O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti qo‘lyozma huquqida


Хошимов Ў. Қорга ёзиб, офтобда қуритилган варақалар. // Мустақиллик – бу хуқуқ. – Тошкент, 1997. – Б.  26



Yüklə 0,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix27.04.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#107206
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
bux. bmi.

 
Хошимов Ў. Қорга ёзиб, офтобда қуритилган варақалар. // Мустақиллик – бу хуқуқ. – Тошкент, 1997. – Б. 
26.
 
2
 
Воҳидов Ш.

“Тарихи нофеий” – Бухоро амирлига тарихига оид муҳим манба. // Ўзбекистонда ижтимоий 
фанлар. – Тошкент, – 1997. –№9. – Б. 10-11.
 


19 
bitilib, ularni chiroyli yozish, qayta ko‘chirish maxsus tayyorgarlikni talab qilar 
edi. Buxoro amirligida ijod qilgan ijodkorlar ham xattotlik sirlarini yaxshi 
egallaganlar. Amirlikda xattotlikni o‘ziga kasb qilgan tajribali xattotlar etishib 
chiqqan bo‘lib, ular bu soxada o‘zlarining ilmiy maktablariga asos solganlar. 
Xususan, Samarqand va Buxoroda xattotlik maktablari mavjud edi. Xattotlar 
faqatgina kitoblar yozish va kitoblarni ko‘chirish bilangina shug‘ullanmay, ayni 
vaqtda me’morchilik obidalari va turli binolarning peshtoqlariga va minoralarga 
ham turli yozuvlar (Qur’on oyatlari, hadislar, hikmatli so‘zlar) ni chiroyli naqshlar 
bilan tarzida bitish bilan ham shug‘ullanganlar. 
Biz Buxoro xattotlik maktabi vakillarining faoliyatini ikki davrga ajratib 
o‘rganishni lozim topdik. XIX asrgacha bo‘lgan davr va XIX-XX asr boshlari. XIX 
asrdan boshlab xattotlik san’atining nasta’liq xati takomillashadi. Bu davrda 
Buxoroda va boshka hududlarda faoliyat yuritgan xattotlar ziyoli kishilar 
bo‘libgina qolmay, ayni paytda ularning aksariyati shaxsiy kutubxonalariga ham 
ega edi. 
XIX-XX asrlarda Buxoro xattotlik maktabining namoyandalari hakida gap 
borganda, albatta ularning usullariga qarab turkumlash muhimdir. Buxoro 
xattotlari o‘z ijodlarida turli xat usullaridan foydalanishgan. Ayniqsa, Buxoro 
xattotlik maktabi vakillarida nastaliq xatini qo‘llash keng o‘rin tutgan. SHu bilan 
birga, nash usuli va har ikki usulda kitob ko‘chiruvchi xattotlar bo‘lgan. Buxoro 
tarixiga aloqador manbalarda XIX – XX asr boshlarida Buxoroda yashab ijod 
qilgan 104 nafar xattotlarning nomlari keltirib o‘tilgan. Ulardan 14 tasi nash ham 
nastaliqda, 26 tasi nastaliqda, 5 nafari faqat nashda kitob ko‘chirganlar. Qolganlari 
kitob ko‘chirish bilan birga ustozlik qilishgan, madrasalarda ta’lim berishgan. 
Hattoki ular orasida kitobat san’ati bilan shug‘ullanuvchilari ham bo‘lgan. 
SHulardan nastaliq va nasx xatlarida kitob ko‘chiruvchilardan:
 
Muhammad YUsuf 
Maxdum CHappanavis Atoulloxo‘ja o‘g‘li, SHahobiddin Maxdum Foziljon o‘g‘li, 
Nazrulloh Lutfiy, Hoji Nematulloh, Qori Ahmad Kotib Buxoriy, Maqsud Xo‘ja, 
Mirzo Abdulkarim,
 
Mirzo Qamarjon, Hoji Abdusattor, Mirzo Abdulloh Kotib, 


20 
Mirzo Rahmatulloh, Mirzo Sa’dullohiy Buxoriy, Mir Fayzulloh va Mir 
Rahmatulloh, Abdullohbek Kotib va boshqalardir. Ulardan
 
Muhammad YUsuf 
Maxdum CHappanavis Atoulloxo‘ja o‘g‘li xatni chap qo‘li bilan yozgan. SHuning 
uchun Muhammad YUsuf Maxdumni Buxoroda «Maxdumi CHapnavis» deb 
atashgan. Nasx va nastaliqda juda go‘zal yozgan. Maxdum CHapnavis 200 ga 
yaqin qo‘lyozmalarni ko‘chirgan. Uning «Jomi’ ul-fotovo» nomli to‘plami mavjud. 
U 1810 yilda vafot etgan. SHahobiddin Maxdum Foziljon o‘g‘li esa Buxoroning 
nastaliq, nasx xatlarida yozuvchi nomdor kotiblaridan bo‘lib, juda ko‘p 
qo‘lyozmalar esdalik qoldirgan. U 1800 yillarda qo‘lyozma ko‘chirishda shuhrat 
qozongan. Uning ko‘chirgan kitoblarining soni 100 ga boradi. Nazrulloh Lutfiy 
Muhammad Amin kotibning shogirdi bo‘lib, xat ta’limida Hoji Mir Isoga taqlid 
qiluvchi fozil kishi bo‘lgan. Nasta’liq, nasx xatlarini yaxshi yozadigan 
xattotlardan hisoblangan. Qori Ahmad Kotib Buxoriy nastaliq xatida, ayniqsa, nasx 
xatida yozadigan mashhur xattotlardan biri edi. Uning ko‘chirgan kitoblari 160 ga 
etgan. Bu kitoblarga o‘z qo‘li bilan jadval tortgan. U “Qur’oni karim”ni 400 
Buxoro tillasiga, “Daloil ul-xayrot”ni 160 tangaga, “5 sura”ni 100 tangaga, sura va 
qasidalarni 160 tangadan ko‘chirgan. Umri davomida mazkur kotib 40 nusxa 
Qur’on ko‘chirgan
1
.
Mir Fayzulloh va Mir Rahmatulloh – bu ikki aka-uka Qori Ahmad kotib 
Buxoriyning shogirdlaridan bo‘lib, o‘z davrining mahoratli xattotlaridan bo‘lgan. 
Mir Fayzulloh nasx xatida Mir Rahmatullohdan yaxshiroq, xatining ravishlari 
ustozi Abdullobek xatiga ko‘proq o‘xshar edi. Biroq nasta’liq xatini go‘zal yoza 
olmaydi der edilar. Mir Rahmatulloh nasta’liq xatini ortiq darajada chiroyli, 
haddan tashqari ziynatlar bilan yozar edi. Rahmatulloh 1910 yilda Buxorodagi 
o‘qituvchilarga ta’lim va tarbiya husnixat muallimi bo‘lib ham xizmat qilgan.
Abdullohbek Kotib YAkkabog‘ bekligidan edi. Amir Muzaffar 
YAkkabog‘ni o‘z tasarrufiga olgan vaqtida uning akasi Abdurahmonbek bilan 
1
Вохидов Ш., Чориев З. Садри Зия и его библиотека (Из истории книги и книжной культуры в Бухаре в 
начале ХХ века). Ташкент: Янги аср авлоди, 2007. – Б. 87-88. 


21 
birga Buxoroga olib kelgan. Abdurahmonbek qatl qilinib, Abdullobek ozodlikdan 
mahrum etiladi. U o‘n yil qamoqqa o‘tiradi va shu vaqt mobaynida mustaqil xat 
mashq qilib, nasx xatida Mir Ubayd, nasta’liqda Mir Aliga tenglashadi. 
Abdullobek 1914 yilda olamdan o‘tgan
1
.
Quyida XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Buxoro amirligida faoliyat 
ko‘rsatib, nom qozongan xattotlar haqida ma’lumot beriladi: 
Sayidnazar Labi Obiy
 
e’tiborli kotiblardan bo‘lib, xatni chiroyli san’at 
bilan yozishda Sayidnazar Nasafiyning iste’dodi ko‘proqdir. Nastaliqni husnixat 
qoidasiga rioya qilib yozardi. SHuningdek to‘g‘ri va xatosiz yozadigan 
xattotlardan edi. U “Xatosiz ko‘chiradigan kotib” deb shuhrat qozongan. 
Ko‘chirgan qo‘lyozmalarining soni 56 ta bo‘lgan
2
.

Muhammad Sodiq Marviy


– 
marvlik bo‘lib, Buxoroda tahsil olgan. 
Nastaliq xatida g‘oyat nafis yozuvchi xattotlardan bo‘lgan. “Al-lug‘ati Navoiy”, 
“Lug‘ati Abushqa”, “Al-lug‘at an-Navoiya” va “Al-istishhoda ul-chig‘atoyiya” 
kabi ko‘chirilgan qo‘lyozmalari ma’lum.
Siddiqjon Ko‘ki Ishtixoniy Buxoriy. U ham amirlikdagi nomdor 
xattotlardan bo‘lgan. Uning xati nihoyatda nafis bo‘lish bilan birga, hech qaysi 
xattotning xatiga o‘xshamagan. U asosan nastaliq xatida yozgan va bu yozuvda 
teengsiz sanalgan. U faoliyati mobaynida 200 ga yaqin qo‘lyozma ko‘chirgan. 
Ahmad Donish
– 
buyuk mutaffakir, iste’dodli yozuvchi, shoir, astronom 
va ajoyib xattot, lavvoh ham muzahhib (zarhal beruvchi) ko‘chirgan 
qo‘lyozmalariga o‘zi zarhal berib, sarlavhalar, miniatyuralar ishlagan.
 
Ahmad 
Donishning faoliyati va ijodi haqida Z.Rajabovning “Maorifparvar Ahmad 
Donish” asarida qimmatli ma’lumotlar keltiriladi. Ahmad Donish tomonidan 
ko‘chirilgan va shaxsan o‘zi tomonidan yozilgan asarlar quyidagicha: 
1. “Me’yor ut-tadayyun” (1893, SHI. – № 2776). 2. “Me’yor ut-tadayyun”
(1893, SHI. – 2187). 3. “Manozir al-kavokib” (1865, SHI. – № 2941). 4. 
1
Из истории книги и книжной культуры в Бухаре в начале ХХ века. Ташкент: Янги аср авлоди, 2007. – Б. 
34-35 
2
Ўша жойда. 


22 
“Manozir al-kavokib” (1865, SHI. – № 459). 5. “Manozir al-kavokib” (1865, SHI. 
– № 2144). 6. “Jadvali soat” (1876, SHI. – № 5095). 7. “Majmuai rasoil” (1876,
SHI. – № 2247). 8. “Bayozi Mansur” (1876, SHI. – № 2279). 9. “Taodili xamsai
muahayyira” (1883, Sank-Peterburg. – № 2362/1.). 10. “Navodir ul-vaqoe”. 
“Mang‘it amirlarining tarixi” (1883, Buxoro. № 1987). 11. “Navodir ul-vaqoe” 
(1882, Buxoro, 2095). 12. “Taqvimi soli asb” (1881, Buxoro 595). 13. “Risolai 
a’moli kura” (1881, Buxoro. – № 2274)
1
.
Mirzoiy Dabiriy
 
ham Buxoro amirligidagi mashhur xattotlardan biri 
bo‘lib, u yoshligidan xat bitishga va she’r yozishga havasi baland bo‘lgani tufayli 
xattot hamda shoir bo‘lib etishgan. Turli yozuvlarda ayniqsa, nastaliq xatida 
nihoyatda yaxshi va chiroyli yozgan. Ayni vaqtda u o‘quvchilarga xatdan ta’lim 
berish bilan ham shug‘ullangan. 
SHahobiddin Maxdum ibn Foziljon mudarris muftiy “xatti jaliy”da 
kitobatda nastaliq xati bilan nihoyat darajada chiroyli yozuv sohibi bo‘lgan. 
Mirzo Qori Olim
 
ta’limiy nastaliq xatida mohir kotib bo‘lib, Muhammad 
SHarif Sadr Ziyoning tarbiyasini olgan fozil shogirdlaridan bo‘lgan.

Abdulloh Munshiy


 
esa kam uchraydigan, tirnoq bilan qog‘ozni bo‘rttirib 
yoziladigan “xatti noxun”ni yaxshi yozardi. Nastaliq xatidan, she’r, muammo va 
tarix fanlaridan xabardor edi. 
Rabi’ Maxdum
 
nastaliq xatida Abduljabbor Urgutiyga ergashuvchilardan 
edi. Keyinchalik esa Mavlaviy Soqiyga taqlid qilib kitoblar ko‘chirgan. Bu borada 
ancha dovrug‘ qozongan. Maxdum xatining Mavlaviy Soqiy xatidan farqi 
bo‘lmagan. Rabi’ Maxdum Buxoroning Devonbegi madrasasida mudarrislik ham 
qilgan, ayni vaqtda xattotlik va kitobat ta’limi bilan shug‘ullangan, bu borada ko‘p 
shogirdlari bor edi
2

1
Аҳмад Дониш. Наводир ул-вақое. – Тошкент: 1978. – Б. 12. 
2
Из истории книги и книжной культуры в Бухаре в начале ХХ века. Ташкент: Янги аср авлоди, 2007. – Б. 
36-37. 


23 
Quyidagi kotiblar nasx xatining ustalari sanalgan: Ibrohim qori Qarshigiy 
Qo‘rg‘onchagiy va ukasi Ishoq, Muhammad Amin Qori, Qori Abdurahim, 
Ibrohimxon va Mulla Ochildi Kotiblar. Ulardan Ibrohim qori Qarshigiy 
Qo‘rg‘onchagiy va ukasi Ishoq xattotlikda nom chiqarganlar. Ayniqsa yo‘g‘on va 
ingichka qalamlarda xushxatlikda bir-birlaridan qolishmaganlar. SHe’r va tahrirda 
ham mashhur, Ibrohim ortiqroq bo‘lib, Ishoqning esa xatda nomi yuqoridir. Nasx 
xati bilan ko‘chirgan kitoblari barchaga yoqimlidir. Qori Abd ur-Rahim 
Buxoroning Jondor tumanidan bo‘lib, nasx xati ta’limida juda ko‘p shogirdlar 
tarbiyalagan. Ibrohimxon nasx xatini nihoyat go‘zal yozgan, xatosiz ko‘chirgan, 
ikkinchi Abdullabek deyishga loyiq edi. SHe’r va inshoda, tahrirda mahoratli, 
kuchli edi. Ibrohimxon pokiza mashrabli, ochiq yuzli, go‘zal ahloqli Buxoro 
yoshlaridan bo‘lgan. Mulla Ochildi Kotib mashhur ustod Mir Ubayd Buxoriyning 
ta’limi bilan nasx xatini so‘ng darajada zebo yozuvchi xattotlardan bo‘lgan. 1900 
yilda Muhammad ibn Sulaymon Jazuliyning «Daloil ul-xayrot» asarini nihoyatda 
nafis ko‘chirgan. Qo‘lyozma, lavhali, zarhal bilan jadvallangan.
Buxoro amirligida hattotlik san’ati bo‘yicha ko‘pgina shogirdlar 
tayyorlagan xattot ustozlar ko‘pchilikni tashkil etgan. Ulardan, Mavlono Masjidiy 
Mulla Mansur Badaxshoniy, Muxtor Maxdum qozi Naimjon Maxdumning o‘g‘li, 
Abd ul-Halim Maxdum SHihob ad-din Maxdumning ukasi, Muhammad Rizo 
Namadiy, Mirzo Kichkina, Mirza Foxir, Mirzo Sodiq Munshiy, Mavlaviy 
Inoyatulloh Kotib, Qarshilik Sayidnazar Nasafiy, Mavlaviy Abdullo va Mavlaviy 
Rahmatulloh Mavlaviy Rahmatullohning o‘g‘li “Mavlaviy Jalliy”, Fozil Devona, 
Qorabek shikasta, Muhammad Husayn Badaxshiy, SHahrisabzlik Ibrohim Devona 
SHahrisabziy, Bobobek Ishtabir, Mirzo Abduvahhob Labi hovuzi, Imomiddin 
SHahrizabziy, Siddiqjon Kufiy Qo‘ydaraxtiy, Abdulhamid Maxdum va 
Abdulmo‘min Maxdumlar, Mir Ikrom Buxoriy, Mir Siddiq Hashmat, Idris 
Maxdum Buxoriy Nabira Xo‘ja o‘g‘li, Idris Maxdum Buxoriy Nabira Xo‘ja o‘g‘li, 
Mirzo Badi’ Maxdum Buxoriy, Mirzo Abdulvohid «Munzim», Mahdiyxon 
Abdulqodir, Inoyat Mahdum, Inoyatulloh 
q
ozi, Mirzo Ahmad Kotib Buxoriy 


24 
Mirzo Hidoyatilloh o‘g‘li, Mirzo YUnus Kitobiy, Muhammad SHarif Sadri Ziyo 
va boshqalar xattotlik san’atida nom qozonish bilan birga o‘z maktablariga asos 
solganlar
1

Ulardan
 
Mavlono Masjidiy Mulla Mansur Badaxshoniyning o‘g‘li, Masjidiy 
nomdor xattotlardan bo‘lib, qo‘lyozma kitoblari va yozgan tahrirlarini Buxoroda 
dastur sifatida foydalanganlar. Tahrir qilgan kitoblari ishonarli va e’tiborli bo‘lgan. 
U 1812 yili Buxoroda vafot etgan
2
.
 
Muxtor Maxdum qozi Naimjon Maxdumning 
o‘g‘li, nastaliq xati bilan kitob yozishda, arabiy, forsiy qo‘lyozmalarni chiroyli 
yozishda birinchilardan bo‘lgan. 
Mashhur xattotlardan biri Muhammad Rizo Namadiy ko‘chirgan kitoblariga 
va she’rlariga Ali Rizo, Muhammad Rizo deb imzo qo‘yar edi. Ko‘pincha, qora 
mashq yo‘li bilan qo‘lining kuchliligidan komil darajada go‘zal yozgan. Buxoroda 
Registon binosining peshtoqidagi Bolohovuz tarixini jali qalam bilan yozgan xattot 
Namadiy bo‘lganligi manbalarda qayd etilgan.
Mirzo Sodiq Munshiy Buxoroning Jondor tumanidan bo‘lib, XVIII 
asrning ikkinchi yarmi va XIX asr boshlarida yashagan. «Sodiq» taxallusi bilan 
shuhrat topgan. SHoir bo‘lish bilan birga mohir xattot ham bo‘lgan. Sodiq insho va 
tahrir ilmida mahoratli bo‘lgan. Mirzo Sodiq Buxoro amiri SHohmurod (1785-
1800) xizmatida bo‘lgan. Amir SHohmurod vafotidan so‘ng Amir Haydar saroyida 
munshiylik bilan shug‘ullangan. Amir Haydar uni arzimagan sabab bilan saroydan 
haydaydi, va u mustaqil ravishda xattotlik bilan shug‘ullana boshlagan. Mirzo 
Sodiq Munshiydan bizgacha “Dahmai shohon”, “Qazovu qadar”, “Oshiq shudani 
darvish ba duxtare”, “Raf’i tumani Ohugir va Xayrobod” kabi jami 5 ming baytdan 
iborat asarlari etib kelgan
3
.
Mavlaviy Inoyatulloh Kotib Buxoroda shuhrat qozongan bilimli, fozil 
inson bo‘lib, ulug‘ martabaga ega bo‘lgan. Kitobat san’atida o‘ziga xos bir usulga 
1
Муҳаммад Шарифжон Садр-и Зиё. Рисолаи хаттотон. (Нашрга тайёрловчи Ш.Воҳидов) – Т.: 
“Университет”, 2004. – Б. 256. 
2
Муҳаммад Шарифжон Садр-и Зиё. Рисолаи хаттотон. – Б. 145. 
3
Саидқулов Т. Ўзбекистон тарихининг тарихшунослигидан лавхалар. – Т.: “Ўқитувчи”, 1994. – Б.203-204. 


25 
ega bo‘lgan. Inoyatullohning xatiga qaraganda kishi ko‘ziga nur, ko‘ngliga shodlik 
baxsh etgan. Hayoti mobaynida u 150 ta qo‘lyozma kitob ko‘chirgan. 
Qarshilik Sayidnazar Nasafiy nomi bilan Buxoro amirligida ikkita xattot 
o‘tgan. Biri qarshilik Sayidnazar, ikkinchisi Sayidnazar Labi Obiydir. Ular 
tomonidan ko‘chirilgan kitoblarining soni 300 dan ortiq bo‘lgan. Xattotlar 
o‘rtasida biror narsada shubha bo‘lsa Sayidnazar Nasafiyning kitobatiga taqqoslab, 
tuzatib olganlar. Mavlaviy Abdullo va Mavlaviy Rahmatullohlar esa Avaz Badal 
kotib Balxiyning o‘g‘illari bo‘lgan. Bu ikki kotib Buxoroda e’tibor qozongan. Har 
birlarining ko‘chirgan kitobatlarining soni ikki yuzdan uch yuzgacha etgan. 
Bularning otasi Avaz Badal tomonidan ko‘chirilgan kitobatlari 200-300 
qo‘lyozmadan kam bo‘lmagan
1

Fozil Devona Buxorodagi Mozori SHarif darvozasining tashqarisidagi 
“Gulzor” xiyobonida qalandarona hayot kechirgan, forsiy tildagi kitoblarni 
ko‘chiradigan kuchli xattotlardan bo‘lgan. U asosan Mirzo Bedil asarlarini kitobat 
qilish bilan shug‘ullangan. U faoliyati mobaynida 500 juzga yaqin kitob 
ko‘chirgan. Muhammad SHarifjon Sadri Ziyo o‘zining asarlarida Fozil Devona
nomi bilan bog‘liq mana bir voqeani bayon qiladi: Amir Haydar davrida bir 
hindistonlik savdogar Buxoroga o‘zi bilan Bedilning “Kulliyot”i va “Nukot” nomli 
asarining nusxasini olib keladi. Bedil ixlosmandlari shu kitoblarni sotib olmoqchi 
bo‘lganda hind savdogari kitoblar sotilmasiligini, biroq ko‘chirish uchun mazkur 
nusxani berishi mumkinligi aytadi. Bu voqeadan amir Haydar ham xabardor bo‘lib 
kitob muxlisi sifatida Bedil asarlariga xaridor bo‘ladi. Savdogar kitobni 
sotmasligini bilgach, undan nusxa ko‘chirish uchun xattotlarga murojaat qiladi. 
Savdogar esa nusxa ko‘chirish uchun faqatgina qirq kun muhlat borligini, qirq 
kundan so‘ng qaytib ketishi zarurligini aytadi. Buxorodagi birorta kotib shu 
muddat davomida kitobdan nusxa ko‘chira olmasligini bilib, bu ishga qo‘l 
urmaydi. Amir Haydar “kim qirq kun ichida Bedil asaridan nusxa ko‘chirib bersa 
unga ming tillo tanga ashrafiy mukofot tarzida berishi”ni e’lon qiladi. Fozil 
1
Муҳаммад Шарифжон Садр-и Зиё. Рисолаи хаттотон. – Б. 258. 


26 
Devona xattot shu shartga ko‘nib, kitob nusxasini saroydan olib Qalandarxonaga 
keladi. Qirq kundan so‘ng odamlar uning uyidan saroygacha bo‘lgan yo‘lda 
xattotni kutib turadilar. O‘shanda Fozil Devona otda uyidan chiqib, otiga ortilgan 
xurjunda ikkita nusxa kitob va qo‘lida yana bir nusxa kitob bilan saroyga kirib 
keladi. U aytilgan muddatda Mirzo Bedil asarlarini to‘la va mukammal tarzda 
ko‘chirib ulgurgan edi. Amir Xaydar o‘z va’dasida turib, xattotni aytilgan mablag‘ 
bilan taqdirlaydi. Fozil Devona olgan mablag‘iga (mukofot 3 kilo 600 gramm toza 
tilloga teng edi) Gulzor darvozasi oldida bir madrasa bino qildirgan, qolgan 
mablag‘ni Qalandarxonaga sarf etgan
1
. Xattot Fozil Devona tomonidan 
ko‘chirilgan bu kitob nusxalari bugungi kunda Abu Rayhon Beruniy nomidagi 
SHarqshunoslik instituti xazinasida saqlanadi. 
Mashhur xattotlardan Bobobek Ishtabir Buxoroda madrasada talabalarga 
ta’lim bergan. Ayni vaqtda xattotlik bilan ham mashg‘ul bo‘lib, bu borada juda 
mashhur bo‘lgan va o‘zidan ko‘plab shogirdlar chiqargan. Domla Bobobek 
Ishtabirning shogirdlaridan bo‘lgan atoqli xattotlar quyidagilardir: Abdurahmon 
Tamanno, Subhonquli, Umarxo‘ja, Mir Ma’sum, Olamiyon, Nasriddin CHilfazl, 
Mir Siroj otaliq, Abdulqodirxo‘ja Pishakboz, Abdulg‘affor Sadriddin Maxsum 
Xo‘jandiy, Domla Sayid Kalobodiy.
Uning shogirdlaridan biri Sarimsoq Jizzaxiy kotib bir muddat amir 
Haydarning kitobnavisi bo‘lgan va keyinchalik Qo‘qon xoni Umarxon (1810-
1822) xizmatida bo‘lgan. Umarxon va uning vazirlari u ko‘chirgan 1 qit’ani 14 
tillodan sotib olishgan. Keyinchalik Umarxondan ruxsat olib vatani Jizzaxga 
qaytayotganida, dushmanlari mol-mulkini talon-toroj qilib, ko‘ziga mil tortib ko‘r 
qilganlar
2

XX asrning boshlariga kelib ham Buxoro amirligida xattotlik va kitobat 
san’ati bilan shug‘ullanish davom ettirildi. Bu davrda Mirzo Ahmad Kotib Buxoriy 
Mirzo Hidoyatilloh o‘g‘li Buxoroning xushxat yozuvchi kotiblaridan bo‘lib, 1905 
yilda Mirzo Muhammad SHarif buyrug‘i bilan Muhammad Ashraf Siddiqiyning 
1
Муҳаммад Шарифжон Садр-и Зиё. Муҳаммад Шарифжон Садр-и Зиё. Рисолаи хаттотон. – Б. 272. 
2
Ўша жойда. 


27 
“Afzal at-tazkor fi zikri shuaroiy ash’or” kitobini g‘oyat chiroyli nastaliq xati bilan 
ko‘chirgan. O‘sha vaqtlarda Sadriddin Ayniy Buxoro madrasasida dars berar edi. 
Bu qo‘lyozmaning kitobati tugagach, qo‘lyozma Sadriddin Ayniyga ko‘rsatilgan.
“Risolai xattoton” kitobining muallifi Muhammad SHarif Sadri Ziyo 1867 
yilda Buxoroning Ziyouddin qishlog‘ida tug‘ilgan. SHuning uchun ham otini 
“Ziyouddin” deb ataganlar. Keyinchalik SHarif nomi bilan shuhrat topib, o‘z 
tahallusini Ziyo deb tanlagan. Muhammad SHarif qozi Abdushukurning o‘g‘li, 
shoir, musiqiyshunos, nomdor xattotlardandir. 1921 yilda Buxoroda uchta eng 
yirik kutubxona borligi aniqlangan. Ulardan biri Burhoniddin Sadr qozi kalon 
kitobxonasi, ikkinchisi Siddiqxon Hashmat kitobxonasi. Uchinchisi 
Muhammad 
SHarif Ziyo kutubxonasi. Bu ilmiy xazinani o‘z ko‘zi bilan ko‘rgan va 
foydalangan Sadriddin Ayniy o‘z esdaliklarida “SHarif Muhammad kutubxonasi 
Buxorodagi eng yaxshi va boy shaxsiy kutubxonalarning biridir” - deb yozgan 
edi
1

Muhammad SHarif Ziyo XIX asr oxiri va XX asr boshida Buxoroda 
yashagan eng ilmli va ma’lumotli kishilardan bo‘lgan. U Buxoroning adabiy, 
madaniy va siyosiy ahvoliga oid qimmatli ma’lumotlar beruvchi ilmiy asarlar 
yaratgan. 
Ziyo kutubxonasida saqlangan qo‘lyozmalarning 300 ga yaqini hozir 
O‘z FA SHarqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondida saqlanmoqda. Ulardan bir 
qanchasi nodir qo‘lyozmalardir. Masalan, O‘rta Osiyo tarixi bo‘yicha qimmatli va 
muhim manba hisoblangan Hofiz Tanish ibn Mir Muhammad Buxoriyning 
“SHarafnomai SHohiy” yoki “Abdullanoma” asarining qo‘lyozmasi, mashhur Abu 
Ali ibn Sinoning “Majmuai rasolai hukamo” qo‘lyozmasi, Abdurahmon Jomiyning 
bezaklar bilan ko‘chirilgan “Haft avrang” (“Etti taxt”) qo‘lyozmasi, ulug‘ shoir 
Alisher Navoiyga kelgan maktublar to‘plami “Majmuai murosiloti Navoiy” yoki 
Navoiy albomi qo‘lyozmalaridir. Mirzo Ulug‘bekning “Zichi Ulug‘bek” asarining 
yagona nusxalaridan biri, Amir Xisrav Dehlaviyning “Xamsa”si (bu qo‘lyozma 
mashhur SHamsiddin Muhammad Hofiz SHeroziyning qo‘li bilan ko‘chirilgan eng 
1
Саидқулов Т. Ўзбекистон тарихининг тарихшунослигидан лавхалар. – Т.: “Ўқитувчи”, 1994. – Б.205. 


28 
qimmatli qo‘lyozmasidir) va boshqa olimlarning qo‘lyozma nusxalari nodir 
qo‘lyozma asrlar sanaladi
1

Xattotlik O‘rta Osiyoda ayniqsa Buxoro amirligi hududlarida yuqori san’at 
darajasiga ko‘tarildi. Eng ko‘p bezakli mashhur qo‘lyozmalar ham XIX asr oxiri va 
XX asr boshlarida Buxoroda tayyorlangan. Buxorolik qo‘lyozma ustalari, ularning 
mahoratli san’atlari qo‘lyozma kitob tayyorlash bo‘yicha ularning badiiy va texnik 
tajribalaridan SHarq mamlakatlari ustalari ham keng foydalanishgan. 
Buxoro xattotlik maktabi vakillari yaratgan qo‘lyozma kitoblar kitobat 
san’ati ustalari bo‘lgan qog‘oz qirquvchi, kotib – xattot, muzaxxib (naqqosh), 
lavvoh (lavh – kitob kursisi yasovchi usta), lavha chizuvchilar, miniatyurachi, 
rassom va sahhof (muqova tayyorlovchi usta) larning mehnatlari tufayli bunyod 
bo‘lardi.
Qo‘shni mamlakatlar bilan olib boriladigan kitob savdosi albatta kitob 
tayyorlovchi ustalarga o‘z kasblarini yuksak mahorat bilan bajarishlarini taqozo 
qilar edi. Buxoro kitoblarining muqovalari o‘ziga xos jihatlari bilan ham ajralib 
turgan.
XIX asr O‘rta Osiyoda qo‘lyozma kitoblar tayyorlanishining oxirgi davri 
bo‘lib qoldi. XIX asrning ikkinchi yarmiga kelib kitobga bo‘lgan talab ortib bordi. 
Qo‘lyozma kitoblar bu talabning bir qisminigina qondira oladigan bo‘lib qoldi. 
Aynan shu davrga kelib, Buxoro amirligi hududlarida ham dastlabki toshbosma 
kitoblar paydo bo‘la boshladi. 
XIX asrda ijod qilgan ustalar davrning yangi talablaridan kelib chiqib, 
o‘zlarining ishlarida yangi usullarni ham joriy eta boshlaganlar. Bu davr 
qo‘lyozmalarida an’anaviy usullar bilan birga boy naqshlar, ingichka simmetrik 
shoxchalar to‘plami va mohirona ishlov berilgan mayda detallar va og‘ir bo‘rtma 
shakllar ham ishlatila boshlangan. Qo‘lyozma kitoblarning muqovalarini 
1
Из истории книги и книжной культуры в Бухаре в начале ХХ века). Ташкент: Янги аср авлоди, 2007. – С. 
145. 


29 
tayyorlash va ularga bezak berishga ham alohida e’tibor berilgan. Odatda kitoblar 
estetik zavq beruvchi buyum ham hisoblangan, shuning uchun muqovasozlar 
muqova bezaklarini nafis, chiroyli bo‘lishiga va sifatli xom ashyodan tayyorlashga 
e’tibor berishgan. XVIII asrgacha kitob muqovalashda odatda turli terilardan: qo‘y 
terisi (qizil, qora va to‘q qizil rang), echki “saxtiyon”i (jigar rang, och jigar rang), 
rasmlar chizish qulay bulgan ot va eshak terilari “sag‘ri” ya’ni “kemuxt” (qora 
rangli echki, qo‘y terisi yumshoq o‘ziga xos gul tashlab turadigan, shagren), kiyik 
“rag” va boshqalardan foydalanilgan. Teri xomashyosi, albatta ishlov berish juda 
qulay bo‘lgan xomashyo hisoblangan. Buxoro amirligida alohida qimmatli 
nusxalarning muqovalari quyma kumushdan emalli ishlov berilgan holda 
tayyorlangan. 
Qo‘lyozma kitoblarning yuqori va pastki qismlarida uncha katta bo‘lmagan 
tilchalarga o‘xshash “laxtak” bo‘lgan, ulardan kitoblarni javondan olish uchun 
foydalanilgan. XIX asr ikkinchi yarmidan e’tiboran O‘rta Osiyoda yarim teri 
muqovalar ham keng qo‘llanila boshlangan. Ularda toza teridan faqat kitoblar 
uchun jild (hamyon) va qopqoqlarning chetlarini yupqa qavat qilib elimlashda 
foydalanilgan. Kitobning muqovasi esa qalin qog‘ozdan tayyorlana boshlagan. 
XIX asrga kelib yuqorida ko‘rsatilgan teri turlaridan tashqari maxsus 
ishlov berilgan “saur” (savra) deb atalgan havo rangga moyil yashil rangda bo‘lgan 
eshak terisidan muqovalashda keng qo‘llanila boshlangan. Kitob qopqoqlari uchun 
asosan uch xil rangdagi qog‘ozlar ishlatilgan: gilos rang, yashil rang, sariq rang. 
Buning uchun rus fabrika qog‘ozlari olinib, elimlangan, so‘ngra lokli bo‘yoq bilan 
bo‘yalgan. Muqovadagi qog‘ozning rangiga qarab sahifalar shunga mos ravishda 
bo‘yalgan. Agar muqova qog‘ozi qizil, jigarrang teri jildli bo‘lsa u holda sahifa 
sarg‘ish yashil yoki gilos rangga bo‘yalgan, bu unga yaxshi ko‘rinish bergan. 
Buxoro va Qo‘qon xonliklarida yarim teri muqovalarga yashilroq gilosrang usuli 
ishlatish keng ommalashgan. 
Muqovalashda teridan tashqari qo‘lda yoki fabrika usulida tayyorlangan 
chiroyli shoyi va qog‘oz matolar (baxmal, beqasam, chit) dan ham foydalanilgan. 


30 
Ayrim qo‘lyozma kitoblarda chinor yog‘ochlaridan tayyorlangan naqshli 
muqovalar ham uchraydi.
Bu davrda kitoblarni rasmiylashtirish san’atida asrlar davomida shakllanib 
kelgan usullardan foydalanish davom etgan. Qo‘lyozmalarning tashqi ko‘rinishi 
standartlashgan va bir xillashgan. XIX asrda muqova rasmiylashtirishning tipik 
usullaridan ko‘ra, O‘rta Osiyoda ko‘proq ramka medalon chizmali kompozitsiyali 
muqovalash keng tarqaldi. Badiiy rasmiylashtirishning umumiy darajasi pasaydi, 
bosh va oxirgi varaqlarni rasmiylashtirish soddalashdi, muqovalarni tayyorlashda 
va sahifalarga bezak berishda arzonroq materiallardan foydalanila boshlandi. Bu 
davrda toza teridan faqat sirtqi qoplamalarni tayyorlashda foydalanilgan. 
SHuningdek, bu davrda siyohning, qog‘ozning ham sifati pasaydi, shoyi va yarim 
shoyi qog‘oz ishlatish to‘xtadi. Bu davrda mahalliy kustar usulda paxta xom 
ashyosidan olingan qog‘oz keng qo‘llanila boshlangan. Ularni qayta ishlash 
darajasi pasaydi. Agar ilgari yaxshi qog‘ozga etti marotaba ishlov berilgan bo‘lsa, 
XIX asrda yaxshi qog‘ozlarga ikki, ayrim hollarda uch marta ishlov berilgan. 
Suyuq oltin suvi bronza yoki kumush bilan almashtirilgan. 
YUqorida nomlari zikr etilgan xattotlar Buxoro xattotlik maktabini san’at 
darajasida XX asrning boshlariga qadar ham saqlashgan. Ammo toshbosma, 
tipografiya va kitob nashr etishning yangi usullarining yaratilishi an’anaviy kitobat 
san’atiga katta zarba berdi. Lekin bugungi kunga qadar Buxoro xattotlari 
tomonidan ko‘chirilgan qo‘lyozma asarlar turli fond va xazinalarni boyitib, 
ajdodlarimizdan qolgan ma’naviy meros sifatida qadrlanmoqda. 

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə