O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


mavzu: Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə6/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

mavzu: Kapital qurilishda iqtisodiy islohotlarni

CHUQURLASHTIRISHNING ASOSIY YO„NALISHLARI VA MUAMMOLARI
Reja:

    1. Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari.

    2. Kapital qurilishda shartnoma tizimi va tanlov savdolari.

    3. Qurilishda tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari va imkoniyatlari.

  1. Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari

Mustaqillik yillari davrida mamlakat jamiyati va iqtisodiyoti sezilarli darajada sifat va miqdor o‘zgarishlarga erishdi. Erishilgan natijalar bozor munosabatlariga o‘tishning o‘zbek modeli naqadar oqilona va puxtalik bilan ishlab chiqilganligini yaqqol tasdiqlamoqda. Shunindek, mazkur model orqali jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlari ta’siriga qarama-qarshi tura oladigan O‘zbekistonning barcha ijtmoiy-iqtisodiy tizimi barqarorligi va ishonchliligini ta’minlashga erishish imkoniyatlari yaratildi.
Shuni ta’kidlash kerakki, 1991 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog‘ida ham boshqa tarmoqlar qatori keng va chuqur miqyosdagi islohotlar olib borildi. O‘tkazilgan tahlillar asosida o‘tgan davr mobaynida qurilish tarmog‘i rivojlanishini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin.
1991-1996 yillarda, mamlakatda investitsion faollikning pasayishi qurilish ishlari hajmi va pudrat shartnomalarining kamayishiga olib keldi. Bu davrlarda
14 ^
aksariyat qurilish tashkilotlari rahbar xodimlarining qo‘yilgan vazifalarni hal etishda etarli darajadagi bilim va ko‘nikmalarga ega emasliklari hamda bozor sharoitiga moslasha olmaganliklari sababli kadrlar va ishlab chiqarish salohiyati borasida ko‘p yo‘qotishlarga uchradi.
1996-2002 yillar, qurilish tarmog‘ining sezilarli darajada yuksalishi va bozor xo‘jaligi sharoitiga moslashishi, bozor infratuzilmasi elementlarining paydo bo‘lishi va ularning faollashuvi, chet el kapitallari ishtirokidagi qo‘shma korxonalar bilan birgalikda tadbirkorlik va kichik korxonalar, ayniqsa ularning qurilish materiallari ishlab chiqarish sohasida ommaviy ravishda rivojlanishi bilan xarakterlanadi.
2002 yildan boshlab hozirgi davrga qadar qurilish tarmog‘i miqdor va sifat jihatdan milliy iqtisodiyot ehtiyojlarini to‘liq qondira boshladi. Mahalliy qurilish tashkilotlari raqobatbardoshligining o‘sishi sababli aksariyat murakkab va nufuzli ob’yektlar chet el qurilish firmalari ishtirokisiz qurila boshlandi hamda ularning muxandislik va ishlab chiqarish salohiyatlari yuksaldi.

  1. yil yalpi ichki mahsulot hajmi 407,5 trln. so'mni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 5,1% ga o'sdi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Aholi jon boshiga hisoblangan YIM 12,3 mln. so'mni tashkil etdi va bu ko’rsatkich o’tgan yilning mos davriga nisbatan 3,3% ga o’sdi.

  1. yil yakunlari bo’yicha, qurilish tarmog’ida 20,7 trln. so'mlik mahsulot yaratilgan bo’lib, uning YAIMdagi ulushi 23,3% ni tashkil etdi va 2017 yil bilan taqqoslaganda 9,9% ga o'sdi.

2.1-jadval

2018-yilda O„zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning
asosiy ko‘rsatkichlari
(2017-yilning shu davriga nisbatan foiz hisobida)







  1. diagramma. 2018-yilda O„zbekiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy ko‘rsatkichlari (2017-yilning shu davriga nisbatan foiz

hisobida)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning 2018 yil 2 apreldagi ‘Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5392-sonli Farmoni va 2018 yil 2 apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi PQ-3646-sonli Qaroriga muvofiq islohotlar na faqat kapital qurilishda, balki mamlakatning qurilish tarmog‘iga xizmat qiluvchi boshqa tarmoq va sohalarda ham amalga oshirilmoqda.
Arxitektura va qurilish sohasini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish hududlarning zamonaviy qiyofasini shakllantirish, hayot va tadbirkorlik uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan shaharsozlik faoliyatini sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarishning muhim sharti hisoblanadi.
Shu bilan birga, tahlillar qurilish sohasida davlat boshqaruvini tashkil etishda zamonaviy shaharsozlik uslublari, normalari va qoidalarini keng joriy qilishga, raqobatni rivojlantirishga, yangi sub’ektlarning innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar bilan bozorga kirib kelishiga to‘sqinlik qilayotgan bir qator tizimli muammolarni ochib berdi. Xususan:
birinchidan, shaharsozlik faoliyati, loyiha va pudrat xizmatlari bozori, shuningdek, qurilish materiallari ishlab chiqarishning holati hamda rivojlanish tendensiyalari kompleks tahlil qilinmagan, oqibatda hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirishning o‘rta muddatli va istiqbolli yo‘nalishlari belgilanmagan;
ikkinchidan, arxitektura va qurilish organlarining tashkiliy-shtat tuzilmasi qurilish va rekonstruksiya jarayonlarini to‘liq kuzatib borishni ta’minlash,

shuningdek, qurilish-montaj ishlari sifatini samarali nazorat qilish uchun mavjud resurslarni safarbar etishga imkon bermayapti;
uchinchidan, arxitektura va qurilish organlari funksiyalarining tarqoqligi hamda ular faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish darajasining pastligi shaharsozlik sohasida davlat xizmatlarini ko‘rsatishning maksimal shaffofligi va samaradorligini ta’minlamayapti;
to‘rtinchidan, ko‘pchilik aholi punktlarining bosh rejalari mavjud emasligi hududlarni kompleks qurishga, ishlab chiqarish va infratuzilma ob’yektlarini joylashtirishga, tadbirkorlik va ishbilarmonlik faolligini rivojlantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda, shuningdek, qurilish jarayonida puxta o‘ylanmagan qarorlarni qabul qilishga sabab bo‘lmoqda;
beshinchidan, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar ancha eskirgan hamda ularda arxitektura-qurilish ishlarini olib borishning innovatsion uslublarini, energiya samarador va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng qo‘llash e’tiborga olinmagan, bu esa loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ob’yektlarni qurish sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
oltinchidan, qurilish ishlarini tashkil etish, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni joriy qilishda ayrim hollarda tor idoraviy manfaatning ustunlik qilishi byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanmaslikning sabablaridan biri hisoblanadi;
ettinchidan, qurilish sohasi va qurilish materiallari sanoatida istiqbolli investitsion loyihalarni, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni ilgari surish va amalga oshirishda, shuningdek, innovatsion mahsulotlarni joriy etish uchun infratuzilmani takomillashtirishda davlat-xususiy sheriklikdan foydalanishga etarlicha e’tibor berilmayapti;
sakkizinchidan, kadrlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning amaldagi tizimi arxitektura-qurilish sohasini jadal rivojlantirish vazifalarini samarali ro‘yobga chiqarishga imkon bermayapti, kadrlarni moddiy rag‘batlantirish darajasining pastligi esa malakali mutaxassislarning tizimdan ketib qolishiga olib kelmoqda.
Arxitektura-qurilish sohasini boshqarishning shaharsozlik faoliyatiga innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish imkonini beruvchi zamonaviy tizimni yaratish, ko‘rsatilayotgan xizmatlarning shaffofligini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2017

  • 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi va O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi tashkil etildi va quyidagilar uning vazifalari etib belgilandi:

  • shaharsozlik va qurilish uchun muhandislik-texnik izlanishlar sohasida yagona ilmiy-texnikaviy siyosatni olib borish, mehnat unumdorligini oshirish, qurilish-montaj ishlari qiymatini kamaytirish, resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlaydigan energiya samarador va energiya tejaydigan innovatsion loyiha va qarorlarni qurilish faoliyatiga joriy etish;

  • respublika hududida aholini joylashtirishning bosh sxemasini, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar, tumanlar, shaharlar hududlarini rejalashtirish sxemalarini, aholi punktlarining bosh rejalarini va boshqa shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, ularning amalga oshirilishi ustidan monitoring yuritish;

  • shaharsozlik sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha takliflar tayyorlash, arxitektura-qurilish faoliyatini rivojlantirishning uzoq muddatli va o‘rta muddatli davlat dasturlarini ishlab chiqish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;

  • loyiha ishi va qurilish faoliyatini muvofiqlashtirish, loyiha-qidiruv tashkilotlarining ish samaradorligini oshirish va hududiy tarmoqlarini kengaytirish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qo‘llaniladigan va eksperimental loyihalarni va loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etish, shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish;

  • shaharsozlik va shaharsozlik faoliyatining normativ-huquqiy bazasini yanada takomillashtirish va yangilash, idoraviy qurilish norma va qoidalarini ishlab chiqishni muvofiqlashtirish, loyihalash, qurilish, qurilish materiallari va buyumlarini ishlab chiqarish sohasida standartlashtirish ishlarini amalga oshirish;

  • arxitektura, loyihalash va qurilish sohasida malakali kadrlarni tayyorlash, ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonining darajasi va sifatini tubdan yaxshilash, qurilish sohasida, jumladan, chet eldagi etakchi ilmiy-tadqiqot muassasalarida loyihachilar va mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishga ko‘maklashish.

Vazirlik markaziy apparatining boshqaruv xodimlari cheklangan soni 81 nafar etib belgilandi. Hududiy bo‘linmalarda esa 796 kishi ishlaydi.
Idora litsenziyalovchi organga aylanadi. Buning uchun Qurilish sohasida islohotlarning amalga oshirilishi monitoringi va faoliyatni litsenziyalash bo‘yicha Respublika komissiyasi tugatildi. Litsenziyalar Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan kelishilgan holda beriladi. Litsenziyalash jarayoni soddalashtiriladi: aniq va to‘liq litsenziya talablari va shartlari nazarda tutiladi, ularga rioya etilishini nazorat qilinadi va moddiy javobgarlik belgilanadi, shuningdek litsenziya talabgorining litsenziya talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirish mexanizmi takomillashtiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 noyabrdagi “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qo‘shimcha chora- tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5577-son Farmoniga muvofiq mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlashning zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etish, xususiy biznesga katta erkinlik berish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlari kafolatlarini kuchaytirish, xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni jalb qilish yuzasidan chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.
Shu bilan birga, qurilish sohasidagi ishlar holatini o‘rganish ushbu sohasida islohotlarni jadal amalga oshirishga va sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan muammolar borligini ko‘rsatdi.
Shaharsozlikni texnik tartibga solishning bozor vositalarini joriy etishga etarlicha e’tibor berilmayapti, qurilish sohasida katta miqdorda davlat ma’muriy- boshqaruv va nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda.
Ob’yektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalashning mavjud ko‘rsatma beruvchi usuli innovatsion loyihaviy yechimlar va yangi ilmiy-texnik ishlanmalarni qo‘llashga to‘sqmlik qilmoqda, ichki va xorijiy investitsiyalarni qurilish sohasiga jalb qilishni sekinlashtirmoqda.
Xalqaro savdoning hozirgi globallashuv shartlariga javob beradigan qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish, qo‘llab-quvvatlash va joriy etish sohasida kadrlarni professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi mavjud emas.
Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish, investitsiyalarni jalb qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, qurilish tarmog‘i kadrlarini professional tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimining samaradorligini oshirish maqsadida:

  1. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga ko‘ra:

  1. 2018 yil 1 dekabrdan boshlab:

barcha qurilish ob’yektlari uchun loyihalarning smeta qismini ekspertizadan o‘tkazish majburiydir, qurilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan ob’yektlar bundan mustasno;
qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga qabul qilish qurilish sohasidagi nazorat inspeksiyasi, kadastr organlari, buyurtmachi, pudratchi (bosh pudratchi) vakillari ishtirokida amalga oshiriladi, davlat xaridlari sub’ektlari mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan ob’yektlarni qurish bundan mustasno;
pudrat tashkilotlari va loyiha tashkilotlari o‘rtasida konsorsium tashkil etish hamda konsorsium ishtirokchilari zimmasiga loyihani sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish uchun solidar javobgarlikni yuklash orqali «fast-track» usuli (bir vaqtning o‘zida loyihalashtirish, xarid qilish va qurilish ishlari) bilan «tayyor holda topshirish» shartlari (Engineering Procurement Construction) asosida loyihalarni amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;

  1. 2019 yil 1 yanvardan boshlab:

loyihalash va qurilish faoliyatini amalga oshirish uchun Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga a’zo davlatlarning vakolatli organlari, tashkilotlari, jamiyatlari va birlashmalari tomonidan berilgan sertifikatlar va boshqa ruxsat beruvchi hujjatlar (litsenziyalar) tan olinadi;
qurilish uchun yer uchastkalarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ajratilishi hamda qurilish-montaj ishlari tasdiqlangan bosh rejaga yoki er uchastkalarini joylashtirish sxemalariga (bosh reja mavjud bo‘lmaganda) bog‘lamasdan amalga oshirilishi uchun tegishli hokimlarning shaxsiy javobgarligi belgilanadi;
qurilish uchun yer uchastkalari o‘z vaqtida ajratilmasligi yoki noto‘g‘ri ajratilishi natijasida yuzaga kelgan xarajatlar mahalliy byudjetlar mablag‘lari hisobidan, keyinchalik aybdor shaxslardan regress tartibida undirish orqali qoplanadi;

milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish faqat tanlov asosida amalga oshiriladi;
milliy qurilish normalari va qoidalarini qayta ko‘rib chiqishda, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirishda mulkchilik shaklidan qat’i nazar milliy va xorijiy yuridik shaxslar, jamoat va xalqaro tashkilotlar, shuningdek shu sohaga ixtisoslashgan ilmiy-tadqiqot muassasalari ishtirok etishga haqli;
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi milliy qurilish normalari va qoidalarini ishlab chiqish hamda takomillashtirish, shuningdek qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish va ularni amaliyotga joriy etish bo‘yicha ishlarning buyurtmachisi hisoblanadi;
qurilish normalari va qoidalari har tomonlama ekspertizadan o‘tkazish natijalari asosida Qurilish vazirligining qarori bilan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilishi shart;
belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan qurilish standartlari, texnik reglamentlar, qurilish normalari va qoidalarining yagona katalogini yuritish, rasmiy veb-saytida e’lon qilish va yangilab borish orqali katalogdan bemalol foydalanishni ta’minlash «O‘zstandart» agentligiga yuklanadi; v) 2019 yil 1 martdan boshlab:
malakaga ega bo‘lishi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq majburiy bo‘lgan qurilish sohasidagi mutaxassislarni sertifikatlash O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi tomonidan amalga oshiriladi;
loyihalash faoliyatini amalga oshirishga shtatida tegishli sertifikatga ega va doimiy asosda ishlaydigan kamida ikki nafar muhandis mavjud bo‘lgan yoxud O‘zbekiston muhandislar-konsultantlar uyushmasi a’zosi bo‘lgan yuridik shaxslarga ruxsat beriladi;
ob’yektlarni qurishning barcha bosqichlarida mualliflik va texnik nazorat majburiydir hamda tegishli ravishda loyiha muallifi va buyurtmachi tomonidan yoki sertifikatga ega ekspert jalb qilish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
qurilayotgan ob’yektlar ustidan mualliflik nazorati, texnik nazorat va tekshiruv faqat belgilangan tartibda sertifikat olgan mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi;
g) 2020 yil 1 yanvardan boshlab uy-joy qurilishi ob’yektlari loyiha-tadqiqot va qurilish-montaj ishlarini bajarish bosqichida energiya-samarador va energiya- tejamkor uskunalar bilan majburiy ravishda jihozlanishi, shuningdek, ular foydalanishga qabul qilinishidan avval energetik audit pasportini olishi kerak, BREEAM (binolar samaradorligini ekologik baholash usuli) va LEED (energiya- samarador va ekologik loyihalashtirish bo‘yicha qo‘llanma) xalqaro standartlari bo‘yicha sertifikatga ega ob’yektlar bundan mustasno;

  1. Adliya vazirligi, Qurilish vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining qurilish sohasini texnik tartibga solishning normativ bazasini isloh qilish to‘g‘risidagi quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflariga rozilik berilsin:

tayyorgarlik davri (2019 — 2021 yillar) — O‘zbekiston Respublikasining geologik, tabiiy-iqlim, seysmologik va boshqa xususiyatlarini inobatga olgan holda amaldagi milliy qurilish normalarini qayta ko‘rib chiqish, shuningdek, qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni moslashtirish;
o‘tish davri (2022 — 2026 yillar) — milliy qurilish normalari va qoidalariga moslashtirilgan qurilishga oid xorijiy normativ-texnik hujjatlarni amaliyotga joriy etish, qurilish sohasiga innovatsiyalar joriy etish, yangi texnologiyalar, materiallar, buyumlar va konstruksiyalarni o‘zlashtirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
yakuniy davr (2027-2028 yillar) — milliy va moslashtirilgan xorijiy qurilish normalari hamda qoidalarini qo‘llash tajribasini umumlashtirish asosida qurilish sohasini texnik tartibga solishning yagona normativ bazasini yaratish.
—Jahon bankining biznes yuritish sohasidagi reytingida mamlakatimiz qurilish bo‘yicha 134-o‘rinni egallagan. Bu esa sohada ko‘plab muammolar borligidan dalolat beradi. Misol uchun, qurilish sohasida ruxsat berishga oid 17 ta tartib mavjud bo‘lib, ularni olish uchun o‘rtacha 246 kun sarflanadi. Bu adolatsizlik emasmi?” deb alohida urg‘u berilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Shavkat Mirziyoevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Muroj aatnomasida.
Kapital qurilishni isloh etish quyidagi asosiy muammoli yo‘nalishlami o‘z ichiga oladi:

  • loyiha va qurilish ishlari bozorida raqobat muhitini rivojlantirish ob’yektiv zarurat ekanligi;

  • bozor tamoyillari va mexanizmlarini asoslash va amaliyotga tatbiq etish;

  • qurilishda doimiy ravishda loyiha, smeta va texnologik tartib-intizomni takomillashtirib borish;

  • qurilish materiallari bozorining tiklanishi va rivojlanishi;

  • kapital qurilish tarmog‘i va tarmoq osti sohalariga zamonaviy texnika va texnologiyalarni muntazam joriy etib borish;

  • qurilish ishlab chiqarishi sohasiga xizmat qiluvchi konsalting tashkilotlardan tortib, to lizing va boshqa tashkilotlargacha bo‘lgan bozor infratuzilmalarning tiklanishi va rivojlanishi;

  • tarmoqda kadrlar tayyorlash va malakasini oshirish ishlarini tubdan takomillashtirish.


  1. Yüklə 357,43 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə