O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə32/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
iqtisodiyot qurilish (3)

bu yerda,
Н - smetada ko ‘zda tutilgan jamg „arma;
Э - tannarx pasayishidan hosil bo „Igan tejam;
К - qurilish tashkiloti tomonidan kompensatsiyalar hisobiga, smeta qiymatidan tashqari qilinadigan xarajatlar.
Smeta qiymatlaridan tashqari to‘lanadigan kompensatsiyalarni mavjudligining sababi shundaki, ishlab chiqarishda amal qilayotgan narxlar, tariflar, mehnatga haq to‘lash shart-sharoitlari vaqti-vaqti bilan qayta kirib chiqiladi, shu sababli qator moddalar bo‘yicha o‘zgarmas me’yorlar va narxlar bo‘yicha smetada ko‘zda tutilgan xarajatlarga nisbatan amaldagi xarajatlar miqdori yuqori bo‘ladi. Bu xarajatlarning bir qismi buyurtmachi tomonidan umumlashma smeta hisob-kitoblari bo‘yicha kompensatsiya qilinadi, masalan, mukofotli ishbay mehnatiga haq to‘lash tizimining qo‘llanilishi sababli qo‘shimcha xarajatlar, kichib yuruvchi ish sharoitlari uchun qo‘shimcha to‘lovlar.
Qurilish-montaj ishlarilarning smeta qiymatlari konkret ob’yekt bo‘yicha emas, balki o‘rtacha sharoitlar va qurilish uslublarini hisobga oluvchi smeta me’yorlari va narxlari asosida belgilanadi. SHu sababli tannarxni aniqlashda mehnat
unumdorligining yillik o‘sishi va uning asosida konkret tashkilotlarda erishiladigan ishlar tannarxining pasayishi hisobiga olinishi kerak.
Rejalashtirilayotgan tannarx har yili yillik rejalarni ishlab chiqishda aniqlanadi va qurilish montaj tashkilotining uni pasaytirish tadbirlarini aks ettiradi.
Bajarilgan ishlarning haqiqiy tannarxi barcha turdagi xarajatlarni, shu jumladan kompensatsiya hisobiga qoplanadigan xarajatlarni ham o‘zida aks ettiradi. Kompensatsiyalar ishlar tannarxiga belgilangan yo‘nalishlarni hisobga olgan holda xarajat turlari bo‘yicha taqsimlanadi, ya’ni asosiy ish haqi, materiallarning qiymatlari va hokazo.
Qurilish-montaj ishlari tannarxining strukturasi, ya’ni alohida moddalar bo‘yicha xarajatlar nisbati, qurilish majmuining tarmoqlari bo‘yicha turlicha bo‘lib, tashkilot faoliyatining konkret shart-sharoitlarini harakterlovchi bir qator omillarga bog‘liq.
Omillarning bir qismi qurilish montaj tashkilotiga nisbatan ob’yektiv harakterga ega va tabiiy-iqlim sharoitlari, texnik loyihada qabul qilingan muxandislik yechimlarining taraqqiyparvarligi, qurilish tashkilotlarining joylanishiga (dislokatsiya) ya’ni, qurilish materiallari va konstruksiyalarini etkazib beruvchi tashkilotlarning uzoq yaqinligi va boshqalarga bog‘liq. Omillarning boshqa qismi esa bevosita ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik saviyasiga, mehnatni tashkil etilishining taraqqiyparvarligiga, qurilish tashkiloti ishlab chiqarish bazasining rivojlanganligiga, uning mexanizatsiya va transport vositalari bilan ta’minlanganligiga bog‘liq.
Buning natijasida qurilish montaj lari qurilishida qurilish-montaj ishlarining tannarxi hatto bir qurilish tashkiloti miqyosida ham sezilarli o‘zgarishlarga uchrab turadi. Qurilish montaj xo‘jaligi tashkilotlarida qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibining 85 foizga yaqin qismini to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tashkil etadi. Ishlarga ko‘p material sarflanishi «materiallar, yarimfabrikatlar, konstruksiyalar, detallar» moddasi bo‘yicha xarajatlar salmog‘ining sezilarli darajada yuqori bo‘lishiga sabab bo‘ladi (To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar umumiy summasining 50 foizdan ko‘prog‘i). Umumiy qurilishdagiga nisbatan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibida mashinalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlarning salmog‘i yuqori (20 foizgacha), bu esa qurilish montaj ishlarida mexanizatsiyalashish darajasining yuqoriligini ko‘rsatadi.
Qurilishda qabul qilingan ishlab chiqarish xarajatlarini (qurilish-montaj ishlarining tannarxini) rejalashtirish va hisobga olish uslubiyoti amalda xarajat qilingan summalarni smetada ko‘zda tutilgan xarajatlar bilan solishtirishga asoslangan.
Xususan “materiallar qiymati” kalkulyasiya elementi bo‘yicha xarajatlarga yordamchi ishlab chiqarishdagi, transport tashkilotlaridagi, materiallarni qayta ishlash bazalaridagi ishchilarning asosiy ish haqlari va tegishli yordamchi ishlab chiqarishda ishlatilayotgan mashina va uskunalarni ishlatishga bo‘ladigan xarajatlar kiradi. Bir vaqtning o‘zida “Mashinalarni ishlatish’ elementi bo‘yicha xarajatlarga ishchi mexanizatorlarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i-moylash materiallari qiymati, mashina smenaning reja-hisob narxlariga kiritilgan ustama xarajatlar kiradi. O‘z tarkibiga tannarxga kiruvchi barcha xarajat turlarini olgan (ish haqi, materiallar qiymati, mashinalarni ishlatish xarajatlari) «Ustama xarajatlar» o‘z tarkibiy tuzilishi bo‘yicha tannarx elementining eng murakkab qismi bo‘lib, uning miqdorini qurilish-montaj ishlarining bir birligiga, yiriklashtirilgan ishlar majmuiga yoki ob’yektga nisbatan hisoblab chiqishning imkoniyati yo‘q, shu sababli uning miqdori bir butun tashkilot bo‘yicha aniqlanadi.
Yordamchi qurilish montaj qurilish va ta’mirlash qurilish tashkilotlari tomonidan ishlab chiqariladigan mahsulotlar tannarxini rejalashtirish va hisobga olish rejaviy va amaliy kalkulyasiyalar asosida amalga oshirilib, quyidagi xarajat moddalarini o‘z ichiga oladi: asosiy va yordamchi materiallar (qaytariluvchi chiqitlarni hisobdan chiqarilib); ishlab chiqarish ishchilarning asosiy ish haqlari, yonilg‘i, bug‘, texnologiya ehtiyojlari uchun suv, uskunalarni soz holda tutib turish va ishlatish, elektr energiya, boshqa ishlab chiqarish xarajatlari, bevosita xarajatlar.
Ishlab chiqarish xarajatlarining shakllanish ketma-ketligi bo‘yicha tannarx texnologik, sex, ishlab chiqarish va to‘liq tannarxlarga ajratiladi. Xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar bo‘yicha ko‘rsatiladigan xizmatlarning tannarxi hisoblanadi.
Yordamchi korxonalar va xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarning mahsulotlarini realizatsiya qilinishida tannarx kalkulyasiyasi reja-hisob narxlari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.

  1. Qurilishning smeta bo„yicha qiymati (narxi)ni belgilash tarkibi, tuzilishi va uslublari

Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati - bu loyihalarda asos solingan qarorlarga mos holda o‘sha yoki boshqa ob’yektlar va inshootlarni ko‘paytirish uchun zarur pul mablag‘lar miqdoridir. U smetaga oid hujjatlarni ishlab chiqarish paytida investor (buyurtmachi) topshirig‘i yoki vazifasi bo‘yicha loyiha tashkiloti tomonidan belgilanadi. Ohirgisi yangi qurilish bilan ham, amaldagi korxonalar, binolar va inshootlarni kengaytirish yoki qayta qurish bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash zaruriyati qoida bo‘yicha, asosan ikki holatda paydo bo‘ladi:

  • loyiha-smetaga oid xarajatlar bilan ishlash paytida, ya’ni belgilangan hujjatlarning tarkibiy va asosiy qismi sifatida;

  • loyihaning texnik-iqtisodiy asoslarini ishlab chiqish vaqtida (TIA).

Umuman smeta bo‘yicha qiymat kapital mablag‘larni aniqlash, qurilish uchun
mablag‘ ajratishni topish, qurilish mahsulotlariga (kelishilgan) narxni shakllantirish, bajarilgan qurilish - montaj ishlariga hisob - kitoblarni amalga oshirish uchun asos hisoblanadi. Smeta bo‘yicha qiymatlardan kelib chiqqan holda qurilgan korxonalar, binolar va inshootlar bo‘yicha asosiy jamg‘armalar joriy qilingan bilans qiymati belgilanadi.
Qurilishning smeta bo‘yicha qiymatini belgilash uchun asos bo‘lib qo‘ydagilar xizmat qiladi.

  • loyihaga tushuntirish xati;

  • loyihaning o‘zi va ish hujjatlari, shu jumladan qurilish-motaj ishlari ko‘lami, chizmalari va vedomosti;

  • jihozlarni tasniflash;

  • ishlarni bajarish loyihalari (IBL) va qurilishni tashkil qilish loyihalari (QTL);

  • amaldagi smeta normativ baza;

Hisobga olish va rejalashtirish amaliyotidagi qurilishning smeta bo‘yicha qiymati quyidagi asosiy elementlar bo‘yicha aniqlanadi.

  • qurilish ishlari;

  • jihozlar va montaj bo‘yicha ishlar (montaj ishlari);

  • mashina va j ihozlarni uchun xaraj atlar

  • boshqa xarajatlar (loyiha - qidiruv va boshqalar);

Pudrat tashkilotlari faoliyatida elementlarning birinchi ikki guruhi odatda bitta moddaga - qurilish-montaj ishlariga birikadi, ular o‘z navbatida quydagi qismlardan tashkil topadi: bevosita xarajatlar (BX), ustama xarajatlar (UX) va rejali jamg‘armalar yoki smetada foyda (Rj). Qurilish mahsuloti birligini aniqlash yoki qurilish-motaj ishlarining yagona smeta bo‘yicha qiymati quydagi ko‘rinishda bo‘lishi mumkin.
Qqmi = BX + UX + Rj (13.2.)
Bevosta xarajatlar o‘z ichiga quyidagilarni oladi: xom-ashyo, mahsulot va konstruksiyalar qiymati, ishchilarning ish xaqi, mashina va mexanizmlardan foydalanish xarajatlari. Ularning har bir ko‘rinishi, smeta normalari va narxlari bo‘yicha ishlarning ko‘lamini tashkil qilishda bevosita hisob-kitob bilan aniqlanadi.
Ustama xarajatlar - ishlab chiqarishning umumiy shartlarini, uning boshqarish va xizmat ko‘rsatish tashkilotlarini tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarning yig‘indisidir. Ularnining tarkibiga quydagilar kiradi:

  • ma’muriy-xo ‘j alik xaraj atlari;

  • qurilish ob’yektiga xizmat ko‘rsatish xarajatlari;

  • qurilish maydonlaridagi ishlarni tashkil etish xarajatlari;

  • qolgan ustama xarajatlar (mol-mulkni sug‘urta qilish, bank kreditlari bo‘yicha to‘lovlar, reklama bo‘yicha xarajatlar va boshqalar).

Ustama xarajatlarning qiymati bevosita xarajatlarning smeta bo‘yicha narxiga maxsus normalar bilan %larda belgilanadi.
Rejali jamg„armalar (smetadagi foyda)- bu pul mablag‘lari yig‘indisi bo‘lib, ish tannarxiga tegishli bo‘lmagan va qurilish mahsuloti qiymati (narxi)ning normativ (kafolatli) qismi hisoblanuvchi qurilish tashkilotlarining alohida (umumiy) xarajatlarini qoplash uchun zarurdir. Uning qiymati bevosita va ustama xarajatlarning yig‘indisidan %larda hisoblanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan sarf-xarajatlarning hisob-kitobi quyidagi formulalar bilan amalga oshiriladi:
Bx = Qqmi - UX + Rj; (13.3.)
UX = ((Qqmi - Rj)UX)/ (100 +UX); (13.4.)
Rj = (Qqmi - UX)/100; (13.5.)
Qurilish mahsulotlariga erkin narxlarni shakllantirish sharoitida rejali jamg‘armalar normasi qurilish mashina va mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi ishchi-quruvchilar hamda ishchilar mehnatiga to‘lov uchun mablag‘ning aniq qiymatiga 50% yoki qurilish-montaj ishlarining smeta bo‘yicha tannarxiga 12% o‘lchamda belgilanishi mumkin.
St = Qqmi - (Qqmi*Rj)/ (100+Rj) (13.6.)
Qqmi - qurilish-montaj ishlarining (qurilishning)smeta bo‘yicha qiymati.
Rj - rejali jamg‘armalar normasi, %.
Smeta bo„yicha tannarx - bu smetaga oid norma va narxlar bo‘yicha qurilish- montaj ishlarini bajarishga ketgan xarajatlardir. U qurilish-montaj ishlarini smeta bo‘yicha qiymatidan rejali mablag‘lar qiymatiga qaraganda kamroq, ya’ni
St = Qqmi - Rt, (13.7.)
Rt - rejadagi mablag‘larning to‘liq qiymati.
Rejadagi tannarx - bu qurilish montaj ishlarini bajarish uchun rejalashtirilgan sarf-xarajatlardir. Rejadagi tannarx smeta bo‘yicha tannarxdan rejadagi kamayish qiymaticha kamroq bo‘ladi. U texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar bilan amalga oshiriladi va mehnat unumdorligini o‘sishi va qurilish mahsulotini yaratishning ratsional usullarini tashkil etish hisobiga qurilish-montaj ishlarini amalga oshirishga ketishi mumkin bo‘lgan xarajatlarni belgilaydi. Ishlarning rejadagi tannarxi quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Rt = Qqmi - Rj - 3 + D (13.8.)
Qqmi - ishning smeta bo‘yicha qiymati;
Rj - rejadagi mablag‘lar;
3 - tannarxning rejalashtirilgan kamayishi;
D - smetadan tashqari ishlar uchun to‘lovlar;
Haqiqiy tannarx - bu qurilish-montaj tashkilotlari tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish uchun ketgan haqiqiy xarajatlar yig‘indisidir. Haqiqiy xarajatlar iloji boricha kamroq bo‘lishi uchun qurilish maxsulotining sifatiga zarar etkazmasdan pudratchi tashkilotlar resurslardan samarali foydalanishni ko‘rib chiquvchi tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni ishlab chiqishlari, jonli mehnat va taxnikadan unumli foydalanish, bekor turib qolishlar va talofatlarga yo‘l qo‘ymasliklari kerak.
Haqiqiy tannarxni shakllantirish uchun qoida bo‘yicha qurilish korxonasi buxgalteriyasi tomonidan bajarilgan ishlarni to‘g‘ri hisob-kitob qilish katta ahamiyatga ega. Bu hisob-kitob odatda qurilish tugaguncha o‘sib boruvchi uslub bilan har bir ob’yekt bo‘yicha olib boriladi. Bu yerda qurilish tashkiloti hamda buyurtmachi yoki uning vakili tomonidan imzolangan bajarilgan ishlarni qabul qilish ishlari muqarrar foyda keltirishi mumkin. Bajarilgan ishlar hisobotini amalga oshirish vaqtida mutloq nojo‘ya oshirib yozishlar bo‘lib, qurilish qiymati va tannarxini sun’iy o‘stirish javobgarlikka tortiladi.

  1. Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari

Foyda - bu qurilish korxonasi ishchilarining qo‘shimcha mehnati bilan topilgan sof daromad yoki daromad va mahsulot (ish,xizmat)ning to‘la tannarxi o‘rtasidagi farqdir. U korxona moliyaviy va ishlab chiqarish birqarorligini muhim ko‘rsatkichi hisoblanadi. Foyda hisobiga korxonalar rivojlanadi, ishchilarni moddiy rag‘batlantirish jamg‘armalari tashkil etiladi, umuman xo‘jalik sub’ektlari va davlat ehtiyojlari qondiriladi. Undan tashqari foyda olish korxona raqobatbardoshligini muhim sharti ham hisoblanadi.
Investitsion jarayonning turli bosqichlarida foydaning quyidagi turlari aniqlanadi:
Smeta foydasi - bino, inshoot va boshqa ob’yektlar loyihasida belgilangan
foyda;
Rejadagi foyda - muayyan shartlar uchun qurilish tashkilotlari hisobiga olingan foyda;
Haqiqiy foyda - ishlab chiqarish faoliyati natijasida olingan foyda;
Smetata foydasini boshqacha qilib, qurilish tashkilotining rejadagi jamg‘armalari, ya’ni qurilish loyihasida biriktirilgan, uni davlat tomonidan kafolatlangan daromad deb nomlanadi. U qurilish mashinalari va mexanizmlariga xizmat ko‘rsatuvchi quruvchi va ishchilar ish haqi qiymatining 50%i yoki loyiha- smeta hujjatlarida belgilangan qurilish-montaj ishlari tannarxining 12%i hisobida belgilangan.
Narx-navoni erkinlashtirish sharoitida rejadagi jamg‘armalar (smetaga oid foyda) darajasi buyurtmachi roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Smeta foydasi kafolatli daromad sifatida qurilish tashkilotiga soliqni, bank kreditlari bo‘yicha foizlarni to‘lashga, uy-joy-kommunal xo‘jalik ob’yektlarini saqlashga, ishlovchilarni rag‘batlantirishni amalga oshiriga yordam beradi.
Rejadagi foyda ostida qurilish tashkiloti biznes rejasini (ishlab chiqarish - iqtisodiy rejasini) ishlab chiqish jarayonida belgilangan foyda tushuniladi. Qurilish tashkiloti imzolagan pudrat shartnomalari asosida o‘z foydasini mustaqil rejalashtiradi.
A’lohida ob’yektlar bo‘yicha rejadagi foyda (Ra) quyidagi formula bo‘yicha: smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalar (Rj), ish tannarxini kamaytirish orqali erishilgan rejali samara (Er) va buyurtmachidan olingan kompensatsiya (Kb) yig‘indisi sifatida hisoblanadi.
Ra = Rj + Er + Kb, (13.9.)
Qurilish tashkilotining o‘z kuchlari bilan bajarilgan ishlarni buyurtmachiga topshirishdan kelib chiqadigan rejadagi foyda (Fr) quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
Fr = Frp + Irt + Frx (13.10.)
Frp - tugallanmagan qurilishdagi amalga oshirilmagan foyda;
Irt - rejalashtirilgan davrdagi o‘z kuchlari bilan bajarilgan ish tannarxini pasaytirishdan tejash;
Frx - rejalashtirilgan davr oxiridagi tugallanmagan qurilishda amalga oshirilmagan foyda;
Umuman qurilish tashkiloti bo‘yicha rejadagi foyda qo‘shimcha ishlab chiqarish va yordamchi xo‘jalik xizmatlari ko‘rsatish, buyurtmachiga bajarilgan ishlar va ob’yektlarni topshirishdan olingan foyda yig‘indisi sifatida hisoblanadi.
Haqiqiy foyda - bu belgilangan davrda qurilish tashkiloti ishlab chiqarish faoliyatini moliyaviy natijasidir. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
Fh =Nk -QQS - Ts, (13.11.)
Bu yerda:
Nk - kelishilgan narx;
QQS - qo‘shilgan qiymat solig‘i;
Ts - bajarilgan ishlarning sof tannarxi;
Balans foydasi qurilish tishkiloti faoliyatining hamma turlari natijasida olingan foydani o‘z ichiga oladi. U quyidagi formula bilan aniqlanadi.
Fb = Fh +Fm +Fd - Sd, (13.12.)
Fh - haqiqiy foyda;
Fm - mol - mulk (aksiyalar) sotishdan kelgan foyda;
Fd - yordamchi va qo‘shimcha mahsulotlarni sotishdan keladigan foyda;
Sd - sotishdan tashqari daromadlar;
yoki:
Fb = Qsq - Ts - Hb, (13.13.)
Qsq - qurilishning smeta bo‘yicha qiymati;
Ts - qurilish ishlarining sof tannarxi;
Hb - smetada ko‘rsatilmagan buyurtmachilar xaqlari va imtiyozlari.
Yalpi foyda - bu balanslashtirilgan (Fb) va hisob-kitob qilingan (Fh)foyda yig‘indisidir. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
Fya = Fb +Fh, (13.14.)
Hisob-kitob qilingan foyda (Fh), mahsulot (ish, xizmat)larni past bozor narxlarida sotilishi, moliyaviy moddiy resurslarning bepul olinishi, mahsulot, ish, xizmatlarni ayirboshlash vaqtida hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Bu yerda korxona tomonidan bank krediti uchun foizlar bo‘yicha to‘lanadigan mablag‘ ham bo‘lishi mumkin.
Soliqqa tortiladigan foyda ham xuddi yalpi foyda kabi hisoblanadi, lekin farqi shundaki, bu yerda byudjetga soliqlar va boshqa to‘lovlar nazarda tutiladi. Soliqqa tortiladigan foyda quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi.
Fst = Fya - M - I - QQ - QD - Jz, (13.15.)
Fya - tashkilotning yalpi foydasi;
M - mol-mulkka soliq;

  1. - ijara haqi (agar bu nazarda tutilsa);

QQ - qimmatboho qog‘ozlar bo‘yicha daromad;
QD - qo‘shimcha daromad (o‘z xissasi bilan qatnashish);
Jz - tashkilotning zahira j amg ‘ armasi;
Sof foyda soliqlarni (S) to‘langandan keyin korxona ixtiyorida qoladigan foyda hisoblanadi:
Fs = Fst - S, (13.16.)
Sof foyda bozor sharoitida moliyaviy barqarorlik va ishga layoqatlilik bo‘yicha qurilish tashkilotining haqiqiy kuchlarini aks ettiradi. Aynan sof foyda ishlab chiqarishni yuksaltirish, ishlovchilarning iqtisodiy va ijtimoiy xolatini yaxshilash uchun asosiy shart hisoblanadi.

  1. Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari

Rentabellik qurilish tashkiloti faoliyatining samaradorligini baholovchi ko‘rsatkich hisoblanadi. Agar qurilish tashkiloti, qolaversa har qanday korxona ham o‘z ishlab chiqarish faoliyatidan foyda olsa, uni daromadli hisoblash mumkin. Lekin foyda bilan qiyoslanganda rentabellik - bu foizlarda hisoblanuvchi nisbiy ko‘rstkichdir. Qanchalik mahsulot va ishlab chiqarishga sarf-xarajat kam bo‘lsa, shuncha ko‘p foyda, mahsulotning rentabellik darajasi yuqori bo‘ladi.
Qurilish mahsulotini rejalashtirish va hisoblash amaliyotida rentabellikning quyidagi ko‘rsatkichlari hisoblanadi:

  • smeta bo‘yicha rentabellik darajasi;

  • rejadagi rentabellik darajasi;

  • haqiqiy rentabellik darajasi;

Smeta bo„yicha rentabellik darajasi smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalarni (Rj), qurilishning (ob’yekt, qurilish-montaj ishlari, xizmatlari) smeta qiymatiga nisbati sifatida quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R1 = Rj /S*100%, (13.17.)
Rejadagi rentabellik darajasi qurilish tashkilotlarining faoliyati natijalari bo‘yicha istiqbolni belgilash (prognozlash) maqsadlariga hizmat qiladi va quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R2 = Rj / Nk*100%, (13.18.)
Rj - smeta foydasi yoki rejali jamg‘armalar;
Nk - qurilish ob’yektiga (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmatlarga) kelishilgan
narx;
Haqiqiy rentabellik - qurilish tugatilishi va bajarilgan ishlar bo‘yicha butun hisob-kitoblar o‘tkazishdan keyin belgilanadigan umumlashtiruvchi samara ko‘rsatkichidir. U haqiqiy foydaning (Fh) qurilishning haqiqiy qiymatiga (tannarxi) (Nh) nisbati sifatida, ya’ni quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
R3 = Fh /Nk*100%, (13.19.)
Mexanizatsiyalashgan qurilish trestlari va boshqarmalari hamda ishlarni o‘z hisobidagi mashina va mexanizmlar parki orqali bajaruvchi qurilish tashkilotlari uchun rentabellik darajasi quyidagi formula bo‘yicha foydaning (Fb) asosiy ishlab chiqarish fondlari (Fas) va aylanma mablag‘lar (Fayl) yig‘indisiga nisbati orqali aniqlanishi mumkin:
R4= Fb / (Fas+Fayl)*100%, (13.20.)
Hozirgi vaqtda mahsulot rentabelligi darajasini oshirish va foydaliligini ta’minlash har bir pudratchi tashkilot uchun muhim masala hisoblanadi, ustiga ustak uning ko‘p masalalari o‘tmishdagi xo‘jalikni boshqarish amaliyotidek davlat mablag‘i hisobidan emas, balki xususiy ishlab topilgan mablag‘lar hisobidan hal qilinadi. SHuning uchun ular nafaqat ko‘p «ishlab topishga», foydani ko‘paytirish va rentabellik darajasini oshirishga harakat qilishlari, balki, tejashni, xususiy ishlab topilgan mablag‘dan oqilona foydalanishni bilishlari kerak.
Foydani ko‘paytirish va qurilishda rentabellikni o‘stirishning har xil yo‘llari orasida eng muhimlari quyidagilar hisoblanadi:

  • bahoni shakllantirish mexanizmi va foydani shakllantirishni takomilllashtirish;

  • mehnat unumdorligini oshirish;

  • ishlab chiqarish fondlaridan, birinchi navbatda, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanishni yaxshilash;

  • ishlab chiqarishning o‘zviyligini ta’minlash;

  • qurilish muddatlarini qisqartirish va amalda ob’yektlarni ishga tushirishni tezlashtirish;

  • qurilish-montaj ishlari tannarxini pasaytirish va ularni sifatini yaxshilash.

Tayanch iboralar: Qurilish mahsuloti. Baho. Narx. Resurs. Xarajatlar. Daromadlar. Tannarx. Smeta qiymati. To’g’ri xarajatlar. Ustama xarajatlar. Rejalashtirilgan jamg’armalar. Haqiqiy foyda. Reja foydasi. Smeta foydasi. Balans foydasi. Rentabellik.
Nazorat uchun savollar:

  1. Qurilish mahsulotining tannarxi deganda nimani tushunasiz?

  2. Qurilish mahsulotining tannarxi tarkibiga nimalar kiradi?

  3. To’g’ri xarajatlar qaysi xarajat elementlaridan tashkil topgan?

  4. Ustama xarajatlarga qaysi xarajatlar kiradi?

  5. Rejalashtirilgan jamg’armalarga qaysi xarajatlar kiradi?

  6. Foydaning qanday turlari mavjud?

  7. Rentabellik nima va uning qanday turlari bor?

14-MAVZU: QURILISH ISHLAB CHIQARISHINI DIVERSIFIKATSIYALASH ASOSLARI
Reja:

  1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi.

  2. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va mezonlari.

  3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish.

  1. Diversifikatsiyaning mohiyati va uning turkumlanishi

Iqtisodiyot fanida “diversifikatsiya” tushunchasining ko‘plab izohlari mavjud. Umumiy ma’noda diversifikatsiya - bu xo‘jalik faoliyatini yangi soha, bozor va tarmoqlarga kiritish demakdir. U iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalariga ajratiladi.
Iqtisodiy diversifikatsiya - bu bitta firmada turli rentabellikdagi mahsulotlar ishlab chiqarilishini birlashtirish bo‘lib, u ishlab chiqarishdagi tuxtalishlarni manipulizatsiyalash imkonini beradi.
Qurilishda iqtisodiy diversifikatsiyani amalda qo‘llashning iloji yo‘q, chunki qurilish firmalari rentabelligi deyarli bir xil bo‘lgan hamma qurilish-montaj ishlari (rentabelligi 8-10% atrofida farq qiladigan ishlar)ni bajarish bilan buyurtma (ob’yekt)li faoliyatni amalga oshiradi. SHu sababli qurilish uchun ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ancha muhim ahamiyat kasb etadi.
Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi bu bir-biri bilan bog‘langan yoki bog‘lanmagan ishlab chiqarish turlarini bir vaqtning o‘zida rivojlantirish orqali qurilish va noqurilish bozorlarining yangi sektorlarga kirib borishi yoki tovarlar ishlab chiqarish (ishlar, xizmatlar)ni har xil jinsli faoliyat sferalarida uyg‘unlashtirishdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini korxona faoliyatining asosiy ishlab chiqarish bilan bog‘langan yoki bog‘lanmagan sferasini kengaytirish sifatida tushunish mumkin. Qurilishda ishlab chiqarish diversifikatsiyasining quyidagi yo‘nalishlari mavjud: uy-joy qurilishi kombinatlari tipidagi korxonalarga o‘xshash korxonalarni tuzish orqali qurilish va qurilish materiallarini ishlab chiqarishni bitta tizimga birlashtirish; qurilishni loyihalashtirish va qurilishni bitta ishlab chiqarish tizimiga birlashtirish, bunda loyihalash-qurilish firmalari tipidagi korxonalar yaratiladi; bu ikki faoliyat turini birlashtirish orqali ahamiyat tarzdagi iqtisodiy salohiyatga erishiladi, bu esa firma ichida har xil qurilish masalalarini operativ echish bo‘yicha katta imkoniyatlarni to‘plash imkoniyatini yaratadi, natijada firma qurilish bozorida ancha egiluvchan holatni egallab oladi; injenerning firmalar yaratish, ular tugallangan ob’yektlar yaratish bo‘yicha bajariladigan barcha ishlar va xizmatlar kompleksini o‘z faoliyatiga kiritadi, bu firmalar ob’yektlarni loyihada ko‘rsatilgan quvvat bilan ekspluatatsiya (foydalanish)ga tayyorlab beradi (shu bir qatorda infrastruktura yaratish bilan bog‘liq bo‘lgan ob’yektlar qurilishi bilan ham shug‘ullanadi); qurilish materiallarini ishlab chiqarishni tashkil etish va qurilish ishlab chiqarishi chiqindilari, nokonditsion mahsulot, bino va inshootlarni rekonstruksiya qilishda to‘plangan chiqindilarini qayta ishlash asosida qurilish materiallari ishlab chiqarish bilan qurilish bozoriga chiqish; asosiy ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan boshqa mahsulotlar ishlab chiqarish, shu asosida qurilish firmasi ishchi-xodimlarining kvalifikatsiyasidan u yoki bu me’yoriy foydalanishni yo‘lga qo‘yish (masalan, mebel ishlab chiqarish asosida).
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi qurilish tashkiloti samaradorligini oshirish va iqtisodiy turg‘unligini ta’minlash yo‘nalishlaridan biri deb hisoblanadi. Tor ixtisoslik qurilish tashkilotining ishlarni pudrat asosida olish imkoniyatini pasaytirayotgan vaqtdagi qattiq raqobat sharoitlarida rivojlanishining ushbu yo‘nalishi ayniqsa juda dolzarb bo‘lib qolmoqda.
O‘z faoliyatini diversifikatsiyalash istagi kapital mablag‘larning zarurligi, xavf- xatarga yuz tutishini (taxminlarni) pasaytirish, mahsulot ishlab chiqarishda to‘xtalishlarni bartaraf etish, distribyusiya kanallaridan samarali foydalanishga intilish, boshqarish tizimini takomillashtirish kabi motivlar asosida yuzaga keladi. Tovarlar va xizmatlarning ancha keng spektrini (ko‘lamini) taklif etish bilan korxona o‘zining raqobotbardoshligini oshirishi mumkin. Bundan tashqari diversifikatsiyalashda tizimning xususiyatlaridan kelib chiqadigan sinergetik effekt yuzaga keladi: tizimdan tashqaridagi komponent jamlangan tizimga nisbatan ancha kichik salohiyatga ega bo‘ladi.
Diversifikatsiya bog‘langan va bog‘lanmagan (konglomerativ) diversifikatsiyalarga bo‘linadi. Bog‘langan diversifikatsiya o‘z navbatida vertikal va gorizontal diversifikatsiyalarga ajratiladi. Vertikal diversifikatsiya (integratsiya) - bu ishlab chiqarish jarayoni yagona texnologik zanjiriga kiruvchi yangi komponentlarni mavjud bo‘lgan (amaldagi) tizimga kiritish jarayonidir. Bunda integratsiya uchta turga: to‘liq, qisman va kvaziintegratsiyalar (egalik huquqiga o‘tmagan holda manfaatdor kompaniyatlar o‘rtasida alyanslarni yaratish tushuniladi). Bundan tashqari, vertikal diversifatsiya to‘g‘ridan-to‘g‘ri (korxonalar-mahsulot iste’molchilari bilan integratsiya) va qaytma ya’ni aksincha (korxonalar-etkazib beruvchilar bilan integratsiya) bo‘lishi mumkin. Gorizontal diversifikatsiya - bu bitta sferada faoliyat yuritayotgan korxonalarning birlashish jarayoni bo‘lib, u o‘zining raqobatbardoshligini kuchaytirish yoki raqobatchilar ustidan nazorat o‘rnatish uchun amalga oshiriladi. Bog‘lanmagan diversifikatsiya - bu kopaniyaning asosiy faoliyati bilan bog‘lanmagan yangi bozorlarga kirish jarayonidir. (qurilishda diversifikatsiya jarayonini turkumlanishi 9.1. -rasmda ko‘rsatilgan). G‘arbda to‘plangan tajriba umumiqtisodiy krizis vaziyatlarida bog‘langan diversifikatsiyaga ega bo‘lgan kompaniyalar ancha ustuvor bo‘lishini ko‘rsatadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi ikkita rivojlanish yo‘liga ega:

  • ichki o‘sish - mavjud bo‘lgan (ishlab turgan) korxonani diversifikatsiya (yangi yo‘nalishlarni yaratish yoki ajratish);

  • tashqi o‘sish - qo‘shib olish, yutib yuborish (yo‘qotish) yo‘li orqali diversifikatsiyalash.

Har qanday vaziyatda diversifikatsiyalash jarayoni etarli darajada murakkab kechadi va oldindan kompleks iqtisodiy baholashni talab etadi.
Diversifikatsiya uchun variantlarni qidirish jarayonida kompaniya o‘zining oldingi sohasida tuxtalishi yoki uning uchun yangi bo‘magan sohani tanlashi mumkin. Birinchi vaziyatda diversifikatsiya o‘ziga xos strategik muvofiqlikka ega bo‘lgan sohada olib boriladi.
Bir qancha firmalar foyda olish maqsadida yaxshi imkoniyatlarga ega bo‘lgan boshqa sohalarga diversifikatsiyalashni yoqlaydi. O‘z profiliga to‘g‘ri kelmaydigan diversifikatsiyaga boruvchi firmalar yagona korporativ struktura doirasida yangi filial yaratish (ochish) vositasida emas, balki deyarli doimo funksiya yuritayotgan kompaniyalarning ishlab chiqarish sektorlariga kirib boradi. Bunday strategiya boshqa firmalarni yutib yuborish (konglomeratli qo‘shilish) yo‘li bilan aksiyalarning turg‘unligini oshirish orqali kompaniyani o‘stirishga asoslangan bo‘ladi. Qo‘shimcha daromad (yutuqlar)ga erishish ikkinchi rejaga qo‘yiladi, qachonki profilli bo‘lmagan diversifikatsiya koporativ daromadlarni ta’minlagan holda o‘zini oqlamaguncha, shuningdek, yo‘lga qo‘yilgan ishlab chiqarishlar samarali funksiya (faoliyati) yurutmaguncha.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • rejali (oldindan ishlab chiqilgan biznes-reja asosida) va rejadan tashqari (majburiy) bo‘lish mumkin;

  • tarmoq ichida va tarmoqlararo bo‘lishi mumkin;

  • oddiy (uning olib borilishi sarf-xarajatlarsiz bajariladi) va murakkab (uning aalga oshirilishiga kapital mablag‘lar ajratiladi) bo‘lishi mumkin.

Yirik qurilish korxonalari, qoidaga ko‘ra, o‘z tarkibida qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini (yig‘ma temirbeton va beton konstruksiyalar, g‘isht, asfaltbeton, o‘rnatish detallari, rudasiz materiallar, eshik va romlar, qo‘shma mebellar va h.k.) ishlab chiqaruvchi bo‘limlariga ega bo‘lgan va egadirlar, shuning uchun qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlarini chiqarish - bu tarmoqichi diversifikatsiyasi deb hisoblanadi. Ushbu tovarlar bilan savdo-sotiq qilish - bu ishlab chiqarishning tarmoqlararo diversifikatsiyasidir.
Hozirgi vaqtda qurilish korxonalarida ikki turdagi ishlab chiqarish diversifikatsiyasi amalga oshirilmoqda:

  • rejadan tashqi asosida oddiy bo‘lmagan, bog‘langan tipdagi (turdagi), qaytma aloqalarga asoslangan ichki diversifikatsiya;

  • bog‘lanmagan turdagi, qoidaga ko‘ra rejali asosidagi tarmoqlararo diversifikatsiya. Korxonaning moliyaviy ahvoli (holati)ga bog‘liq ravishda murakkab va oddiy diversifikatsiya bo‘lishi mumkin.

O‘tish davrining inqirozli sharoitlarida ko‘plab qurilish korxonalari uchun xarakterli bo‘lgan xo‘jalik yuritishning noxush sharoitlari mamlakatdagi korxonalarning diversifikatsion strategiyalardan foydalanishlariga yo‘l ochib beradi.
Bu yerda shuni ta’kidlash joizki, G‘arbda yuzaga kelgan va faol qo‘llanish olgan diversifikatsion strategiya sharoitlaridan mamlakatdagi sharoitlarning farqi shundaki, mamlakat amaliyotida diversifikatsiya - bu inqirozli davrda majburiy chora-tadbir bo‘lib, mavjud holatdan chiqib ketish usuli sifatida qo‘llanilsa, G‘arbda esa diversifikatsiya - bu an’anaviy tarmoqlar (sohalar) ramkasi tor bo‘lib qolgan bir paytda va boshqa tarmoqlar (sohalar) da yaxshi iqtisodiy natijalarga erishish imkoniyatlari yuzaga kelayotgan vaqtda qo‘shimcha foyda olish manbalarini qidirib topishdan iboratdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini ixtisoslashgan korxonalarda foydaning kamayayotgan me’yori va uni (foydani) qurilish va noqurilish bozorlarining boshqa sektorlarida oshirish imkoniyatlari o‘rtasida yuzaga kelayotgan ziddiyatlarni bartaraf etish usuli deb hisoblash mumkin.

  1. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish sharoitlari va mezonlari

Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini samarali amalga oshirishga uchta guruhdan tashkil topgan quyidagi: makroiqtisodiy, tarmoqli va firma ichidagi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Makroiqtisodiy omillar ichidan birinchi navbatda davlat investitsion va soliq siyosatini, inflyasiya darajasini, monetar (pul-kredit) siyosatini ajratib ko‘rsatish o‘rinlidir, chunki ular qurilish korxonasining funksiya yuritishi uchun sharoitlar yaratadi, shuningdek ular qurilish korxonasining faoliyati uchun xush va noxush xarakter bo‘lgan ham ega bo‘lishi mumkin.
Inflyasiya korxona resurslarini qadrsizlantiradi, investitsion faollikni kamaytiradi, bu esa asosiy ishlab chiqarish jamg‘armalari (fondlari) shaklidagi asosiy kapitalning oddiy ishlab chiqarish jarayonini qiyinlashtiradi.
Bir vaqtning o‘zida inflyasiya tadbirkorlik faolligini kamaytiradi, korxona faoliyatining iqtisodiy samaradorligini pasaytiradi, ularning moliyaviy ahvoli (holati)ga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Boshqa tomondan inflyasiya faoliyatning shunday sferalari va yo‘nalishlarini izlab topish (qidirish)ni yo‘lga quyadiki (rag‘batlantiradiki), o‘nga ko‘ra foyda suratining o‘sishi inflyasiya darajasining o‘sishidan ancha ilgarilab ketadi. Bu shunday vaziyatlarda ro‘y berishi mumkinki, qachonki mahsulot turg‘un va katta ehtiyojga ega bo‘lgan holdagina bu esa korxonaga inflyasiya o‘sishiga nisbatan narxlarni tez oshirish imkonini beradi. SHunga o‘xshash vaziyat korxonalarni o‘z ishlab chiqarishini diversifikatsiyalashga, ularning asosiy faoliyat turlari bilan bog‘langan va bog‘lanmagan ancha foyda olib keladigan yo‘nalishlarni qidirib topishga undashi mumkin.
Pul - kredit siyosati narxlar darajasi, YAIM, investitsion faollik, bandlik (mashg‘ullik) kabi muhim ko‘rsatkichlarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Korxona uchun soliqqa tortish katta ahamiyat kasb etadi. Soliq olish (soliq bremyasi) qancha kam bo‘lsa, korxonaning ishbilarmon faolligi shuncha yuqori bo‘ladi va aksincha soliq olish (soliq bremyasi) qancha yuqori bo‘lsa, korxonaning ishbilarmon faolligi shuncha past bo‘ladi. 2001 yildan boshlab soliq yukining umumiy pasayishi ro‘y bermoqda. Ishlab chiqarish korxonalari uchun ishlab chiqarilayotgan mahsulotga, ishlar, xizmatlarga bo‘lgan soliq bremiyasi o‘rtacha 28% dan 24% ga tushdi. Soliq solish (soliq pressi) taxminal 15% ga kamaydi, bu esa o‘z navbatida korxonaning ishbilarmon faoliyatiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatdi, investitsiya, talab-ehtiyoj va bandlik uchun manfaatli sharoitlar yaratdi. Tarmoq (soha) doirasiga tahsir qiluvchi omillar orasidan ushbu tarmoq daromad salohiyatiga ta’sir ko‘rsatadigan bir qator omillarni ajratib ko‘rsatamiz:

  • qurilish mahsulotiga bo‘lgan taklif va talab;

  • pudrat ishlari bozorida harakatlanayotgan qurilish korxonalari o‘rtasidagi raqobat;

  • kapital ajratmalar, kapital ta’mirlash va ta’mirlashni moliyalashtirish

hajmi;

  • materiallarni etkazib beruvchilar va xizmat ko‘rsatuvchilar o‘rtasidagi raqobat;

  • qurilish pudrat ishlari bozorini materiallar va xizmatlar bilan to‘ldirish darajasi.

Qurilish korxonalarining pudrat ishlari bozorida tutgan o‘rni qurilish-montaj ishlari (QMI) narxi va sifati (ularning ixtisoslashtirilganligi), qurilish texnikasi, asbob-uskunalar, jihozlar, ishlab chiqarish bazasi, ishchi kuchi salohiyati va firmaning buyurtmachilar oldidagi mavqei hamda qurilish tashkilotining raqobatbardoshlik darajasiga bog‘liqdir.
Material etkazib beruvchilar, xizmat ko‘rsatuvchilarning egallagan o‘rni (pozitsiyasi) ham ishlab chiqarilayotgan mahsulot (ko‘rsatilayotgan xizmatlar) narxi va sifati, tarmoqning iste’molchi sifatidagi mavqei (ahamiyati) va xaridorlar talablarini differensiallashgan holda hisobga olish bilan aniqlanadi. YUqorida sanab o‘tilgan omillar alohida regionlarda faoliyat yuritayotgan ixtisoslashgan korxonalar soni, ularning quvvati, ya’ni bir jinsli mahsulot chiqarish bo‘yicha ishlab chiqarish quvvatlarining konsentratsiya darajasi, alohida turdagi ishlar va xizmatlar bajarilishi uchun ahamiyat kasb etadi. Boshqa tomondan, investorlar va xaridorlar tomonidan ularning mahsuloti, ishlari, xizmatlariga qo‘yiladigan talab va ehtiyojlar hajmini hisobga olish zarurdir.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi - bu qurilish korxonasi moliyaviy holati (ahvoli)ni mustahkamlash yoki sog‘lomlashtirishning salohiyatli imkoniyatidir. Qurilish tashkiloti faoliyati sferasini uning asosiy profili bo‘yicha kengaytirish ishlab chiqarish diversifikatsiyasining eng samarador yo‘nalishi deb hisoblanadi. Bunday vaziyatda ishlab chiqarish bazasi ham ishchilarning saviyasi (kvalifikasiyasi) ham buyurtmachilar bilan ishbilarmon doiradagi aloqalar ham o‘z qo‘llanishini topadi. Bu o‘z navbatida qurilish korxonasining o‘zi uchun yangi bo‘lgan bozor sektoriga chiqqandagi raqobatli salohiyatida o‘z aksini topadi. Bundan tashqari nafaqat bozorda yangi partnyorlar va iste’molchilarni jalb qilish, balki avvalgilari bilan ham aloqalarni saqlab qolish imkoniyati vujudga keladi.
Qurilish korxonalari tomonidan ularning an’anaviy, tor doirada ixtisoslashgan yo‘nalishli faoliyatdan diversifikatsion faoliyatga o‘tishida uchraydigan har bir alohida vaziyatning asoslab berilishini taqoza etadi. Asoslash ishlab chiqarish diversifikatsiyasi maqsadlaridan kelib chiqadigan mezonlar bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ko‘plab qurilish korxonalarining og‘ir moliyaviy ahvoli, ulardagi ortiqcha ishchilar soni korxonalarni ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tomon etaklaydi. Ushbu faoliyatning oxirgi maqsadlari quyidagilar: foydani maksimallashtirish, ish o‘rinlarini
saqlab qolish va yangilarini yaratish, korxona asosiy jamg‘armasi (fondi)dan foydalanish darajasini oshirish, pudratishlari bozori va noqurilish bozorining yangi segmentlari o‘zlashtirish.
Bundan kelib chiqqan holda qurilish korxonasining ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o‘tishini asoslaydigan mezonlar sifatida diversifikatsiya turiga bogTiq boTgan ko‘rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir.
Ushbu mezonli ko‘rsatkichlarning uchtasi: ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o‘tishgacha boTgan kvartaldagi ko‘rsatkichini; an’anaviy faoliyat turi davom ettirilgan vaziyatdagi ko‘rsatkich rejaviy miqdorini; diversifikatsiya amalga oshirilgan vaziyatda bashorat qilinadigan ko‘rsatkich miqdorini (kk0; kka; kkrej) taqqoslash taqoza etiladi.
Taqqoslash bazasi boTib diversifikatsiya amalga oshirilgandan keyingi davrdagi mezoniy (kriterial) ko‘rsatkich (KPi) xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi maqsadlariga bogTiq ravishda diversifikatsiya turliri va uni oTkazish yaxshilanadi:

  • to‘qqista ko‘rsatkich (rejali diversifikatsiya yaxshilanadi);

  • bir nechta ko‘rsatkichlar (majburiy diversifikatsiya) yaxshilanadi.

Zikr etilgan ko‘rsatkichlar korxona uchun o‘zlarining ahamiyati bo‘yicha
bir birlaridan farq qiladi. Bunda ulardan hech biri aniqlovchi (etakchi) boTa olmaydi ya’ni ko‘rsatkichlardan birontasi masala yechimini diversifikatsiya oTkazilishi foydasiga yoki uning inkor etilishini hal qila olmaydi.
Olinadigan foyda miqdorini aniqlab beradigan ko‘rsatkich (FK) eng muhim ko‘rsatkichlardan biridir. Bu ko‘rsatkich qurilish korxonasining moliyaviy-xo‘jalik faoliyati natijalari to‘g‘risida xabar beradi. YUqori saviyali ishchi-xodimlarning soni o‘zining ahamiyatiga ko‘ra ikkinchi ko‘rsatkich deb e’tirof etiladi (Syus), chunki qurilish korxonasining uquvli ishchilari sonini saqlab qolish va ular sonini kupaytirish diversifikatsiyaning eng asosiy maqsadlaridan biridir. Ishchi-xodimlarning o‘rta ro‘yxatli soni, ularning oylik- maoshlari, korxona asosiy ishlab chiqarish jamg‘arma (fond) laridan unumli foydalanish kabi ko‘rsatkichlar ham kam boTmagan nisbiy salmoqqa ega.
Foyda miqdorlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqarish diversifikatsiyasi iqtisodiy samaradorligini belgilab bersa, yuqori saviyali ishchi kuchidan foydalanish esa ko‘p jihatlar bo‘yicha korxonaning raqobatbardoshlik darajasini aniqlab beradi.
Real bankrotlik xavfi ko‘plab qurilish korxonalarini ular tomonidan olinadigan daromadlar sarflangan xarajatlarni kam foyda olish bilan yoki umuman foydaga ega boTmagan holda qoplaydigan sharoitlarda ishlashga majbur qiladi. SHunday qilib, ular mavjud holatdan chiqib ketishlari uchun oddiy tur (tip) dagi (moliyaviy vositalarni jalb qilmasdan) ishlab chiqarish diversifikatsiyasini o‘tkaztshga majbur boTadilar.
Ko‘p sonli (massali) ishsizlik yuzaga kelgan paytda, ayniqsa regional miqyosda qurilish korxonalaridan ozod etilgan ishchilarga yangi ish o‘rinlarini topish juda qiyindir, bu esa o‘z navbatida jamiyat hayotida ijtimoiy kuchlanganlikni kuchaytiradi. Bularning hamasi qurilish korxonalari ishlab
chiqarish diversifikatsiyasi jarayonining naqadar ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligidan darak beradi.
Shunday qilib, diversifikatsiya variantlarini tavsiya etilayotgan mezon (kriterial) ko‘rsatkichlar bo‘yicha solishtirish ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish usulini tanlash haqida qat’iy qaror qabul qilishga shart-sharoit yaratadi, ya’ni qanday qilib mavjud bo‘lgan ixtisoslashgan ishlab chiqarishdan kengaytirilgan ishlab chiqarishga o‘tish yo‘llarini ko‘rsatib beradi.
Diversifikatsiya maqsadlaridan kelib chiqqan holda uning mumkin bo‘lgan natijalari haqida bashorat qilish, foyda va sarf-xarajatlarning nisbatlarini oldindan hisoblash, korxona faollari va ishchilari sonini oldindan aniqlash mumkin. Mezoniy (kriterial) ko‘rsatkichlar tizimidan foydalanish qurilish korxonasi mutaxassislariga ishlab chiqarish diversifikatsiyasi tufayli erishish mumkin bo‘lgan natijalarni oldindan baholash imkonini beradi.
O‘tkaziladigan ishlab chiqarish diversifikatsiya variantini tanlash uchun qurilish korxonalarining marketing yondashuvdan foydalanishi ancha maqsadga muvofiqdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday korxona o‘zining bir yoki bir- nechta tovarlariga bo‘lgan talab-ehtiyojning pasayishiga to‘qnash keladi. Bunday vaziyatda konyukturaning pasayish sabablarini tahlil qilish va yangi maqsadli bozorlarni izlab topish yo‘li bilan sotiqni yana o‘z o‘rniga qo‘yish yoki tovar xarakteristikasini o‘zgartirish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkinligini aniqlash zarur bo‘ladi. Marketingning vazifasi - bu tovarni takomillashgan yondashuv asosida taklif qilish evaziga talab-ehtiyojning pasayishini to‘xtatishdan iboratdir.
Axborot olishning hamma ijobiy tomonlariga ega bo‘lgan marketing qidiruvlari axborot olish manbalari ichida eng qimmati deb hisoblanadi. Ko‘plab qurilish korxonalarini moliyaviy mablag‘lar etishmaydigan sharoitlar faqat eng muhim axborotlarni olish zururiyatigina ularni bunday axborot manbayiga murojat qilishga majbur etadi.
Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini o‘tkazishning yuzaga kelishi va uning bozor imkoniyatlarini baholash ko‘plab variantlarning vujudga kelishiga olib keladi, bu variantlar ichidan qurilish korxonasi imkoniyatlari ko‘proq darajada mos keladigan faqat bitta variantni tanlash zarur bo‘ladi.
Diversifikatsiya variantini nazariy tanlash (asoslash) quyidagi tartibda olib boriladi.
Qurilish korxonasi ishlab chiqarish va qurilish buyumlarni ishlab chiqarishni “X” buyumlarni ma’lum deb hisoblaydi. “X” buyumlarni ishlar va xizmatlar namenklaturasiga kiritish uning maqsadlariga va mavjud bo‘lgan resurslariga muvofiq keladi, ya’ni korxonaning ishlab chiqarish bazasi, tarkibi ishchi- xodimlarning saviyalari “X” buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish imkonini bersa, mavjud bo‘lgan moliyaviy mablag‘lar va xo‘jalik aloqalari ishlab chiqarishni zarur bo‘lgan resurslpar bilan ta’minlash va yangi mahsulot sotilishini tashkillashtirib beradi.
Diversifikatsiyaning bunday variantini yangi bozorning ahamiyati va o‘ziga xos jihatlarini o‘zlashtirish nuqtai nazaridan o‘rganish taqoza etiladi.
Diversifikatsiyaning ushbu variantini amalga oshirish imkoniyatlarini quyidagi tartibda olib boriladi:

  • talab-ehtiyojga o‘lchanadi va bashorat qilinadi;

  • yangi bozor o‘zlashtiriladi (segmentlashtiriladi);

  • maqsadli segmentlar o‘rnatiladi;

  • bozorda chiqarilayotgan buyum turi pazitsiyalantiriladi.

Ishlab chiqarilgan “X” buyumlarni bozorga olib chiqishni ko‘zda tutgan qurilish korxonasi tomonidan bozorning hozirgi va kelgusi ko‘lamini aniq bahlanishi taqoza etiladi. Bozorning hozirgi holatini baholash uchun korxona bozorda o‘zinikiga o‘xshash buyumlarning mavjudligini aniqlamog‘i va ulardan har birining sotilish hajmini baholashi zarur bo‘ladi.
Qurilish korxonasi tomonidan ishlab chiqariladigan “X” yangi buyumning bozorda sotilishi o‘suvchan bo‘lishliligi taxminiy xarakter kasb etadi. SHuning uchun marketing bo‘limi mutaxassislar oldida yangi yuozor perspektivasini aniqlash masalasi ko‘ndalang turadi.
Salohiyatli xaridorlarni aniqlash, ularning ehtiyojlarini qoniqtirish uchun korxonaning samarador xizmat ko‘rsata olish holatini aniqlashda marketing xizmatini bozorni segmentlashtirish protsedurasi yordam beradi. Bozorni segmentlashtirish ma’lum parametrlarga tayangan holda uni (bozorni) iste’molchilarning aniq guruhlariga ajratish orqali amalga oshiriladi, bunda ulardan har biri uchun alohida ishlar, tovarlar yoki xizmatlar va mos ravishda marketing komplekslari talab etilishi mumkin.
Korxona bozorni segmentlashtirishda mumkin bo‘lgan turli parametrlardan foydalanishi mumkin. Bozorni segmentlashtirish uchun asosiy parametr sifatida iste’molchilar manfaatini, iste’mol qilinish jadalligini, iste’molchilar maqolini yoqlaydigan daromadlar mavqeini (darajasini) olish mumkin.
Segmentlashtirish korxona o‘z mahsuloti bilan chiqish ko‘zda tutilgan bozordagi turli segmentlarning imkoniyatlarini ochib beradi. So‘ngra korxonaga qancha segmentlarni egallash va ular ichidan eng ma’qullarini aniqlash zarur bo‘ladi.
Korxona bozorni egallashning uchta usulidan foydalanishi mumkin: nodifferensial marketing, differensiallashgan marketing, konsentratsiyalashgan marketing. Birinchi vaziyatda qurilish kooxonalari segmentlarning farqlanishini inobatga olmaydi va butun bozorga birdaniga bir xil takliflar bilan murojaat qiladi. Ikkinchi vaziyatda korxona bir nechta segmentlarga chiqishni ko‘zda tutadi va ularning har biri uchun alohida takliflar ishlab chiqadi. Uchinchi vaziyatda esa katta bozorda katta bo‘lmagan hissaga konsentratsiyalanishni kuchaytirish o‘rniga firma takliflarni bitta yoki bir nechta sub’nkovlarning katta hissasiga konsentratsiyalashtiradi. Oxirgi variant chegaralangan resurslarga ega bo‘lgan korxonalar uchun kancha qo‘l keladi. Bir vaqtning o‘zida konsentratsiyalashgan marketing yuqori darajadagi taxmin (xavf-xatarga yuz tutish) bilan bog‘langandir, chunki tanlangan segment raqobatchilarning ko‘payib ketishi tufayli ko‘zlangan umidlarni oqlamasligi
mumkin.

  1. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o„tkazish

Har qanday diversifikatsion loyiha to‘rtta bosqichdan iborat bo‘ladi:

  1. loyihani asoslash va ishlab chiqish (diversifikatsiya oldi ishi);

  2. loyihani tadbiq etish;

  3. loyihaga muvofiq ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish, mahsulot ishlab chiqarish;

  4. loyihalashni tugatish va yakuniy xulosalar chiqarish.

O‘z navbatida ishlab chiqarish diversifikatsiyasi dasturini loyiha muvofiq asoslash va ishlab chiqish bir nechta bosqichlarda olib boriladi.

  1. bosqich. Pudrat ishlari bozori kon’yunkturasi.

  2. bosqich. Qurilish materiallari, konstruksiyalari, buyumlari, transport xizmatlariga bo‘lgan talab va takliflarni tahlil qilish.

  3. bosqich. Noqurilish bozorlari kon’yukturasini tahlil qilish.

  4. bosqich. Korxona moliyaviy ahvolini tahlil qilish yoki korxonadagi nochor holatga iqtisodiy tashxis qo‘yish.

  5. bosqich. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi turini tanlash va loyiha yoki bines

  • reja ishlab chiqish.

  1. bosqich. Korxona faoliyati yakuniy ko‘rsatkichlarini bashorat qilish yoki oldindan aytib berish.

Qurilish korxonalari diversifikatsiya dasturini ishlab chiqishda diversifikatsion mahsulot uchun bozor imkoniyatlarini baholash, diversifikatsiya yo‘nalishini va turini tanlash kabi kalitli momentlarga katta e’tibor qaratmoqlari zarur.
Birinchi tartibli vazifalar (bozorlar kon’yunkturasi monitoringi)ni bajarish ishonchli axborotlar olish va ularni qayta ishlashni talab etadi.
Bozor axboroti tizimi uchta yordamchi tizimlarni shakllantiradi: korxona ichki hisoboti tizimi, tashqi joriy axborot yig‘ish tizimi va marketing qidiruv tizimi.
Korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatining yo‘l ko‘rsatuvchisi deb hisoblanadi. Qaytma aloqa funksiyasini bajarish bilan korxona ichki hisoboti tizimi korxona faoliyatiga bozor muhiti ta’sirini ko‘rsatadi, bu ta’sir o‘z navbatida korxona faoliyati asosiy ko‘rsatkichlari o‘zgarishi dinamikasi, ijobiy yoki salbiy moliyaviy va iqtisodiy natijalar bilan ifodalanadi.
Korxona ichki hisoboti tizimining amaliyotda foydalanilgan metodlari, uning kundalik qo‘llanish xarakterini hisobga olish qurilish korxonalarining ishlab chiqarish diversifikatsiyasiga o‘tishida va uning amalga oshirilishida katta rol uynaydi.
Tashqi joriy axborot yig‘ish tizimi qurilish korxonalarini turli bozorlarda ro‘y berayotgan oxirgi axborotlar bilan ta’minlaydi. Bu turdagi axborot turining manbalari bo‘lib O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari, kompyuter dasturlari, gazeta va jarnallar xizmat qilishi mumkin. Bundan tashqari bu axborot qurilish korxonasi xodimlarining boshqa korxonalar (etkazib beruvchilar, investorlar, buyurtmachilar) mutaxasislari bilan bevosita muloqot natijasida ham olinishi mumkin.
Qurilish korxonalari olinishi qiyin bo‘lgan axborotga ega bo‘lishi uchun ixtisoslashgan marketing qidiruviga buyurtma berishlari mumkin.
Tayanch iboralari: Diversifikatsiya. Iqtisodiy diversifikatsiya. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasi. Menejment. Marketing.
Nazorat uchun savollar:

  1. Diversifikatsiya nima? Iqtisodiy va ishlab chiqarish diversifikatsiyalarini tushuntirib bering.

  2. Qurilish ishlab chiqarish diversifikatsiyasi mohiyatini tushuntiring.

  3. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini amalga oshirish mezonlari nimalardan iborat?

  4. Ishlab chiqarish diversifikatsiyasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini aytib bering.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO„YXATI

  1. Узбекистан Республикаси Конституцияси.-Т.: “Узбекистон”, 2010.

  2. Узбекистон Республикаси Президентининг 1997 йил 28 октябрдаги “Капитал курилишни ташкил этишни тартибга солиш чора-тадбирлари тугрисида” ги ПФ-1875-сонли Фармони.

  3. Узбекистон Республикаси Президентининг 2003 йил 6 майдаги “Капитал курилишда иктисодий ислохотларни янада чукурлаштиришнинг асосий йуналишлари тугрисида” ги ПФ-3240-сонли Фармони.

  4. Узбекистон Республикаси Президентининг 2005 йил 24 мартдаги “Курилиш материаллари саноатида иктисодий ислохотларни чукурлаштириш ва тармокни жадал ривожлантириш тугрисида” ги ПФ-3586-сонли Фармони.

  5. Узбекистон Республикаси Президентининг 2007 йил 1 июндаги “2007 - 2011 йиллардаги даврда курилиш материаллари саноати корхоналарини модернизация килиш, техникавий ва технологик кайта жихозлаш дастури тугрисида” ги ПК-646-сонли Карори.

  6. Узбекистон Республикаси Вазирлар Махкамасининг 2003 йил 3 июлдаги “Капитал курилишда. танлов савдолари тизимини такомиллаштириш чора- тадбирлари тугрисида” ги 302-сонли Карори.

  7. Узбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 7 февралдаги “Узбекистон Республикасини янада ривожлантириш буйича Хдракатлар стратегияси тугрисида” ги ПФ-4947-сонли Фармони.

  8. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 2 апрелдаги “Курилиш сохасида давлат бошкаруви тизимини тубдан такомиллаштириш чора- тадбирлари тугрисида” ги ПФ-5392-сонли Фармони.

  9. Узбекистон Республикаси Президентининг 2018 йил 2 апрелдаги “Узбекистон Республикаси Курилиш вазирлиги фаолиятини ташкил этиш тугрисида” ги ПК-3646-сонли Карори.

  10. Узбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.”Халк сузи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь.

  11. Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод - буюк келажакнинг, тадбиркор халк - фаровон хаётнинг, дустона хамкорлик эса тараккиётнинг кафолатидир (Узбекистон Республикаси Конституцияси кабул килинганининг 26 йиллигига багишланган тантанали маросимдаги нутки, 2018 йил 7 декабрь). - “Халк сузи” газетаси, 2018 йил 8 декабрь, № 253 (7211).

  12. Мирзиёев Ш.М. Билимли авлод - буюк келажакнинг, тадбиркор халк - фаровон хаётнинг, дустона хамкорлик эса тараккиётнинг кафолатидир// “Халк сузи”, 2018 йил 8 декабрь.

  13. Бузырёва В.В. Экономика строительства. Учебное пособие .- М.: 2007.

  14. Графова Г.Ф., Гуськов С.В. Экономическая оценка инвестиций: Учебное пособие. - М.: Издательско-торговая корпорация «Дашков и К°»,2008. - 183с.

  15. Ефименко И.Б., Плотников А.Н. Экономика отрасли (строительство): учеб.пособ. - М.: Вузовский учебник, 2009. - 359 с.

15. Ёдгоров В.У., Бутунов Д.Я., Хаитов Э.Б. Курилитила. бахони
шакллантириш. ТАКД «AQIIM» ШК, Т.: 2014г.-245 б.

  1. Исаков М.Ю. Экономика капитального строительства. Учебное пособие. - Т.: Издательство Литературного фонда Союза писателей Узбекистана, 2004. - 28 б.

  2. Исоков М.Ю. Капитал курилиттт иктисодиёти (маърузалар матни) - Т.: ТДИУ, 2006. - 219 б.

  3. Маматов Б.С., Хужамкулов Д.Ю., Нурбеков О.Ш. Инвестицияларни ташкил этиш ва молиялаштириш. Дарслик. - Т.: Иктисод-Молия, 2014. - Б. 80. (608 б.)

  4. Махмудов Э.Х. Корхона иктисодиёти. Укув кулланма. - Т.: Узбекистон ёзувчилар уюшмаси Адабиёт жамгармаси нашриёти, 2004, - 208 б.

  5. Мирзанов М.Е. Совершенствование развития кадрового потенциала в модернизируемой экономике (на примере капитального строительства).- Т.: Изд. “Fan va texnologiya”, 2010.-168 с.

  6. Ниязов С.М. Экономическое реформирование производственно - технической базы строительства.-Т.:Изд-во «Fan va texnologiya»,2010.-176 с.

  7. Оценка недвижимости: учебное пособие/ Т.Г.Касьяненко, Г.А. Маховикова, В.Е.Есипов, С.К.Мирзажанов.- М.: КН0РУС,2010.-752 с.

  8. Серов В.М. Организация и управление в строительстве: учеб.пособие для студ.высш.учеб.заведений / В.М.Серов, Н.А.Нестерова, А.В. Серов.- 3-е изд., стер.-М.: Издательский центр «Академия», 2008.- 432 с.

  9. Строительство Узбекистана в 2008г.-Ташкент, 2009.

  10. Строительство Узбекистана в 2009г.-Ташкент,2010.

  11. Суюнов А. Модернизация экономики капитального строительства на основе совершенствования инвестиционных процессов.-Т.: «Fan va tenologiya», 2010.­164 с.

  12. Толмачев Е.А. Экономика строительства. Учебное пособие.- М.: 2003.

  13. Экономика строительства: Учебник / под общей ред. И.С.Степанова.- 3-е изд., доп. и перераб. - М.: Юрайт-Издат, 2004. - 620с.

  14. Экономика недвижимости: [учебник] /А.Н. Асаул [и др.]; под общ.ред. М.А.Икрамова; МВ и ССО РУз.- Т.: Изд.-во Национальной библиотеки Узбекистана им.А.Навои, 2010.-380 с.

  15. Экономика строительства. 2-е изд./Л.М.Чистов.- СПб.: Питер, 2003.-637с.: ил.-(Серия “Учебник для вузов”).

  16. Internet saytlari:

www.gov.uz (O’zbekiston Respublikasi hukumatining rasmiy sayti) www. minstroy.uz (O’zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining rasmiy sayti) www.stat.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat Statistuka qo’mitasi) www.soliq.uz (O’zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo’mitasi) www.naukaran.ru (журнал «Мировая экономика и международные отношения»)

TARMOQIQTISODIYOTI 1
(Ma'ruzalar matni) 1
Nazorat uchun savollar: 13
1.Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari 14
Nazorat uchun savollar: 29
3-MAVZU: IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION SIYOSAT 30
3.1.Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya siyosatining mohiyati va xususiyatlari 30
s 31
3.2.Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi 34
3.3.Investitsiya loyihalari va investitsiya dasturlari hamda ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni 37
3.4.Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 40
Nazorat uchun savollar: 46
4-MAVZU. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBLARI 46
4.1.Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti tarixi 46
4.2Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga ta’siri 48
4.3Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari 49
4.4Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari 53
к - Q 96
OC 96
Д = —— 96

1Узбекистан Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.”Халк; сузи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь.

1Узбекистон Республикаси Президенты Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси.”Халк; сузи” газетаси, 2018 йил 29 декабрь.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə