4
Darhaqiat, o`zbek xalqining tarixi va madaniyati
bir necha ming yilliklarni
o`z ichiga oladi. Ajdodlar qoldirgan, asrlar davomida yaratilgan moddiy va
ma`naviy meros esa insoniyat tarixining boy takrorlanmas qismini tashkil etadi.
Ularning katta qismi esa madaniyat sohasida to`plangan boyliklardir.
Yuqorida
ta`kidlaganimizdek, Mustaqillik tariximiz uchun qorong`u sahifalarni yanada
oydinroq yoritish imkoniyatini yaratib berdi. O`tgan yillar mobaynida
ajdodlarimizning yuzlab qo`lyozma asarlari dunyo yuzini ko`rdi, respublikamizda
va xorijda minglab nusxalarda nashr etildi. Bu ham tariximizning boy o`tmishiga
va merosiga ko`rsatilgan ehtirom va e`tirofdir. Ayniqsa, o`zbek xonliklari davrida
yaratilgan yuzlab noyob qo`lyozma asarlar bugungi
kunda xalqimizning bebaho
ma`naviy merosi sifatida o`z tarkibida madaniy hayotning turli sohalariga koplab
ma`lumotlarni yetkazib kelayotganligi bilan bir qatorda davlatchilik jarayonlari,
iqtisodiy
va siyosiy hayot tafsilotlari, diplomatik aloqalarga oid qimmatli
ma`lumotlarni jamlagan, ayni vaqtda ularning barchasi
bu davrlardagi madaniy
hayotning eng asosiy jihatlarini aks ettiradi.
Bugungi kunda tarix faniga qo`yilayotgan talablar o`tmishni sinchiklab
o`rganish, ularni hal etishga bo`lgan yondashuvlar va nuqtai-nazarlarni tahlil etib,
ulardan bugungi kun uchun zarur xulosalarni chiqarishni talab etadi.
Tarixni
o`rganishga bo`lgan munosabatning turli siyosiy tuzumlar ta`sirida o`zgarib turishi
bugungi kun tadqiqotchilari oldiga uni xolisona tahlil qilish va ob`ektiv ilmiy
xulosalar chiqarish kabi katta va mas`uliyatli vazifa qo`yadi. Bunda eng avvalo
ilmiy bilishning asosiy tamoyillari, umumjahon tarix fanining nazariy – kontseptual
asoslari, milliy istiqlol mafkurasi falsafasiga asoslanish
muhim ahamiyat kasb
etadi. Mustaqillikka erishgan respublikamiz milliy madaniyatining tezkorlik bilan
rivojlanishi tabiiy ravishda uning asosiy manbai bo`lmish madaniy merosimizni
keng va chuqur hamda ilmiy asosda izchil o`rganishimizni taqozo etadi. Ma`lumki,
o`zbek xalqi davlatchiligi va tsivilizasiyasi tarixida o`zbek
xonliklari davri muhim
bosqich hisoblanadi.
5
Shu jumladan o`zbek xalqi madaniyati tarixida Buxoro amirligida madaniy
hayot va tarixshunoslik jarayonlari ham alohida ahamiyat kasb etadi, o`zbek
xalqining madaniy va ma`naviy merosini o`rganish
nuqtai nazaridan Buxoro
amirligidagi madaniy hayot va tarixshunoslik, madaniy hayotning boshqa
sohalarining alohida xususiyatlarini o`rganish dolzarb
tadqiqot mavzularidan biri
sanaladi.
O‘rganilayotgan mavzuda Buxoro amirligidagi madaniy hayot va
tarixshunoslik masalalari o‘rganilgan. Bu esa tarix fanining istiqbolli ilmiy
mavzularidan biri ekaniga dalolatdir.
Dostları ilə paylaş: