O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə16/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Umumiy tushuntirish matnida ob’yektning loyihaviy quvvati, mahsulotlar nomentklaturasi, sifati va raqobatbardoshligi, ob’yekt bo‘yicha resurslarga bo‘lgan talab-ehtiyojlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, qurilish maydoni joylashgan rayonning ijtimoiy - iqtisodiy va ekologik sharoitlari, bosh reja, injenerlik tarmoqlari va kommunikatsiyalari hamda investitsion loyihani amalga oshirishning boshqa xarakteristikalari bo‘yicha asosiy ko‘rsatkichlar haqidagi ma’lumotlar beriladi.

  1. Bosh reja va transport. Bosh reja, ichki maydon va tashqi transport bo‘yicha ko‘rsatkichlar, hududni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha asosiy rejaviy yechimlar, tadbirlar va boshqa materiallarni o‘z ichiga oladi.

  2. Texnologik yechimlar - ishlab chiqarish texnologiyasi, mahsulotlarni tayyorlash uchun zarur bo‘lgan mehnat sig‘imi xarakteristikalari, mahsulotlar sifatini nazorat qilishni tashkil etish bo‘yicha takliflar, texnologik jarayonlarning yoqilg‘i- energetik va moddiy balanslari, atrof-muhitga zararli moddalarni chiqarishni bartaraf etish bo‘yicha texnik yechimlar keltiriladi va h.k.

  3. Ishlab chiqarish, korxonani boshqarish hamda ishchi va xizmatchilar uchun barcha zarur bo„lgan sharoitlarni yaratishni tashkil etish va ularning mehnatini muhofaza qilish korxonani boshqari tashkiliy - funksional tuzilmasining tahlilini, boshqarishning avtomatik tizimi (BAT), ishchi o‘rinlari soni va jihozlar bilan ta’minlanganligi, ishchi - xodimlar mehnat qilishlari uchun sanitariya-gigienik sharoitlarning yaratilganligi, mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi bo‘yicha chora - tadbirlarni o‘z tarkibiga kiritadi.

  4. “Arxitekturaviy - qurilish yechimlari” bo‘limiga qurilish maydonining injener - geologik, gidrogeologik sharoitlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar, arxitekturaviy

  • qurilish yechimlarining va ishlab chiqarish shovqinlarini va tebranishlarni pasaytirish bo‘yicha chora - tadbirlarning asoslanishi kiradi va h.k.

  1. Injenerlik tarmoqlari va tizimlari, jihozlari bo‘limida suv ta’minoti, kanalizatsiya, isitish tarmog‘i, shamollatish bo‘yicha yechimlar keltiriladi va h.k.

  2. Qurilishni tashkil etish” bo‘limida QMKga muvofiq ravishda “Qurilish ishlab chiqarishini tashkil etish” (QITE) ishlab chiqiladi va unda ob’yektni tiklash jarayonida resurslardan (shu bilan bir qatorda vaqt resurslaridan ham) foydalanish prinsiplari tavsiflanadi.

QITE tarkibiy qismlari - qurilish bosh rejasi va qurilish kalendar rejasidan iborat bo‘ladi. QITEda qurilishni materiallar, konstruksiyalar, yarimfabrikatlar, detallar, buyumlar, qurilish mashinalari hamda transport vositalari bilan ta’minlash manbalariga doir savol va masalalar echiladi. Bunda butun qurilish bo‘yicha qurilish ishlab chiqarishi hajmlari mavjud bo‘lgan resurslar bilan solishtiriladi. Agar korxonaning ishlab chiqarish quvvtlari etarli bo‘lmasa, u holda ularni oshirish bo‘yicha chora - tadbirlar ishlab chiqiladi.
Qurilishni tashkil etish loyihasi ob’yektlar qurilishi kalendar rejasi va asosiy qurilish - montaj ishlarini ishlab chiqarish metodlarini o‘z ichiga oladi, pudratchi qurilish tashkilotlar tarkibi, ularni boshqarish tizimi, qurilishni amalga oshirish jarayonida ularni rivojlantirish yo‘llarini aniqlab beradi.

  1. “Atrof - muhitni muhofaza qilish” bo‘limida ob’yektni qurish jarayonida ham keyingi ekspluatatsiya jarayonida ham atrofdagi tabiiy muhitga ko‘rastiladigan zararli ta’sirni kamaytirish va bartaraf etish bo‘yicha chora - tadbirlar keltiriladi.

  2. Fuqaro mudofasi bo „yicha injener - texnik tadbirlar aholi va hududni tabiiy ofatlardan hamda texnogen xarakterli favqulodda vaziyatlardan himoya qilish bo‘yicha tadbirlarni o‘z tarkibiga kiritadi.

  3. “Smeta hujjatlari” bo‘limi qurilish tannarxining jamlangan smeta hisoblarini, zarur bo‘lgan hollarda sarf - xarajatlar jamlamasini, ob’yektli va lokalli smeta hisoblari, alohida turdagi sarf-xarajatlar va shu bilan birgalikda tadqiqot ishlari hamda loyihalash ishlari bahosini ham o‘zida mujassam etadi. Smeta hujjatlarida qurilishning smetaviy narxini ikkita narx bo‘yicha: bazisli va oldindan (yoki bashoratli) baholash tavsiya etiladi. Bazisli va bashoratli narxlar asosida buyurtmachilar va pudratchilar qurilish mahsulotlariga qo‘yiladigan jamlanma (shartnomali) narxlarni shakllantiradilar.

  4. Investitsiyalar samaradorligi" bo‘limida investitsiyalarni asoslash vaqtida o‘rnatilgan kapital mablag‘lar samaradoligini baholash aniqlanadi.

Loyiha (texnik loyiha)da, qoidaga ko‘ra, qurilishni bajarishga jalb qilish va uni amalga oshirish bo‘yicha savdolashish e’loni uchun tenderli hujjat ishlab chiqiladi.
Texnik loyiha, qoidaga ko‘ra, ekspertizadan o‘tkaziladi. Aksariyat hollarda buyurtmachi yirik va murakkab ob’yektlarni ekspertizadan o‘tkazish uchun tender e’lon qiladi. Ekspertiza jarayonida ishlab chiqilgan loyihaning loyihalash uchun taqdim etilgan texnik topshiriqqa muvofiq kelishi tekshiriladi, ilg‘or taraqqiyot natijalaridan foydalanganlik darajasi va loyihaviy yechimlarning yangligi tahlil qilinadi, kapital mablag‘lar iqtisodiy samaradorligining to‘g‘ri baholanganligi tekshiriladi, qabul qilingan loyihaviy yechimlar mamlakatdagi va xorijdagi eng yaxshi loyihalar bilan solishtiriladi. Inshootning xavfsizligi bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar yechimlariga alohida e’tibor qaratilishi taqoza etiladi.
Ekspertiza yakunlangandan keyin ekspertiza xulosasi loyihalovchiga beriladi. Loyihachi ekspertlar tomonidan ko‘rsatilgan kamchiliklarni o‘rganib chiqqandan keyin buyurtmachi bilan birgalikda loyihani to‘ldirish va unga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Undan so‘ng loyiha tasdiqlanadi va buyurtmachi ob’yekt qurilishi uchun tender e’lon qilish haqida qaror qabul qiladi, shu asosda pudratchi qurilish tashkiloti aniqlanadi.
Xalqaro amaliyot va amaldagi tavsiyalarga muvofiq ob’yekt qurilishiga tegishli bo‘lgan ishchi hujjatlar buyurtmachi tomonidan ishlab chiqiladi yoki uning (buyurtmachining) qarori bilan ishchi hujjatlarning kontrakt asosida tuzilishi ixtisoslashgan loyiha - ilmiy tekshirish tashkilotlariga topshiriladi.
Ishchi chizmalarni tuzishda texnik loyihadagi texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarni pasaytiradigan, ishchi - xizmatchilarning mehnat qilish sharoitlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yechimlar yoki inshootning xavfsizlik darajasini pasaytiradigan yechimlarni qabul qilish taqiqlanadi.
Ishchi chizmalar kelishuv, ekspertiza va tasdiqlashga topshirilmaydi. Ishchi chizmalar qurilayotgan korxona bosh injeneri yoki amaldagi korxona kapital qurilishi boshqarmasining bosh injeneri imzosi bilan to‘g‘ridan - to‘g‘ri ishlarni bajarishga tadbiq etiladi.
Ishchi loyihalarni tuzish bosqichida qurilish tashkiloti odatda o‘zining xusuiy kuchlari orqali ishlarni ishlab chiqarish loyihasini (IIL) ishlab chiqadi, unda ishlarni ishlab chiqarish metodlari va ob’yektni qurish uchun zarur bo‘lgan resurslar aniqlanadi.
Ishlarni ishlab chiqarish muddatlari moddiy-texnika resurslarining hajmi va ularning o‘z vaqtida etkazilib berilishiga bog‘liq bo‘ladi. Bu savollar ishlarni ishlab chiqarish va resurslarning ob’yektga etkazilish grafigini tuzish vaqtida echiladi. Qurilish maydonini zarur bo‘lgan material resurslari bilan minimal ravishda ta’minlashdan kelib chiqqan holda qurilish materiallarini ob’yektga etkazish grafigi tuziladi.
Ob’yektning bosh qurilish rejasi ham ishlarni ishlab chiqarish va qurilayotgan ob’yektni resurslar bilan ta’minlash singari IILning muhim tarkibiy qismlaridan biri deb hisoblanadi, unda qurilayotgan bino va inshoot oldindan mavjud bo‘lgan doimiy va inventar binolarning joylashish o‘rni ko‘rsatiladi. Qurilishning bosh rejasi qurilish maydoni hududidan oqilona foydalanishni hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Ishlab chiqarish-maishiy xonalarining soni va ularni joylashtirish tartibi sanitariya me’yorlarini qoniqtirishi zarur va ishchilarning qurilish maydoni hududi bo‘yicha ortiqcha yurishlariga yo‘l qo‘ymasligi lozim. Injenerlik kommunikatsiyalari trassalari va yo‘llar minimal uzunlikka ega bo‘lishi kerak. Qurilish mashinalarini shunday joylashtirish taqoza etiladiki (texnika xavfsizligi talablariga rioya qilgan holda), bunda ishlab chiqarishni oqilona ishlangan texnologiya bilan ta’minlash talab etiladi.
Loyihalash bir bosqichda olib borilayotganda texnik-ishchi loyiha formatida tasdiqlanadigan qism va ishchi chizmalar ajratilib ko‘rsatiladi. Tasdiqlanadigan qismning kelishuvi va tasdiqdan o‘tkazilish tartibi texnik loyihani kelishish hamda tasdiqlash protseduralariga o‘xshash bo‘ladi.
Ishchi hujjatlar lokalli smetalar, qurilish materiallariga bo‘lgan ehtiyoj bayonnomalari, jihozlar spetsifikatsiyalari, ishlarni ishlab chiqarishga qo‘yiladigan talablarni o‘z ichiga oladi.

  1. Loyiha yechimlari iqtisodiy samaradorligini baholash

Loyihalash va injener - texnik jihatdan qurish jarayonida, tashkiliy-texnologik yoki xo‘jalik ishlarini bajarishda qabul qilinadigan yechimlar ko‘p variantlilik shart- sharoitlari asosida qabul qilinadi. Masalan, aynan bitta bino yoki inshootni qurishda turli konstruktiv-komponovkali yoki hajmiy - rejaviy yechimlar, boshqa-boshqa materiallar, mexanizatsiyaning har xil vositalarini qo‘llash orqali turli metodlardan foydalanish mumkin. Shunga bog‘liq ravishda quyidagi vazifa yuzaga chiqadi: ko‘p variantlar ichidan eng maqbulini tanlash lozim bo‘ladi.
Maqbul variant odatda ko‘rilayotgan variantlarning texnik - iqtisodiy ko‘rsatkichlarini taqqoslash, yangi loyiha ko‘rsatkichlarini etalon yoki qurilgan inshoot ko‘rsatkilariga solishtirish yo‘li orqali tanlanadi. SHunday yechim yoki variant qabul qilinadiki, bunda bir xil ishonchlilik va bir xil xavfsizlikni ta’minlaydigan variantalar ichidan ularni amalga oshirishda eng kam sarf- xarajatlar talab qiladigani tanlab olinadi.
Har xil yechimlarga ega bo‘lgan variantlarni taqqoslashda iqtisodiy samaradorlik mezoni sifatida shunday ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladiki, ular bir tomondan ekspluatatsiya va qurilish jarayonidagi ko‘rsatkichlar, ikkinchi tomondan esa - asosiy va qo‘shimcha ko‘rsatkichlarni hisobga oladigan tizimlarga bo‘linadi.
Kapital mablag‘lar hajmi (yoki solishtirma kapital mablag‘lar), korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarxi, qurilish-montaj ishlari tannarxi (yoki mahsulot birligiga sarflanadigan xarajat) asosiy ko‘rsatkichlar sifatida
ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, oxirgisiga, ya’ni qurilish-montaj ishlariga qurilish muddati ham tegishlidir.
Qo‘shimcha yoki xususiy ko‘rsatkichlarga quyidagilar: solishtirma mehnat sig‘imi, kapital mablag‘lar umumiy hajmida qurilish-montaj ishlarining solishtirma salmog‘i, hamjihatlanganlikni belgilovchi koeffitsient, qurilish montaj ishlarining 1 mln. so‘mlik smeta mablag‘iga sarflanadigan asosiy qurilish materiallari miqdori (sement, metall va h.k.); qurilish koeffitsienti; injenerlik kommunikatsiyalari va yo‘llar uzunliklari, vertikal rejalash bo‘yicha yer ishlari, injenerlik kommunikatsiyalarini o‘rnatish va yo‘l qurilishi ishlari hajmi, uchastkani o‘zlashtirish (keraksiz har xil qurilishlarni bo‘zish, qurib qolgan va noqulay joylashgan daraxtlarni kesish, drenajlar kovlash va shu kabi ishlar)ga sarflanadigan xarajatlar, tiklanayotgan binoning massasi, bino maydoni va hajmidan oqilona foydalanilganlik darajasi, qurilayotgan korxonada mahsulotlar tayyorlashdagi mehnat sig‘imi, zavod ichida haraktalanadigan transport vositalariga sarflanadigan xarajatlar, injenerlik kommunikatsiyalari va transport inshootlarining eksplutatsiyasi bo‘yicha sarflanadigan xarajatlar, xom-ashyo, yoqilg‘i va energiyalarning solishtirma sarfi, tiklanayotgan bino va inshootning xizmat qilish muddati hamda qator qurilish va ekspluatatsion ko‘rsatkichlar kiradi.
Solishtirma mehnat sig‘imi, ya’ni qurilish - montaj ishlarining 1 ming so‘mlik smetaviy sarfi (kT) yoki ob’yektning birlik hajmiga sarflanadigan mablag‘ (K 1t).
Solishtirma mehnat sig‘imi kT va k1 t quyidagi formula bo‘yicha aniqlanadi
4 = 7' (5.1) va (5.2)
bu yerda Ссмр - ob’yektni qurishda bajariladigan qurilish - montaj ishlarining smetaviy narxi, ming so‘mda; V - qurilayotgan ob’yekt hajmi, m3; To - ob’yektni qurishda sarflanadigan mehnat hajmi, kishi - kun.
Ishlarni bajarishdagi mehnat sig‘imining solishtirma ko‘rsatkichi qurilish - montaj ishlarini ishlab chiqarishda sarflanadigan mehnat hajmini o‘zida aks ettiradi va qurilayotgan ob’yekt uchun qabul qilingan konstruktiv yechimlarining texnologikligini hamda qurilish - montaj ishlarining mexanizatsiyalashganlik darajasini tavsiflaydi.
Kapital mablag‘lar umumiy hajmidagi qurilish - montaj ishlarining solishtirma salmog‘i Ссмр quyidagi formula bo‘yicha hisoblanadi.
Bu ko‘rsatkich qurilishning industrializatsiyalashganlik darajasini tavsiflaydi.
Qurilish koeffitsienti K3 qurilish yer uchastkasidan foydalanish darajasini belgilaydi:
Bu yerda F3 va Fo mos ravishda uchastkaning qurilayotgan va umumiy hududlari.
Bino maydoni (km) va hajmidan (kh) oqilona foydalinish darajasi

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə