(1832 – 1913)
o‘zining ikki jilddan iborat mashhur “Buxoro yoxud Movarounnahr tarixi”
asarida
A.Byorns fikrlarini tasdiqlab, quyidagi mulohazalarni bildiradi: “Amir Husaynni
uch oylik hukmronlikdan so‘ng Buxoro qo‘shbegisi Hakimbiy va Hisor hokimi
Mo‘minbiy zahar berib o‘ldirishgan. Amir Husayniing o‘limiga Nasrullo ham
aralashganligi tahmin qilinadi”
1
.
Xullas, Buxoro hukmdori Amir Husayn (uni Mir Husayn To‘ra ham deyishgan)
1826 yil 22 dekabrda Buxoro shahrida zaharlanish natijasida vafot etgan.
Tarixchilardan Muhammad Mirolim Buxoriy (XIX asr) va Mirzo Salimbekning
yozishicha, Amir Umarxon xalq o‘rtasida unchalik obro‘ga ega bo‘lmay, amirlik
qilgan davrida ham asosan aysh-ishrat va maishatga berilgan edi. O‘sha davrga oid
1
Мулла Олим Махдум Хожи. Тарихи Туркистон. – Қарши: Насаф, 1992. – Б. 115.
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. –Б. 7.
44
tarixiy manbalarning birida bu holat quyidagicha ko‘rsatilgan: “Amir
Umarxonning xulqi yaxshi emas edi, buning ustiga u davlat ishlaridan bexabar
bo‘lgan”.
Bu paytda Buxoro amirligida davlat boshqaruvi o‘z manfaatini
o‘ylaydigan Tog‘ay qozoq va Ismatullohbiy qalmoq kabi saroy akobirlari izmida,
ya’ni ularning inon-ixtiyorida bo‘lgan. Bu holdan tashvishga tushgan saroy
a’yonlari va amaldorlarning ko‘pchiligi Amir Umarxonning akasi hisoblangan
Qarshi hokimi Nasrulloxonga maktub yubordilar. Saroy mojarolari va fisqu
fasodlarni yaxshi bilgan Sayyid Mansur Olimiy
(Amir Sayyid Olimxonning o‘g‘li)
keyinchalik o‘zining “Buxoro – Turkiston beshigi”
asarida bu jarayonlarni
yumshoqlik bilan quyidagicha tasvirlaydi: “Buxoro amaldorlari Sayyid
Nasrulloxonni Buxoro taxtiga taklif etdilar va u bu da’vatga quloq tutib Qarshidan
Buxoroga keldi. Lekin birodari Sayyid Umar Buxoro darvozalarini akasi uchun
berkitib ko‘ydi. Amir Nasrullo orqasiga qaytib hazrat Bahouddin Nahshband
alayhi-al-rahma mozorlari ziyoratiga bordi
va u erdan Samarqand tarafga yuzlanib,
Miyonqolni o‘z tasarrufiga kiritdi. So‘ng yana Buxoroga qaytib uni qamal qildi.
Buxoro shahri ichida bo‘lgan Hakim Qo‘shbegi, Rajabbek parvonachi va
Ayozbiylar birlashib, Buxoro darvozalarini amir Nasrullo uchun ochib berdilar.
Amir Nasrullo o‘z birodari Sayyid Umarni Masjidi Baland guzarida joylashgan
kuyovi Sayyid Ahmad ismli kimsaning hovlisiga joylashtirdi”
.
Bu paytda Nasrulloxon dastlab Samarqandni bitta ham o‘q otmasdan ishg‘ol
qilgach, mashhur Ko‘ktosh taxtiga o‘tirib, o‘zini amir deb e’lon qiladi. Temuriylar
davridan qolgan an’anaga binoan, Movarounnahr hukmdorlari toj-taxtni
egallagach, Samarqandga kelib, Ko‘ktosh taxtiga o‘tirishgan va o‘z
hokimiyatlariga siyosiy tus berishgan. Nasrulloxon Samarqanddan keyin yana
Buxoroga yuzlanib, Miyonqol vohasi, Kattaqo‘rg‘on va Karmanani, xullas, ikki
poytaxt o‘rtasidagi butun hududni egallagan. Zarafshon vohasi aholisining
madadiga tayangan va o‘z g‘alabalaridan masrur Nasrulloxon poytaxt Buxoro
ustiga yurish qiladm. Mashhur tarixchi olim Xakimxon To‘ra
(XIX asr)ning
“Muntaxab at-tavorix”
(“Tarixlar to‘plami”) asarida keltirilishicha, Nasrulloxon
Samarqanddan Buxoroga qo‘shin tortib kelganida Amir Umarxon ham o‘z lashkari
45
bilan unga qarshi chiqqan va Karmana mavzesida har ikki qo‘shin o‘zaro yuzma-
yuz bo‘ladi. Biroq jang arafasida Amir Umarxonning qo‘shini parokandalikka
uchrab, tarqalib kegadi. Amir Haydarning to‘rtinchi, beshinchi va oltinchi o‘g‘illari
bo‘lgan Zobirxon, Hamzaxon va Safarxon o‘z birodarlari Umarxondan yuz o‘girib,
akalari Nasrulloxonga qo‘shiladilar. O‘sha manbada quyidagi fikr ham mavjud:
“Nasrulloxon bularning qadamlarini muborak bilib va birodarlik muhabbati
jo‘shga kelib, har birini shafqat va marhamat bilan og‘ushiga olib, navozish qildi
va o‘zining yonida joy tayin qildi”. Xullas, Nasrullo Bahodurxon 50 kunlik (Mirzo
Abdulazim Somiyning yozishicha, 70 kunlik) qamaldan so‘ng Hakimbiy
Qo‘shbegi, Rajabbek parvonachi va To‘pchiboshi Ayozbiylarning shahar ichidan
turib qilgan tadbirlari natijasida poytaxt Buxoroni jangsiz egallaydi va 1827 yil
aprel oyining boshlarida (Hakimxon To‘raning yozishicha, 1827 yil 18 martda,
G.Vamberining fikricha, 22 martda) Buxoro taxtiga ettinchi mang‘it amiri sifatida
o‘tiradi. Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” (“Mang‘itlar
saltanati tarixi”) asarida Amir Nasrullo hijriy 1242 yil ramazon oyining so‘nggi
payshanba kunida Buxoroda amirlik taxtiga o‘tirganligini yozadi
1
. Tarixchining
yozishicha, amir Umarxon Buxoroda yashovchi singlisi (kuyovining ismi Said
Ahmad Xo‘ja bo‘lgan) ning hovlisiga yashirinadi. Buxorolik mashhur ulamo
Mavlaviy SHarif Xoja (Qozi Muhammad SHarif ibn Abdulloh Xoja) Amir
Umarning xunini yangi hukmdor Nasrulloxondan so‘rab oladi. Amir Nasrullo
ukasi Umarxonni Buxorodan badarg‘a qildiradi. Umarxon dastlab Hirotdagi
Komronshoh ibn Mahmudshoh huzurida birmuncha muddat yashaydi. Ba’zi
manbalarda yozilishicha, Umarxon Mashhad va Balxga ham borgan. So‘ngra
Qo‘qonga kelib, bu shaharda istiqomat qilgan. Qo‘qon xoni Muhammad Alixon
(1822 – 1841) unga o‘z singlisini nikohlab bergan. Umarxonning keyingi hayoti
qanday kechganligi va bevaqt o‘limi to‘g‘risida turli manbalarda bir-biriga zid
ma’lumotlar mavjud. G.Vamberining yozishich, Umarxon oradan ko‘p o‘tmay
Qo‘qonda vabo kasalligi natijasida vafot etgan. Bu voqea hijriy 1245 (milodiy
1829 yili) bo‘lgan. Ost-Indiya kompaniyasining siyosiy vakili A.Byornsning
1
Ражабов Қ. Насруллоҳхон. – Т.: Абу матбуот-консалт, 2011. – Б. 10.
46
yozishicha, Umarxonning vafotidan so‘ng uning xoki Qo‘qondan Buxoroga
keltirilib, dafn etilgan. O‘zbek tarixchisi Mirzo Olim Maxdum Hoji bu fikrlarni
yanada oydinlashtirib, Umarxon hijriy 1245 yili vabo kasali bilan vafot etganligini,
uning jasadi Buxoroga keltirilib, bobosi Muhammad Doniyolbiy qabri oldida dafn
etilganligini alohida ta’kidlaydi. Xullas, A. Byorns va G. Vamberi Buxoroga ushbu
voqealar bo‘lib o‘tgandan so‘ng bir necha yildan keyin borganligini nazarga
oladigan bo‘lsak, ularning fikrlari tarixiy haqiqatga yaqin ekanligini e’tirof etish
kerak. Biroq ba’zi tarixchilar Umarxon o‘z akasi Amir Nasrullo tomonidan
o‘ldirilgan, degan fikrlarni ham aytishgan. Masalan, tarixchi Mirzo Abdulazim
Somiy o‘zining “Ta’rixi salotini mang‘itiya” (1906 – 1907) asarida yozishicha,
Umarxon Qo‘qonga jo‘natilgach, Amir Nasrullo o‘z tarafdorlarining qistovi bilan
birodari Umarxonni o‘ldirish uchun Xayrullohbek ismli qotilni Qo‘qonga
yuboradi. Xayrullohbek Qo‘qonga kelib, Umarxonni o‘ldiradi va uning boshini
Buxoroga keltirib, Nasrulloxonga ko‘rsatadi. Alloma Fitrat o‘zining keyinchalik
yozgan “Amir Olimxonning hukmronlik davri” (1930) nomli tarixiy risolasida bu
fikrlarni takrorlaydi. Xullas, Umarxon Qo‘qonda vabo kasalligi natijasida 19
yoshida vafot etgan
1
.
Tarixga Xoni shahid (SHahid xon) nomi bilan kirgan mang‘itlar sulolasining
ettinchi hukmdori Amir Nasrullo Bahodurxon 1806 yil 1 iyunda Buxoro shahrida
Amir Haydarning xonadonida ikkinchi o‘g‘il sifatida dunyoga keldi. Bu haqda
mashhur alloma Ahmad Donish o‘zining “Ta’rixi saltanati mang‘itiya” asarida
yozib o‘tgan. Ba’zi tarixchilar Amir Nasrulloning tavallud sanasi to‘g‘risida
boshqacha ma’lumotlarni yozib qoldirishgan. Ularning fikricha, Amir Nasrullo 63
yoshida 1860 yili vafot etgan. Demak, ularning yozganlaridan Amir Nasrullo
tahminan 1797 yilda tug‘ilganligini anglatadi. Biroq u Amir Haydar xonadonida
ikkinchi o‘g‘il ekanligini e’tiborga olsak, Ahmad Donishning yozgan fikri
haqiqatga ancha yaqinroq. Nasrulloxonning ma’naviy kamolotga erishuvida
Buxoroda katta nufuzga ega bo‘lgan mashhur shayx Muhammad Husayn Alaviy
Buxoriy (1785 – 1870) muhim rol o‘ynagan. Keyinchalik Nasrullo o‘zining piri
1
Shamsutdinov R., Karimov Sh., Ubaydulayev O’. Vatan tarixi. 2-kitob. – T.: Sharq, 2010. – B. 86.
47
hisoblagan bu shayxni Romitan tumanidagi Qori Kamol qishlog‘idan Buxoro
shahriga ko‘chirib keltirib, unga SHayx Habibulloh xonaqosidan maxsus hujra
ajratib bergan va nafaqa tayinlagan. Bu ma’lumotlarni tarixchi olim Muhammad
Nasriddin Hanafiy Hasaniy Buxoriy (Amir Muzaffarning o‘g‘li) o‘zining 1910 yili
YAngi Buxoroda nashr etilgan “Tuhfat az-zoirin” (“Ziyoratchilarga tuhfa”) asarida
keltirib o‘tadi. Nasrulloxon otasi Amir Haydar hamda birodarlari Husayn va
Umarxonlarning hukmronligi davrida Qarshida hokimlik qilgan. Amir Haydar
vafotidan so‘ng hokimiyat uchun kechgan keskin kurashlarda birodarlari Amir
Husayn (1797 – 1826) va Amir Umarxon (1810-1829) hamda boshqa ukalari
ustidan g‘olib kelib, 1827 yil aprel oyining boshlarida 21 yoshida Buxoro amirligi
taxtiga o‘tirdi. Amir Nasrulloxon Buxoro amirligi taxtiga o‘tirgan mang‘itlar
sulolasining ettinchi hukmdori bo‘ldi. Tarixchi olim Mirzo Abdulazim Somiyning
fikricha, Buxoro amirligi taxtini egallashda Nasrulloxonga otasining vaziri bo‘lgan
Muhammad Hakimbiy Qo‘shbegi katta yordam ko‘rsatgan. U Buxoroni qamal
qilib turgan Nasrulloxon qo‘shinlariga shahar darvozasini ochib beradi
1
.
XIX asr 20 – yillarida Buxoroda yuz bergan siyosiy voqealarning bevosita
ishtirokchisi, hokimiyat uchun kurashda Amir Haydarning har uchala o‘g‘liga
navbati bilan yordam bergan va uchala hukmdorning ham xizmatida ozmi-ko‘pmi
muddat bo‘lgan munshiy va tarixchi Mirzo SHams Buxoriy
Dostları ilə paylaş: |