O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə23/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

КаИ
аил
OC
bu yerda:
Q - sotilgan mahsulot hajmi (buyurtmachiga topshirilgan ishlar hajmi);
OC - aylanma mablag‘larning o‘rtacha qiymati.
Aylanuvchanlik koeffitsientining kamayishi korxonaning aylanma vositalari aylanishining sekinlashayotganligidan dalolat beradi va aksincha.
Bir aylanmaning o„rtacha davomiyligi (Дур) hisobot davri kunlarining aylanuvchanlik koeffitsienti qiymatiga nisbati bo‘lib, quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
Т
Д = ——
^>р TT
айл
bu yerda Tp - hisobot davri (360 kun, 180 kun, 90 kun).
Aylanma vositalarning aylanish davomiyligi qanchalik kichik yoki sotilgan mahsulot hajmi o‘zgarmas bo‘lgandagi aylanishlar soni qanchalik ko‘p bo‘lsa, aylanma vositalar shunchalik kamroq miqdorda talab qilinadi va aksincha, aylanma vositalar qanchalik tez aylanib tursa, ulardan shunchalik samarali foydalaniladi. Aylanma vositalarning aylanishini jadallashtirish samarasi resurslarning ozod bo‘lishi, ulardan foydalanishning yaxshilanishi tufayli ularga bo‘lgan ehtiyojning kamayishida aks etadi.

  1. Mehnat resurslari va qurilishning kadrlar salohiyati

Mehnat resurslari - bu aholining jismonan rivojlangan, aqliy qobiliyat va bilimlarga ega, mehnatga layoqatli qismidir. Odatda ularni aholining iqtisodiy faol qismi deb ataladi.
Mehnatga layoqatli aholining katta qismi (moddiy ishlab chiqarish sohasida band bo‘lganlarnmg taxminan 8-10 foizi) bugungi kunda qurilish sohasida ishlamoqda. Aynan ular qurilishning asosiy fondlarini ham, aylanma fondlarini ham harakatga keltiradilar, xalq xo‘jaligi va aholi uchun kerakli ob’yektlarni vujudga keltiradilar.
Bozor va bozor munosabatlari sharoitlari mehnat resurslarini mahorat bilan boshqarish va avvalo, kadrlarni makroiqtisodiy miqyosda ham, uning birlamchi bo‘g‘inlari - korxonalar, tashkilotlar va boshqa xo‘jalik sub’ektlar miqyosida ham kadrlarni to‘g‘ri tanlab, to‘g‘ri joylashtirish ham muhim ahamiyatga egadir. Bugungi kundagi kadrlar ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasini yaxshi tushunish bilan birga, iqtisodiyot va iqtisodiy rivojlanish qonunlarini, biznes-strategiyalarni, ilmiy menejment asoslarini, xo‘jalik yuritishning huquqiy masalalarini bilishlari, ishlab chiqarishda yuzaga keladigan vazifalarni tezkor echa olishlari kerak.
Islohotlardan avvalgi davrda kadrlar bilan ishlashning tahlili unda quyidagicha salbiy jihatlar bo‘lganligini ko‘rsatmoqda:

  • kasbga yo‘naltirishning, kadrlarni ya’ni ishchilarni va rahbarlarni (menejerlarni) tanlash va joylashtirishning rasmiyligi;

  • ayrim ishlovchilarning shaxsiy sifatlariga, ularning mehnat natijalariga ortiqcha baho berish yoki etarli baholamaslik;

  • ishlovchining o‘z ish lavozimiga mos emasligi yoki ishga qabulqilishdagi proteksionizm;

  • mehnat natijalari uchun javobgarlikning so‘sayishi;

  • o‘z-o‘zini tanqid va o‘z-o‘zidan norozilikni bilmaslik;

  • mehnatga haq to‘lashda tenglashtirish, mahorat va tashabbuskorlikka, mustaqillikka etarli e’tibor bermaslik.

Bugungi kunda qurilishdagi kadrlar siyosati boshqa tarmoqlardagi bilan deyarli bir xil bo‘lib, avvalo bozor talablari va bozor munosabatlariga, qarorlar qabulqilishda mustaqillikka asoslangandir. Bunda asosiy e’tibor inson omilining kuchaytirilishiga qaratiladi, chunki iqtisodiy taraqqiyotning taqdirini zavod va fabrikalar, mashinalar, asbob-uskunalar yoki ishlab chiqarish zahiralari emas, balki avvalo insonlar, ishchilar hal qiladi. Korxona yoki tashkilotning faoliyatini samarali yoki samarasiz qiluvchilar ham aynan ishchilar, mehnat jamoasidir.
Shu munosabat bilan inson omilining qurilishning samaradorligini oshirishga inson omilining ta’sir ko‘rsatishidagi asosiy jihat quyidagilardan tashkil topgan:

  • kadrlarni tanlash va ilgari surish;

  • kadrlarni tayyorlash va ularni o‘zluksiz o‘qitish;

  • kadrlar tarkibining barqarorligi va ixchamligi;

  • ishchilar mehnatini moddiy va ma’naviy baholashni takomillashtirish.

Bu vazifalarni hal qilishda qurilish tashkilotlari (firmalari) boshqa korxonalar kabi keng faoliyat miqyosiga egadirlar. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki, ishlab chiqarishga ma’lumoti va kasbiy mahorati bilan ajralib turadigan kishilar kerak. Bugungi kunda, talab va taklif ko‘pincha bir-biriga qarama-qarshi turgan, endi shakllanib kelayotgan mehnat bozorida aynan ana shunday kishilarga bo‘lgan talab kuchlidir.
Qurilishda mehnat resurslarini boshqarish tizimi hozirgi kunda o‘zaro bog‘liq bo‘lgan uch blokni o‘z ichiga oladi:

  1. korxonaning mehnat resurslarini shakllantirish;

  2. korxonaning mehnat resurslarini rivojlantirish;

  3. hayotning mehnat davrining sifatini oshirish.

Tayanch iboralar: Resurs. Mehnat qurollari. Mehnat predmetlari. Mehnat. Ishlab chiqarish salohiyati. Asosiy fondler. Asosiy ishlab chiqarish fondlari. Noishlab chiqarish asosiy fondlari. Jismoniy eskirish. Ma’naviy eskirish. Amortizatsiya. Dastlabki qiymat. Tiklash qiymati. Qoldiq qiymat. Fond qaytimi. Fond sig‘imi. Fond rentabelligi. Aylanma vositalar. Aylanma fondler. Muomala fondlari. Ishlab chiqarish zahiralari. Qarz mablag‘lari. Aylanuvchanlik koeffitsienti.
Nazorat uchun savollar:

  1. —Ishlab chiqarish resurslari” nima, ularning —ishlab chiqarish zahiralari”dan farqi yoki o‘xshash tomonlari nimada?

  2. Bozor sharoitlarida resurslarni tejash qanday ahamiyatga ega va u qurilish iqtisodiyotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi?

  3. Ishlab chiqarish fondlarining iqtisodiy mohiyatini ochib bering va ulardan qurilishda foydalanish darajasini xarakterlovchi ko‘rsatkichlarga misol keltiring.

  4. Kadrlar salohiyati nima va qurilishda qanday shakllanadi?

  5. Mehnat unumdorligini oshirishning ahamiyatini yoritib bering, ko‘rsatkichlarini aytib bering va qurilishda uni oshirish yo‘llarini ko‘rsatib bering.

  1. MAVZU: QURILISH KORXONASI BOZOR IQTISODIYOTI

SUB’EKTI SIFATIDA
Reja:

    1. Tadbirkorlik va korxona.

    2. Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy jihatlari.

    3. Tadbirkorlikni rivojlantirish qo’llab-quvvatlashda davlatning o’rni.

  1. Tadbirkorlik va korxona

Mamlakatda bozor iqtisodiyoti munosabatlari rivojlanayotgan bir sharoitda jamiyat oldida turgan masalalar ichida tadbirkorlik iqtisodiy faoliyatning faol shakli sifatida muhim o‘rin egallaydi.
Tadbirkorlik deganda shaxslar va korxonalarning o‘zaro manfaatdorligiga yo‘naltirilgan xarakatlari va mulkiy mas’ulligi asosida amalga oshiriladigan jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbuskor mustaqil xo‘jalik faoliyati tushuniladi.
Tadbirkorlik koordinatsiya, bozor va raqobat orqali rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish mexanizmlarini yaratadi, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasida aloqalar o‘rnatadi. Tadbirkorlik faoliyati ijtimoiy omillar (o‘z ahvolini yaxshilash bo‘yicha izlanishlar olib borish) bilan ham shart-sharoitlanadi.
Tadbirkorlik faoliyati deganda ketma-ket yoki parallel ravishda amalga oshiriladigan kelishuvlar jamlanmasi tushuniladi, bu kelishuvlardan har biri puxta aniqlangan vaqt oraliqlari bilan chegaralanadi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari: mamlakat fuqarolari, xorijiy davlat fuqarolari va birlashgan hamkorlar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolar yuridik shaxslar tashkil etmasdan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan momentdan boshlab yakka tadbirkor sifatida tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin. Birlashgan hamkorlar tadbirkorlik sub’ektlari sifatida turli xo‘jalik birlashmalari shaklida o‘zlarining xususiy va qonuniy asosda to‘plagan mulkidan foydalangan holatda maydonga chiqishlari mumkin.
Tadbirkorning rasmiy maqomi jismoniy shaxsni yollangan mehnatsiz yakka tadbirkorlik ishtirokchisi sifatida yoki qonun orqali aniqlanadigan ramkada jalb qilingan yollanma mehnat bilan korxona sifatida yuridik shaxsni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyati sub’yekti quyidagi huquqlarga ega:
muassasa, korxona tuzish va qayta tashkil etish, shuningdek, korxona mulk egasi bilan shartnoma tuzish, bank muassasalarida hisob raqamlari ochish, hamma turdagi hisob, kredit va kassali operatsiyalarni amalga oshirish yo‘li bilan tadbirkorlik faoliyatini boshlash va yurgizish;
moliyaviy mablag‘lar, intellektual mulk ob’yektlari, fuqarolar va yuridik shaxslar mulklari hamda alohida mulkiy huquqlarni shartnomali asosda jalb qilish va ulardan foydalanish;
ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, etkazib beruvchilar va o‘z mahsuloti iste’molchilarini tanlash, mahsulotga narx qo‘yishni mustaqil ravishda shakllantirish va amalga oshirish;
tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, valyuta operatsiyalarini olib borish; korxonani boshqarish bo‘yicha ma’muriy-tartiblash faoliyatini amalga oshirish; korxona nomidan yoki amaldagi qonunlar va korxona ustaviga muvofiq ishchilarni yollash (ishga qabul qilish) va ishdan ozod etish;
qonunchilik, korxona shartnomasi va ustaviga muvofiq soliqlarni to‘lagandan keyin va boshqa majburiy to‘lovlarni amalga oshirgandan so‘ng korxona tadbirkorlik faoliyati orqali erishilgan foyda o‘stida erkin ish yuritish;
davlat ijtimoiy ta’minot tizimlari, tibbiy va ijtimoiy sug‘urta xizmatlaridan foydalanish;
tadbirkorlar ittifoqlari, assotsiatsiyalari va boshqa birlashmalarini tashkil etish; qonunda belgilangan tartibda fuqarolar, yuridik shaxslar, boshqaruv organlari harakatlarini sudda (arbitrajda) qayta ko‘rish.
Shu bilan birgalikda qonun bir vaqtning o‘zida tadbirkorning burchlarini ham aniqlab beradi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə