini oshirishda ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchi shaxsining muntazam aloqasini ta’minlash asosiy vazifa bo’lib hisoblansa quyidagi ta’limiy imkoniyatlarni qo’lga kiritish mumkin:

  • masofaviy ta’lim o’qishga ijobiy yondashuvni ta’minlaydi;

  • pedagogik jarayon maqsadi sifatida ta’lim oluvchiga yo’nalish berish imkoniyati bor;

  • metodologik, nazariy, uslubiy bilimlarni egallashga imkon yaratadi;

  • bilish faoliyatini mustaqil tashkil etish imkonini beradi;

  • ta’limning turli axborotlarini topish va o’zlashtirish imkonini beradi;

  • zamonaviy pedagogik texnologiya asosida tashkil etiladigan bilish faoliyatini amalga oshirish borasida samarali qo’llaniladi;

  • axborotlarga bo’lgan ehtiyojlarni qondirishda, axborot olish va undan foydalanish samaralarini hosil qilish borasidagi ishlanmalarni tayyorlashga keng imkoniyatlar yaratadi.

Masofaviy ta’lim pedagogik faoliyatning ijodiy xarakterini oshiradi, ya’ni zaruriy axborotlarni izlay bilish, tanlangan axborotlar bilan ishlay bilish va informatika vositalari yordamida odamlar bilan muloqotni samarali amalga oshira bilish yo’nalishlarini zamonaviy ta’lim Maxsus fanlarni o‘qitish shakllari: ma’ruza, amaliy, seminar, laboratoriya, mustaqil ta’lim.
Seminar mashg’ulotlarining vazifasi – darslarda bayon qilingan nazariy fikrlarni konkretlashtirish, chuqurlashtirishdan, o’quvchilar bilimini tekshirish va mustahkamlashdan, adabiyotni o’rganish ko’nikmasini hosil qilish, uni konspekt qilish, suhbatlar, dokladlar, ota-onalar uchun konsultatsiyalarning plan va konspektlarini tuzishdan, kursning konkret temasini og’zaki bayon qilish qobiliyatiga ega bo’lishdan iboratdir.
Seminar mashg’ulotlari uchun kursning eng muhim va murakkab masalalari shuningdek, adabiyotlarda yetarli darajada to’liq yoritilgan va o’quvchilarning o’zlari mustaqil ravishda o’rgana olishlari mumkin bo’lgan masalalar tanlab olinadi.
Seminarning har bir temasi bo’yicha o’quvchilarga adabiyotlar ro’yxatini berish, topshiriqning xarakterini belgilash, uni bajarish plani va hisobot formasini ko’rsatish kerak. Adabiyotlarni o’rganayotganda o’quvchilar konspekt yoki ota-onalar uchun konsultatsiyalarning tekstlarini tuzadilar.
Seminar mashg’ulotlarini quyidagicha tashkil etish mumkin: avvalo o’qituvchi seminarning vazifasi va uni o’tkazish tartibini belgilaydi. So’ngra nutq so’zlash uchun o’quvchilarga so’z beradi. Shundan keyin ishtirok etuvchilar nutq so’zlaganlarga savollar beradi, ular javob qaytarishadi. Keyin boshqa o’quvchilar nutq mazmuniga xaratkeristika berib, uni to’ldiradilar (yutuq va kamchiliklar ko’rsatiladi). O’qituvchi seminarni yakunlar ekan, asosiy nutqni baholaydi, uning mazmuni, ifoda formasi ko’rgazmali qurollar (jadvallar, rasmlar, fotosuratlar va boshqalar) dan foydalanish darajasiga xarakteristika beradi, shuningdek, boshqa o’quvchilarning nutqlari to’g’risida ham fikr mulohazasini aytadi. Mashg’ulot so’ngida qo’yilgan vazifa qanday bajarilganligini aytib o’tish va navbatdagi seminarga tayyorlanish uchun tavsiyalar berish muhim.
Ma’ruza mavzu bo’yicha qilinadigan suhbat, seminar bo’lib, bu o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladigan seminar mashg’ulot o’quvchilarda mustaqil fikrlash, mustaqil faoliyat ko’rsatish, darslik bilan mustaqil ishlash, ijodiy fikrlash qobiliyatining rivoj topishiga yordam beradigan darajada bo’lishi lozim.
Seminarlarni tashkil etishdan ko’zlangan maqsad o’quvchilarning mustaqil ishlarini yanada rivojlantirish, ayrim mavzular yuzasi dan keng va chuqur ma’lumot bera oladigan manbalar ustida ishlay olishlari hamda shu asosda kelajak faoliyatlarida zarur adabiyotlardan foydalana olish ko’nikma va malakalariga ega qilishdan iboratdir.
Seminar mashg’uloti o’quvchilar tomonidan u yoki bu mavzu bo’yicha ma’ruzalar tayyorlash hamda uni sinf o’quvchilari bilan muhokama qilish yo’li bilan olib boriladi.
Seminarlarga 2-3 hafta tayyorgarlik ko’riladi. O’quvchilar adabiyotlarni o’rganadilar, material yig’adilar, turli kuzatishlar o’tkazadilar, o’z axborotlari yuzasidan tezislar tuzadilar.
Seminar mashg’uloti o’qituvchi rahbarligida o’tkaziladi. U o’quvchilar ishini yo’naltirib turadi, mavzuga oid savollari yuzasidan tashkil etilgan muhokamani yakunlaydi. Zarur qo’shimcha mulohazalar bildiradi, materialni muayyan tizimga soladi. Ma’ruza qilgan, muhoqamada qatnashgan o’quvchilar faoliyati baholanib boriladi.
Seminar mashg’uloti o’quvchilar e’tiborini darsga jalb etish, ularning qiziqishini orttirish, ularni mustaqil ishlashga, fikrlashga o’rgatish, darsni faollashtirish hamda o’quvchilar aqliy qobiliyatlarini o’stirishda muhim o’rin tutadi.

Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   91




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə