O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

Boshlang‘ich sinf matematikasidan dars turlari. 
Darsda individual va guruhli ishlar olib borish 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
3,4,5,6,7,8,9,10,11,12, 
1. Mustaqil ish darslari. 
Darsda oldingi amalga oshirilgan barcha ishlar o‘qituv-chining mustaqil rav-
ishda yangi bayon qilingan qoida-qonunlari asosida misol-masala yechishga 
qaratilmog‘i kerak. O‘quvchilar bilan yangi mavzuga taalluqli mustaqil ish ba-
jarish o‘qituvchiga yangi mavzuni o‘quvchilar qanday o‘zlash-tirganligi, 
o‘quvchilar bilimida qanday kamchiliklar borligi to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu 
vaqtda o‘quvchilar o‘zlarining bilimlarini mustahkamlaydi, ba’zi malakalar hosil 
qiladi, uy vazifasini bajarishga tayyorlaydi, yangi mavzuni o‘zlashtirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan qiyinchiliklarni yengadi. Mustaqil ish tekshirish va umumlashtiru-
vchi xulosani takrorlash bilan yakunlanadi. 
Uyga vazifa. Uy vavzifasining mazmuni bir tomondan darsda o‘rganilgan 
yangi materialni mustahkamlashga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan keyingi 
darsga tayyorlashga qaratilmog‘i kerak. 
Misol tarzida. 
1-sinf o‘quvchilarini yangi material bilan tanishtirish darsini ko‘rib chiqamiz. 


40 
Darsning mavzusi. 4 ni qo‘shish va ayirish. 
Darsning maqsadi. Birliklar guruhi bilan, ya’ni 4 ni ayirish va qo‘shish
amallari bilan birinchi bor tanishtirish, malaka va ko‘nikmalarni mustahkamlash. 
Ko‘rgazmali qurol: hisoblash uchun didaktik materiallar, hisob cho‘plari, 
kvadratchalar. 
Dars rejasi: 1) uy vazifasini tekshirish va o‘quvchilarni yangi materialni 
o‘zlashtirishga tayyorlash, uchni birliklarga bo‘lib qo‘shish va ayirishni takrorlash; 
2) mavzuni e’lon qilish va darsning maqsadi; 
3) yangi mavzuni bayon qilish: o‘quvchilar bilan predmetlar to‘plami ustida 4 
ni qo‘shish va ayirishga qaratilgan misol va masalalarni o‘qituvchi rahbarligida
yechish. O‘quvchilarni qanday qilib 4 ni qo‘shish mumkin va qanday qilib 4 ni
ayirish mumkin degan umumlashtiruvchi xulosaga olib kelish; 
4) yangi materialni mustahkamlash: chiqarilgan xulosalarni mustaqil ravishda 
misol va masalalar yechishda qo‘llash. 
O‘quvchilarning o‘zlariga misol va masalalar tuzdirish. 
5) uyga vazifa berish;
6) darsni xulosalash. 
2. Har xil mashqlarni qo‘llash yordamida yangi bilim, malaka va 
ko‘nikmalarni mustahkamlash darsi. 
Yuqorida aytganimizdek har bir darsda o‘quvchilar olg‘a qarab siljiydilar, lekin 
darslar orasida shundayi ham borki, bunday darsning asosiy qismi oldindan olgan 
bilimlarni mustahkamlashga qaratilgan bo‘ladi. 
Darslar tizimida mustahkamlash darsning har xil bosqichlarida va har xil da-
rajalarida o‘tkaziladi. Agar darsning oldiga ko‘nikma ishlab chiqish va birinchi 
malakalarni hosil qilishdek didaktik maqsad qo‘yilgan bo‘lsa, uning natijasida 
malakalar hosil qilinadi. Bu esa darsning tizimida, mazmunida va uning ustida
ishlash metodlarida aks ettirilishi lozim. Mustahkamlash va olingan bilim, 
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish uchun darsning tizimi har xil bo‘lishi mum-
kin. Bunday darsning tug‘ilishiga quyidagilar kiradi: uy vazifasini tekshirish, 
mavzuni va darsning maqsadini e’lon qilish, og‘zaki hisoblash, ifodalarning 
qiymatlarini hisoblash va masalalar yechish, mashqlari natijasini mustaqil tek-
shirish va materialni mustaqil umumlashtirish, o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil 
ravishda ifodalar va masalalar tuzishi, o‘lchashi va grafik ishlarini bajarishi va h.k. 
Bunday darsga 3-sinfdan misol keltiramiz. 
Dars mavzusi. 1000 soni ichida yozma ayirish. 
Darsning maqsadi. Yozma ayirish amallarini mustahkamlash. 
Darsning rejasi. 1) uy vazifasini tekshirish; o‘quvchilar sinf doskasida yozil-
gan uy vazifasining javobi bilan daftarda ishlangan javobni solishtiradilar;
2) og‘zaki hisoblash; 
3) o‘qituvchining bevosita rahbarligida 960–156, 741–237 va boshqa misol-
larni yozma ravishda yechadilar
4) ayirishga doir misollar va masalalarni o‘quvchilar mustaqil yechadilar; 
5) mustaqil ishlarni tekshirish; 
6) uyga vazifa berish; 


41 
7) darsni yakunlash.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə