O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə14/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Tashkiliy reja - pudratli firma tashkiliy strukturasi va uning personali: tarkibi, yoshi, ma’lumoti, ish tajribasi; ishchi kuchi, moddiy sharoitlari, kadrlar siyosati va shu kabi ma’lumotlarni o‘z ichiga kiritadi. Agar so‘z qurilayotgan ob’yekt, korxona haqida borayotgan bo‘lsa, u holda ham xuddi shunday ma’lumotlar keltiriladi.
Huquqiy ta’mmlanganlik. Qurilish - montaj va loyihalash firmalari uchun ularning tuzilgan sanasi ko‘rsatiladi, ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotlar, muassislik hujjatlari, faoliyat yuritishni asoslovchi guvohnomaning raqami (litsenziyaning nomeri), mulkchilik shakli, boshqa tashkilotlar bilan ishlash to‘g‘risidagi shartnomalar yoki taqrizlarning nusxalari keltiriladi.
Xavf - xatrga borish (tavakkal qilish) va sug „urtlashning baholanishida - xavf- xatar darajasi va berilgan korxonada ishlab chiqarishga ishtirok etishining maqsadga muvofiqligi aniqlanadi, qurilish ob’yektlari, ishlarning bajarilishi va xizmatlar ko‘rsatilishini sug‘urtalashga doir savollar ko‘rib chiqladi.
Moliyaviy reja - bajarilgan ishlar hajmi, foyda, tannarx, daromadlar va xarajatlar, pul mablag‘larining aylanishi, moliyaviy muvozanatni o‘z ichiga oladi.
Moliyalashtirish strategiyasi - quyidagi ma’lumotlar: loyihani amalga oshirish uchun qancha mablag‘ kerak bo‘ladi, kreditni qaerdan va qanday shaklda olish mumkin, kreditning shartlari, sarflangan mablag‘lar qanday muddatda qoplanishi mumkinligini o‘zida mujassamlaydi.
Ishlab chiqilgan biznes - reja natijalari asosida buyurtmachi bo‘lajak qurilish ob’yektining berilgan rayonda qurilishi ko‘zda tutilayotganligi to‘g‘risidagi arznoma bilan mahalliy hokimiyat organlariga murojaat qiladi. Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ishlab chiqarish ob’yektlari to‘g‘risidagi arznomada korxona to‘g‘risidagi texnik va texnologik ma’lumotlar, ishchilar va xizmatchilarning taqribiy soni, korxonaning xom - ashyo va materiallar, energiya resurslari, suv, yer resurslariga bo‘lgan taxminiy ehtiyoji, korxonaning atrof-muhit va ekologik vaziyatga ko‘rsatadigan ehtimoliy ta’siri to‘g‘risidagi tushunchalar, ishchi- xizmatchilar hamda ularning oilalari, ularni turar-joy, madaniy va maishiy xizmatlar ko‘rsatadigan ob’yektlar bilan ta’minlay olishi to‘g‘risidagi ma’lumotlar keltiriladi. Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’yekt to‘g‘risidagi arznoma moliyalashtirish manbalari va tayyor mahsulotdan foydalanishga oid ma’lumotlarni ham o‘zida mujassam etadi.
Qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’yekt to‘g‘risidagi arznoma to‘g‘risida ijobiy xulosa olingandan so‘ng buyurtmachi qurilishga ajratiladigan investitsiyalarni texnik

  • iqtisodiy jihatdan asoslashni ishlab chiqishga kirishadi. Investitsiyalarni texnik- iqtisodiy jihatdan asoslash xo‘jalikning zarur ekanligi, investitsiyalarning texnik imkoniyatlari, tijorat, iqtisodiy va ijtimoiy nuqtai- nazardan maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish maqsadida olib boriladi.

Qurilish investitsiyalari texnik-iqtisodiy asosi (TIA) muhim hujjat hisoblanadi, uning asosida qurilishi ko‘zda tutilayotgan ob’yektni qurish va texnik loyihani ishlab chiqish uchun prinsipial qarorlar qabul qilinadi.
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda marketing, talab va ehtiyojga oid bo‘lgan savollar bo‘yicha narx, inflyasiya, ishbilarmonlik faolligini hisobga olgan holda ancha chuqur izlanishlar olib boriladi, shuningdek, bozor kon’yunkturasini oldindan tahlil va bashorat qilish asosida mahsulotlarni sotish siyosati ancha puxta asoslab beriladi, mahsulotlar savdo-sotig‘ini rag‘batlantirish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqiladi, tashqi bozor uchun ham shu xuddi shunday ishlar amalga oshiriladi va h.k. SHu bilan bir qatorda, asosiy va yordamchi ishlab chiqarishlar texnologiyasi ham ancha chuqur asoslab beriladi, bo‘lajak korxonaning resurslar bilan ta’minlanishi yuqori darajadagi puxtalik bilan tahlil qilinadi.
Investitsiyalar TIA tarkibiga qurilish ob’yektining joylashish o‘rnini asoslashga doir ma’lumotlar: transport kommunikatsiyalari, injenerlik tarmoqlari, ishlab chiqarish va ijtimoiy infrastruktura ob’yektlari, mahsulotlarni sotish bozorining mavjudligi kiradi. Bu bo‘lim hajmiy - rejaviy va konstruktiv savollar bo‘yicha prinsipial yechimlar: qurilishning muddati va ketma-ketligi, qurilishni tashkil etish hamda uning texnologiyasi bo‘yicha umumiy holatlar, energiya gaz ta’minoti yechimlarini o‘z ichiga oladi. Atrofdagi tabiiy muhitga ko‘rsatiladigan ta’sir xarakteri baholanadi, mehnat va moddiy - texnik resurslarga bo‘lgan ehtiyojlar, asosiy texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlar va investitsiyalarning smaradorligi aniqlanadi, buyurtmachi tomonidan mamlakatda va xorijda qurilgan ob’yektlarning ularga o‘xshash bo‘lgan ob’yektlarga nisbatan texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlari qiyoslangan holda tahlil qilinadi.
Investitsiyalar TIAni ishlab chiqishda, qoidaga ko‘ra, qurilish ob’yektining bir nechta variantlari ko‘rib chiqiladi. Har bir variant bo‘yicha narxning eng yirik ko‘rsatkichlari bo‘yicha kapital mablag‘lar hajmi (K), mahsulotning tannarxi (T), solmishtirma kapital mablag‘lar, xom - ashyolar, yoqilg‘i, elektroenergiyaning solishtirma sarfi, ishlayotgan ishchi - xodimlarning soni, mehnat unumdorligi aniqlanadi.
Investitsiyalar TIA bo‘limlarining nomlari biznes-reja bo‘limlarining nomlariga etarli darajada yaqin bo‘ladi, lekin ular mazmun - mohiyati bo‘yicha iqtisodiy jihatdan chuqur ishlanishi singari, injenerlik yechimlari bo‘yicha ham biznes - reja bo‘limlaridan farq qiladi. Agar biznes-reja investitsiyalar TIA ishlab chiqilgandan keyin ishlab chiqilgan vaziyatlarda investitsiyalar TIA materiallari biznes-rejani ishlab chiqish uchun xizmat qiladi. Biznes - reja bunday holatda korxonaning pul to‘lay olish qodirligi va moliyaviy ustuvorligini tasdiqlash maqsadida shakllantiriladi.
Investitsiyalar TIA davlat ekspertiza xulosalari va ob’yekt quriladigan joyning ijro hokimiyati organi tomonidan kelishilganligi to‘g‘risidagi qaror asosida tasdiqlanadi. Ob’yektning joylashish o‘rnini tanlash qurilish uchun maydon tanlash dalolatnomasi orqali rasmiylashtiriladi va tasdiqlanadi. Tasdiqlangan investitsiyalar
TIA va maydon tanlash dalolatnomasi loyihalashning keyingi bosqichi - loyiha (texnik loyiha)ga o‘tish imkonini beradi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə