O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
bux. bmi.

 
 
 
 
2
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. –Б.18.
1
 
Мулла Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б. 120. 


51 
XULOSA 
Xulosa qilib aytish mumkinki, Buxoro amirligida madaniy hayot a 
tarixshunoslik maktabida yaratilgan tarixiy asarlar Buxoro amirligi siyosiy, 
ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining deyarli barcha sohalariga doir 
ma`lumotlarni o`zida aks ettiruvchi muhim tarixiy manba hisoblanadi. Shu o`rinda 
ushbu birlamchi manbalarning bugungi kunga qadar yetarli darajada tadqiq 
etilmaganligi, ayniqsa ulardagi ma`lumotlarning Markaziy Osiyodagi xalqlararo 
munosabatlar tarixini o`rganishda keng ilmiy muomalaga tortilmaganligini qayd 
etib o`tish lozim. 
Shuningdek, Buxoro tarixnavislik maktabi va unda yaratilgan asarlar 
bugungi kun tarixiy tadqiqotlari uchun nazariy-uslubiy jihatdan alohida ahamiyat 
kasb etadi. Xususan, ulardan ilmiy tadqiqotning ob`ektivlik, izchillik, tahliliy-
tanqidiy yondashuv kabi tamoyillarini chuqurroq tushunishda foydalanish mumkin. 
Albatta, tarixiy davr hamda muhit tufayli yo`l qo`yilgan kamchiliklar va sub`yektiv 
jihatlarni e`tibordan qochirmaslik muhim.
Xonliklar tarixini o`rganish XIX asrning o`rtalaridan boshlab bugungi 
kungacha tarixchilar e`tiborini o`ziga jalb qilib kelmoqda. Hozirgi kungacha 
xonliklar tarixi bo`yicha amalga oshirilgan va yaratilgan ilmiy asarlar hamda ilmiy 
tadqiqotlarning salohiyati juda katta. O`tgan bir yarim asr mobaynida xonliklar 
tarixini o`rganishda turlicha yondashish va munosabatlar, ayrim vaqtlarda (XX 
asrning 50-80 yillarida) tarixiy jarayonlar va tarixiy voqelikni ob`yektiv 
baholamaslik holatlariga yo`l qo`yildi. Xonliklar tarixini yoritishdagi bunday 
munosabat ushbu holni tarixshunoslik nuqta-nazaridan chuqur tahlil qilishni talab 
etadi.
Shundan kelib chiqqan holda XIX asrning 30- yillaridan boshlab bugungi 
kungacha tarixchilar e`tiborini o`ziga jalb qilib kelayotgan xonliklar tarixining 
o`rganilishini mavjud ilmiy tadqiqotlarning yo`nalishi, davr va boshqa 
xususiyatlariga ko`ra bir necha guruhga bo`lib ko`rib chiqish talab etiladi.


52 
Tarixshunoslikning bu tarzdagi davrlashtirilishi natijasida aksariyat 
hollarda har bir davrga umumiy tarzda yondashilgan va ayni vaqtda tarixiy asarlar 
va tarixiy voqealarning tahlili amalga oshirilgan. Biroq tarixiy asarlar va ularda 
voqealarning yoritilishiga bo`lgan munosabatning xususiyatlariga qarab bu 
davrlarning har birini alohida yana kichik davrlarga yoki guruhlarga ajratib
chiqish maqsadga muvofiqdir. Bunda tarixiy tadqiqotlarning masalaga kontseptual 
– metodologik yondashuv xususiyatlariga ko`ra quyidagi davrlarga bo`lib 
o`rganishni tavsiya etish mumkin: 
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimovning tarixchi olimlar 
bilan uchrashuvi hamda Tarix Instituti faoliyatini takomillashtirish to`g’risidagi 
farmonidan so`ng mamlakatimizda tarixni o`rganishga bo`lgan munosabat tubdan 
o`zgardi. Tarixchilar oldiga o`zbek davlatchiligi tarixi, o`zbek xalqining 
shakllanishi tarixi kabi masalalarni chuqur va ilmiy asoslangan holda, qo`lyozma 
hamda arxeologik manbalarga asoslangan holda o`rganish birinchi o`ringa 
ko`tarildi. Shundan buyon bugungi kungacha yaratilgan ilmiy asarlar, risolalar 
hamda ilmiy tadqiqot ishlarida tarixni o`rganishning yuqorida ko`rsatib o`tilgan 
jihatlariga katta e`tibor berilmoqda. 


53 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə