Muammoli vaziyat –
|
Talabaning ma’lum psixik holatidir. Bunday holat ma’lum topshiriqni bajarish jarayonida ziddiyatni anglash tufayli vujudga keladi.
|
Muomala -
|
Yaxshilikka sabab bo’lgan ishlarda mayinlik, shirinso’zliq, yoqimtoylik asosidagi munosabat.
|
Murakkab malaka -
|
Kasb mahoratining asosini tashkil etib, bilim, boshlang’ich malaka hamda ko’nikmalarni o’z ichiga oladi va ular asosida shakllanadi. Murakkab malaka shakllanishi shaxsda kasb mahoratini paydo bo’lishiga imkon yaratadi.
|
Muhit –
|
Kishiga ta’sir etadigan tashqi voqelik.
|
Nutq qobiliyati –
|
Nutq yordamida, shuningdek, imo – ishora vositasida o’z fikr va tuyg’ularini aniq va ravshan ifodalash qobiliyati
|
Ogohlantirish –
|
Noma’qul xatti – harakatlarning oldini olish uchun qo’llaniladigan vosita
|
Odat –
|
Xalqlarning ichki munosabatlarini tartibga soluvchi mezon va an’analar majmuasi. «Odat» so’zi udum, urf, an’ana va marosim tushunchalari o’rnida qo’llaniladi
|
Odob –
|
Xulq-atvor, yurish-turish madaniyatining tashqi jihatini ifodalaydi.
|
Odob - axloq -
|
Shaxsdan o’ziga va dunyoga munosabatlariga olib boruvchi hatti – harakatlarning belgilangan, aniqlangan usuli bo’lib, sababiyat, tasavvurlar va qarashlarni o’z ichiga oladi, ya’ni shaxs shakllanadigan manba hisoblanadi.
|
Oila –
|
Kishilar hayotining eng muhim qismi, jamiyatning kichik hujayrasi, ijtimoiy – madaniy organizm.
|
Omil-
|
Bir guruhga kiruvchi kamida ikkita ilk mahsul boisdan tashkil topgan ahamiyatli sababdir
|
Pantomimika -
|
Gavda, qo’l, oyoq harakati.
|
|