43
Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o‘quv-chilarning darsdan
tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ix-
tiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
1. Matematika sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh
va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matemat-
ikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan
va dasturga kirmagan
ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar,
olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek,
matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish.
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deganda o‘quvchilar darsdan tashqari vaq-
tda tashkil qilingan dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik
tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va
amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o‘quvchilarning man-
tiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik
ziyrakliklarini rivojlantirish; ma-
tematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talab-
chanlik, irodani tarbiyalash,
mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va in-
soniylikni tarbiyalash.
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga
ega:
1.O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beri-
ladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quv-chilarni
jalb qilishi,
ya’ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlash-tiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish
yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin.
3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin
qiziqishni ta’minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol
ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi.
4.Mashg‘ulot
mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin.
5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid
masalalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlari
etishmaydigan yoki berilgan
ma’lumotlari ortiqcha masalalar, mantifiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar,
arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy ma’lumotlar berish va
boshqalar kiradi.
Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar,
soatliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar,
tanlovlar, olimpiadalar.
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish
metodikasi quyidagilarga
asoslanishi kerak:
1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan
holda o‘tkaziladi.
44
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi
tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini
qoniqtirish maqsadida
tashkil qilinadi.
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli
tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning
rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz.
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20,
Dostları ilə paylaş: