O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə24/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Tadbirkorning burchlari:

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va tadbirkor tomonidan tuzilgan shartnomalar, jumladan korxona mulk egasi bilan tuzilgan shartnomalardan kelib chiqadigan burchlarni bajarish;

-qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda yoki korxona nomidan fuqarolarni yollash bo‘yicha ishchilar yoki tashkilotlar bilan mehnat shartnomalari tuzish;

  • tuzilgan shartnomaga muvofiq korxonaning moliyaviy holati (ahvoli) ga bog‘liq bo‘lmagan holda hamma ishchi-xodimlar bilan hisob-kitob qilish;

  • qonunchilik va jamoa shartnomasiga muvofiq yollanma asosda ishlayotgan fuqarolar uchun ijtimoiy, tibbiy va boshqa turdagi majburiy sug‘urtalarni amalga oshirish;

-nogironlar va ishlash qobiliyati (ishlash imkoniyati) chegaralangan shaxslarni ijtimoiy himoyalash bo‘yicha markaziy va mahalliy hokimiyat organlari qarorlarini bajarish;
-korxona daromadlari haqidagi deklaratsiyani o‘z vaqtida taqdim etish va qonunda beligilan soliqlarni ko‘rsatilgan tartib va o‘lchamda o‘z vaqtida to‘lab borish;
-kreditorlar oldida majburiyat va burchlarni ijro etishning imkoni bo‘lmagan vaziyatda korxonaning bankrotligi haqida ariza (xabar) berish.
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishning asosiy shakli - bu korxonadir.
Korxona - bu bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi, ehtiyojbop (talab qilinayotgan) mahsulotni ishlab chiqarish, ijtimoiy ehtiyojlarni qoniqtirish maqsadida ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatish va foyda olish uchun moddiy va axborot resurslardan foydalanishga asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektdir. Korxona o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun mulchilik yoki to‘liq xo‘jalik yuritish huquqi asosida unga tegishli bo‘lgan mulchilikni shakllantiradi. Quyida ko‘rsatilganlar korxona mulki manbalari deb hisoblanadi: muassislarning pul va moddiy jamg‘armalari; mahsulot sotilishidan, ishlar va xizmatlardan keladigan daromadlar; qimmatli qog‘ozlar, kapital qo‘yilma (ajratma)lar, turli darajadagi buyudjetlardan tushadigan daromadlar; aksiyalar, tanlovlar, auksion, tender va qonun bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar orqali davlat korxonalari mulklarini sotib olish, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksiga binoan turli-tuman tovarlar ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish va taqsimlash, tarqatish bo‘yicha bir yoki bir nechta spetsifik funksiyalarni bajaradigan zavod, fabrika, kombinat va boshqa shu kabi shakldagi tashkilotlar yoki muassasalar korxonalar deb tan olinadi.
Tuzilmasi bo‘yicha korxonalar xo‘jalik yuritish yoki operativ boshqarishda asoslangan mulkka egalik qiladi va o‘zining majburiyatlari bo‘yicha bu mulkchilikka javob beradi, o‘z nomidan mulkiy va shaxsiy, nomulkiy huquqlarga ega bo‘ladi, javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi, sudda haqiqiy mulk egasi va javobgar shaxs sifatida ishtirok etadi.
Korxonani har xil parametrlar bo‘yicha sinflashtirish mumkin:
tarmoqli mulklar bo ‘yicha:

  1. moddiy ishlab chiqarish sohasi yoki tarmog‘i (sanoat, qurilish, qishloq xojligi);

  2. noishlab chiqarish sohasi tarmoqlari (turar-joy - kommunal xo‘jaligi, transport, aloqa va h.k.);

v) aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish sohalari (sog‘liqni saqlash, fan, madaniyat va san’at, madaniy-maishiy soha, mudofa va sh.o‘.);
sonli parametrlar bo „yicha:

  1. kichik korxonalar yoki kichik biznes - 100 kishigacha;

  2. o‘rta korxonalar yoki o‘rta biznes - 500 kishigacha;

v) yirik korxonalar yoki yirik biznes - 500 kishidan ortiq;
sifat parametrlari bo‘yicha:

  1. mulkchilik turi (xususiy, qo‘shma, davlat, munitsipial, diniy, koopebtiviqarilayotgan mahsulot hajmi va assortimenti (turlari);

v) tadbirkorlik faoliyati tashkiliy-huquqiy shakllari.

  1. Turli qurilish korxonalarini shakllantirish va ular faoliyatining asosiy jihatlari

Qurilish korxonasi boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar singari ko‘p jihatdan mustaqil ravishda o‘z faoliyati maqsad va vazifalarini aniqlaydi va shakllantiradi, rivojlanish taktikasi va strategiyasini ishlab chiqadi, moliyaviy vositalarni qidiradi, mehnat jamoasini shakllantiradi, boshqarishning tashkiliy tuzilmasini yaratish, o‘ziga qarashli tashkilotlar va bo‘limlarning faoliyatini tartiblash, ijtimoiy kuchlanish holatini pasaytirishda ko‘plab tashkiliy masalalarni hal etadi.
Qurilish korxonasi, avvalom bor, tashkil etilayotgan vaqtda o‘zi tanlagan tashkiliy - huquqiy shakl hamda joriy vaqt va kelgusi faoliyatini aniqlovchi konkret maqsad va vazifalari bilan tavsiflanadi.
Qurilish tarmog‘i korxonalari bozor iqtisodiyotining quyidagi prinsiplaridan foydalanadi: tadbirkorlik faoliyatining erkinligi, to‘liq mustaqil xo‘jalik yuritishi, xususiy mulk bo‘yicha mulkchilikning turli shakllaridan foydalanish; erkin narxlar (davlat tomonidan alohida tartiblanadigan va nazorat qilinadigan narxlardan tashqari) bo‘yicha ishlash; faoliyatning antimonopolligi; ichki bozorning ochiqligi (tashqi bozorlarga chiqishning erkinligi); xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘rtasidagi shartnomaviy shakllar.
Xo‘jalik yuritishning yangi sharoitlarida qurilish korxonalari taktika va strategiyasini tanlash quyidagi holatlar bilan shart - sharoitlanadi: buyurtmachilarning qurilish mahsuloti bilan etarli darajada ta’minlanmaganligi; qurilish-montaj ishlari qimmatlashuviga va qurilish ob’yektlarini tiklash muddati cho‘zilishiga olib keluvchi sabablar - qurilish materiallari, konstruksiyalari, energiya, transport va boshqa xizmatlar narxlarining o‘sishi.
Qurilish korxonasi boshqarish strategiyasi ro‘yxatga olingan korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli va davlat tomonidan tartiblovchi qanday richaglarning unga ko‘satadigan ta’siriga bog‘liq bo‘ladi.
O‘zbekistonda barcha korxonalar o‘z faoliyati maqsadiga ko‘ra tijorat va notijorat korxonalariga bo‘linadi.
Notijorat korxonalarining tijorat korxonalaridan farqi shundaki, tijorat korxonalarida foydani tarqatish uning asosiy maqsadi emas va foyda ishtirokchilar o‘rtasida taqsimlanmaydi. Notijorat korxonalariga quyidagilar: turli jamg‘armalar, kengashlar, jamoat va diniy tashkilotlar, iste’molchi kooperativlar kiradi.
Agar korxona davlat yoki munitsipial xususiy mulk bazasiga unitar korxona ko‘rinishida asoslangan bo‘lsa, u holda mulk egasi o‘z-o‘zini boshqarish shaklidan foydalanadi. Xususiy mulk egasi bir kishi bo‘lgan holda ham o‘z-o‘zini boshqarish shaklidan foydalanadi.
Mulkchilikning aralash shaklida yoki mulk egalarining soni ko‘p bo‘lganda tashkilotni boshqarishning eng murakkab tuzilmasi shakllanadi, masalan bunga ochiq turdagi aksionerlik jamiyatini misol tariqasida keltirish mumkin.
Qurilish tashkiloti qurilish (ishlab chiqarish) kooperativi shaklida ro‘yxatdan o‘tkazilganda va faoliyat yuritganda mehnat jamoasida o‘z - o‘zini boshqarish shakli amalga oshiriladi.
Xo‘jalik yuritishning zamonaviy sharoitlarida o‘z-o‘zini boshqarish shakli bilan bir qatorda mulchilik boshqaruv shakli ham keng tarqalgan. O‘z-o‘zini boshqarishda tadbirkor, menejment va mehnat jamoasining funksiyasi mulk egasi tomonidan to‘liq hajmda konsentratsiya qilinadi. Tadbirkorning asosiy boshqaruv funksiyalari kapitalni mulk egasi (mulkdor)dan ajratish natijasida yuzaga keladi va bunday vaziyatda tadbirkor mulk egasi hamda boshqaruvchi sifatida namoyon bo‘ladi. Resurslar, kapital va mehnatni birlashtirish amalga oshiriladi. Tadbirkor yakka o‘zi o‘zining mablag‘lari, vaqti, mehnati va obro‘-e’tibori bilan harakat qiladi (xavf-xatarga qo‘l uradi). Menejer funksiyasi odamlarni boshqarish bo‘yicha o‘zining professional bilimlaridan foydalana olishi bilan belgilanadi.
Aralash mulk va faqat mulkning xususiy shakliga ega bo‘lgan korxonalarda mehnat jamoasini boshqarish murakkab bo‘lmaydi. Bu boshqaruv mehnat kelishuvi (shartnoma, konrakt)ni o‘ziga qamrab oladi. Boshqaruv - bu kun tartibi, mehnat ta’tillarini rejalashtirish, rahbatlantirish va mehnat jamoasi xavfsizligini ta’minlash tizimini ishlab chiqish, mahsulot sifatini nazorat qilish demakdir. Mehnat jamoasi o‘z-o‘zini boshqarishida ham amalda aynan xususiy mulkchilikni boshqarishdagi funksiyalardan foydalaniladi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə