O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə31/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
iqtisodiyot qurilish (3)

materiallar, moliyaviy, axborot oqimlari va mehnat resurslari oqimlari.
Materiallar oqimlari logistik tizimlari yoki boshqacha qilib aytganda materiallar logistik oqimlari qurilish tashkilotlari va korxonalar (firmalar) moddiy resurslarini sotib olishdan tortib to tayyor mahsulot (binolar va inshootlar)ni sotishgacha bo‘lgan barcha harakatlarni birlashtiradi.
Moliyaviy oqimlar logistik tizimi (yoki logistik moliyaviy tizim) ishlab chiqarish va qurilish mahsulotini sotish bilan bog‘liq bo‘lgan hamma moliyaviy oqimlar harakatlarini birlashtiradi.
Axborotlar oqimlari logistik tizimlari (yoki axborotlar logistik tizimlari) qurilish firmasi oddiy ishlab chiqarish jarayonlarini qanday birlashtirsa, ushbu firma orqali amalga oshiriladigan kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini ham xuddi shunday birlashtiradi.
Mehnat resurslari oqimlarining logistik tizimlari (yoki mehnatning logistik tizimlari) mehnat resurslarini qurilish firmasiga yo‘naltirishning barcha xilma- xilligini birlashtiradi.
Logistikalarni qurilish ishlab chiqarish sikli stadiyalari bo‘yicha differensiyalash bilan quyidagi logistik tizimlarni ko‘rib chiqish mumkin:

  • savdo - sotiq logistikasi tizimlari, ular moddiy-texnika resurslarini sotib olish oqimlarini va qurilish ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiyasini, shuningdek, moliyaviy, axborotlar va mehnat resurslari bilan birga boradigan oqimlarni tashkil qilish bilan shug‘ullanadi;

  • tadbirkorlik logistikasi (yoki ishlab chiqarish logistikasi) tizimlari, ular qurilish industriyasi korxonalari va qurilish firmalarida qurilish konstrkutsiyalari, buyumlari va boshqa materiallarni ishlab chiqarish jarayonidagi resurslar oqimini, loyiha-konstruktorlik, qurilish-montaj va ishga tushirish ishlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi;

  • taqsimlash logistikasi tizimlari, ular iste’molchiga taqdim etiladigan tayyor qurilish mahsuloti, ishlar va xizmatlarning oqimlarini, shuningdek, bu oqimlar bilan birga boradigan moliyaviy, axborotlar va mehnat oqimlarini tashkil qilish bilan shug‘ullandi;

  • transport-omborxona logistikasi tizimlari, ular qurilish firmasida yuklar oqimini va omborxona ichki oqimlarini tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.

Qurilish firmasi logistika tizimlari sinflanishini boshqa belgilar bilan ham davom ettirish mumkin, masalan, investitsion jarayonlar bosqichi, qurilish mahsuloti hayotiy sikli bosqichlari va shunga o‘xshash oqimlar bilan davom ettirish mumkin.
Agar iqtisodiy mustaqil sub’ektlar qanchalik ko‘p sonda logistika zanjiriga kiritilsa, logistika tizimlarini shakllantirish jarayonlari shunchalik murakkab kechadi. Bu ma’noda makrologistik tizimlar mikrologistik tizimlarga nisbatan ancha murakkab ko‘rinishga ega bo‘ladi. Tashkiliy-iqtisodiy integratsiya xarakteri bo‘yicha makrologistika tizimlari sub’ektlari vertikal, gorizontal va konglomerant tizimlarga ajratiladi. Logistik faoliyat uchta asos ostida birlashadi: moddiy resurslar birga boradigan hamma texnik vositalar va jihozlar jamlamasi bo‘lgan texnika, tizimlardagi moddiy va nomoddiy oqimlar harakatlari haqidagi statistik va dinamik axborotlar jamlamasi bo‘lgan axborot, korxona va tarmoq iqtisodiyoti.
Tizimdagi barcha moddiy va nomoddiy oqimlarni kompleksli boshqarish logistika predmetini tashkil etadi.
Logistika ishlab chiqarish sohasini qanday tarzda qamrab olgan bo‘lsa, moddiy manfaatlar almashinuvi (moddiy-texnika ta’minoti va savdo-sotiq tizimi)ni ham xuddi shunday tarzda qamrab oladi. U ishlab chiqarish va marketing, moliya va iqtisodiy hisoblar hamda zarur bo‘lgan axborotni qayta ishlashni boshqarishning yagona tizimi faoliyatini yaratishga va nazorat qilishga yo‘naltiriladi.
Moddiy resurslardan tugal holatda foydalanuvchi yirik sub’ektlardan biri sifatida qurilish kompleksi katta miqyosdagi manfaatdorlikni ko‘zlagan holda bu resurslardan oqilona foydalanish orqali ularni qo‘llashning samarador shakllarini yaratadi.
Bu masalalar yechimini resurslarning barcha turlariga qo‘llash mumkin va bunda bu yechim ularning har birida o‘z spetsikasiga ega bo‘ladi.
Qurilish ishlarini bajarishda foydalaniladigan va konstruksiyalarni montaj qilishga mo‘ljallangan mashina va jihozlar uchun sotib olishning lizing shakli ancha qulaydir.
Materiallar, qurilish konstruksiyalari va detallari uchun ularni sotib olish bilan bog‘liq bo‘lgan mablag‘larni minimillashtirish maqsadida materiallar oqimini ratsionizatsiyalashtirish birinchi darajali ahamiyat kasb etadi, bu esa o‘z navbatida materiallar oqimini shakllantirish va ular harakatini boshqarishning samarador ilmiy quroli sifatida logistikani qo‘llashning maqsadga muvofiqligi va zarurligini oldindan aniqlab beradi.
Qurilish materiallari bozori va kapital qurilish tarmog‘i hozirgi vaqtda O‘zbekiston xo‘jalik - iqtisodiy kompleksi segmentlarini tashkil etadi, ularda logistik siyosatni ilgari surish uchun etarlicha sharoitlar yaratilgan.
Xozirgi vaqtda qurilish materiallari bozorida boshqa ishlab chiqarish mahsulotlari bozorlariga qaraganda yuqori darajadagi raqobat kuzatilyapti.
Qurilish materiallari sanoati va qurilish industriyasi korxonalari ishlatilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlarining katta zahiralariga ega va ularning chetki ehtiyojlar yuqori talablarini qoniqtira olish nuqtai-nazaridan kelib chiqqan holda ko‘pchiligi to‘liq ishga tushirilsa ular xoridorlar bilan hamkorlik qilishga tayyor bo‘ladi.
Investitsion jarayonda materiallar oqimining katta qismi qurilish kompleksi ichida shakllanadi va ular ushbu kompleks bug‘inlari va bo‘limlari harakatlariga, ular tomonidan tanladigan ratsional yechimlar hamda ularning ketma-ket amalga oshirilishiga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.
Qurilishdagi materiallar oqimi uning chegarasidan tashqarida boshlanadi va u asosiy jamg‘armalarni yaratish (yangilash, ta’mirlash) jarayonida bu materiallar oqimidan foydalanish vaqtida yakunlanadi. Sanoatda esa materiallar oqimi berilgan ishlab chiqarishda tayyor mahsulotlar yaratish bilan yakunlanmaydi, balki uning harakati aylanma jamg‘armalar elementi sifatida boshqa ishlab chiqarishga o‘tkaziladi (transformalashtiriladi). SHuning uchun logistikani mehnat mahsulotlariga qo‘llab bo‘lmaydi.
Qurilish sikli jarayonida puxta ifodalangan bir jinsli bo‘lmagan mahsulotga ega bo‘lish bilan siklning har bir stadiyasida materiallar tarkibi o‘zgaradi (poydevorlarni qurishda, devorlarni tiklashda, tom yopish ishlarini bajarishda, ichki pardozlash ishlarini amalga oshirishda, injenerlik kommunikatsiyalarini o‘tkazishda va h.k.). SHunig uchun qurilish siklining har bir bosqichi uchun unga xos bo‘lgan logistik yechimlar zarur bo‘ladi. Agar sanoatda logistik yechim uchun mahsulot yo‘naltiruvchi moment bo‘lsa, qurilishda esa bu qurilish siklining bosqichi bo‘ladi.
Qurilishda materiallar oqimi ishlarni ishlab chiqarishni bir ob’yektdan boshqasiga ko‘chirish bilan yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta ob’yektlarni tiklashda ishlab chiqarish kuchlarini va vositalarini taqsimlab tarqatish bilan o‘zining yo‘nalishini uzluksiz ravishda o‘zgartiradi. Bundan kelib chiqadiki, ishlarnii shlab chiqaruvchi (prorab) aynan bir xil materiallardan foydalangan holda turli logistik yechimlarni qo‘llaydi, bu esa bir-biriga o‘xshashgan bo‘lgan bir qancha sharoitlarda ularning mos tushushini inkor etmaydi.
Ratsional logistik yechimlarni tuzish, ya’ni materiallar oqimida ishtirok etuvchi xo‘jaliklar faoliyati tarkibi va xarakterini aniqlash moddiy-texnika ta’minoti sohasida samarador yechimlarni qidirishning muhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Aniq sharoitlarda logistik zanjirni unga savdo vositachilarini kiritgan holda uzaytirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Ayniqsa bu O‘zbekistonda aynan qurilishda keng rivojlangan kichik biznesni moddiy - texnika jihatdan ta’minlash jarayoniga ko‘proq tegishlidir.
Ishlab chiqarish-texnologik komplektatsiya bo‘limlari logistik zanjirning oraliq bo‘g‘ini sifatida qurilish uchun juda xosdir.
Xulosa sifatida quyidagilarni alohida ta’kidlash juda muhimdir.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish qurilish kompleksidagi o‘zaro munosabatlar xarakteri va uning moddiy ta’minoti sohasini ham tubdan o‘zgartirdi. Qurilish kompleksi tomonidan qurilish materiallariga bo‘lgan talablar va ehtiyojlarning holati va etkazuvchilarning narx siyosati qurilish materiallari bozori kon’yukturasining asosiy omillariga aylandi. Bozor turidagi iqtisodiy sharoitlarda etkazuvchilar uchun mahsulotlar sotilishini tashkil etish, istemolchilar uchun esa ularni minimal narxlarda xarid qilish bosh muammoga aylandi.
Qurilish kompleksi (materiallar resurslarini tugallangan holatda iste’mol qiladigan yirik sub’ektlar) oldida materiallar resurslarini xarid qilishning samarador shakllarini tanlash va ulardan oqilona foydalanish vazifasi turadi. Bu vazifalarni hal etishda mashinalar va jihozlar bo‘yicha lizingni rivojlantirish, materiallar va qurilish konstruksiyalari bo‘yicha esa materiallar oqimini samarali tashkil etish katta ahamiyat kasb etadi, buni muvaffaqiyatli amalga oshirish esa o‘z navbatida moddiy ta’minot logistik metodlarini amaliyotga qo‘llash bilan bog‘liqdir.
Tayanch iboralar: Moddiy - texnika bazasi. qurilish moddiy - texnika ta’minoti tizimi. moddiy - texnika resurslar. Logistika.
Nazorat uchun savollar:

  1. Bozor munosabatlari sharoitida qurilish tarmog‘ining moddiy-texnik ta’minoti tizimini tushuntirib bering.

  2. Qurilish moddiy-texnik resurslari tarkibiga nimalar kiradi.

  3. Qurilishni moddiy-texnik resurslar bilan ta’minlashning shakllari va usullarini aytib bering.

  4. Qurilish moddiy-texnika ta’minotida logistikani tashkil etishning maqsad va vazifalarini gapirib bering.

  5. Logistik tizimlar deganda nimani tushunasiz?

12-MAVZU. QURILISHDA ILMIY-TEXNIKA TARAQQIYOTI VA UNING IQTISODIY SAMARADORLIGI
Reja:

  1. Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi sifatida. Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri.

  2. Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari.

  1. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish.

  1. Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash va uning ko‘rsatkichlari.

  1. Iqtisodiyot va jamiyatda ilmiy-texnika taraqqiyoti rivojlanish dastagi sifatida. Qurilishda ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning jamiyatning ijtimoiy-

iqtisodiy taraqqiyotiga ta’siri
“Faol tadbirkor deganda, biz raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga qodir, eng muhimi, yangi ish o‘rinlari yaratib, nafaqat o‘zini va oilasini boqadigan, balki butun jamiyatga naf keltiradigan ishbilarmon insonlarni tushunamiz. Bunday tadbirkorlar safini kengaytirish, jumladan, yuqori texnologiyalar, ilm-fanning eng so‘nggi yutuqlariga asoslangan texnika va asbob-uskunalarni mamlakatimizga olib kelish va joriy etish uchun ularga munosib sharoitlar yaratish bizning birinchi galdagi vazifamiz bo‘lishi shart. Kerak bo‘lsa, xorijdagi etakchi kompaniya va tashkilotlarda tajriba orttirishi, o‘zaro manfaatli hamkorlik qilishi uchun ularga har tomonlama imkoniyat tug‘dirib berishimiz lozim”1- degan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2019 yilda mamlakatni rivojlantirishning eng ustivor vazifalari to‘g‘risidagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida.
Bu o‘z navbatida iqtisodiy rivojlanish masalalarini hal qilish kabi, ko‘p jihatdan ilmiy texnika taraqqiyoti (I.T.T.) sohasida butun bir tizimni shakllantirish va uning ahamiyatini kuchaytirib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida ilmiy yutuqlardan foydalanishga bog‘liq. Tarixan isbotlanganki, fan va texnika yutuqlaridan foydalanmaydigan eski texnologiya va ishlab chiqarishni tashkil etish usullarini qo‘llaydigan jamiyat, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga va insonlarning moddiy farovon hayotini yuksaltirishga erishishga da’vo qilolmaydi. SHuning uchun ham ilmiy texnik taraqqiyot iqtisodiy rivojlanishning va aholi turmush darajasi sifatini oshirishning o‘ziga xos bir “dastak”gi bo‘lib hisoblanadi.
Shuni ta’kidlash joizki ilgarigi markazlashtirilgan ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvi tizimi qaysidir ma’noda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanishini sekinlashtiradi va ilmiy texnika taraqqiyoti ahamiyatini kamaytiradi, lekin bu ilmiy texnik tashabbusning mavjud bo‘lmaganidan emas, balki xo‘jalik mexanizmining har qanday yangiliklarga nisbatan moyilligining juda pastligidandir.
Bugungi kunda iqtisodiyot bozor munosabatlariga o‘tayotgan bir paytda ushbu tendensiya asta sekinlik bilan rivojlanish bosqichiga o‘tmoqda, Tashabbus erkinligi va ijodkorlik davlatning maqsadga yo‘naltirilgan ilmiy-texnik va investitsion siyosatlari bilan bir qatorda ishlab chiqarish va ilmiy muassasalarning keng miqyosdagi mustaqilligi xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlaridagi ilmiy texnik taraqqiyotning o‘sish sur’atlari tezlashishiga asos bo‘ladi.
Uning umumiy iqtisodiyotdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar:

  • ijtimoiy shuningdek ilmiy texnika taraqqiyoti rivojlanishining samarali qonuniyatlariga asoslangan yagona ilmiy texnik siyosatni ishlab chiqish va uni amalga oshirish;

  • davlatning ilmiy texnik potensialini iqtisodiyot, vaqt va turmush talablariga mos ravishda tubdan isloh qilish;

  • ishlab chiqarishning texnik salohiyati, ishlab chiqariladigan mahsulotning sifati va raqobatbardoshligini oshirish, mutloq va nisbatan arzonlashtirilgan yangi texnika bilan ta’minlash;

  • yangi g‘oya, fikr va ilmiy texnik bog‘lanishlar shakllanishi asosida yotuvchi inson omilini har tomonlama faollashtirishga qaratilgan ta’lim dasturlarini chuqur isloh qilish;

  • ilmiy texnik taraqqiyotning davlat tomonidan boshqarilishini tashkilotlar va ilmiy muassasalar hamkorligida olib borish.

Ilmiy-texnik taraqqiyotning boshlang‘ich ishlab chiqarish bosqichi bo‘lib, turli ilmiy tadqiqot muassasalarida yuzaga keladigan ishlab chiqariladigan g‘oya, fikr va loyihalar hisoblanadi. Yaratiladigan texnika-texnologiya va boshqa yangiliklarni eksperiment va sinovdan o‘tkazish, ishlab chiqarish tarmoqlari zimmasiga tushadi.
Biroq o‘z mahsulotini ilmiy texnika yutuqlar asosida yaratayotgan va ishlab chiqarayotgan har qanday tashkilot yuqori ishlab chiqarish texnikasiga ega bo‘lishi, ya’ni zamonaviy tashkilot bo‘lishi kerak. Aynan shu ma’noda qurilish tarmog‘i ilmiy texnik taraqqiyotning sur’at va miqyoslariga texnik jihatdan yangi asosiy fondlar va ishlab chiqarish quvvatini ishga tushirish yo‘li bilan katta ta’sir o‘tkazadi. Boshqacha qilib aytganda ilmiy texnika taraqqiyoti xalq xo‘jaligida bevosita kapital qurilish natijalari bilan bog‘liq. Fan va texnikaning zamonaviy yutuqlari asosida tashkilot va boshqa ob’yektlarni loyihalashtirishning asosiy omillaridan biri va kapital qurilish samaradorligini oshirishning negizi bo‘lib hisoblanadi.

  1. Ilmiy texnika taraqqiyotining qurilishdagi mohiyati, ahamiyati va asosiy yo‘nalishlari

Qurilishda ilmiy texnika taraqqiyoti-bu zamonaviy ilmiy texnik yutuqlar va ishlab chiqarish vositalari, texnologik jarayonlar mehnatni tashkil etish va boshqarish usullari asosida ishlab chiqarishni uzluksiz takomillashtirish jarayonidir. Ushbu jarayon mehnat unumdorligini, mahsulot sifatining oshirilishini va maksimal foydaga erishishni ta’minlaydi. Ilmiy texnik taraqqiyot o‘zining rivojlanishida ikkita o‘zaro bog‘liq shakllarda: evolyusion va revolyusion shakllarda namoyon bo‘ladi. Ilmiy texnik taraqqiyotning evolyusion shakli vazifasi an’anaviy texnologiya, jixozlar, material va konstruksiyalarni uzluksiz va doimiy ravishda mukammallashtirishdan iborat. Bunday jarayon ancha muddatgacha davom etishi mumkin va o‘zining birinchi bosqichlarida etarli miqdorda iqtisodiy va ijtimoiy natijalarga erishilishini ta’minlaydi.
Ilmiy texnik taraqqiyotning revolyusion shakli — bu prinsipial yangi, avval qo‘llanilmagan mehnat vositalari va texnologiyani yaratishdir. Ba’zan, ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shaklini ilmiy texnik revolyusiya deb ham ataladi. Afsuski ilmiy texnik taraqqiyotning ushbu shakli evolyusion ilmiy texnik taraqqiyotga nisbatan ohirgi yillarda kam sezilarli darajadadir.
Ilmiy texnik taraqqiyot natijasida mexnat sharoitlarini yaxshilanishi va uning me’yorida saqlanishi, atrof-muhitni himoya qilish, qo‘l mexnati hissani qisqartirish, alohida holatlarda qo‘l mehnatidan umuman foydalanmaslik, qurilishni davomiyligini qisqartirishlarga erishiladi. Ilmiy texnik-taraqqiyot asosida ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va unumdorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:

  • qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirish;

  • qurilishda yangi materiallar va konstruksiyalarni yaratish hamda qo‘llash;

  • qurilish montaj ishlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish;

  • progressiv texnologiya va etakchi usullarni qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishda qo‘llash.

Sanoatlashtirish - bu ko‘pgina ishlab chiqarish jarayonlarini qurilish maydonchalarida zavod muhitiga ko‘chirish demakdir. Qurilish ishlab chiqarishini sanoatlashtirishga tipik misol bo‘lib, o‘z vaqtida tashkil qilingan va hozir ham amal qilayotgan uy-qurilish kombinatlari, temur-beton mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi zavodlar qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqaradigan kombinatlar hisoblanadi.
Qurilishning sanoatlashtirish ko‘rsatkichlari bo‘lib bajaradigan qurilish montaj ishlari yoki ob’yekt qiymatining umumiy hajmidagi konstruksiya va detallar qiymatining nisbati bo‘yicha aniqlanadigan qurilish ob’yektlarining jamlanganlik darajasi hisoblanadi.
Sanoatlashtirish qurilishni faol ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish muddatini qisqartirish imkonini beradi. U shuningdek qurilish ishlab chiqarishida texnikaning tutgan ahamiyatini ko‘tarishga va uni nisbatan montaj jarayoniga aylantirishga xizmat qiladi. Sanoatlashtirish uy-joy qurilishi sohasida keng rivojlangan.
Yangi material va konstruksiyalarni yaratish va qo‘llash - bu qurilishdagi ilmiy texnik-taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Hozirgi qurilayotgan ko‘pgina ob’yekt va qurilmalar avvalgilaridan nafaqat arxitekturaviy-rejali jihatdan, balki ishlatiladigan material va konstruksiyalar bilan xam farq qiladi. Ular qatoriga plastmassa buyumlari, polietilen yog‘ochlari, suvga chidamli faneralar, shishali plastika, keramik buyumlar, issiqlikni izolyasiya qiluvchi akkustik va boshqa materiallarni kiritish mumkin. Alohida qurilish-montaj ishlarida zamonaviy sintetika materiallari, santexnika va elektrotexnika ishlarida tayyor materiallarni yig‘ish va ekspluatatsiya qilishda qulay bo‘lgan materiallar keng qo‘llaniladi. Alyuminiydan qilingan konstruksiyalar va qurilish buyumlari yaxshi ko‘rinish va mustahkamlikka ega bo‘ladi.
Biroq zamonaviy qurilish materiallari va jixozlarini yaratish jarayoni ilmiy ishlab chiqarish izlanishlarini kuchaytirish va ahamiyatini oshirishni talab qiladi. Bunga erishish uchun fan, texnika va ishlab chiqarish o‘rtasidagi rivojlanish o‘zaro bir nuqtada kesishishi kerak. Qurilishga rivojlangan davlatlar tajribasidan keng foydalanish zarur.
Ish va ishlab chiqarish jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish - bu qurilishda texnik taraqqiyotning muhim yo‘nalishidir. Uni amaliyotga tadbiq etish ishlab chiqarish jarayonida mashina mexanizmlar ahamiyatini kuchaytirish yo‘li bilan amalga oshiriladi va buning natijasida yangi mashina va mexanizmlarni joriy, etish mavjud mashina parklarini modernizatsiyalash, shuningdek qurilish va ta’mirlash ishlarini yaxshilash mumkin bo‘ladi.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning ushbu yo‘nalishini asosiy baholovchi ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  • Ish mexanizatsiyasi koeffitsienti - qurilish mexanizmlar bilan bajariladigan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • mehnatning mexanik qurollanganlik koeffitsienti - qurilish mashinalari bilan bajarilgan ish hajmining umumiy bajarilgan ish hajmiga nisbati;

  • ishning energetik qurollanganlik koeffitsienti — qurilishda ishlatiladigan mashina va mexanizmlar dvigatellarining umumiy quvvatining yillik qurilish montaj ishlari hajmiga nisbati. Ushbu ko‘rsatkich kVt’da o‘lchanadi.

Qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilishning rivojlangan texnologiya va usullarini amaliyotga tadbiq etish qurilishini sanoatlashtirish jarayoni bilan chambarchas bog‘liq. Bu davlatimizning shuningdek chet el tajribasidagi yutuqlarga asoslangan bo‘ladi. Uning asosiy maqsadi nafaqat kapital qurilish samaradorligi

ko‘rsatkichlarini yaxshilash va ko‘tarish, balki qurilish ishlab chiqarishini sanoatga asoslangan darajasini oshirish, mehnat bir xilligini bartaraf etish hamdir.
Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi ushbu yo‘nalishining taxminiy aks ettirilishi quyidagicha bo‘lishi mumkin:

  • qurilish uzluksizligini rivojlantirish;

  • ob’yekt va qurilmalarning atrofdagilardan chegaralash;

  • katta o‘lcham va gabaritdagi metalokonstruksiya, ferma va qoplash jixozlarining dastlabki yig‘ilishi;

  • brigada tartibini rivojlantirish;

  • qurilishning alohida uchastkalarida ishni tashkil etishning vaxta usulidan foydalanish;

  • payvand-chilangarlikning zamonaviy usullaridan foydalanish;

  • ilg‘or texnologiyani joriy etish, ob’yekt va qurilmalarni qurishni “g‘ildirakdan”dan montaj qilish usuli yordamida tashkil etish.

Ilmiy texnologiyani amaliyotga tadbiq etish qurilish ishlab chiqarishini yangi pog‘onada (ishni tashkil etishning industrial usullari talablariga mos ravishda) ko‘tarish imkoniyatini yaratib beradi. Boshqacha qilib aytganda texnologik yangiliklar - mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan mehnat sarfini kamaytirish va qurilish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning asosi bo‘lib hisoblanadi.

  1. Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotni bashoratlash va rejalashtirish

Milliy iqtisodiyot, tarmoq iqtisodiyoti va ishlab chiqarish bo‘g‘inlaridagi iqtisodiyot bo‘lishiga qaramasdan, erishilgan natijalarni baholamasdan va kelgusidagi istiqbollarni belgilab olmasdan o‘z-o‘zidan boshqarilishi mumkin emas. Ularni barchasi ITTni bashoratlashni va xususan rejalashtirishni qurilishni boshqarishning muhim masalalarini samarali xal qilishda o‘z aksini topadi.
Bashoratlash - davlat iqtisodiyotining holati yoki uning alohida tarmoqlari, yo‘nalishlari va sohalari xaqida ilmiy tasdiqlangan holda oldindan aytib berish, shuningdek iqtisodiyotning u yoki bu holatiga erishishning muqobil yo‘llari, usullari va muddatlari to‘g‘risida mushohada yuritish demakdir.
Boshqaruv jarayoni sifatida bashoratlash iqtisodiyot rivojlanishining istiqbollarini baholash va uning holatini tahlil qilish bilan bog‘liq. Uning ko‘p tarqalgan shakllaridan bashoratlashning rejalashtirish bilan bevosita o‘zaro aloqadorligini ta’minlovchi dastur, masalani qo‘yish usul va uslublar bo‘lib hisoblanadi.
Ilmiy texnik taraqqiyotni rejalashtirish - bu qurilishda fan va texnika rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan joriy masalalarni hal qilishga qaratilgan bashoratlashning tarkibiy bir qismidir. U ilmiy texnik rivojlanishning davlat dasturlari, shuningdek qurilish materiallari sanoatida bevosita faoliyat yuritadigan tashkilot va korxonalar tomonidan olib boriladigan tashkiliy-texnik tadbirlar bilan belgilanadigan masalalar asosida amal oshiriladi.
Rejalashtirish jarayonida qurilish ishlab chiqarishining texnik darajasi va iqtisodiy samaradorligini oshirish, qurilishni tashkil etishning eng yaxshi loyiha namunalari, texnik takomillashtirish, ilmiy tadqiqot va loyihalashtirish institutlari, ulardagi olimlar va ratsionalizatorlar tomonidan ishlab chiqilgan texnik innovatsiyalar, ilg‘or qurilish tashkilotlarining tajribalari o‘z aksini topmog‘i lozim.
Qurilish soxasidagi tashkilot va korxonaarning texnik rivojlanish darajasining asosiy ko‘rsatkichlari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
l.Samarali qurilish konstruksiyaliridan va yangi qurilish materiallaridan foydalanish;

  1. Qurilish-montaj jarayonlarini mexanizatsiyalash, kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirishni rivojlantirishning keyingi bosqichiga o‘tish;

  2. Qurilish ishlab chiqarishining etakchi texnologiyasini amaliyotga tadbiq

etish;

  1. Ko‘rgazmali qurilishni tashkil etish.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashkilotlar va korxonalarga barcha sohalarda huquq va erkinliklar berilib, sobiq itifoq davrida bo‘lganidek yuqoridan ko‘rsatmalar berilmay, balki texnik rivojlanish korxona va tashkilotlarning o‘z tashabbuskorligidan kelib chiqadi. Bu masala qurilish tashkilotining bosh muxandisi raxbarligi ostida hal qilinadi va kerak bo‘lganda bunga korxonaning iqtisodiy instrumentlari jalb qilinadi. Dastavval reja va dasturning asosiy yo‘nalishlarini belgilovchi tadbirlar ro‘yxati tuziladi, ushbu ro‘yxatda tadbirlarning qisqacha tasnifi va ularning qaysi ob’yektlarda amalga oshirilishi ko‘rsatiladi. Rejaga kiritiladigan har bir tadbir zarur texnik iqtisodiy hisob kitoblar natijasida tasdiqlanadi, malakali ishchilardan tashkil topgan tashabbuskor gurux tashkil etiladi. Bu ishlab chiqarish rezervlvridan maksimal darajada foydalanishni ta’minlovchi rejalarni sistematik ravishda takomillashtirish va ularga zarur tuzatishlar kiritish imkoniyatini beradi.
Yangi texnika va tashkiliy xo‘jalik tadbirlari rejalarini bajarish jarayonida, qurilish sohasidagi yangi kashfiyotlar, ratsionalizatorlik takliflari, shuningdek zamonaviy fan va texnikadagi yutuqlar hisobga olinishi kerak.
Ilmiy texnik-taraqqiyotni rejalashtirishda shuni hisobga olish muhimki turli g‘oya, fikr va yangiliklar paydo bo‘lishi mumkin, ularni amaliyotga qo‘llash esa qurilish sanoatidagi korxona va tashkilotlarning o‘z kuchlari bilan amalga oshiriladi, bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:
Institutlar — birlamchi tadqiqotlarga ixtisoslashgan va fanning ma’lum bir sohasidagi rivojlanish uchun javobgar tashkilot;
Ilmiy tadqiqot institutlari — ikkilamchi tadqiqiy ishlarga ixtisoslashgan va ma’lum bir tarmoqni ishlab chiqarish yoki ilmiy texnik darajasiga javobgar bo‘lgan tashkilot;
Loyihalash, konstruktorlik, texnologik tashkilotlar, texnologik iqtisodiy tadqiqot institutlari — konstruktorlik texnologik loyihalash yoki tashkiliy ishlab chiqarishga ixtisoslashgan mahsulot samaradorligi, texnologiyasi ishlab chiqarishini tashkil etish va loyihalarga javobgar hisoblanuvchi tarmoqli tashkilotlar. Bu yerga u yoki bu institutlarga xizmat ko‘rsatuvchi tashkilotlar kirmaydi.
Montaj, ishga tushirish va ta’mirlash bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchi tashkiliy texnik institutlar, asosiy ishlanmalarni yaratishga qaratilgan maxsus labaratoriyalar, ularni sinash ishlari bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlarga quyidagilar kiradi: yangiliklarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi ilmiy-texnik va boshqa institutlar.
Ushbu tashkilotlarni shuningdek bo‘ysundirilganligi, faoliyat miqyoslari (tarmoqli, tarmoqlararo, tarmoqlar osti, xududiy), ixtisoslik boshqalar bo‘yicha turkumlash mumkin.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida asosiy muammo fanning muvafaqiyatli faoliyat yuritishi uchun sharoit yaratish, uni bir me’yoda saqlash, ilmiy-texnik tadqiqotlar samaradorligini oshirish va ilmiy texnik-taraqqiyotning asosiy yo‘nalishlaridagi resurslar jamlanmasini ta’minlash bo‘lib hisoblanadi. Aynan shu maqsadda akademik va ixtisoslashgan ilmiy tadqiqot muassasalarining erkinliklarini oshirish, ilmiy tadqiqotlarni tanlov-shartnomali tamoyil bo‘yicha tashkil etilishiga, shuningdek ularni ilmiy texnik dasturlar asosida moliyalashtirish tizimiga o‘tish maqsadga muvofiq xisoblanadi. Bunda faoliyat yuritish ob’kti bo‘lib tanlov loyihasi hisoblanadi, sub’ekti bo‘lib esa uni ilgari surgan olimlar guruxi yoki ilmiy tadqiqot institutlari hisoblanadi. Ayni chog‘da tashkilot yoki korxanalar va ilmiy tadqiqot institutlari o‘rtasida o‘zaro aloqalarni o‘rnatish lozim, bu birinchidan ixtiro qilingan «velosiped»ni qayta ixtiro qilishning oldini oladi, ikkinchidan esa fan va texnika rivojlanishiga qaratilgan ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini oshirish imkonini beradi.

  1. Ilmiy texnik-taraqqiyotning qurilishdagi samaradorligini iqtisodiy baholash va uning ko‘rsatkichlari

Ilmiy texnik-taraqqiyot borasidagi iqtisodiy samaradorlik va ish mahsuldorligini baholash fan va texnika rivojlanishiga, tashkiliy- texnik va xo‘jalik tadbirlarini olib borishga o‘z hissasini qo‘shadi. Bunda tarmoq darajasida asosan quyidagilar muhim sanaladi:

  • loyihalarning yangiligi va istiqbolligi;

  • ishlab chiqarishning texnik darajasi va texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlarini oshirishda qo‘shilgan amaliy ulushi;

  • ish sifatini tushirmagan holda o‘z muddatida bajarish;

  • ilmiy texnik loyihalarni amalga oshirishdan olinadigan iqtisodiy samaradorlik;

  • yangiliklarning mazkur sohada mavjud o‘zimizning va chet el yutuqlaridan

farqi.
Samaradorlikni baholash fan va texnika rivojlanishining rejalarini tasdiqlashda, shuningdek qurilish tashkilotlarining aniq tashkiliy texnik tadbirlarini ko‘rsatib berishda katta rol o‘ynaydi.
Qurilishda ilmiy texnik-taraqqiyotning samaradorligini baholashning eng ko‘zga ko‘ringan sohalari bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:

  1. Ishlab chiqarish resurslarini tejalishini ta’minlovchi yangi texnologik jarayonlarni qo‘llash, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalash, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etish usullari.

Bu yerda samaradorlikni baholash quyidagi formula asosida baholanadi:
E = A ((S1+EnK1) - (S2+EnK2)) (12.1)
bunda: A - yangi texnikadan foydalangan holda hisobot yilida bajarilgan ish
hajmi;
SbS2 - taqqoslanadigan variantlar bo‘yicha ishning tannarxi;
KbK2 - xuddi shu variantlar bo‘yicha kapital qo‘yilmalar;
En - kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligining normativ koeffitsienti.

  1. Butun xizmat davrida vaqt omilini hisobga olgan holda ekspluatatsiya qilish xarajatlarini tejab qolish orqali baholanadigan yangi mashina va konstruksiyalarni qo‘llash.

YAngi qurilish texnikasining samaradorligi yuqorida ko‘rsatilgan formula bo‘yicha baholanadi. Bunda yangi va oldin ekpluatatsiya qilingan texnikaning qiymati hisobga olinadi. YAngi va oldindan ekpluatatsiya qilingan konstruksiyaning uzoq muddatligini hisoblash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi:
Ke = (R1 + En) / (R2 - En) (12.2)
Bunda: Rb R2 — taqqoslanadigan variantlar bo‘yicha qurilish konstruksiyalarining bir yil xizmat qilishga mo‘ljallangan qiymatining ulushi.
3.Ilmiy texnik-taraqqiyot yutuqlaridan foydalanish evaziga qurilishni davom etish muddatini qisqartirish. Bunda iqtisodiy samaradorlik quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi:
Eu = N (1 - T2/T1) (12.3)
Bunda: N — qurilishni davomiylik muddatining variantlari bo‘yicha shartli- doimiy xarajatlar;
T1 va T2 - taqqoslanayotgan variantlar bo‘yicha qurilishning davomiylik muddati.
Shartli-doimiy xarajatlar miqdori o‘rtacha «materiallarga xarajatlar» moddasi bo‘yicha bir foiz etib qabul qilinishi mumkin yoki «mashina va mexanizmlarni ekpluatatsiya qilish xarajatlari» moddasi bo‘yicha 15 %, «davr (ustama) xarajatlari» moddasi bo‘yicha 50% etib belgilanishi mumkin.

  1. Xajmiy-rejaviy va konstruktorlik yechimlarini takomillashtirish. U quyidagi formula bo‘yicha aniqlanishi mumkin:

E = (S1-S2) = EnS (K1-K2) + En (F1-F2) (12.4)
bunda: S1 va S2 - yillik ishlab chiqariladigan mahsulotning (ishlab chiqarish ob’yektlari) tannarxi yoki ekpluatatsion xarajatlar (noishlab chiqarish ob’yektlari);
Ens va En — qurilish ob’yektining qurilish samaradorligining normativ koeffitsientlari;
K1 va K2 — taqqoslanadigan ob’yektlar uchun kapital qo‘yilmalar;
Fb F2 — taqqoslanadigan ob’yektlarni jihozlashda qurilish tashkilotlarining ishlab chiqarish fondlari.
Ilmiy-texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligini baholash har qanday darajada ham yagona asosiy maqsad bo‘lib hisoblanadi. Ilmiy texnik-taraqqiyot, fan, ishlab chiqarish iqtisodiy o‘sish omili sifatida jamoaning mehnat unumdorligini oshirgan holda uning iqtisodiy omili sifatida ham rol o‘ynaydi. SHuning uchun ham fan va texnikaning iqtisodiy samaradorligi bir vaqtda ma’lum muddat davomida ilmiy texnik yutuqlarni amaliyotga tadbiq etish natijasida jamiyat tomonidan erishiladigan mehnatning umumiy xarajatlarini kamaytirishga erishishni aks ettiradi. Eng asosiysi ilmiy texnik-taraqqiyot ishlab chiqarish intensivligini va yaratilayotgan mahsulot sifatini oshirish imkonini yaratib beradi.
Tayanch iboralar: Fan. Texnika. Fan-texnika taraqqiyoti. Ilmiy tadqiqotlar. Yangilik. Ixtiro. Novasiya. Innovasiya. Sanoatlashtirish.
Nazorat uchun savollar:

  1. Fan-texnika taraqqiyoti deganda nimani tushunasiz?

  2. Qurilishda fan-texnika taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va mazmuni nimalardan iborat?

  3. Jamiyat fan-texnika taraqqiyotida qurilishning o‘rni nimalardan iborat?

  4. Qurilishda yangi texnika va tenologiyalarni joriy etishning iqtisodiy samaradorligi, uning ko‘rsatkichlari va aniqlash uslublari nimalardan iborat?

13 - MAVZU. QURILISH MAHSULOTINING TANNARXI, FOYDA VA RENTABELLIK
Reja:

  1. Qurilish-montaj ishlari tannarxi strukturasi.

  2. Qurilishning smeta bo‘yicha qiymati (narxi)ni belgilash tarkibi, tuzilishi va uslublari.

  1. Qurilishda foyda va uni hisoblash usullari.

  2. Qurilishda rentabellik va uni oshirish yo‘llari.

  1. Qurilish-montaj ishlari tannarxi strukturasi

Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish samaradorligining eng muhim ko‘rsatkichi tannarx bo‘lib qoladi, chunki pirovard natijada iqtisodiy rag‘batlantirish fondlarining miqdori, ishlovchilarning real ish haqlari, ishlab chiqarish quvvatlarining rivojlanishi, ishlab chiqarish texnikaviy saviyasining o‘sishi faqat tannarx orqali aniqlanadi.
Ob’yektning smeta qiymati o‘z tarkibiga shu ob’yektni yaratish uchun kerak bo‘lgan barcha ijtimoiy-zaruriy xarajatlarni oladi, shu jumladan, qurilish-montaj ishlarini bajarish, uskunalar sotib olish va ularni montaj qilish, loyiha-izlanish ishlari, ustama xarajatlar hamda rejalashtirilgan jamg‘armalar.
Smeta qiymatidan farqli o‘laroq qurilish-montaj ishlarining tannarxi qismi bo‘lib, u qurilish-montaj tashkilotining qurilish montajlarini qurish va ta’mirlashga qilgan xarajatlaridan tashkil topadi. Qurilish-montaj ishlari tannarxi uning smeta qiymatiga nisbatan pul va moddiy resurslardan tejamli foydalanishni aks ettirib, tashkilot ishi samaradorligini ko‘rsatuvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Qurilish tarmoqlarining barcha boshqa turlaridagi kabi, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish kompleks kalkuliyasion elementlar bo‘yicha amalga oshiriladi va ularning nomenklaturasi smeta hujjatlari tarkibidagi xarajatlarni elementlar bo‘yicha guruhlashtirish bilan to‘liq mos keladi.
Shunga muvofiq ravishda qurilish-montaj ishlari tannarxning tarkibi to‘g‘ridan-to‘g‘ri (TX) va ustama xarajatlarga (UX) ajratiladi. Rejalashtirilgan jamg‘armalar (RJ) ishlar tannarxi tarkibiga kirmaydi: QMItn=TX+UX.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga ishlarni bajarishga sarflangan materiallar qiymati; ishchilarning asosiy ish haqlari; qurilish mashinalarini ishlatishga bo‘lgan xarajatlar va boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar kiradi.
Materiallar, konstruksiyalar va detallarga xarajatlar ishlar tannarxining tarkibida sanoat korxonalarida amal qilayotgan sotilish narxlari bo‘yicha (agar materiallar qurilish materiallar sanoati korxonalardan olinsa), yoki reja hisob-kitob narxlari bo‘yicha (agar materiallar qurilish montaj -qurilish trestiga tegishli bo‘lgan sanoat korxonalardan olinsa), yoki ularning haqiqiy tannarxi bo‘yicha (agar materiallar mustaqil balansga ega bo‘lmagan o‘z yordamchi ishlab chiqarishidan olinsa) hisobga olinadi. Bunda materiallar xarajatiga ularni ob’yektoldi omborxonasigacha etkazib kelish hamda omborxona xarajatlari ham kiritiladi.
Asosiy ish haqi tarkibiga qurilish-montaj ishlarida band bo‘lgan qurilish va yo’l ishchilarining, qurilish materiallarini ob’yektoldi omborxonasi va ishlatilish joyigacha etkazishda, dozirovka qilish va materiallarni mashinalarga etkazib berish va “ish” ga yetkazishda mashg‘ul bo‘lgan ishchilarning ish haqlari kiradi.
Ishchilarning asosiy ish haqlari tarkibiga mehnatga haq to‘lashning barcha tizimlari bo‘yicha hisoblangan ish haqi, ish haqi fondidan vaqtda bajarilgan ishlar uchun qo‘shimcha to‘lovlar, ishchilar aybisiz turib qolishlar uchun to‘lovlar va boshqalar kiradi.
Mashina va mexanizmlardan foydalanishga bo‘ladigan xarajatlar birdaniga bo‘ladigan xarajatlar va joriy xarajatlardan tashkil topadi. Joriy xarajatlar tarkibiga mashinalarni boshqarish va ularga xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatishda band bo‘lgan ishchilarning asosiy ish haqlari, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xarajatlar, yonilg‘i-moylash materiallari va elektr energiyaning qiymati, mashinalar amortizatsiyasi, ijaraga olingan mashinalar bo‘lsa ularga to‘lanadigan ijara haqi kiradi.
Birdaniga bo‘ladigan xarajatlar mashinalarni yuklash, tushirish, tranportirovka qilish, mashinalarni montaj, demontaj va sinab kirish ishlariga xarajatlar hamda mashinalarni o‘rnatish uchun vaqtinchalik inshootlarni qurish va buzish (masalan, ABZ, SBZ va boshqalarda) uchun xarajatlardan tashkil topadi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar tarkibiga tuproqni tashishga, materiallarni ob’yekt ichida, ob’yektoldi omborxonasidan to‘shalish joyigacha yoki ko‘tarish mexanizmigacha tashib etkazishga bo‘ladigan xarajatlar ham kiritiladi.
(Boshqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarajatlar)
Ustama xarajatlar bevosita qurilish-montaj ishlari, ya’ni qurilish maydonlarida, yordamchi ishlab chiqarishda va boshqa (xizmat ko‘rsatuvchi) xo‘jaliklarda mavjud.
Yordamchi ishlab chiqarish va boshqa xo‘jaliklar bo‘yicha ustama xarajatlar qurilish-montaj ishlari tannarxi tarkibida alohida ajratilmaydi, chunki ular bu ishlab chiqarish va xo‘jaliklar mahsulotlari va xizmatlari qiymatining tarkibiga kiradi:
-ma’muriy-xo‘jalik xarajatlari - ma’muriy boshqaruv va ishlab chiqarish texnik personalining ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar bilan birga hisoblangan ish haqlari, komandirovka va safar xarajatlari, idora va pochta-telegraf xarajatlari, idora binolarining ijarasi va ularni ta’mirlashga xarajatlar;
-ishchilarga xizmat ko‘rsatish xarajatlari - ishchilarni ijtimoiy sug‘urtalashga ajratmalar, ishchilarning qo‘shimcha ish haqlari (ta’tillar uchun to‘lov, brigadirlarga brigadaga rahbarlik qilganligi uchun qo‘shimcha to‘lov, engilroq ish sharoitiga o‘tkazilgandagi qo‘shimcha to‘lov va hokazolar), mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi xarajatlar, uy-joy kommunal xo‘jaligi xarajatlari va boshqalar;
-ishlarni bajarish va tashkil etishga xarajatlar, yong‘indan saqlanish va yiriqlashga xarajatlar, tashkiliy ravishda ishga olishni tashkil etish, ishlab chiqarishni tashkil etish xarajatlari; ob’yektlarni topshirish bilan bog‘liq xarajatlar, ishlab chiqarish uskunalari va inventarlarini asrashga va boshqa xarajatlar;
-boshqa ustama xarajatlar - qurilish-montaj ishlarilarini amalga oshirishda geodeziya ishlariga xarajatlar, xodimlarga sharoitlar yaratish, umumiy ovqatlanish va boshqa xizmatlar xarajatlari.
-qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va uning tannarxi o‘rtasidagi farq, rejalashtirilgan jamg‘arma va tannarxning pasayishidan hosil bo‘ladigan tejamdan iborat. Qurilish-montaj ishlarining smeta qiymati va tannarxi o‘rtasidagi bog‘lanish quyidagi formula yordamida ifodalanishi mumkin:
С
(13.1)
=См -(н+э)+К

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə