O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
bux. bmi.

1
 
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. – Т., 1998. 
2
Каримов И.А. Ўзбекистон мустақиликка эришиш остонасида. – Т.: Ўзбекистон, 2011. – Б. 96. 
3
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. T.: “Шарқ”, 1998. –Б.3-4 



Darhaqiat, o`zbek xalqining tarixi va madaniyati bir necha ming yilliklarni 
o`z ichiga oladi. Ajdodlar qoldirgan, asrlar davomida yaratilgan moddiy va 
ma`naviy meros esa insoniyat tarixining boy takrorlanmas qismini tashkil etadi. 
Ularning katta qismi esa madaniyat sohasida to`plangan boyliklardir. Yuqorida 
ta`kidlaganimizdek, Mustaqillik tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada 
oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib berdi. O`tgan yillar mobaynida 
ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi, respublikamizda 
va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga 
va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. Ayniqsa, o`zbek xonliklari davrida 
yaratilgan yuzlab noyob qo`lyozma asarlar bugungi kunda xalqimizning bebaho 
ma`naviy merosi sifatida o`z tarkibida madaniy hayotning turli sohalariga koplab 
ma`lumotlarni yetkazib kelayotganligi bilan bir qatorda davlatchilik jarayonlari, 
iqtisodiy va siyosiy hayot tafsilotlari, diplomatik aloqalarga oid qimmatli 
ma`lumotlarni jamlagan, ayni vaqtda ularning barchasi bu davrlardagi madaniy 
hayotning eng asosiy jihatlarini aks ettiradi.
Bugungi kunda tarix faniga qo`yilayotgan talablar o`tmishni sinchiklab 
o`rganish, ularni hal etishga bo`lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib, 
ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi. Tarixni 
o`rganishga bo`lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta`sirida o`zgarib turishi 
bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil qilish va ob`ektiv ilmiy 
xulosalar chiqarish kabi katta va mas`uliyatli vazifa qo`yadi. Bunda eng avvalo 
ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – kontseptual 
asoslari, milliy istiqlol mafkurasi falsafasiga asoslanish muhim ahamiyat kasb 
etadi. Mustaqillikka erishgan respublikamiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan 
rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo`lmish madaniy merosimizni 
keng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o`rganishimizni taqozo etadi. Ma`lumki, 
o`zbek xalqi davlatchiligi va tsivilizasiyasi tarixida o`zbek xonliklari davri muhim 
bosqich hisoblanadi. 



Shu jumladan o`zbek xalqi madaniyati tarixida Buxoro amirligida madaniy 
hayot va tarixshunoslik jarayonlari ham alohida ahamiyat kasb etadi, o`zbek 
xalqining madaniy va ma`naviy merosini o`rganish nuqtai nazaridan Buxoro 
amirligidagi madaniy hayot va tarixshunoslik, madaniy hayotning boshqa 
sohalarining alohida xususiyatlarini o`rganish dolzarb tadqiqot mavzularidan biri 
sanaladi. 
O‘rganilayotgan mavzuda Buxoro amirligidagi madaniy hayot va 
tarixshunoslik masalalari o‘rganilgan. Bu esa tarix fanining istiqbolli ilmiy 
mavzularidan biri ekaniga dalolatdir. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə