O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə25/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Davlat tomonidan tartibga solish, nazorat qilish. Bu tegishli richaglar va manfaatlar - soliqlar, imtiyozlar (engilliklar) va turli ta’qiqlashlardan foydalanilgan holda huquqiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy shakllarda namoyon etiladi. Bevosita (to‘g‘ridan - to‘g‘ri) davlat tomonidan tartiblash qurilish tashkilotlari ish holatiga ta’sir ko‘rsatadigan me’yoriy aktlar, holatlar va tadbirlar ishlab chiqilishi va funksiallashuvida o‘z aksini topadi.
Bilvosita davlat tomonidan tartiblash esa soliq, moliya-kredit, amortizatsiya va narx-navo siyosatining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi. Bevosita va bilvosita davlat tomonidan tartiblashda hamma ishchi-xodimlar hayoti va faoliyatidagi manfaatlarni ifoda etuvchi ijtimoiy spektrga tegishli bo‘lgan savol hamda masalalar o‘z dolzarbligini hech ham yo‘qotmaydi.

  1. Tadbirkorlikni rivojlantirish va qo’llab-quvvatlashda davlatning o’rni

Xususiy tadbirkorlik faoliyatini himoya qilishning huquqiy mexanizmlari va kafolatlarini yanada mustahkamlash, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi vositalarini yaratish, tadbirkorlik sub’ektlarining kredit resurslaridan foydalanishini kengaytirish, shu asosda yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish va respublika bank-moliya tizimi faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida 2017 yil 17 avgustda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining —Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3225-sonli qarori imzolandi. Unga ko‘ra::

  1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda

  • Jamg‘arma) davlat muassasasi shaklida tashkil etilsin va kichik tadbirkorlik sub’ektlariga quyidagi shaklda moliyaviy yordam ko‘rsatish uning asosiy vazifasi etib belgilansin:

  1. kichik tadbirkorlik sub’ektlariga tijorat banklari kredit miqdorining 50 foizigacha, ammo 2 milliard so‘mdan ko‘p bo‘lmagan hajmdagi kreditlari bo‘yicha kafil bo‘lish;

v) tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun quyidagi ekvivalentda kompensatsiya berish:
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdordagi qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida — 5 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda, qayta moliyalashtirish stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan foiz stavkasida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Tadbirkorlik sub’ektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2017 yil 17 martdagi PQ-2844-son qaroriga 2-ilovada ko‘rsatilgan tumanlarda, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 martdagi PF-5386-son Farmoni bilan tasdiqlangan «Obod qishloq» dasturi doirasida amalga oshiriladigan loyihalar uchun — 8 foizli punkt miqdorida;
milliy valyutada, qiymati 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda — yosh tadbirkorlar tashabbusi bilan ishlab chiqilgan loyihalarni amalga oshirish uchun O‘zbekiston YOshlar ittifoqining tavsiyasi bilan jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘lari hisobidan ajratiladigan imtiyozli kreditlar bo‘yicha — banklar xarajatlarini qoplash uchun 3 foizli punkt miqdorida;
xorijiy valyutada, qiymati ekvivalentda 8 milliard so‘mdan oshmaydigan miqdorda — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 40 foizi, ammo 3 foizdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
xorijiy valyutada — 2017 yil 5 sentyabrgacha issiqxonalar qurish, intensiv bog‘lar yaratish va sovutgichlar qurish uchun xalqaro moliya institutlari kredit liniyalari hisobiga ajratilgan valyuta kreditlari bo‘yicha — belgilangan foiz stavkasining 50 foizi miqdorida.
Jamg‘arma bosh bitimlar asosida tijorat banklari orqali milliy va xorijiy valyutada kichik tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaydi.

  1. Quyidagilar Jamg‘arma resurs bazasining manbalari etib belgilansin: Toshkent shahridagi Kichik sanoat zonalari kafolat jamg‘armasini va Kichik

tadbirkorlikni rivojlantirish kafolat jamg‘armasini keyinchalik tugatish va ularning tegishli ravishda 50 million dollar hamda 100 milliard so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari shaklida ushbu qarorning 1-ilovasida* qayd etilgan tashkilotlar badallari hisobidan shakllantiriladigan Jamg‘armaning boshlang‘ich badali;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining ushbu maqsadlar uchun har yili tasdiqlanadigan ajratmalar doirasidagi mablag‘lari, 2017 yilda Jamg‘arma resurs bazasini shakllantirish uchun — 100 milliard so‘m;
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yillik sof daromadining O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetiga yo‘naltiriladigan qismi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat tashkilotlari va boshqa donorlarning Jamg‘arma zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun jalb etiladigan kreditlari (qarzlari) va grantlari;
Jamg‘armaning, jumladan, depozitlarni joylashtirish, kafolatlar berishdan tushadigan daromadlari, shuningdek, qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018 yildan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan Jamg‘arma resurs bazasini to‘ldirish uchun har yili mablag‘ ajratishni ko‘zda tutsin.

  1. Belgilansinki, Jamg‘arma kichik tadbirkorlik sub’ektlariga:

  1. tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha kafolatlar beradi, kuyidagilar nazarda tutilgan kreditlar bundan mustasno:

avval olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzlarni qaytarish;
spirtli ichimliklar va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
savdo-vositachilik tashkilotlari va umumiy ovqatlanish korxonalarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
savdo ob’ektlari va umumiy ovqatlanish ob’ektlari qurilishini moliyalashtirish;
tavakkalchilikka asoslangan qimor o‘yinlari va boshqa o‘yinlarni tashkil etish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar xarid qilish.

  1. tijorat banklarining kuyidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun ajratiladigan kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplashga kompensatsiyalar beradi:

qishloq xo‘jaligida, birinchi navbatda, energiya samarador zamonaviy issiqxonalarni tashkil etishga, chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik, quyonchilik, asalarichilik, uzumchilik va bog‘dorchilikni, shu jumladan intensiv bog‘larni rivojlantirishga;
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash sohasida, meva-sabzavot mahsulotlarini saqlash bo‘yicha infratuzilma va ushbu mahsulotlarni transportda tashish bilan bog‘lik logistika markazlarini tashkil etishga;
ko‘p kvartirali uylarda umumiy foydalaniladigan joylarni xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari va boshqaruvchi kompaniyalar tomonidan obodonlashtirish va ta’mirlashga yo‘naltirilgan loyihalar;
Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni ko‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini boshqarish bo‘yicha Kengash (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘armani boshqarish bo‘yicha kengash) belgilaydigan tadbirkorlik faoliyatining boshqa yo‘nalishlaridagi loyihalar.
31. SHunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq Jamg‘arma tomonidan taqdim etiladigan kafolatlarning maksimal umumiy miqdori Jamg‘arma mablag‘larining 10 barobari miqdoridan oshmasligi kerak.
Tayanch iboralar: Korxona. Tadbirkorlik. Tijorat korxonalari. Notijorat korxonalari. Davlat va nodavlat korxonalari. Mikrofirmalar. Kichik korxonalar. O’rta korxonalar. Yirik korxonalar.
Nazorat uchun savollar:

  1. —Korxona” va —Tadbirkorlik faoliyati” tushunchalarining mazmun- mohiyatini tushuntirib bering.

  2. Tadbikorlik faoliyatining asosiy shakllarini ayting.

  3. Qurilish korxonalari turkumlanishi va ular faoliyatining asosiy jihatlari nimalardan iborat?

  4. Tijorat va notijorat tashkilotlari farqi nimada?

  5. Qurilish korxonasi faoliyatini amalga oshirishda qaysi bozor iqtisodiyoti tamoyillaridan foydalniladi?

  1. MAVZU: QURILISHDA MEHNAT RESURSLARI VA MEHNAT UNUMDORLIGI

Reja:

    1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati.

    2. Mehnat unumdorligini o‘stirish omillari va rezervlari.

    3. Mehnat unumdorligini o‘lchash metodlari.

    4. Mehnat unumdorligini baholash.

  1. Mehnat resurslari va mehnat unumdorligi mohiyati

Hozirgi zamon sharoitlarida mehnatni tashkil etish va uning unumdorligini oshirishga alohida e’tibor ajratmoq zarur, chunki ular iqtisodiy o‘sish va taraqqiyotning yagona manbai deb hisoblanadi. Biroq keyingi yillarda sanoat - ishlab chiqarish salohiyati, jumladan ish o‘rinlarining kompensatsiyalashmagan holda yo‘qolish jarayoni keskin kuchaydi. 1991 yildan boshlab qator tarmoqlarda ishlab chiqarish quvvatlarining yo‘qolishi yangilarini ishga tushirish sonidan oshib ketdi, yangi ish o‘rinlarini yaratish yanada qisqarmoqda. Bundan tashqari qurilishda birinchi navbatda sanoat qurilishining kamayishi evaziga ayniqsa jismoniy ish o‘rinlari soni jadal qisqarmoqda, ya’ni mantiq juda oddiy: mahsulotlar sotilishining chegaralanishi mashg‘ullik soni kamashiyiga olib keladi, buning oqibatida esa jismoniy ish o‘rinlari ularning zarur bo‘lmay qolganligi tufayli qisqaradi.
Shuni ta’kidlash joizki, yuzaga kelgan iqtisodiy vaziyatda mehnat samaradorligini o‘stirish muammosi eng murakkab masalalardan biri bo‘lib qolaveradi, lekin uni echish bilan ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurishga muvaffaqiyatli erishish mumkin. Muammoni echishning mumkin bo‘lgan mexanizmi shundan iboratki, bunda milliy ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgan moliya-kredit va eksport-import siyosatini olib borish, jamg‘arma va investitsiyalashga bo‘lgan real manfaatlarning harakatlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, imkoniyatlar va ishlab chiqarish samaradorligini hisobga olgan holda mulkni davlat tasarrufidan chiqarishni amalga oshirish, mamlakatda to‘plangan intellektual va mehnat salohiyatiga oqilona yondashish zarur bo‘ladi.
Yuzaga kelgan vaziyat korxona ishchi-xodimlari singari davlat organlari tomonidan ham mehnat unumdorligini oshirishga yo‘naltirilgan kardinal chora - tadbirlarni amalga oshirishni talab etadi. SHu sababli mehnat unumdorligi, uning o‘sishi hamma tarmoqlar va ayniqsa qurilish uchun juda dolzarbdir.
Mehnat unumdorligining alohida korxonalar va butun jamiyat rivojlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etishi mehnat unumdorligi darajasini ko‘tarish va uniing o‘sishiga yordam beradigan rezervlarni yuzaga keltirishga ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillarni o‘rganish naqadar zarur ekanligidan darak beradi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə