O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bux. bmi.

 
(1832 – 1913) 
o‘zining ikki jilddan iborat mashhur “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”
 
asarida 
A.Byorns fikrlarini tasdiqlab, quyidagi mulohazalarni bildiradi: “Amir Husaynni 
uch oylik hukmronlikdan so‘ng Buxoro qo‘shbegisi Hakimbiy va Hisor hokimi 
Mo‘minbiy zahar berib o‘ldirishgan. Amir Husayniing o‘limiga Nasrullo ham 
aralashganligi tahmin qilinadi”
1
.
 
Xullas, Buxoro hukmdori Amir Husayn (uni Mir Husayn To‘ra ham deyishgan) 
1826 yil 22 dekabrda Buxoro shahrida zaharlanish natijasida vafot etgan.
Tarixchilardan Muhammad Mirolim Buxoriy (XIX asr) va Mirzo Salimbekning 
yozishicha, Amir Umarxon xalq o‘rtasida unchalik obro‘ga ega bo‘lmay, amirlik 
qilgan davrida ham asosan aysh-ishrat va maishatga berilgan edi. O‘sha davrga oid 
1
 
Мулла Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б. 115. 
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. –Б. 7.


44 
tarixiy manbalarning birida bu holat quyidagicha ko‘rsatilgan: “Amir 
Umarxonning xulqi yaxshi emas edi, buning ustiga u davlat ishlaridan bexabar 
bo‘lgan”.
 
Bu paytda Buxoro amirligida davlat boshqaruvi o‘z manfaatini 
o‘ylaydigan Tog‘ay qozoq va Ismatullohbiy qalmoq kabi saroy akobirlari izmida, 
ya’ni ularning inon-ixtiyorida bo‘lgan. Bu holdan tashvishga tushgan saroy 
a’yonlari va amaldorlarning ko‘pchiligi Amir Umarxonning akasi hisoblangan 
Qarshi hokimi Nasrulloxonga maktub yubordilar. Saroy mojarolari va fisqu 
fasodlarni yaxshi bilgan Sayyid Mansur Olimiy
 
(Amir Sayyid Olimxonning o‘g‘li) 
keyinchalik o‘zining “Buxoro – Turkiston beshigi”
 
asarida bu jarayonlarni 
yumshoqlik bilan quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoro amaldorlari Sayyid 
Nasrulloxonni Buxoro taxtiga taklif etdilar va u bu da’vatga quloq tutib Qarshidan 
Buxoroga keldi. Lekin birodari Sayyid Umar Buxoro darvozalarini akasi uchun 
berkitib ko‘ydi. Amir Nasrullo orqasiga qaytib hazrat Bahouddin Nahshband 
alayhi-al-rahma mozorlari ziyoratiga bordi
 
va u erdan Samarqand tarafga yuzlanib, 
Miyonqolni o‘z tasarrufiga kiritdi. So‘ng yana Buxoroga qaytib uni qamal qildi. 
Buxoro shahri ichida bo‘lgan Hakim Qo‘shbegi, Rajabbek parvonachi va 
Ayozbiylar birlashib, Buxoro darvozalarini amir Nasrullo uchun ochib berdilar. 
Amir Nasrullo o‘z birodari Sayyid Umarni Masjidi Baland guzarida joylashgan 
kuyovi Sayyid Ahmad ismli kimsaning hovlisiga joylashtirdi”

Bu paytda Nasrulloxon dastlab Samarqandni bitta ham o‘q otmasdan ishg‘ol 
qilgach, mashhur Ko‘ktosh taxtiga o‘tirib, o‘zini amir deb e’lon qiladi. Temuriylar 
davridan qolgan an’anaga binoan, Movarounnahr hukmdorlari toj-taxtni 
egallagach, Samarqandga kelib, Ko‘ktosh taxtiga o‘tirishgan va o‘z 
hokimiyatlariga siyosiy tus berishgan. Nasrulloxon Samarqanddan keyin yana 
Buxoroga yuzlanib, Miyonqol vohasi, Kattaqo‘rg‘on va Karmanani, xullas, ikki 
poytaxt o‘rtasidagi butun hududni egallagan. Zarafshon vohasi aholisining 
madadiga tayangan va o‘z g‘alabalaridan masrur Nasrulloxon poytaxt Buxoro 
ustiga yurish qiladm. Mashhur tarixchi olim Xakimxon To‘ra
 
(XIX asr)ning 
“Muntaxab at-tavorix”
 
(“Tarixlar to‘plami”) asarida keltirilishicha, Nasrulloxon 
Samarqanddan Buxoroga qo‘shin tortib kelganida Amir Umarxon ham o‘z lashkari 


45 
bilan unga qarshi chiqqan va Karmana mavzesida har ikki qo‘shin o‘zaro yuzma-
yuz bo‘ladi. Biroq jang arafasida Amir Umarxonning qo‘shini parokandalikka 
uchrab, tarqalib kegadi. Amir Haydarning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘g‘illari
 
bo‘lgan Zobirxon, Hamzaxon va Safarxon o‘z birodarlari Umarxondan yuz o‘girib, 
akalari Nasrulloxonga qo‘shiladilar. O‘sha manbada quyidagi fikr ham mavjud: 
“Nasrulloxon bularning qadamlarini muborak bilib va birodarlik muhabbati 
jo‘shga kelib, har birini shafqat va marhamat bilan og‘ushiga olib, navozish qildi 
va o‘zining yonida joy tayin qildi”. Xullas, Nasrullo Bahodurxon 50 kunlik (Mirzo 
Abdulazim Somiyning yozishicha, 70 kunlik) qamaldan so‘ng Hakimbiy 
Qo‘shbegi, Rajabbek parvonachi va To‘pchiboshi Ayozbiylarning shahar ichidan 
turib qilgan tadbirlari natijasida poytaxt Buxoroni jangsiz egallaydi va 1827 yil 
aprel oyining boshlarida (Hakimxon To‘raning yozishicha, 1827 yil 18 martda, 
G.Vamberining fikricha, 22 martda) Buxoro taxtiga ettinchi mang‘it amiri sifatida 
o‘tiradi. Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” (“Mang‘itlar 
saltanati tarixi”) asarida Amir Nasrullo hijriy 1242 yil ramazon oyining so‘nggi 
payshanba kunida Buxoroda amirlik taxtiga o‘tirganligini yozadi
1
. Tarixchining 
yozishicha, amir Umarxon Buxoroda yashovchi singlisi (kuyovining ismi Said 
Ahmad Xo‘ja bo‘lgan) ning hovlisiga yashirinadi. Buxorolik mashhur ulamo 
Mavlaviy SHarif Xoja (Qozi Muhammad SHarif ibn Abdulloh Xoja) Amir 
Umarning xunini yangi hukmdor Nasrulloxondan so‘rab oladi. Amir Nasrullo 
ukasi Umarxonni Buxorodan badarg‘a qildiradi. Umarxon dastlab Hirotdagi 
Komronshoh ibn Mahmudshoh huzurida birmuncha muddat yashaydi. Ba’zi 
manbalarda yozilishicha, Umarxon Mashhad va Balxga ham borgan. So‘ngra 
Qo‘qonga kelib, bu shaharda istiqomat qilgan. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon 
(1822 – 1841) unga o‘z singlisini nikohlab bergan. Umarxonning keyingi hayoti 
qanday kechganligi va bevaqt o‘limi to‘g‘risida turli manbalarda bir-biriga zid 
ma’lumotlar mavjud. G.Vamberining yozishich, Umarxon oradan ko‘p o‘tmay 
Qo‘qonda vabo kasalligi natijasida vafot etgan. Bu voqea hijriy 1245 (milodiy 
1829 yili) bo‘lgan. Ost-Indiya kompaniyasining siyosiy vakili A.Byornsning 
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. – Б. 10.


46 
yozishicha, Umarxonning vafotidan so‘ng uning xoki Qo‘qondan Buxoroga 
keltirilib, dafn etilgan. O‘zbek tarixchisi Mirzo Olim Maxdum Hoji bu fikrlarni 
yanada oydinlashtirib, Umarxon hijriy 1245 yili vabo kasali bilan vafot etganligini, 
uning jasadi Buxoroga keltirilib, bobosi Muhammad Doniyolbiy qabri oldida dafn 
etilganligini alohida ta’kidlaydi. Xullas, A. Byorns va G. Vamberi Buxoroga ushbu 
voqealar bo‘lib o‘tgandan so‘ng bir necha yildan keyin borganligini nazarga 
oladigan bo‘lsak, ularning fikrlari tarixiy haqiqatga yaqin ekanligini e’tirof etish 
kerak. Biroq ba’zi tarixchilar Umarxon o‘z akasi Amir Nasrullo tomonidan 
o‘ldirilgan, degan fikrlarni ham aytishgan. Masalan, tarixchi Mirzo Abdulazim 
Somiy o‘zining “Ta’rixi salotini mang‘itiya” (1906 – 1907) asarida yozishicha, 
Umarxon Qo‘qonga jo‘natilgach, Amir Nasrullo o‘z tarafdorlarining qistovi bilan 
birodari Umarxonni o‘ldirish uchun Xayrullohbek ismli qotilni Qo‘qonga 
yuboradi. Xayrullohbek Qo‘qonga kelib, Umarxonni o‘ldiradi va uning boshini 
Buxoroga keltirib, Nasrulloxonga ko‘rsatadi. Alloma Fitrat o‘zining keyinchalik 
yozgan “Amir Olimxonning hukmronlik davri” (1930) nomli tarixiy risolasida bu 
fikrlarni takrorlaydi. Xullas, Umarxon Qo‘qonda vabo kasalligi natijasida 19 
yoshida vafot etgan
1
.
Tarixga Xoni shahid (SHahid xon) nomi bilan kirgan mang‘itlar sulolasining 
ettinchi hukmdori Amir Nasrullo Bahodurxon 1806 yil 1 iyunda Buxoro shahrida 
Amir Haydarning xonadonida ikkinchi o‘g‘il sifatida dunyoga keldi. Bu haqda 
mashhur alloma Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” asarida 
yozib o‘tgan. Ba’zi tarixchilar Amir Nasrulloning tavallud sanasi to‘g‘risida 
boshqacha ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Ularning fikricha, Amir Nasrullo 63 
yoshida 1860 yili vafot etgan. Demak, ularning yozganlaridan Amir Nasrullo 
tahminan 1797 yilda tug‘ilganligini anglatadi. Biroq u Amir Haydar xonadonida 
ikkinchi o‘g‘il ekanligini e’tiborga olsak, Ahmad Donishning yozgan fikri 
haqiqatga ancha yaqinroq. Nasrulloxonning ma’naviy kamolotga erishuvida 
Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lgan mashhur shayx Muhammad Husayn Alaviy 
Buxoriy (1785 – 1870) muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik Nasrullo o‘zining piri 
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydulayev O’. Vatan tarixi. 2-kitob. – T.: Sharq, 2010. – B. 86. 


47 
hisoblagan bu shayxni Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlog‘idan Buxoro 
shahriga ko‘chirib keltirib, unga SHayx Habibulloh xonaqosidan maxsus hujra 
ajratib bergan va nafaqa tayinlagan. Bu ma’lumotlarni tarixchi olim Muhammad 
Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy (Amir Muzaffarning o‘g‘li) o‘zining 1910 yili 
YAngi Buxoroda nashr etilgan “Tuhfat az-zoirin” (“Ziyoratchilarga tuhfa”) asarida 
keltirib o‘tadi. Nasrulloxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari Husayn va 
Umarxonlarning hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar 
vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir 
Husayn (1797 – 1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari 
ustidan g‘olib kelib, 1827 yil aprel oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi 
taxtiga o‘tirdi. Amir Nasrulloxon Buxoro amirligi taxtiga o‘tirgan mang‘itlar 
sulolasining ettinchi hukmdori bo‘ldi. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiyning 
fikricha, Buxoro amirligi taxtini egallashda Nasrulloxonga otasining vaziri bo‘lgan 
Muhammad Hakimbiy Qo‘shbegi katta yordam ko‘rsatgan. U Buxoroni qamal 
qilib turgan Nasrulloxon qo‘shinlariga shahar darvozasini ochib beradi
1

XIX asr 20 – yillarida Buxoroda yuz bergan siyosiy voqealarning bevosita 
ishtirokchisi, hokimiyat uchun kurashda Amir Haydarning har uchala o‘g‘liga 
navbati bilan yordam bergan va uchala hukmdorning ham xizmatida ozmi-ko‘pmi 
muddat bo‘lgan munshiy va tarixchi Mirzo SHams Buxoriy

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə