O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə3/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Qurilishning milliy iqtisodiyotda tutgan o‘rni va ahamiyati

O‘zbekiston Respublikasi milliy iqtisodiyoti tarmoqlari qatorida qurilish tarmog‘i nafaqat iqtisodiyotning asosiy fondlarini yaratuvchi uchastkasi sifatida, balki mamlakat iqtisodiyotida amalga oshirilayotgan tarkibiy o‘zgarishlami hamda turli xususiyatlarga ega bo‘lgan ijtimoiy sohadagi dolzarb vazifalarni amalga oshirishda muhim o‘rin va ahamiyatga egadir (demografik tuzilma va uning o‘zgaruvchanligi, qishloq aholisining yuqori darajadaligi hamda uy-joy va ijtimoiy- madaniy-maishiy ob’yektlar bilan kam ta’minlanganligi, ichki infratuzilma, transport va kommunikatsiya qurilishlarining etarli darajada rivojlanmaganligi va boshqalar).
Mamlakat milliy iqtisodiyoti moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari va bozor xizmat ko‘rsatish sohalaridan tarkib topadi. Qurilish moddiy ishlab chiqarish tarmoqlari qatorida (sanoat va qishloq xo‘jaligidan keyin) uchinchi o‘rinda turadi.
Qurilish tarmog‘i mahsuloti bo‘lib, mamlakatning xo‘jalik majmuasi asosiy
~ 5 ~
fondlarini tashkil qiluvchi qurilishi tugallangan va ekspluatatsiyaga topshirilgan zavod va fabrikalar, temir va avtomobil yo‘llari, elektr stansiyalar, irrigatsiya kanallari, portlar, uy-joylar va boshqa ob’yektlar hisoblanadi.
Qurilish milliy iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida milliy xo‘jalikning barcha tarmoqlari uchun asosiy fondlarni yaratishda ishtirok etadi. Ishga tushirilgan va o‘rnatilgan tartibda qabul qilingan ishlab chiqarish quvvatlari va noishlab chiqarish ob’yektlari kapital qurilishning mahsuloti hisoblanadi hamda ular o‘zlashtirilib borishi bilan asosiy fondlarga aylanib boradi. Ularning yaratilishida boshqa tarmoqlar ham qatnashadi (qurilish materiallari sanoati, metallurgiya, mashinasozlik, ximiya sanoati va boshqalar). Asosiy ishlab chiqarish fondlari mazmuniga ko‘ra texnik, energetik va boshqa uskunalar bilan jihozlangan bino va inshootlardan iboratdir.
Shunday qilib, kapital qurilish ishlab chiqarish vositalarining faoliyat yurgizishi uchun moddiy shart-sharoit imkoniyatlarini ham yaratadi.
Qurilish tarmog‘i umum va maxsus qurilish, loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarini, qurilish birlashmalariga kiruvchi qurilish sanoati korxonalarini, shuningdek qurilish-montaj ishlari(QMI)ni bajaruvchi barcha tashkilotlar faoliyatini birlashtiradi. Qurilish tashkilotlariga ro‘yxatdan o‘tkazilgan va qurilishi faoliyati uchun litsenziyaga ega bo‘lgan, shuningdek buyurtmachilar bilan shartnoma asosida ishlarni bajaruvchi barcha mulk shakllaridagi yuridik shaxslar kiradi. Kapital qurilish sohasiga, o‘z mablag‘lari, qarz hamda davlat byudjeti mablag‘lari manbalari asosidagi kapital qo‘yilmalarga egalik qiluvchi buyurtmachilar faoliyati ham kiradi.
Qurilishning rivojlanishi va uning samaradorligini oshirish industrializatsiya asosida amalga oshiriladi. Uning asosiy yo‘nalishlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi: quriladigan bino va inshootlarning yig‘maliligini oshirish maqsadida texnologik jarayonlarning bir qismini qurilish maydonlaridan zavodlarga ko‘chirish; bino va inshootlarning texnologik loyiha yechimlarini yaxshilash, ularni keyinchalik ularni bir shaklga keltirish va unifikatsiyalashtirish; mexanizatsiyalashtirilgan tarzda zavodlarda yoki qurilish tashkilotining yordamchi sexlarida qurilish konstruksiyalari, buyumlari, detallari va materiallarini yuqori darajada qurilish jarayoniga tayyorgarlik holatida ishlab chiqarish; qurilish ishlab chiqarishi ishlarining uzluksizligini ta’minlash maqsadida bino va inshootlarni qurish, qurilish materiallari va konstruksiyalarini etkazishning texnologik operatsiyalari va jarayonlarini mexanizatsiyalashtirgan tarzda bajarish.
Asosiy fondlarni yaratishdan tashqari, kapital qurilish funksiyalariga mavjud asosiy fondlarni kengaytirish, qayta qurish va texnik qayta jihozlashlar ham kiradi. Shuning uchun mamlakat iqtisodiyoti barcha tarmoqlari asosiy fondlarini kengaytirilgan tarzda qayta ishlab chiqarish va sifat jihatdan yangilash kapital qurilishning asosiy vazifalari hisoblanadi.
Kapital qurilish sohasida qurilish ishlarini metallolom va metall konstruksiyalar, sement, yog‘och materiallari, qurilish mashinalari, transport vositalari, yoqilg‘i va energetika resurslari bilan ta’minlovchi 70 dan ortiq milliy iqtisodiyot tarmoqlari bevosita yoki bilvosita qatnashadi. Qurilishda 50 foiz qurilish materiallari sanoati, 18 foizga yaqin metallprokat, 40 foiz yog‘och materiallar, 10 foizdan ortiq mashinasozlik sanoati mahsulotlari ishlatiladi. Qurilish materiallari, konstruksiyalari va texnikalarini tashishda amalda barcha transport turlaridan foydalaniladi (avtomobil, temir yo‘l, daryo, dengiz va havo transportlari). Qurilish sarf-xarajatalari tarkibida transport xarajatlari qiymati 20 foizgacha etadi.
Mamlakat qurilish majmuasi tarkibiga turli mulk shakllaridagi pudrat tashkilotlari, qurilish materiallari sanoati korxonalari, mexanizatsiya, transport, loyiha va ilmiy-tadqiqot institutlari, lizing firmalari, o‘quv muassasalari va boshqa korxona hamda tashkilotlar kiradi.
Qurilish tarmog‘ida olib borilayotgan islohotlar tufayli 8100 tadan ortiq qurilish majmuasi korxona va tashkilotlari mulkchilikning nodavlat shakliga aylantirildi, ya’ni bu umumiy songa nisbatan 92,7 foizni tashkil etadi. Shuningdek, 65 tadan ortiq qo‘shma korxonalar va 2253 tadan ortiq kichik va o‘rta qurilish tashkilotlari faoliyat yurgizmoqda.
Ushbu tashkilotlar tomonidan yaratilayotgan mahsulotlar hajmining milliy iqtisodiyot yalpi daromadidagi ulushi doimiy ravishda ortib bormoqda. Shuni qayd etish kerakki, qurilish tarmog‘i barcha tadbirkorlik tuzilmasining ko‘pchilik qismi to‘g‘ri keladigan xususiy korxonalar sonining o‘sish tendensiyasi kuzatilmoqda.


  1. Yüklə 357,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə