O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi


Iqds-i-diy faol yat t., riari bo'yicha asosiy kapitalga imestibiyalar 'ujm



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə11/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Iqds-i-diy faol yat t., riari bo'yicha asosiy kapitalga imestibiyalar 'ujm



  1. yilda asosiy kapitalga investitsiyalarning asosiy qismi, jami investitsiyalarning 52,9%i bino va inshootlar qurilishiga yo'naltirildi.

Asosiy fondlarning faol qismini rivojlantirishga investitsiyalarning ulushi 2016 yilda 41,0 %ni tashkil etgan bo'lsa, 2017 yilda 38,3 %ni tashkil etib, 2,7 % punktga (2005 va 2010 yillarda 1,0 %ga, 2015 yilda esa 1,2 % punktga) kamaydi.
3.2-jadval
Asosiy kapitalga investitsiyalarning turlari bo'yicha tarkibi




201
mfrd
so'm

by.
Jamiqa
nisbatan
%da

Ma 'lumot uchun jamiqa nisbatan %da

2005y.

201 Oy.

2 015y

Asosiy kapitalga investitsiyalar

68423,9

100

100

100

100

shu jumladan: turarjoy

11066,3

16,2

11,0

15,1

20,3

bino (turar-joydan tashqari) va inshootiar

25096,8

36,7

40,0

39,1

31,1

mashina, uskuna, transport vositalari

28054,8

41,0

40,0

40,0

39,3

boshqa lar

4186,0

6,1

9,0

5r8

8,8



Aytish kerakki, investitsiya siyosati faqat davlat miqyosida emas, balki ayrim mintaqalar, tarmoqlar va korxonalar miqyosida ham tegishlicha maqsadli vazifalari va ularni amalga oshirishning usullari, muddatlari va vositalari yordamida shakllanib, amalga oshiriladi. Masalan, davlat o‘z investitsiya maqsadlarini amalga oshirishda ko‘proq markazlashgan manbalarga va birinchi navbatda byudjet mablag‘larga, xorijiy investitsiyalar va kreditlarga, mintaqalar esa mahalliy byudjet mablag‘lariga tayanadi. Korxonalar o‘z investitsiya faoliyatlarini asosan o‘z mablag‘lari, daromadlari, amortizatsiya mablag‘lari va ayrim hollarda bank kreditlari yoki boshqa turdagi qarz mablag‘lari hisobiga amalga oshiradilar.
Amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatida korxonalarning o‘z manfaatlari va davlat manfaatlari doirasida tutgan o‘rnim alohida ta’kidlab o‘tishni istar edik. Ma’lumki, korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘inlaridir. Ularda jamiyatga kerak bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqariladi, yumushlar bajariladi va xizmatlar ko‘rsatiladi. SHuningdek, korxonalarda malakali kadrlarning asosiy qismi to‘planadi, foyda yuzaga keladi, binobarin, ularda milliy daromadning jami bo‘lmasa ham, har holda bir qismi vujudga keladi.
Korxonalar ushbu ishlab chiqarish funksiyalarini bajarish, shuningdek, kerakli moliyaviy ajratmalarni mahalliy va respublika byudjetlariga to‘lash davomida mintaqa va respublika miqyosida investitsiyalash uchun moddiy bazas yarataish natijasida zaiflashib qoladilar, qolgan foyda miqdori juda kam bo‘lib, amortizatsiya ajratmalari jiddiy o‘zgarishlar uchun etarli bo‘lmay qoladi.
Binobarin, iqtisodiyotni boshqarishning turli pog‘onalarida amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatini investitsiyalarni sarflash yo‘nalishlari va sohalarini tanlash, korxonalarning investitsion mustaqilligini va moddiy bazasini kengaytirish nuqtai nazaridan iqtisodiy ahvolga moslashtirish lozim. Direktorlik korpusining aksariyat qismining fikricha, bu vazifani bajarishga soliq tizimini yaxshilash katta yordam beradi. Bunday tizim korxonalarga o‘zi ishlab topgan daromadlarining investitsion mo‘ljallarni amalga oshirish uchun etarli miqdordagi ulushini o‘z ixtiyorida qoldirishga imkon berishi lozim.
Aytib o‘tilgan fikrlardan yana bir xulosa kelib chiqadi: investitsiya siyosati har qancha puxta o‘ylangan va asoslangan bo‘lmasin, u qanday darajada amalga oshirilmasin, moddiy ta’minotsiz, ya’ni resurslar bilan etarli ta’minotsiz faqat qog‘ozlarda va qarorlarda qolib ketadi. Har qanday siyosat, shu jumladan investitsiya siyosati ro‘yobga chiqishi, amalga oshishi uchun muayyan investitsiyalar miqdori bilan tasdiqlanishi lozim. SHuning uchun, investitsiya maqsadlarini, shu jumladan kapital qo‘yilmalarni qo‘llashning ustivor yo‘nalishlarini, sohalari va chegaralarini belgilashda buning uchun kerak bo‘ladigan investitsiyalarning ko‘lami va ularning moliyaviy manbalari ham puxta ishlab chiqilishi lozim. Ammo bu yerdagi umumiy qoida shundayki, kuchli investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun mamlakatdagi vaziyat ham iqtisodiy, ham siyosiy jihatdan barqaror bo‘lishi shart. Sezilarli iqtisodiy o‘sishlar ko‘zatilayotgan O‘zbekiston bugungi kunda maqsadga yo‘nalgan va samarali investitsiya siyosatini amalga oshirish uchun barcha shart-sharoitlarga egadir.

  1. Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi

Investitsiya-qurilish jarayoni ijtimoiy ishlab chiqarishning eng muhim elementidir. Uningsiz takror ishlab chiqarishni tasavvur qilish mumkin emas. Bu faqat tabiiy eskirish jarayonida ishdan chiqayotgan mehnat vositalarini almashtirish emas, balki ishlab chiqarish quvvatlarini kuchaytirish, shu jumladan yuqori sifat darajasini, iqtisodiy o‘sishni va aholining farovon turmush darajasini ta’minlashdir.
Investitsiyalash va qurilishni, investitsiya va qurilish jarayonlari kabi ko‘pincha alohida o‘rganish mumkin. Ammo investitsiya resurslarining 60 foizdan ko‘proq qismi qurilish sohasida foydalanilayotganligini hisobga oladigan bo‘lsak, bu tushunchalar ko‘pincha aynan qurilish majmuasining iqtisodiy samaradorligini baholashda qo‘llaniladi.
Investitsiya-qurilish jarayoni ham zamonda, ham makonda amalga oshiriladi. Umumiqtisodiy va ijtimoiy jarayonning tarkibiy qismi bo‘lgan investitsiya jarayoni investitsiya maqsadlarining texnik-iqtisodiy asoslashni (T1), ob’yekt va inshootlarni o‘rganish va loyihalashni (T2), qurilishning o‘zini (T3) va ob’yektni foydalanishga topshirishni, uni sinash, tekshirish va ekspertlar tomonidan baholashni o‘z ichiga oladi. Bundan kelib chiqqan holda vaqtda o‘lchanadigan investitsiya jarayoni quyidagi formula orqali aniqlanishi mumkin:
Tip = T1 + T2 + T3 + T4
Qurilish jarayoni - investitsiya jarayoni hamda qurilishning xalq xo‘jaligining bir tarmog‘i sifatida faoliyat ko‘rsatishining asosiy bosqichidir. Uning tashkiliy tizimi uch bosqichdan iboratdir:

  • qurilishni tayyorlash;

  • bevosita qurilish jarayonining o‘zi;

  • tayyor qurilish mahsulotini realizatsiya qilish.

Qurilishni tayyorlash qurilish ob’yektining maqsadga muvofiqligini texnik- iqtisodiy asoslash (TIA), ob’yektni loyihalash va qurilishga injener-texnik tayyorgarlik ko‘rishdan iborat. Ushbu yo‘nalishlarning har biri o‘zining maqsadli vazifalariga ega.
Bevosita qurilish - bu bino va inshootlarni qurib, ko‘tarish jarayoni bo‘lib, qurilish maydonchalarida bevosita amalga oshiriladi. SHuning uchun qurilish maydonchasini “noldan” qurilish ob’yektining tayyorlik holatigacha bo‘lgan bevosita qurish jarayonining o‘ziga tenglashtiriladi.
Qurilish mahsulotining realizatsiyasi - qurilishi tugallangan ob’yektlarni foydalanishga topshirish va ularni belgilangan tartibda buyurtmachiga (investorga) topshirishdir. ob’yektlar buyurtmachiga o‘tkazilgach, ular xalq xo‘jaligi balansida asosiy fond sifatida ko‘rsatiladi.
Qurilish investitsiya jarayonining o‘zagidir. Ob’yektlarni, ayniqsa sanoat- qurilish ob’yektlarini qurishda u jami investitsiya siklining 50 foizi va undan ko‘p qismini egallaydi. Masalan, amaliyotdan ma’lum bo‘lishicha, o‘rtacha quvvatli mashinasozlik korxonasini qurishda, turli tadqiqotlar va asoslashlarga o‘rtacha 1-1,5 yil ketadi, loyiha ishlab chiqishga - 1 yilgacha, qurilishga 3-4 yil, foydalanishga topshirish va sinab ko‘rishga esa kamida yarim yil ketadi.
Shunday qilib, o‘rtacha quvvatli korxonani qurishga ketadigan investitsiya jarayonining muddati taxminan 5-7 yilni tashkil qiladi. Bugungi kunda ilg‘or qurilish texnika va texnologiyalari, quruvchilarning g‘ayrat-shijoati qurilish ishlab chiqarishini tashkil qilish tizimi etarlicha darajada yaxshi yo‘lga qo‘yilganda ob’yektlarni qurish va foydalanishga topshirishga nisbatan qisqaroq muddatlar ketadi, natijada investitsiya resurslarining samarasi eng yuqori bo‘ladi. Bunga o‘z paytida Asakada foydalanishga topshirilgan avtomobil zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi misol bo‘la oladi.
Bu ob’yektlar qurilgan va ishlayotgan bo‘lsa, u holda bugungi kunning nuqtai nazaridan Kungrad soda zavodi, Qizilqum fosforit kombinati va Andijon biokimyo zavodida, Angrendagi kaolin fabrikasining birinchi navbati, Toshkent, Buxoro, Samarqand va Urganchdagi aeroportlarda qurilish sur’atlar bilan bormoqda. Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi, Toshkent - Andijon - O‘sh - qashqar avtomobil yo‘lining dovon uchastkasi haqida ham aynan shunday gaplarni aytish mumkin.
Qurilish investitsiya jarayonining o‘zagi, asosiy bosqichi bo‘lishiga qaramay, uning qolgan tarkibiy qismlari ham investitsiya jarayonining muddatiga va samaradorligiga ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatmoqda.
Masalan, muddati cho‘zilib ketgan injenerlik-geologik tadqiqotlar va boshqa qurilish tadqiqotlari, loyiha ishlanmalari sifatining pastligi va eng yomoni ularning eski texnik yechimlarga mo‘ljallanganligi investitsiya jarayonida eng yaxshi ko‘rsatkichlarga erishishiga imkon beradi. Bu ko‘rsatkichlar jarayonning dastlabki bosqichida ko‘zga tashlanmasa-da, ob’yektlardan foydalanish davomida yoki o‘ziga o‘xshash ilg‘or analoglar bilan taqqoslaganda lalbatta seziladi. SHuning uchun investitsiya jarayonini yaxshilashda hali loyihalash va tadqiqot ishlarini amalga oshirish jarayonida ham katta imkoniyatlar mavjud bo‘ladi. SHu sababdan, quruvchilarda “Loyiha qanday bo‘lsa, ob’yekt ham shunday bo‘ladi” degan shior haligacha bor bo‘lib, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Investitsiya-qurilish faoliyatini samarali tashkil qilish quyidagi bir qator vazifalarning hal qilinishini ko‘zda tutadi:

  • investitsiya jarayonining asosiy bo‘g‘ini sifatida qurilish faoliyatini tashkil qilishdagi asosiy yondashuvlar;

  • olish investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda bozor iqtisodiyoti tamoyillarini hisobga;

  • investitsiyalashda ustivor yo‘nalishlarni tanlash va investitsiyalardan foydalanish samaradorligini baholash;

  • qurilishda yerga egalik qilish va yerdan foydalanishni tashkil qilish va uning samaradorligini baholash;

  • pudrat tanlovlarini o‘tkazishni tashkil qilish;

  • investitsiya-qurilish risklarini boshqarish;

  • moliyaviy resurslarni shakllantirishni va ulardan foydalanishni tashkil qilish;

Bu vazifalarni muvaffaqiyatli hal qilish investitsiyalar hamda qurilish ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishgagina emas, balki mamlakat iqtisodiyotini tarkibiy qayta qurishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga va qulay investitsiya muhitini yaratish muammosining hal qilinishiga ham imkon beradi.
Ayni paytda investitsiya-qurilish faoliyatining boshqaruv tizimini qayta qurish ham muhim vazifalardan biri bo‘lib, u quyidagi chora-tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

  1. markazlashgan rejalashtirishni bartaraf qilish va qonunlar, me’yorlar va standartlar yordamida davlat boshqaruviga o‘tish;

  2. o‘zaro munosabatlarning, shu jumladan davlat boshqaruv tuzilmalari bilan bo‘ladigan munosabatlarning shartnoma (kontrakt) shakllarini rivojlantirish;

v) tarmoqlarda kompleks boshqaruv tizimlarini rivojlantirish bilan birgalikda ixtisoslashgan hisobga o‘tish va tashkiliy boshqaruvning yanada mustaqilroq tuzilmalarini barpo qilish;
g) investitsiya-qurilish faoliyatini boshqarishning “loyihani boshqarish” tizimini keng joriy qilishga o‘tish;
Investitsiya-qurilish faoliyatini tashkil qilishda asosiy “figura” - bu investor bo‘lib, u kapitalni qo‘llash siyosati va taktikasini belgilaydi. Ammo baribir investitsiya-qurilish faoliyatining samaradorligi avvalo qurilish ishlab chiqarishini mahorat bilan tashkil qilishga, resurslarni tejashdan to qurilishga sarflanayotgan har bir so‘m yoki boshqa pul birliklarining yuqori samara berishiga erishishgacha bo‘lgan butun qurilish jarayonini boshqarishning ratsional shakllariga bog‘liqdir. Buning uchun muddati cho‘zilib ketgan qurilishlarning vujudga kelishiga, kapital qo‘yilmalarning ko‘plab ob’yektlarga taqsimlanib ketishiga, tugallanmay qolib ketgan ob’yektlarning paydo bo‘lishiga va boshqa noishlab chiqarish xarajatlariga yo‘l qo‘ymaslik juda muhimdir. Ayniqsa, ish vaqtining bekorga sarf bo‘lishiga yo‘l qo‘yish mumkin emas, chunki bekor turib qolish va ish vaqtidan samarasiz foydalanish - qurilish muddatining cho‘zilishiga va kapital qo‘yilmalar samarasining pasayib ketishiga sabab bo‘ladigan eng muhim sababdir.
Qurilishning bugungi vazifasi - qurilishning sur’atlarini kuchaytirish, uning sifatini oshirish, noishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va mehnat unumdorligining o‘sishini ta’minlashdan iborat. Uni muvaffaqiyatli hal qilish faqat quruvchilarga emas, balki investitsiya jarayonining barcha ishtiroqchilariga bog‘liq bo‘lib, bu vazifa qanchalik tezroq hal qilinsa, qurilishning va butun milliy iqtisodiyotning miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlari shunchalik yuqori bo‘ladi.

  1. Investitsiya loyihalari va investitsiya dasturlari hamda ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni

Investitsiya loyihasi - bu shunday hujjatki, unda kapitalni iqtisodiyotning turli tarmoq va sohalariga yo‘naltirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmuasi ko‘zla tutilgan bo‘lib, bu chora-tadbirlardan maqsad ishlab chiqarish kuchlarini yanada rivojlantirish va mavjud ishlab chiqarish salohiyatini mustahkamlashdir. Ushbu kapital qo‘yilmalar quyidagi maqsadlarga sarflanishi mumkin:

  • yangi qurilishga;

  • ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va qayta ta’mirlashga;

  • ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash va mehnat vositalarini modernizatsiyalashga;

  • mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini zamonaviy talablar darajasida saqlab turishga va hokazo.

Investitsiya loyihasining qurilish loyihasidan farqlay bilish lozim. Ma’lumki, qurilish loyihasida muayyan ob’yektning qurilishi bilan bog‘liq texnik, iqtisodiy, tashkiliy, konstruktiv va boshqa yechimlar ko‘rsatilgan bo‘ladi. qurilish loyihasi - bu avvalo u yoki bu ob’yektning qurilishi bilan bog‘liq texnik-iqtisodiy asoslash, tushuntirish xati, chizmalar va smetalarni o‘z ichiga olgan hujjatlar to‘plamidir.
Masalan, tushuntirish xatida loyihaning asosiy g‘oyasi va uning texnik- iqtisodiy ko‘rsatkichlari asoslab berilgan bo‘ladi. Chizmalar loyihalanayotgan ob’yekt haqida yaqqol tasavvur hosil qiladi, qurilish bevosita shu chizmalar asosida amalga oshiriladi. Smeta qurilishning qiymatini xarakterlaydi; uning asosida moliyalashtirish liniyasi ochiladi va kelgusi pul hisob-kitoblari amalga oshiriladi.
Qurilish loyihasi boshqa turdagi hujjatlarni, masalan, qurilishni tashkil qilish loyihasi (QTL), ishlarni amalga oshirish loyihasi (IAL), materiallar, konstruksiyalar va asbob-uskunalarni etkazib berish jadvali va hokazolarni ham o‘z ichiga olishi mumkin. Ya’ni qurilish loyihasi - bu ko‘proq quruvchilar - prorablar, katta prorablar, qurilish uchastkasi va boshqarmalar boshliqlarining qo‘lida bo‘ladigan hujjatdir. Moliyalashtirish manbalari tomonidan tasdiqlangan qurilish loyihalari va qurilishga ajratilgan yer maydonlari qancha ko‘p bo‘lsa, qurilish uchun buyurtmalar —portfeli” ham shunchalik to‘laroq bo‘ladi.
Endi esa investitsiya loyihalariga qaytamiz. Aytib o‘tilganlardan tashqari, investitsiya loyihalari kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, bank va umumuan moliya-kredit tiziminining faoliyatini yaxshilash, mavjud injener kommunikatsiyalarini modernizatsiyalash, ekologiyani va atrof-muhitni sog‘lomlashtirish, biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilishi va kelgusida amalga oshirilishi mumkin.
Ayrim investitsiya loyihalari global xarakterga ega bo‘lib, alohida bir mamlakat manfaatlari doirasidan tashqariga ham chiqishi mumkin. Xuso‘san, — Orolni saqlab qolish loyihasi” ham hozirgi kunda shunday loyihalardan biri bo‘lib, unda O‘zbekiston, qozog‘iston va boshqa Markaziy Osiyo respublikalaridan tashqari progressiv jamiyatlar va dunyodagi bir necha mamlakatlarning rasmiy institutlari ham ishtiroq etmoqdalar.
Masalan, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy kredit liniyalar bo‘yicha ochilgan jami summasi 200 mln AQSH dollaridan ortiq bo‘lgan 185 dan ortiq loyihalar ishlab turibdi.
Ko‘rinib turibdiki, investitsiya loyihalari turli miqyosda va turli maqsadlarda ishlab chiqilishi mumkin. Korxonalar iqtisodiyotning asosiy bo‘g‘ini bo‘lganliklari hamda avval aytib o‘tilganidek, milliy daromadning “salmog‘ini” sezilarli darajada belgilashlari tufayli, investitsiya loyihalarini aynan shu bo‘g‘in miqyosida ishlab chiqish strategiyasi alohida e’tiborga loyiqdir.
Bugungi kunda korxonalar miqyosidagi investitsiya loyihalari, odatda, investitsiya tanloviga havola etish uchun ularning xususiylashtirish dasturiga mos ravishda ishlab chiqilmoqda. Bunda masalan, qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan investitsiya loyihasini tayyorlash va uni amalga oshirish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  • investitsiya g‘oyasini shakllantirish;

  • investitsiya imkoniyatlarini o‘rganib chiqish;

  • loyihani texnik-iqtisodiy asoslash;

  • er maydoni ajratish, sotib olish yoki ijaraga olish;

  • kontrakt hujjatlarini tayyorlash;

  • loyiha hujjatlarini tayyorlash;

  • qurilish-montaj ishlarini, shu jumladan ishga tushirish va sozlash ishlarini amalga oshirish;

  • ob’yektdan foydalanish, iqtisodiy ko‘rsatkichlar monitoringi.

Tabiiyki, bir korxonaning investitsiya loyihasi mazmun jihatdan boshqa korxonaning loyihasi bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Har bir investitsiya loyihasi ma’lum bir maqsad va vazifalarga qaratilgan bo‘ladi va binobarin, ulaning moliyalashtirish manbalari ham, pirovard natijalari ham turlicha bo‘ladi.
Ma’lum bir maqsadga qaratilgan investitsiya loyihalari yoki takliflar majmumasi investitsiya dasturini tashkil qiladi. Investitsiya dasturi o‘z ko‘lamiga qarab davlat, mintaqa yoki tarmoq miqyosida bo‘lishi mumkin. Bu dastur ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish va iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurishda jiddiy o‘zgarishlarni ko‘zda tutadi.
Investitsiya loyihalari va dasturlari quyidagi maqsadlarga xizmat qiladi:

  • ishlab chiqarish apparatini muntazam yangilab borish va kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni ta’minlash;

  • fan-texnika taraqqiyotini tezlashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini va raqobatbardoshligini yaxshilashga;

  • iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini bir tekisda rivojlantirishga;

  • sanoat uchun kerakli xom ashyo bazasini barpo etish va mintaqalardagi ishlab chiqarish kuchlarini tenglashtirish;

  • fuqarolik qurilishi, sog‘liqni saqlashni, oliy va o‘rta maktabni rivojlantirish, uy-joy muammosini hal qilishga;

  • bozor mexanizmi va raqobat talablaridan kelib chiqqan holda aholini ish bilan ta’minlash, ishsizlik muammosini yumshatishga;

  • tabiiy muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash va boshqa maqsadlarga erishishga.

  1. yil 19 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoevning PQ-4067-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2019 yilga mo‘ljallangan Investitsiya dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

  2. yillarda Investitsiya dasturiga kiritilgan yirik investitsiya loyihalari ichidan quyidagilarni ko‘rsatib o‘tish mumkin:

  • Tuyabug’uz suv omborida kichik GES qurilishi loyihasi (15,9 ming AQSH dollar);

  • “Navoiyazot” AJ bazasida polivinilxlorid, kaustik soda va methanol ishlab chiqaradigan kompleks qurulishi loyihasi (500,1 ming AQSH dollar);

  • “Navoiyazot” AJ da azot kislotasini ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi (216,6 ming AQSH dollar);

  • Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi loyihasi (335,0 ming AQSH dollar);

  • “Kvars” AJ bazasida listli oyna ishlab chiqarish bo’yicha yangi liniya qurilishi loyihasi (70,2 ming AQSH dollar);

  • “Mutabar Medical Standart” MCHJ da virusga qarshi preparatlar ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi (15,0 ming AQSH dollar);

  • “MILK FOODS TRADE” MCHJ da sut mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi (19,6 ming AQSH dollar);

  • “BIO AGRO” MCHJ da organik mahsulotlarni o’stirish va chiqarish bo’yica ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi (35,0 ming AQSH dollar);

  • Buxoro viloyatida sement tegirmoni ishlab chiqarishni tashkil qilish loyihasi (“QIZILQUMSEMENT” AJ) (19,2 ming AQSH dollar).

  1. yilda 112 251,0 mlrd. so’mlik kapital qo’yilmalar kirinilishi mo’ljallanmoqda, shundan 41 641,0 mlrd. so’m markazlashtirilgan investitsiyalar va 70 610,0 mlrd. so’m markazlashtirilmagan investitsiyalar.

  1. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi

Investitsiya dasturi respublika iqtisodiyotini barqaror va tadrijiy rivojlantirishga erishishga, tabiiy, mineral-xom ashyo, moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish yo‘li bilan respublika ayrim tarmoqlari va mintaqalarini tarkibiy o‘zgartirishning asosiy ustuvorliklarini va strategik vazifalarini amalga oshirishga yo‘naltirilgan bir-biri bilan o‘zaro bog‘langan chora-tadbirlar kompleksi hisoblanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 12 sentyabrdagi 395-son qaroriga ko‘ra «O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi to‘g‘risida NIZOM» qabul qilindi va unda investitsiya dasturini shakllantirishning umumiy qoidalari, moliyalashtirish va amalga oshirish monitoringi yoritib berilgan.
Investitsiya dasturi respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining tarkibiy qismi hisoblanadi va davlat investitsiya siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini aks ettiradi.
Shu bilan birga loyiha-qidiruv ishlaridan boshlab mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning umumdavlat dasturlari bajarilishini ta’minlash uchun ob’yektni foydalanishga topshirishgacha bosqichlarni hisobga olgan holda, investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini va moliyalashtirish manbalarini hisobga olib, har yili Dasturning asosiy ko‘rsatkichlari aniqlashtirilgan va aniq ro‘yxati yangilangan holda uch yillik davrga shakllantiriladi.
Dasturni shakllantirishning asosiy prinsiplpriga quyidagilar kiradi:

  • investitsiya jarayonlarini boshqarish sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan zarur hajmlarda, maqbul shartlarda xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish, shuningdek loyihalarni tanlab olishning amaliy mexanizmini shakllantirish va ularning amalga oshirilishi monitoringini olib borish asosida ulardan samarali foydalanish mexanizmini yaratish;

  • belgilangan davlat ustuvorliklari asosida eng muhim tarmoqlarni, ishlab chiqarishlarni va faoliyat sohalarini qo‘llab-quvvatlash;

  • ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan tarmoqlarni (ta’lim, sog‘liqni saqlash, uy-joy- kommunal xo‘jaligi) aholi turmush darajasi va sifatini oshirishni, iste’mol talabini faollashtirishni ta’minlovchi hajmlarda birinchi navbatda investitsiyalash;

  • mineral-xom ashyo resurslarini va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni, tayyor mahsulotni tashqi bozorda raqobatbardoshli darajaga etkazishni ta’minlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarishlarni jadal rivojlantirishga qaratilgan investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash;

  • transport infratuzilmasini rivojlantirish va takomillashtirish, shu jumladan trankontinental transport yo‘laklariga integratsiyalash, logistika komplekslarini shakllantirish;

  • tarkibiy o‘zgartirishlar vazifalari va amalga oshirilayotgan investitsiya siyosatiga muvofiq mablag‘ qo‘yishning o‘zaro manfaatliligi asosida xorijiy sarmoyalarni jalb qilish, tomonlarning investitsiya majburiyatlari asosida shartnomalar tuzish amaliyotini joriy etish;

  • investitsiya loyihalarini Dasturning aniq ro‘yxatiga oldindan belgilangan

mezonlar asosida kiritish;

  • ilgari boshlangan ob’yektlarni tugallash uchun markazlashtirilgan

investitsiyalarni birinchi navbatda ajratish.
Loyihalarni tanlab olishda ularning samaradorligi, respublika iqtisodiyoti ayrim tarmoqlarini va mintaqalarini rivojlantirish ustuvorliklari, mahsulot sotish ko‘rsatkichlari, shu jumladan eksportga yo‘natirilganlik, butlovchi buyumlar va komponentlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirishda qatnashish va shu kabilar asosiy mezonlar hisoblanadi.
Dasturda loyihaning baholash qiymati, tugallanmagan qurilish va qurilishni tugallash hamda foydalanishga topshirish uchun yillar bo‘yicha joriy narxlarda moliyalashtirishga ehtiyoj, moliyalashtirishning tasdiqlangan manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi.
Dasturni ishlab chiqishda yirik va o‘ta muhim loyihalar alohida, katta bo‘lmagan bir tipdagi loyihalar yaxlit kiritilishi mumkin (masalan: maktablar, qishloq vrachlik punktlari qurilishi va boshqalar).
Dastur yig‘ma jadvallari bilan tahliliy qismdan, aniq dasturdan va ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxatidan iborat bo‘ladi.
Dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha barcha ishlarni O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi muvofiqlashtiradi.
Dastur O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi.
Investitsiya dasturining tahliliy qismi respublika iqtisodiyotini rivojlantirishning asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari bilan o‘zaro bog‘langan holdagi kapital qo‘yilmalar hajmlari va moliyalashtirish manbalarini asoslashdan, Dastur samaradorligini baholash, loyihalarni tanlab olish mezonlaridan iborat bo‘ladi.
Tahliliy qism tarkibida investitsiyalarning takror ishlab chiqarish va texnologik tarkibini hisobga olgan holda umuman Dastur, iqtisodiyot sektorlari va tarmoqlari, moliyalashtirish manbalari va hududlar, amalga oshirish yillari bo‘yicha kapital qo‘yilmalar tarkibi belgilanadi.
Dasturning yalpi ichki mahsulot o‘sishiga, iqtisodiyotning tarmoq va hududiy o‘zgarishiga, eksport va import tarkibiga, ishlab chiqarish quvvatlarini va ijtimoiy soha ob’yektlarini ishga tushirish hajmlariga ta’sirining prognozlashtirilayotgan natijalari hisob-kitob qilinadi.
Dasturning barcha hisob-kitoblari tadrijiy tarzda, respublikani uch yillik davrda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlari va investitsiya loyihalarining aniq dasturi asosida ishlab chiqiladi.
Aniq dasturni shakllantirish
Dasturning aniq ro‘yxatiga markazlashtirilgan manbalar, hukumat kafolati ostida beriladigan xorijiy kreditlar va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan investitsiya loyihalari kiritiladi.
Aniq ro‘yxat quyidagilardan iborat bo‘ladi:
iqtisodiyotni, ijtimoiy sohani va mamlakat mudofaa qudratini tarkibiy o‘zgartirishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyoti ustuvor yo‘nalishlarini
rivojlantirish dasturlarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladigan markazlashtirilgan investitsiyalar limitlaridan;
xorijiy investitsiyalar va hukumat kafolati ostidagi kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan;
to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining aniq dasturidan; ustuvor investitsiya takliflarining yig‘ma ro‘yxati.
Ijtimoiy soha ob’yektlarining prognozlashtirilayotgan hajmlari Dasturga yiriklashtirilgan, buyurtmachilar va ob’yektlar bo‘yicha taqsimlamagan holda kiritiladi.
Quyidagilar loyihalarni amalga oshirishning birinchi yilida ularni aniq dasturga kiritishning majburiy shartlari hisoblanadi:
belgilangan tartibda tasdiqlangan loyihaning (investitsiya loyihasining texnik- iqtisodiy asoslashlari, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari) mavjud bo‘lishi;
moliyalashtirish manbalarining va kreditlarning shartnomada belgilangan muddatda qaytarilishining tasdiqlanishi.
Aniq dasturni shakllantirish jarayoni har bir loyiha bo‘yicha mufassal axborot tayyorlash, loyihani ustuvorligi bo‘yicha tanlab olish va ro‘yxatni shakllantirishdan iborat bo‘ladi.
Har bir loyiha (loyihalar guruhi) bo‘yicha axborot buyurtmachi tomonidan tayyorlanadi hamda unda quyidagilar bo‘ladi: belgilangan shakldagi loyiha pasporti; loyihani amalga oshirish reja-jadvali;
aniq dasturni shakllantirish sanasida loyihani amalga oshirishning holati to‘g‘risidagi mufassal axborot.
Loyihaning pasporti quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
texnik tavsifnomani;
atrof muhitga ta’sirni baholashni;
ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra samaradorlikni va amalga oshirish imkoniyatlarini baholashni, tashkiliy tadbirlarning ko‘lamini; mahsulotga talab hajmi va xususiyatini;
echimning muqobil variantlari mavjudligini, shu jumladan faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish yo‘li bilan;
asosiy materiallar va ishchi kuchi resurslarining mavjudligini; investitsiya xarajatlari miqdorlari.
Aniq loyiha uni amalga oshirish maqsadga muvofiqligidan, uning iqtisodiy va moliyaviy samaradorligidan, ishlab chiqarish va ijtimoiy mulohazalarga ko‘ra amalga oshirish imkoniyatlari va maqbulligidan, tarmoqni rivojlantirishning strategik vazifalariga muvofiqligidan kelib chiqqan holda bosqichma-bosqich tanlab olinadi: birinchi bosqichda - loyiha aniq tarmoq va mintaqani rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda oldindan baholanadi;
ikkinchi bosqichda - loyiha iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va mintaqalarni rivojlantirish ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tanlab olinadi.
Aniq dasturga iqtisodiy jihatdan samarasiz loyihalarni, shuningdek ilgari jalb qilingan kreditlar bo‘yicha muddati o‘tkazib yuborilgan qarzi bo‘lgan korxonalar loyihalarini kiritish taqiqlanadi.
Quyidagilar birinchi bosqichda loyihaning ustuvorligini belgilashning mezonlari hisoblanadi:
loyihaning tarmoqni rivojlantirish strategiyasiga muvofiqligi; moliyaviy va iqtisodiy samaradorlik;
mahalliy xom ashyodan va butlovchi buyumlardan foydalanish darajasi; tayyorlangan mutaxassislarning mavjudligi; loyihaning amalga oshirishga tayyorlanganligi darajasi; ishga tushirilgandan keyin foydalanish xarajatlari.
Har bir mezonning muhimligi darajasi tarmoqni rivojlantirish strategiyasini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadi.
Ikkinchi bosqichda uch yillik davrda respublika iqtisodiyotidagi tarkibiy o‘zgartirishlar prognoziga muvofiq qo‘shimcha ravishda quyidagi mezonlar hisobga olinadi:
tarmoq (mintaqa)ning istiqboldagi prognoz o‘sish sur’atlari; eksport salohiyatining prognoz o‘sish sur’atlari;
tarmoqning umuman respublika bo‘yicha makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarga ta’sirining o‘zgarishi; tarkibiy omillar;
ilgari qo‘yilgan investitsiyalar samaradorligi;
asosiy fondlar ahvoli va quvvatlardan foydalanish darajasi;
loyihaning ijtimoiy ahamiyati.
Ikki bosqichda tanlab olish natijalariga ko‘ra Dasturga kiritiladigan ob’yektlarning aniq dasturi shakllantiriladi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning birinchi yili ko‘rsatkichlari mavjud moliyaviy resurslar va boshqa resurslar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘lishi kerak hamda birinchi moliyaviy yilda o‘zgartirilmaydi.
Dasturni va investitsiya loyihalarini amalga oshirishning ikkinchi va keyingi yillari ko‘rsatkichlari har yili aniqlashtirilishi kerak, bunda boshlanmagan loyihalarning bir qismi yangi loyihalarga almashtirilishi mumkin.
Qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini shakllantirish
Buyurtmachilar tasdiqlangan Investitsiya dasturi asosida vakolatli banklarda moliyalashtirishni rasmiylashtirish uchun har yili qurilishlarning aniq ro‘yxatini va Dasturni amalga oshirishning ikkinchi va uchinchi yillariga kiritilgan ob’yektlar bo‘yicha loyihala-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxatini aniqlashtiradilar.
Markazlashtirilgan manbalar va davlat korxonalari mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishgan holda investorlar (buyurtmachilar) tomonidan tasdiqlanadi.
Boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladigan qurilishlarning aniq ro‘yxatlari investorlar (buyurtmachilar) tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Kredit resurslarini jalb etgan holda amalga oshirilayotgan investitsiya loyihalarining aniq ro‘yxatlari tegishli kredit shartnomasi yoki kreditlovchi bankning yozma roziligi mavjud bo‘lganda tasdiqlanadi.
Qurilishlarning aniq ro‘yxati birinchi yil mobaynida tanlov savdolari yoki Yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirishni muvofiqalashtirish kengashining alohida qarorlari bo‘yicha aniqlashtirilishi mumkin.
Qurilishning titul ro‘yxati tasdiqlangan limitlar doirasida qurilishning butun davriga tuziladi va Investitsiya dasturi tasdiqlangandan keyin 2 oydan kechiktirilmasdan tanlov savdolari natijalariga ko‘ra shakllantiriladi.
Qurilishning titul ro‘yxati investor (buyurtmachi) tomonidan pudratchi bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
Qurilishning tasdiqlangan titul ro‘yxatida kapital qo‘yilmalar limitlari umuman investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun nazarda tutiladi, bunda qurilish-montaj ishlari, asbob-uskunalar xarid qilish, loyiha-qidiruv ishlari xarajatlari va boshqa xarajatlar (pudratchi va buyurtmachi xarajatlari alohida ko‘rsatiladi) qurilish yillari bo‘yicha taqsimlangan holda ajratib ko‘rsatiladi.
Birinchi moliyaviy yilda qurilishning titul ro‘yxatida loyiha-qidiruv, qurilish- montaj ishlari ko‘rsatkichlari aniqlashtirilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Investitsiya dasturini shakllantirish muddatlari
Uch yillik Dasturni shakllantirish jarayoni bir yillik siklga ega bo‘ladi hamda yangilangan Dasturni har yilning oxirigacha tayyorlashni ta’minlovchi ilovaga muvofiq qat’iy jadvalga tayanadi.
Investitsiya dasturiga kiritish uchun takliflar tayyorlashda buyurtmachilar quyidagi tartibga amal qilishlari kerak:
Dasturni amalga oshirishning birinchi yiliga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va moliyalashtirish bilan ta’minlangan (kelgusi yilga o‘tuvchi va yangidan boshlanayotgan) qurilishlarning aniq ro‘yxati tuziladi;
Dasturni amalga oshirishning ikkinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va birinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati va Dasturni amalga oshirishning birinchi yilida loyiha hujjatlari tayyorlangan va tasdiqlangan, birinchi yilda tanlov savdolariga tayyorlanadigan yangidan boshlanadigan ob’yektlar kiritiladi;
Dasturni amalga oshirishning uchinchi yiliga unga kelgusi yillar loyiha-qidiruv ishlarining aniq ro‘yxati va tanlov savdolari natijalariga ko‘ra belgilangan amalga oshirish muddatlarini hisobga olgan holda qiymati belgilangan tartibda aniqlashtirilgan birinchi va ikkinchi yildan o‘tuvchi qurilishlarning prognoz ro‘yxati, loyiha hujjatlari ikkinchi yilda tayyorlanadigan va tasdiqlanadigan yangidan boshlanadigan ob’yektlar kiritiladi.
Dasturni moliyalashtirish
Quyidagilar Dasturni moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:

  1. markazlashtirilgan investitsiyalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

davlat byudjeti mablag‘lari;
davlat byudjetdan tashqari fondlar mablag‘lari;
Hukumat kafolati ostida beriladigan horijiy kreditlar;
Hukumat qarorlariga ko‘ra belgilanadigan boshqa manbalar;

  1. markazlashtirilmagan investitsiyalar, ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi: mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalar mablag‘lari; tijorat banklarining, shu jumladan xorijiy tijorat banklarning kreditlari; jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy jismoniy shaxslar mablag‘lari; qonun hujjatlariga zid bo‘lmagan boshqa manbalar.

Markazlashtirilgan investitsiyalar respublika xalq xo‘jaligini tarkibiy qayta qurishni, respublikaning ishlab chiqarish va noishlab chiqarish salohiyatini saqlab qolish va rivojlantirishni, amalga oshirish moliyalashtirishning boshqa manbalari hisobiga mumkin bo‘lmagan ijtimoiy muammolarni va boshqa muammolarni hal etishni ta’minlovchi respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlarida asosiy fondlarni yaratish va ko‘paytirish uchun foydalaniladi.
Markazlashtirilgan investitsiyalar faqat quyidagi ishlarga ajratiladi ajratiladi: respublika iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlariga davlat maqsadli dasturlarini va davlatlararo bitimlarni amalga oshirishga;
aholining ehtiyojmand qatlamlarini davlat tomonidan ijtimoiy muhofaza qilishni ta’minlash uchun oy-joy qurilishiga; suv xo‘jaligi qurilishiga;
aholi yashaydigan joylarning muhandislik infratuzilmasini rivojlantirishga; fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va ijtimoiy infratuzilmaning boshqa tarmoqlari ob’yektlari qurilishiga;
davlat boshqaruvi organlari, mudofaa va huquqni muhofaza qilish organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va mustahkamlashga;
umumdavlat tabiatni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirishga va tabiiy ofatlardan himoya qilish inshootlari qurilishiga.
Dasturning amalga oshirilishi monitoring
Dasturning amalga oshirilishi monitoringi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 4 yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritilgan loyihalarning amalga oshirilishi ustidan davlat monitoringi to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Dasturining davlat monitoringi quyidagi maqsadlar uchun amalga oshiriladi: investitsiya loyihalarini, va birinchi navbatda, markazlashtirilgan investitsiyalardan foydalangan holda ro‘yobga chiqarilayotgan investitsiya loyihalarini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
loyihalarning belgilangan tartibda tasdiqlangan parametrlariga (texnik-iqtisodiy asoslashlar, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar), tanlov savdolari (tenderlar) shartlariga rioya qilish;
amalga oshirilayotgan loyihalar bo‘yicha axborot bazasini shakllantirish; investitsiya loyihalarini amalga oshirishda paydo bo‘ladigan muammoli masalalarni kuzatib borish;
investitsiya iqlimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish. Monitoring har oyda statistika hisoboti va so‘rov yo‘li bilan Iqtisodiyot vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Monitoring natijalari Dasturning amalga oshirilishi to‘g‘risidagi har choraklik axborotlarni tayyorlashda hamda navbatdagi uch yillik davrga Dasturni shakllantirishda foydalaniladi.
Tayanch iboralar: Investitsiya. Investitsiya siyosati. Investitsion muhit. Risk. Investitsiya loyihasi. Investitsiya dasturi. Markazlashtirilgan investitsiyalar. Markazlashtirilmagan investitsiyalar.
Nazorat uchun savollar:

  1. Davlatning investitsiya siyosatiga xos bo‘lgan xususiyatlari va ularning avvalgi investitsiya siyosatidan farqi nimada

  2. Investitsiya loyihasi deganda nima tushuniladi?

  3. Investitsiya loyihasining maqsadli funksiyalarini ochib bering.

  4. Investitsiya loyihalarni amalga oshirishda qurilishning rolini tavsiflab

bering

  1. Investitsiya jarayonining mamlakat iqtisodiy salohiyatini rivojlantirishga ta’sirining miqdoriy ko‘rsatkichlariga misol keltiring.

  2. To‘g‘ridan-to‘g‘ri xususiy xorijiy investitsiyalarni jalb etishni rag‘batlantirish borasida qanday imtiyozlar mavjud?

  3. Investitsiya dasturini shakllantirish tartibini qaysi xujjat bilan belgilanadi?

  4. Qurilishlarning aniq va titul ro‘yxatlarini shakllantirish tartibi qanday?

  5. Investitsiya dasturini qanday moliyalashtiriladi?

  6. Investitsiya dasturining amalga oshirilishi monitoringi qaysi maqsadlar uchun olib briladi

  1. MAVZU. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBLARI

Reja:

    1. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti

tarixi.

  1. Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga

ta’siri.

  1. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari.

  2. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari.

    1. Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti tarixi

Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyotining rivojlanishini 3 ta davrga bo‘lish mumkin:

  1. Kapitalistik munosabatlarni rivojlantirish (1917 yilgacha).

  2. Markazlashtirilgan rejali iqtisodiyot davri (1917 - 1990 yilgacha).

  3. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish (1991 yildan hozirgi davrgacha).

Investitsiyani samaradorligini 1917 yilgacha baholash bo‘yicha ilmiy ishlar
asosan ishlab chiqarish fabrikalari va zavodlarini yaratish ayniqsa Rossiyada temir yo‘llarini qurilishi va ekpulatatsiya qilinishi bilan bog‘liq bo‘lgan. Bundan xususan Yu.V. Lomonosovning 1912- yilda Odessada chop etilgan “Temir yo‘llarni ekspluatatsiya qilishning ilmiy muammolari” kitobi, M.G. Destremning “Kanallar va temir yo‘llarning nisbiy foydaliligi va Rossiyada yuklarni tashishning eng qulay usulini aniqlash uchun berilgan takliflarini qulayrog‘ini tanlash bo‘yicha umumiy mulohazalar” kitobi (1831) dalolat beradi
Samaradorlik masalalari va jumladan investitsiya loyihasini ko‘proq foydali variantini tanlash A. Vasyutinskiy va V. Yasinining 1905-1908 yillarda chop etilgan hamda “Hozir arzonroq tulangan narsa, keyinchalik ham arzon keladigan narsa emas” (1912) deb hisoblagan V. Sokalskiylar mehnatlarida o‘z aksini topdi.
1934 yilda M.Protodyakonov kapital qo‘yilmalarning nisbiy iqtisodiy samaradorligi ko‘rsatkichi sifatida xarajatlarni izohlashishini hisobga olinishi bilan aniqlanadigan, qurilish - ekspluatatsiya xarajatlarida keltirilgan miqdorni taklif qiladi. Ushbu ko‘rsatkich bir qator kamchiliklarga ega bo‘lsa ham bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrigacha investitsiya loyihalari qiyosiy samaradorliginining muhim ko‘rsatkichi hisoblangan.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi nazariyasi va amaliyoti rivojiga akademik T.S.Xachaturov katta hissa qo‘shgan. U 40-yillarning oxirida kapital qo‘yilmalarning umumiy (absolyut) samaradorligi tushunchasini kiritgan va uni milliy daromaddagi o‘sishning, ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati orqali aniqlashni taklif etgan.
Ko‘rsatilgan sohadagi ilmiy ishlanmalar orasidan, asosiylari sifatida majburiy normalar va qoidalar maqomiga ega bo‘lgan quyidagilarini ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • SSSR halq xo‘jaligida kapital qo‘yilmalar va yangi texnika iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi(1960.).

  • Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi( 1969y).

  • Kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlashning namunali metodikasi (1980y).

  • Kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlash metodikasi (1988.

  • Investitsiya loyihalari samaradorligini baholash va ularni moliyalashga tanlab olish bo‘yicha metodik tavsiyalar (1994).

Tayyorlangan ishlanmalar investitsilar iqtisodiy samaradorligini baholashda tarmoqlar bo‘yicha nizomlar va yo‘riqnomalar tayyorlashda asos bo‘lib xizmat qiladi. Ularga asoslangan holda “Qurilishda kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma”, “Temir yo‘l transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma” (1973), “Daryo transportida kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini aniqlash bo‘yicha yo‘riqnoma” (1974), hamda loyihaviy yechimlarni iqtisodiy samaradorligini baholash bo‘yicha ko‘rsatmalar va metodik tavsiyalar xuddi shunday ishlab chiqarilgan.
Hozirgi kunda olimlar va mutaxassislar 1994 yilgacha tayyorlangan ishlanmalarlarning ko‘pchiligi bozor iqtisodiyoti talablariga javob bermasligi ta’kidlab o‘tishmokda. Haqiqatdan ham bu ishlanmalarda inflyasiyani hisobga olmaslik, sharoitlarning noaniqligi va tavakkalchilik darajasi va hakozolar, kabi omillarga o‘rin berilmagan, vaholanki u sharoitlarda bu tushunchalar nafaqat amaliy balki nazariy jihatdan ham hisobga olishga yo‘l qo‘yilmagan. Oldingi metodlarning kamchiliklari sifatida masalaning iqtisodiy va sotsial tomonlarini zaif ishlab chiqilganligi, diskontlash koeffitsientini qabul qilishdagi munozaralar va baxslarni aytish mumkin. Biroq shunga qaramasdan ko‘rilgan ishlanmalar iqtisodiy bilimlarning ma’lum yutuqlari sifatida, kapital qo‘yilmalarning samarador baholashning boshlang‘ich asosi bo‘ladi.

  1. Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga ta’siri

Investitsiyalarning qoplanishi ko‘p jihatdan kapital qo‘yilmalarning tuzilmasiga, ya’ni kapital qo‘yilmalarning umumiy hajmidagia alohida xarajatlarning ulushiga ko‘p jihatdan bog‘liqdir.
Hozirgi kunda investitsiyalarning tuzilmaviy shakllanishini quyidagi turlarga ajratadilar.

  1. Texnologik tuzilma.

  2. Takror ishlab chiqarish tuzilmasi.

  3. Tarmoqlararo tuzilma.

  4. Hududiy tuzilma.

Investitsiyaning texnologik tuzilmasi - bu qurilish-montaj ishlarini bajarish, asbob-uskunalar, mashinalar va boshqa mehnat vositalarini sotib olish hamda loyihaviy-qidiruv ishlarini amalga oshirish bo‘yicha xarajatlarning o‘zaro foizlardagi nisbatidir. Iqtisodiy jixatdan foydaliroq bo‘lib shunday tuzilma hisoblanadiki, unda qurilish-montaj ishlariga xarajatlarning ulushi kamayib boradi va ishlab chiqarish asbob-uskunalariga ketadigan xarajatlar qismi nisbatan tezroq o‘sib boradi. Biroq texnologik tuzilma yaratilayotgan asosiy fondlarning xarakteri va qurilish tarmog‘iga sezilarli darajada bog‘liq. Takror ishlab chiqarish strategiyasi.
Investitsiyalarning takror ishlab chiqarish tuzilmasi yangi qurilishlarga qilinayotgan xarajatlar bilan, faoliyat yuritayotgan korxonani rekonstruksiya qilish, kegaytirish va texnik qayta qurollantirish xarajatlari orasidagi shuningdek, asosiy fondlarni eskirishi sababli chiqarilishini qoplash xarajatlari o‘rtasidagi o‘zaro nisbatni o‘zida aks ettiradi.
Bugun investitsion siyosat qayta ta’mirlashga, faoliyat yuritayotgan korxonalarni texnik ta’mirlash va kengaytirishga ajratilayotgangan xarajatlarini ko‘paytirishga, yangi qurilishni ulushini esa qisqartirishga sezilarli burilish qilmoqda, vaholanki, yangi qurilishlarsiz ilmiy - texnika taraqqiyotiga va raqobatbardosh zamonaviy ko‘rinishdagi mahsulotlar ishlab chiqarishga erishish qiyin.
Tarmoqlararo tuzilma xalq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari o‘rtasida va ularni ichida investitsiyalarning taqsimlanishini foizlarda aks ettiradi. Masalan, investitsiyalarning umumiy hajmidan sanoatni qishloq xo‘jaligi, transport va aloqa, qurilish industriyasini rivojlantirishga yo‘naltirilgan ulushlari - bu tarmoqlararo taqsimlanish va kapital qo‘yilmalar tuzilmasi; sanoatga kiritilayotgan kapital qo‘yilmalarning umumiy xajmidan mashinasozlik, kimyo, yoqilg‘i sanoati, qurilish materiallari sanoatini rivojlantirishga sarflanadigan ulushlari - bu investitsiyalarning tarmoqlar ichidagi tuzilmasi.
Xududiy tuzilma. Investitsiyani xududiy tuzilmasi kapital qo‘yilmalarni viloyatlar, shaharlar va respublikaning rayonlari bo‘yicha taqsimlanishini ko‘rsatadi. U oddatda byudjet imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ishlab chiqarish kuchlarini va rayonlarini istiqboldagi rivojlanishini hisobga olgan holda, davlatning investitsion siyosati bilan aniqlanadi. Xududlarning ixtisoslashuvi xarakteri, uning mehnat bilan bandlilik darajasi va boshqa iqtisodiy omillar bu yerda katta o‘rin egallaydi.
Xalq xo‘jaligining hamma tarmoqlarini proporsional rivojlanishini ta’minlash va etakchi tarmoqlarni ko‘proq rivojlantirish hamda xududlar iqtisodiyotini yaxshilash va aholini yashash darajasini oshirish maqsadida investitsiyaviy ustunlik ba’zasida va to‘liq rivojlanishini iqtisodiy investitsiyani optimal tuzilmasi va taqsimlanishini maksimal darajada maqsadga muvofiqligiga erishish zarur.
Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, investitsiya tuzilmasini optimallash hisobiga pul mablag‘larini teng baholilik iqtisodiyotiga erishish mumkin, qaysiki u kapital qo‘yilmalar chegaralangan sharoitda iqtisodiy yuksalish va ishlab chiqarish kuchlarini kelgusida rivojlanishi uchun katta ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ivestitsion qarorlarni va ayniqsa investitsiyalarni samaradorligini baholashda masalaning bu tomoni hisobdan tushurib qoldirmasligi va investitsion jaryonlarni boshqarishning barcha darajalarida ishlab chiqilishi zarur.
~ 51 ~

    1. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari

Kapital qo‘yilmalarni «samara» va «samaradorligi» tushunchalarini ajrata olish kerak. Birinchisi o‘zida kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish natijasini aks etsa, ikkinchisi shu natija bilan asosiy xarajatlar hajmini taqqoslashni aks etadi. Samara ishlab chiqarishga oid va iqtisodiy bo‘lishi mumkin. Birinchisini ko‘pincha, mahsulot ishlab chiqarishining oshishi bilan yoki natural shakldagi mahsulot birligiga ketgan xarajatlarning kamayishi bilan bog‘lashadi, ikkinchisi esa qiymatga oid tomonini ifodalaydi, masalan yalpi mahsulot o‘sishi, daromadlar o‘sishi, ishlab chiqarish xarajatlarining ma’lum bir miqdorda kamayishi - bu iqtisodiy samara hisoblanadi.
Samara kapital xarajatlarining miqdori bilan, ham natural, ham qiymat shaklida taqqoslanishi mumkin. Samarani natural shaklda ifodalashda faqatgina bir mahsulot birligiga ketgan kapital xarajatlarning miqdorini ko‘rsatish mumkin. Bu esa uni kapital sig‘imidir, qiymat ko‘rinishi esa kapital qo‘yilmalar iqtisodiy samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy samaradorligini aniqlaydigan asosiy tamoyillarga quyidagilar tegishli:

  • Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samarasi masalasiga, jami ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligi muammosining tarkibiy qismidek qaralishi.

  • Kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlashda va uning yo‘nalishini tanlashda xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuv.

  • Istiqboldagi omillarni hisobga olish.

  • Qo‘yiladigan iqtisodiy masalaning xarakteridan qat’iy nazar hisob-kitob metodini qo‘llash va samaraning xarajatlar bilan bir o‘lchovda olinishi.

Kapital qo‘yilmalarni iqtisodiy samaraligini aniqlashdagi eng muhim talablardan biri xalq xo‘jaligi nuqtai nazaridan yondashuvdir. Kapital qo‘yilmalarni amalga oshirish bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar nafaqat ushbu ishlab chiqarish tarmog‘i, tashkilot, birlashma uchun samarali bo‘lishi kerak, balki u butun xalq xo‘jaligining samaradorligini oshirish uchun ham xizmat qilish kerak.
Xo‘jalik amaliyotida iqtisodiy hisob-kitoblar va kapital qo‘yilmalarni samaradorligini asoslashning ikki turi qo‘llaniladi: umumiy (absolyut) va qiyosiy (solishtirma). Bunday yondashish ikki masala bilan bog‘liq: ulardan bittasi nima ishlab chiqarish kerak degan savolga javob berishi uchun echilsa, ikkinchisi esa qanday ishlab chiqarish kerak degan savolga yechim topadi. Kapital qo‘yilmalarga muvofiq ravishda, birinchi holda umumiy samaradorlikni aniqlash metodlarini qo‘llaniladi, ikkinchisida esa qiyosiy(solishtirma) metodlar qo‘llaniladi.
Umumiy iqtisodiy samaradorlik samaraning kapital qo‘yilmalarining qiymatiga yoki ishlab chiqarish fondlarining qiymatiga nisbati orqali aniqlanadi, qiyosiy (solishtirma) iqtisodiy samaradorlik esa, qo‘yilmalarni quyishda bir variantning ikkinchisidan qanchalik samarali ekanligini taqqoslash va aniqlash yo‘li bilan hisoblanadi.
Umumiy xalq xo‘jaligi samarasi milliy daromadning o‘sishi bilan ifodalanadi. Mamlakat bo‘yicha kapital qo‘yilmalarning xalq xo‘jaligi samaradorliginig mezoni bo‘lib, milliy daromad o‘sishining (solishtirma baholarda) ushbu o‘sishni yuzaga

keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati xizmat qilsa, boshqaruvning keyingi darajalarida esa, sof mahsulotning yoki sof meyoriy mahsulotning o‘sishining ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalarga nisbati hisoblanadi
Boshqarishning xo‘jalik hisobi darajasida va ayniqsa qurilishga xususiy mablag‘lar va bank kretdilari jalb qilinganda kapital qo‘yilmalarning samarasi sifatida daromadning o‘sishi hisobga olinadi. Mos ravishda xo‘jalik hisobi samaradorligi uning kapital qo‘yilmalarning qiymatiga nisbati bilan baholanadi.
Samaradorlik ko‘rsatkichlarini hisoblashda samara va kapital qo‘yilmalarning to‘la taqqoslash imkoniyatlari yaratilishi kerak. Kapital qo‘yilmalar, tannarx, ekspluatatsiya xarajatlari, sof mahsulot hamda qushimcha ko‘rsatkichlarni hisoblashda ayni paytda amalda bo‘lgan narxlar, tariflar, ish haqi stavkalari va boshqa bahoni shakllantiruvchi normativlar qo‘llaniladi.
Kapital qo‘yilmalar samaradorligini tahlil qilishda qurilish «lag»ini, ya’ni kapital qo‘yilmalarni kiritish va samaraga erishishgacha o‘tadigan o‘rtacha vaqtni hisobga olish lozim. Xalq xo‘jaligi bo‘yicha ushbu vaqt o‘rtacha ikki-uch yilni tashkil etishi mumkin.
Hisoblarda qabul qilingan, boshlang‘ich ma’lumotlar hamda qo‘yilgan maqsaddan kelib chiqqan holda qurilish lagining kattaligi bo‘lishi mumkin:
-normativ, ya’ni qurilish va ob’yektlarni o‘zlashtirishning normativ muddatlariga asoslangan;
-haqiqiy, ya’ni qurilishning haqiqiy davomiyligi va asosiy fondlar hamda ishlab chiqarish quvvatlarini o‘zlashtirishning muddatlariga asoslangan;
-rejali, qurilish va o‘zlashtirishning rejada ko‘rsatilgan muddatlariga asoslangan.
Quyida kapital qo‘yilmalarning umumiy hamda qiyosiy (solishtirma) iqtisodiy samaradorligini aniqlash metodlari formulalarda keltirilgan.
Kapital qo‘yilmalarining umumiy (absolyut) samaradorligini quyidagi tarzda hisoblanadi:

  1. respublikaning xalq xo‘jaligi va uning tarmoqlari, umuman xalq xo‘jaligi bo‘yicha Exx - solishtirma baholarda yillik daromad (sof mahsulot) o‘sishi(AD)ning, kapital qo‘yilmalarning o‘sishi(K)ga nisbati sifatida aniqlanadi:

Exx = AD / K (4.1)
Exx kattaligi normativ umumiy (absolyut) samaradorlik En bilan qiyoslanishi lozim, agar Exx>En bo‘lsa kiritilayotgan kapital qo‘yilmalar samarali hisoblanadi;

  1. sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, aloqa, qurilish, savdo, kapital qurilishlarning kompleks dasturlari sohalari, alohida texnik-iqtisodiy muammolar bo‘yicha umumiy (absolyut) samaradorlik ko‘rsatkichi Exxt - sof mahsulot yillik o‘sishining(ASM), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:

Exxt= ASM / K (4.2)
v) xo‘jalik hisobidagi tarmoqlar, birlashmalar, tashkilotlar bo‘yicha E^ - yillik foyda o‘sishining(AF), ushbu o‘sishni yuzaga keltirgan kapital qo‘yilmalar(K)ga nisbati orqali aniqlanadi:

TARMOQIQTISODIYOTI 1
(Ma'ruzalar matni) 1
Nazorat uchun savollar: 13
1.Qurilish iqtisodiyotini isloh etishning asosiy yo‘nalishlari va muammolari 14
Nazorat uchun savollar: 29
3-MAVZU: IQTISODIYOTNI MODERNIZATSIYALASH SHAROITIDA INVESTITSION SIYOSAT 30
3.1.Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida investitsiya siyosatining mohiyati va xususiyatlari 30
s 31
3.2.Investitsiya-qurilish jarayoni, uni tashkil qilish va samaradorligi 34
3.3.Investitsiya loyihalari va investitsiya dasturlari hamda ularning iqtisodiyotni modernizatsiyalashdagi o„rni 37
3.4.Investitsiya dasturini shakllantirish tartibi 40
Nazorat uchun savollar: 46
4-MAVZU. INVESTITSIYALARNING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH USLUBLARI 46
4.1.Investitsiyalar iqtisodiy samaradorligini baholash nazariyasi va amaliyoti tarixi 46
4.2Investitsiyalar tuzilmasi va ularni investitsion qarorlar samaradorligiga ta’siri 48
4.3Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini baholash uslublari 49
4.4Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari 53
к - Q 96
OC 96
Д = —— 96

Kapital qo‘yilmalarining samaradorligini aniqlash kapital qo‘yilmarining yaxshi variantini tanlash imkonini beradi. Umumiy qilib aytganda, loyihalashtirish va rejalashtirishning moxiyati bu texnik, xo‘jalik hamda rejali qarorlarni eng yaxshi variantini tanlashdir. Bu yerda gap xalq xo‘jaligi tarmoqlari, ya’ni mahsulot ishlab chiqarish, korxonalarni joylashtirish xududlari, quvvatlarini tanlash, yangi qurilishlar hamda amaldagi korxonalarni qayta ko‘rish, qurilish va kiritilayotgan quvvatlarni o‘zlashtirirsh muddatlarini aniqlash, ishlab chiqarishni tashkil etish usullari va boshqalarini rivojlantirish yunalishlari haqida ketayapti.
Loyihaning turli variantlarini solishtirish shuni ko‘rsatadiki, qator holatlarda eng past tannarxli variant katta hajmli kapitalni talab qiladi, ob’yektni yaratishga kam qo‘yilma qo‘yilishi hamda ishlab chiqarish quvvatlarining sarflanishi qurilish muddatlarini o ‘ zaytiradi.
Bundan joriy xarajatlarga qo‘shimcha kapital qo‘yilmalarini tejamkorlik bilan jalb etish zaruriyati kelib chikadi.
Solishtirma samaradorlikni hisoblash, asosan qushimcha kapital qo‘yilmalarining iqtisodiy samaradorligini aniqlashni ko‘zda tutadi, bu quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi:
E=(S1+EnK1) - (S2+EnK2) (4.6)
bu yerda: S1 va S2 - qiyoslanayotgan variantlarda mahsulot tannarxi;
K1 va K 2- qiyoslanayotgan variatlarda kapital qo‘yilmalar.
Agar En o‘rnatilgan normativga teng yoki kam bo‘lsa, qushimcha kapital qo‘yilmalar tejamli hisoblanadi. Bir necha variantlar yechimlarini solishtirishda variantlar bo‘yicha keltirilgan xarajatlar(Xkel)ni hisoblashdan foydalaniladi:
Xkel= S + EnK —— min (4 7)
bu yerda :
S - har bir variant bo‘yicha joriy xarajatlar;
En - kapital qo‘yilmalarning normativ koeffitsienti;
K - shu variant bo‘yicha kapital qo‘yilmalar.
Kapital qo‘yilmalarning solishtirilayotgan variantlari, aniqlanayotgan samaradorlik belgisidan tashqari barcha belgilar (mahsulot hajmi, tarkibi, sifati, tayorlash muddati) bo‘yicha, shuningdek ijtimoiy ta’sir, jumladan atrof-muxitni himoya qilish bo‘yicha solishtirma jihatga (solishtirish imkoniyatlariga) ega bo‘lishi kerak.
Hozirga paytda amaliyotda investitsiyalar samaradorligini aniqlashda BMTning YUNIDO tashkiloti tomonidan ishlab chiqilgan metod keng qo‘llanilmoqda. Bu metod mazmuni va asosiy ko‘rsatkichlari bilan ushbu ma’ruza mantnlarining mualliflari tomoninidan tayyorlangan «Biznes-rejalashtirish» fani bo‘yicha o‘quv qo‘llanma va ma’ruza matnlarida tanishish mumkin.

    1. Investitsiyalarni iqtisodiy samaradorligini oshirish yo‘llari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 1 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasida investitsiya muhitini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida’gi PF-5495-son Farmoniga muvofiq:

  1. 2018 yil 1 oktyabrdan investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini berishning quyidagi yangi mexanizmlari joriy etilmoqda:

qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
ko‘chmas mulk ob’yektlarini (mehmonxonalar, savdo ob’yektlari, madaniy- ko‘ngilochar majmualar, maishiy xizmat ko‘rsatish ob’yektlari, ta’lim va tibbiyot tashkilotlari, yo‘l infratuzilmasi va boshqalar) qurish uchun yer uchastkalariga doimiy egalik qilish huquqini auksion orqali sotish;

  1. quyidagilarga:

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda tuman (shahar) hokimlariga chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan er uchastkasini 50 yilgacha muddatga, lekin arizada ko‘rsatilganidan kam bo‘lmagan muddatga investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun uzoq muddatli ijaraga berish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga qonun hujjatlarida belgilangan vakolatlar doirasida va tartibda 10 million AQSH dollaridan ko‘p bo‘lmagan ekvivalentda chet el investitsiyasi ulushi bo‘lgan investitsiya loyihalarini amalga oshirishda chet el investorlari bilan investitsiya shartnomalarini tuzish;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga umumiy maydoni 2000 kvadrat metrdan ortiq, lekin 5000 kvadrat metrdan ko‘p bo‘lmagan foydalanilmayotgan davlat mulki ob’ektlarini
(O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 iyundagi “Davlat mulki ob’yektlarini sotish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3067-son qarorining 1 va 2-ilovalarida ko‘rsatilgan ob’yektlar bundan mustasno) investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun sotish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqi berildi.

  1. Vazirlar Mahkamasi va Toshkent shahar hokimligining 2018 yil 15 avgustdan 2019 yil 15 avgustgacha Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi eksperiment (keyingi o‘rinlarda eksperiment deb yuritiladi) o‘tkazish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin:

investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya shartnomalarini tuzish orqali Toshkent shahar hokimining qarori asosida soddalashtirilgan tartibda investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun doimiy egalik, doimiy foydalanish, muddatli (vaqtinchalik) foydalanish huquqi asosida yer uchastkalarini taqdim etish imkoniyati;
investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar yakunlari bo‘yicha investitsiya kelishuvi asosida Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat mulki ob’yektlarini, shu jumladan foydalanilmayotgan ob’yektlarni ularning maydoni hajmidan qat’i nazar berish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining alohida qarorlari bilan davlat- xususiy sheriklikni joriy etish nazarda tutilgan sohalardagi ob’yektlar bundan mustasno;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan kichik sanoat zonalari direksiyasi funksiyalarini ishonchli boshqaruv shartnomasi asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga berish;
Toshkent shahar hokimining qaroriga ko‘ra mahalliy davlat hokimiyati organlarining bozorlar va savdo komplekslari ustav kapitali (fondi)dagi ulushlarini ularning balans qiymati va xodimlari sonidan qat’i nazar xususiy tadbirkorlik sub’yektlariga faoliyat yo‘nalishini saqlab qolish, investitsiya va ijtimoiy majburiyatlar olish sharti bilan berish, shuningdek, bozorlar va savdo komplekslarining ijro etuvchi organi funksiyalarini shartnoma asosida xususiy boshqaruvchi tashkilotlarga biznesni tashkil etish va yuritish uchun berish. Bunda, har bir tumanda mahalliy davlat hokimiyati organining ulushi bo‘lgan bitta mahalliy bozor saqlab qolinishi nazarda tutilsin;
Toshkent shahar hokimining qarori bilan davlat-xususiy sheriklik shartlarida avtomobil yo‘llari bo‘ylab pulli avtomobil to‘xtash joylarini tashkil etish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, xususiy investorlarni jalb qilgan holda ko‘p qavatli avtomobil saqlash joylarini qurish dasturlarini tasdiqlash;
eng yuqori ijara to‘lovlari va investitsiya majburiyatlarini taklif etgan, asosan yo‘l harakati sohasida innovatsiya loyihalarini amalga oshirishda tajribaga ega tadbirkorlik sub’yektlariga mahalliy davlat hokimiyati organlari tasarrufida bo‘lgan, shu jumladan bozorlar va savdo komplekslariga tutash hududlarda joylashgan avtomobillarni vaqtinchalik saqlash joylarini davlat-xususiy sheriklik shartlarida 10 yilga qadar muddatga ijaraga berish.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligi ijtimoiy mehnat unumdorligini oshishi hamda mahsulot tannarxini kamayishi bilan ifodlanadi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratish milliy hamda jaxon tajribalari asosida tashkil etilishi, hamda nafaqat mahsulot ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish, balki ishchilar mehnatini engilashtirish, unumdorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash va tannarxini pasaytirishga yo‘naltirilishi lozim.
Kapital qo‘yilmalarning iqtisodiy samaradorligini oshirishdagi birinchi darajali omil - vaqt bo‘lib, ob’yektlar qanchalik tez ishga tushsa shunchalik tez va ko‘p mahsulot ishlab chiqariladi va (xalq ) aholi ixtiyoji qondiriladi yoki aksincha, qurilish muddatining o‘zayishi kapital qo‘yilmalarining samaradorligini pasaytiradi. Misol uchun, qurilish muddatining 10% ga o‘zayishi qurilish montaj ishlarini tannarxini 1- 2%ga oshiradi. Qurilish muddatini haddan tashqari o‘zaytirish, bitkazilmagan, chala qurilishlar hajmini kengaytiradi, asosiy fondlarni joriy etish rejalarini bajarilmasligiga olib keladi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligi qurilishning tashkil etilishiga, qurilish tashkilotlarining faoliyatiga bog‘liqdir. Qurilish ishlari qanchalik oqilona samarali tashkil etilsa, shunchalik ko‘p yangi korxonalar, uylar, maktablar, kasalxonalar va boshqa ob’yektlarni qurish mumkin.
Kapital qo‘yilmalarning samarali yunaltirishni rejalashtirish quyidagilarga alohida e’tibor berishni talab qiladi:

  • asosiy (ya’ni muhim) ishlab chiqarish tarmoqlarini rivojlantirish;

  • mamlakat xududida iqtisodiy asoslangan ishlab chiqarishni tashkil etish, tabiiy resurslardan tularoq foydalanish, iqtisodiy hududlarni rivojlantirish, korxonalarni ixtisoslashtirish va kooperatsiyani tashkillashtirish;

  • moddiy va mehnat resurslarini oqilona yunaltirish, chunki bu vositalarini amalga tezroq kiritishga imkon yaratadi.

Loyihalashtirishda qurilayotgan korxonalarning asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini, texnik darajasini aniqlash, samarali loyihaviy qarorlar, qurilishni amalga oshirishning oqilona va samarali yo‘llari belgilanadi.
Shuni aytish lozimki, zamonaviy loyihalash amaliyotida na’munaviy (ommaviy) loyihalar bilan bir qatorda, maqdan vaa materiallarni tejashga yo‘naltirilgan individual loyihalarni yaratish ham rivojlanib bormoqda. Texnologik tizimni qayta qurilishga tez moslashadigan yangi bino va inshootlar qurilishni loyihalashtirish amalda ko‘paymokda. Sanoat korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash maqsadida issiklik, energiya va shovqinga qarshi xarakteristkalarga ega uskunalardan foydalanilayapti.
Zamonaviy loyihalarda binolarga mashina yoki uskunalar uchun quti sifatida qarashayapti. Moxiyatan ular kapital qo‘yilmalar hamda ishlab chiqarish samaradorligini oshrishga imkon beruvchi optimal mehnat sharoitlarini hamda texnologik jarayonlarini yo‘lga quyishni anglatadi.
Kapital qo‘yilmalarning samaradorligini oshirishning muhim yo‘li - bu ularning texnologik va takror ishlab chiqarish tuzilmasini takomillashtirishdir. Vaholanki, bu qo‘shimcha vositalarni talab qilmaydi va asosan loyihalashtirish hamda rejalashtirish bosqichlarida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, kapital qo‘yilmalari qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, uskunalarni, inventarlarni sotib olish va boshqa ishlarga - loyiha qidiruv, qurilish maydonini tayyorlash, qurilayotgan korxona uchun kadrlarni tayyorlash va x.k. larga sarflanadigan xarajatlardan kelib chiqadi.
Fondlarning aktiv qismiga ajratilgan mablag‘ning ulushi qanchalik ko‘p bo‘lsa, ishlab chiqarishning va kapital qo‘yilmalarning samaradorligi shunchalik yuqori bo‘ladi.
Kapital qo‘yilmalarning umumiy xajmidan harakatdagi korxonalarni rekonstruksiya qilish, qayta texnik qurollantirish va kengaytirishga yo‘naltirilgan mablag‘larning ulushini oshirish orqali, qisqa muddatlarda va kam xarajatlar bilan iqtisodiy samaraga erishish mumkin.
Tayanch iboralar: Samara. Samaradorlik. Kapital qo’yilma. Iqtisodiy samaradorlik. Umumiy iqtisodiy samaradorlik. Qiyosiy iqtisodiy samaradorlik. Makroiqtisodiyot. Mikroiqtisodiyot.
Nazorat uchun savollar:

  1. “Investitsiya” va “Kapital qo‘yilmalar” tushunchalarini farqlab bering.

  2. Kapital qo‘yilmalarinng qanday moliyaviy manbalari mavjud va ularing farqi nimada?

  3. Siz kapital qo‘yilmalar samaradorligini aniqlashning qanday yo‘llarini bilasiz?

  4. Investitsiyalarga nisbatan samarali variantni tanlash uchun qanday uslubdan foydalanish kerak?

  5. Qurilish «lagi» nimani ifodalaydi?

  6. Investitsiyalar tuzilmasini yaxshilashning natijalari nimada ko‘rinadi?

  7. Investitsiyalar samaradorligini baholashning eng zamonaviy metodlaridan qaysilarini bilasiz?

  8. Kapital qo‘yilmalar samaradorligini oshirishning qanday yo‘llarini bilasiz?

  1. MAVZU: QURILISHDA LOYIHALASHTIRISH IQTISODIYOTI VA UNI TASHKIL ETISH

Reja:

    1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari.

    2. Loyihalash bosqichlari va loyiha hujjatlarining tarkibi.

    3. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash.

    4. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini oshirishning asosiy yo‘nalishlari.

  1. Qurilishda loyihalashtirish maqsadi va vazifalari

Har bir qurilish ob’yektini tiklashda avvalom bor, uning qurilishini amalga oshirishning texnik imkoniyatlari va iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi ko‘rib chiqiladi. Bu vazifalar, savol va masalalar “loyiha” deb nomlanuvchi maxsus hujjatda o‘z aksini topadi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə