|
O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi
|
səhifə | 82/91 | tarix | 28.11.2023 | ölçüsü | 1,07 Mb. | | #133395 |
| MFO\'M MAJMUA 1 POTOKMilliy ruhiyat –
|
Millatning ichki holati, his – tuyg’ulari, ma’naviy dunyosi, o’y – fikrlari, maqsad va maslaklari hamda kayfiyatlari bilan bog’liq mulohazalar majmui.
|
Milliy til –
|
Kishilarning tarixan tashkil topgan barqaror birligi – millatning, elatning umumiy tili. O’zaro fikr almashish, muloqot vositasi.
|
Milliy g’urur -
|
Har bir millatning o’z – o’zini anglashi natijasida sodir bo’ladigan ichki ruhiy kayfiyati. Milliy g’urur mustahkam bo’lsa, millat vakillari orasidagi birlik ham kuchli bo’ladi.
|
Mimika -
|
O’z fikri kayfiyati, sezgisini yuz muskullari harakati orqali aks ettirish san’ati.
|
Moddiy qadriyatlar –
|
Insoniyatning yashashi, mehnat qilishi uchun zarur bo’lgan, ijtimoiy, iqtisodiy talabini qondiradigan barcha turdagi narsalar va ashyolar yig’indisi.
|
Muallim –
|
Muayyan fan yuzasidan ta’lim berishga vakolatli, ta’lim – tarbiya bo’yicha oliy, maxsus tayyorgarlikdan o’tgan, pedagogik va psixologik bilim, ko’nikma, malakalarni va talab darajasidagi mahoratni egallagan, ta’lim-tarbiya, usul, vosita uslubi asosida o’z metodikasi, ishlash qobiliyatiga ega ma’naviy yetuk shaxs.
|
Muammo –
|
Ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning sub’ektiv shaklidir. U muammoli vaziyatning, ya’ni jamiyat rivojlanishi jarayonida bilish va bilmaslik o’rtasida ob’ektiv ravishda vujudga keladigan ziddiyat.
|
|
Dostları ilə paylaş: |
|
|