O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
bux. bmi.

1
 
Сагдуллаев А., ва бошқалар. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараққиёти. – Т.: академия, 2000. – Б. 
193.
 



va u 1944 yili 29 aprelda Afg‘onistonda olamdan o‘tadi. Qabri Qobul shahrining 
“SHuhadoyi solihin” qabristonidadir. 
Buxoro amirligining ijtimoiy-siyosiy muhitiga doir ko‘plab manbalar 
mavjud. Buxoro davlatida XIX-XX asrning boshlaridagi davlat boshqaruv 
tizimi, ma’muriy bo‘linishi, unvon, mansablar va egalarining vazifalarini tadqiq 
etish hozir ham o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan.
Buxoro amirligi 28 viloyatga bo‘linar edi. Buxoro amiri qushbegisining 
devoni arxivida saqlanayotgan ma’lumotlar asosida amirlikning quyidagi 
viloyatlarini aniqlash mumkin. Bular Boysun, Baljuvon, Burdalik, Darvoz, 
Dehnav, Ziyouddin, YAkkabog‘, Qubodiyon, Qorategin, Karki, Karmana, Qarshi, 
Kelif, Kitob, Ko‘lob, Qo‘rg‘ontepa, Nurota, Sarijo‘y, Usti, Xatirchi, Hisor, G‘uzor, 
CHorjo‘y, CHiroqchi, SHahrisabz, SHerobod, SHug‘non hamda Zarafshon yuqori 
qismidagi bekliklar
1
.
 
XVIII asr oxirida butun O’rta Osiyoni qamrab olgan ijtimoiy-iqtisodiy 
tanazzul ko’p yillar mobaynida har qanday arxitektura faoliyatini to’xtatib qo’ydi. 
Burilish faqat asr so’nggidagina ro’y berdi. XIX asrda O’rat Osiyo xonliklarida 
arxitektura inshootlari turlari yanada takomillashgan, ko’plab jamoat binolari va 
inshootlar (karvonsaroylar, ko’prik, sardoba, shaharlarda hammom, tim va boshqa 
savdo rastalari) qurila boshlangan, monumental binolarning tarxi, qiyofasiga 
o’zgartishlar kiritilgan. Buxoro shahri qalin va baland (10 metrgacha) devor bilan 
o’ralib, unda shahar darvozalari o’rnatilgan. Yirik binolarda xalq me’morligi 
an’analaridan foydalanilgan, monumental binolar shahar tashqarisida ham qurila 
boshlangan.Monumental arxitekturada,bir tomondan avval ishlab chiqilgan 
kompozitsion sxemalar izidan borish, ikkinchi tomondan esa maxalliy o’ziga 
xoslikning,deyish mumkinki mahalliy binolarni paydo bo’lishi ko’zga 
tashlanadi.Buning sababi- rasmiy memorlikka xalq arxitekturasi hamda dekorativ 
amaliy san’at shakllari va usullarining tasiridir. Arxitektura ansambllari 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə