O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

I mashg‘ulot
. 1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Qo‘shishga oid qiziqarli masala-
lar. 3. 100 ichida raqamlashni bilishni tekshirishga oid mashqlar. 4. Тopqirlikni 
talab qiladigan masalalar. 5. Hazil masala. 6. Тopishmoqlar. 7. Quvnoq sanoq (20 
ichida) o‘yini. 
II mashg‘ulot. 
1. Rebuslarni o‘ylab topish. 2. Тopqirlikni talab qiluvchi 
she’riy masalalar. 3. Geometrik figuralarni tahlil qilishga doir mashqlar. 4. Hazil 
masala. 5. “Sonni to‘ldir” o‘yini. 
III mashg‘ulot.
Dars tipidagi to‘garak mashg‘uloti.
Mavzu: Boshlang‘ich sinf matematika darslarida tarixiy materiallardan foyda-
lanish imkoniyatlari. 
Matematik tanlovlar va olimpiadalar

Matematik tanlovlar.
Tanlovlar har xil qiyinlikdagi masalalarni yechish, qiziqarli fikrlaydigan ma-
salalar va topshiriqlarni bajarishdagi musobaqalar bo‘lib hisoblanadi. Asosan 
o‘quvchilarning xohishi bo‘yicha masalalar yechishda o‘z kuchini sinaydigan, 
yetarlicha tayyorgarligi borlari ishtirok qiladi. Konkurslar o‘tkazishni 2-sinfdan 
boshlash maqsadga muvofikdir.
Quyida 2- sinflarda tanlovlar o‘tkazishga misollar keltiramiz. 2-sinf (3-chorak).


47 
№1. Ikki o‘ram jun ipdan 3 ta qolpoq to‘qish mumkin. Shunday 9 ta qolpoq 
to‘qish uchun necha o‘ram ip kerak?
№2. Vali va Salimning 30 ta konfeti bor edi. Ular baravardan yeyishgandan 
keyin Valida 9 ta, Salimda 5 ta konfet qoldi, ular qanchadan eyishgan?
 
 Matematik olimpiadalar 
Olimpiadalar tanlovlarga qaraganda keng masshtabda o‘tkaziladigan va ma-
tematika o‘rganishda o‘quvchilar erishgan muvaffaqiyatlarni namoyish qiladigan 
ishdir.
Olimpiada qatnashchilarining tarkibiga bog‘liq holda maktab ichida, tuman va 
shaharlarda o‘tkazish mumkin. Olimpiadani 3 - sinfdan boshlab o‘tkazib, g‘oliblar 
maktabning devoriy gazetalarida va o‘quvchilar yig‘ilishlarida rag‘batlantiriladi.
 
Matematik gazeta va viktorinalar
Gazeta, viktorinada har xildagi matematik mazmunni o‘z ichga olgan 
topishmoq, misol va topshiriqlar rasmlarda berilib qiziqish xarakterida bo‘ladi. 
Viktorinada esa o‘quvchilarga yechish tavsiya qilinadigan topshiriq beriladi. 
Javoblar belgilangan vaqtda o‘quvchilarga yetkaziladi.
Matematik konkurslar va viktorinalar. Konkrus mavzusi va uni o‘tkazish vaqti 
oldindan belgilanadi. 
Murakkab hisoblashlarni eng qulay usul bilan, taqqoslash yordamida hisoblash 
2. Mantiqiy masala va mashqlarni, 
3. Тopqirlik, ziyraklikka oid mashqlar, 
4. Hisoblashlari murakkab bo‘lgan masalarni 
5. Sharq mutafakkirlari merosiga oid bayon qilishlar, algebraik, geometrik 
shakllar mazmunini yoritishga oid topshiriqlar. 
Matematik viktorinalar – gazetalardan farqli ravishda faqat o‘quvchilarga 
yechish uchun berilgan masalalar va savollardan iborat bo‘ladi. Javoblar yozma 
ravishda ma’lum vaqt ichida o‘qituvchi tomonidan g‘olib o‘quvchi aniqlanib 
e’lon qilib boriladi. 
Matematik devoriy gazeta, viktorinalar, odatda matematik burchak deb atalu-
vchi joyga osib qo‘yiladi, bu burchakda Vatanimiz yutuqlarini ifodalovchi sonli 
ma’lumotlar ham berib boriladi. “Bilasizmi?” ruknida qiziqarli materiallar beriladi. 
Masalan:
1. Odamning bo‘yi bir kunda 1 sm dan 6 sm gacha o‘zgarishi mumkin. 
2. Dunyodagi eng uzun temir yo‘l 9302 km ni tashkil etadi. 
3. Dunyoda okeanlar suvida 13300 mln tonnagacha kumush bor. Matematika 
burchagini tashkil qilishni o‘quvchilar va ularning ota-onalari faoli yordamida 
amalga oshirilishi mumkin. 
Matematik ekskursiyalarning maqsadi – konkret hayotiy fakt va taassurotlarni 
talab qilish.
Ekskursiya o‘tkazishdan maqsad nimaligi bolalarga tushunarli bo‘lishi ni-
hoyatda muhimdir, shunday bo‘lganda bolalar oldindan nima qilishlari keraklig-
ini va o‘zlarini qanday tutishlari kerakligini bilib oladilar. 


48 
Maktabning joylashgan o‘rniga qarab bolalar bilan har xil ustaxonalarga, fab-
rikalarga, kombinatlarga, fermalarga, jamoa xo‘jaligi va davlat xo‘jaligi va boshqa 
joylarga ekskursiyalar o‘tkaziladi. 
Qurilish materialidan foydalanish, mashinalardan, ishchi kuchlaridan va boshqa 
narsalardan foydalanish haqida masalalar tuzish va yechish mumkin. Shunday ma-
salalardan ba’zilarini keltiramiz: 
1. Bir soatda ekskavator 4 m uzunlikda poydevor chuqurligini kavlaydi. Shun-
day ish unumi bilan u 7 soatda qancha chuqurlik (o‘ra) kovlaydi? 
2. Qurilishga yuk tashishda 4 ta avtomashina ishlamoqda. Ularning har birida 
bitta haydovchi va ikkita yukchi ishlaydi. Material tashishda hammasi bo‘lib 
qancha odam band? 
Ekskursiyadan olib kelingan qurilish materiallaridan mehnat darslari uchun 
stendlar tayyorlashda foydalanish mumkin, bunda binolarning maketlarini tayyor-
lash ham mumkin. 
Nazorat savollari: 
1. Hozirgi zamon darslarining mazmuni va o‘tkazish metodlariga qo‘yladigan 
asosiy talablar nimalardan iborat? 
2. Yangi pedagogik texnologiyalarning tatbig‘i deganda nimalarni tushunasiz? 
3. Sinfdan tashqari ishlarning tashkil qilish xususiyatlari va ularning turlari 
haqida nimalarni bilasiz?
4. Sinfdan tashqari ishlarning turlari bo‘yicha namunaviy mashg‘ulot tayyor-
lang. 


49 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə