O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


O‘QITISHNI TASHKIL QILISH



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 O‘QITISHNI TASHKIL QILISH
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20, 
O‘qitish shakli – bu o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatlarini uni turli sha-
roitlarda (sinfda, ishlab chiqarishda va hokazo) o‘tkazilishiga muvofiq ravishda
o‘qituvchi tomonidan tarbiyaviy o‘qitish jarayonida foydalaniladigan qilib tashkil 
etilishidir. 
Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitishning tashkiliy shakllari dars, uy va-
zifalarini mustaqil bajarish, o‘quvchilarning yakka tartibda guruh va jamoa
bo‘lib ishlashlari, ekskursiyalar, sinfdan tashqari ishlardan iborat. 
O‘quv dasturi DТS asosida Respublika Xalq ta’limi vazirligi tasdiqlagan davlat 
hujjati bo‘lib, uning bajarilishi majburiydir. Boshlang‘ich sinflar tabiiy-
matematik ta’lim davlat standarti talablarining o‘quvchilar tomonidan bajarilishi 
ularning zarur bilimlar, malaka va ko‘nikmalarni egallashlariga, bilim olishga 
ijobiy munosabatda bo‘lishlarining shakllanishiga yordam beradi:
a) o‘quvchilarlarni tevarak-atrofdagi tabiiy muhitga moslashtirish, yangi 
ijtimoiy maqomdagi o‘quvchini shakllantirish; 
b) faoliyatning har xil turlarini: o‘quv, mehnat, muloqotni egallash; 
v) o‘z-o‘zini nazorat qilish hamda baholashga reytingini aniqlashga o‘rgatish; 
g) muayyan umumiy tabiiy-ilmiy iqtidorning belgilangan darajasi va uning 
keyingi taraqqiyoti tavsifi. 
Shunday qilib, boshlang‘ich sinflar tabiiy-matematik ta’lim davlat standar-
tining o‘quv-biluv jarayoniga joriy etilishi o‘quv fanlariga doir tabiiy-ilmiy bilim, 
ko‘nikma va malakalarnigina emas, balki shaxsning muayyan asosiy faoliyati 
majmuasi mehnat, o‘quv-biluv, kommunikativ-axloqiy va jismoniy tuzilishiga mos 
keladigan fazilatlarining shakllanishini ham ta’minlaydi. 
Har bir o‘quvchining bilimida olg‘a siljish bo‘lishiga erishish zarur.
Sinf – dars tizimi 300 yildan beri mavjud. Darsda bolalar faqat o‘qibgina qol-
masdan, balki jamoa bo‘lib ishlaydilar, unda muloqatda bo‘lish qoidalariga 
o‘rganadilar va har biri alohida o‘rganilayotgan narsaga, bir-birlariga,
o‘qituvchiga o‘z munosabatlarini bildiradilar.


37 
Mavzu bo‘yicha rejalashtirish asosida o‘qituvchi har bir darsga ish rejasini 
tuzadi. 
Zamonaviy matematika darslarida ta’limiy, tarbiyaviy va ongni oshirishga oid 
vazifalar bajariladi. 
Daftar, o‘lchov asboblari va o‘lchash qoidalari bilan ishlash, doskada va 
daftarda chizmalar chiza olish uquvi, tez yozish va o‘qish ug‘uvi, bir-birini va 
o‘zini o‘zi nazorat qilish malakasini singdirish va hokazo. 
“Bir xonali sonlarni o‘nlikdan o‘tib qo‘shish” mavzusini o‘rganishda umum-
ta’lim vazifalarning amalga oshirilishiga oid misolni ko‘rib chig‘aylik. 
Shuncha qo‘shamiz, keyin qolganini qo‘shamiz, hisoblayman: 9ga 1ni 
qo‘shsam 10 bo‘ladi, yana 1ni qo‘shaman, 11 bo‘ladi.
Doskaga misollar yozilgan: 
19+2 39+2 
29+2 49+2 
O‘qituvchi: “ushbu ifodalarda yuqoridagi usulni qo‘llang”, – deb topshiriq be-
radi. 
So‘ngra ushbu misollar taklif etiladi: 
109+2 119+2 129+2 139+2 149+2 va hokazo.
O‘qituvchi darsda foydalanadigan usullarni ushbu misolda batafsilroq ko‘rib 
chig‘amiz. 
Mavzu: 68:4 ko‘rinishidagi bo‘lishni tushuntirish. 
Bu jadvaldan tashqari bo‘lish holidir. 
Nazariyasi: 68:4 =(40+28):4=40:4+28:4=10+7=17. 
Тushuntirish quyidagi usullarda tahlil qilinib olib boriladi: 
1) dogmatik usul; 
2) evristik usul; 
3) tadqiqot usuli (muammoli usul); 
Birgalikda ishlash bilish faoliyatining faollashuviga yordam beradi,
o‘quvchilarda o‘zaro nazorat qilish va o‘zaro yordam berish sifatlarini shakillanti-
radi, tarbiyaviy vazifani ado etadi. 
Tarbiyaviy vazifalarning hal etilishida darsning ayrim tarbiyaviy o‘rinlari 
emas, balki butun o‘quv jarayoni: ta’lim mazmuni, o‘quv ishi usullari, darsni 
puxta tashkil etilishi yordam berishini unutmaslik kerak.
Darsning asosiy didaktik maqsadi bo‘yicha ajratish asos qilib olinadi: 
1) yangi bilimlarni o‘zlashtirish darsi, bularda o‘quvchilar yangi tushunchalar, 
hisoblash usullari, yangi turdagi masalalarning yechilishi, figuralarning yangi xos-
salari, sonlari bilan tanishadilar: 
2) uquv va malakalarni o‘zlashtirish darsi: 
3) bilimlarni jamlab qo‘llash darsi: 
4) o‘tilganlarni takrorlash, umumlashtirish va tizimga solish darsi: 
5) bilim, o‘quv va malakalarni tekshirish, boholash: 
6) aralash dars, bunda bir necha didaktik maqsadlar bo‘lib, ularning hammasi 
ham muhimdir 
Har bir matematika darsi o‘z tarkibiy tuzilishiga ega.
Dars qo‘yidagi asosiy qismlardan iborat bo‘lishi mumkin: 


38 
Aralash dars rejasini keltiramiz. 
Vag‘t№Тarkibiy qism 
1 – 1,5 minIТashkiliy qism. Maqsad: ish vaziyatini yaratish
7 – 10 minIIUy vazifasini tekshirish: so‘rash, didaktik material bilan frontal 
ishlash, aralash so‘rash 
15 – 20 min.IIIYangi bilimlar berish, yangi materialni tahlil etish (suhbat, 
hikoya,ma’ruza, darslik va daftar bilan mustaqil ishlash) 
5 –15 min.IVYangi materialni mustahkamlash, ilgari o‘tilgan materialni takror-
lash, mashqlar, didaktik o‘yinlar elementlari. 
5 min.VUy vazifasi, uning mohiyati bajarilish uslubiyoti, amaliyot bilan 
aloqasi fanlararo aloqadorligi 
2 minVIDarsning yakunlanishi 
Uy vazifasini tekshirish darsning majburiy bosqichidir. 
Yangi bilimlar berish. Darsnig bu bosqichi maktab o‘quvchilarida bilim va
o‘quv malakalarni shakllantirish va rivojlantirish bilan bog‘liq. Mazkur bosqich 
ayrim qismlarga ajraladi: 
a) yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik: 
b) maqsadni belgilash (muammoli vaziyat yaratish): 
d) yangi materialni o‘rganish: 
e) qoidalar yoki qilinadigan ishlar algoritmini mashq qilish (yodlash). 
Og‘zaki sanoqdayoq yangi bilimlarni qabul qilishga tayyorlash maqsadida
o‘qituvchi shunday savollarni kiritadiki, ularga beriladigan javoblar ularni yangi 
bilimlar bilan bog‘lash hamda bilim va uquvlar umumiy tizimiga kiritilishiga 
yordam beradi. 
Yangi mavzuni, yangi materialni tushuntirishdan oldin aytish mumkin, biroq 
bu ishni o‘quvchilarni yangi hisoblash usullari, xossasi va hokazo bilan tan-
ishtirilgandan so‘ng yakun, tushuntirish xulosasi sifatida ham amalga oshirish 
mumkin. 
Yangi mavzu so‘rash orqali tekshiriladi. So‘ngra qisqacha so‘zlash, nazariy 
bilimlarning chuqurlashuviga ham yordam beradi. 
Masalan, 1 sinfda bolalar “36-2 va 36-20 ko‘rinishidagi ayirish” mavzusida 
yangi ayirish usuli bilan tanishdilar. Mustahkamlash uchun ular uyda ushbu misol-
larni echadilar: 
69 – 3 98 – 6 
69 - 30 98 – 60 
Miqdorlarni taqqoslash haqidagi ilgari o‘rgangan bilimlarini mustahkamlash 
uchun bunday topshiriqni bajaradilar: 
2 dm > 18 sm 1 so‘m > 80 tiyin 
6 sm < 2 dm 60 tiyin > 50 tiyin 
Amaliyotning ko‘rsatishicha, uy vazifasi odatda sinfda bajarilgan ish hajmin-
ing yarmini tashkil etadi. 
Darsni yakunlash. o‘qituvchi darsni yakunlaydi: “Darsda nima bilan 
shug‘ullandik? Darsda qanday yangi narsani bilib oldik?” o‘quvchilar bilan bir-
galikda yangi qoida takrorlanadi. 


39 
O‘quvchilarni jalb qilish. Bahoni birgalikda qo‘yish, o‘quvchining o‘ziga be-
radigan bahosidan foydalanish mumkin. Qo‘yilgan baho o‘quvchining o‘ziga ber-
gan bahosi bilan bir xil bo‘lganda eng yuqori samaraga erishiladi. 
Bilimlarni bunday baholash usuli dars bo‘yicha ball nomi bilan ataladi. 
Dars bo‘yicha ball yordamida o‘quvchini odillik bilan baholash uchun javo-
blarni jadval yordamida hisobga olib borish foydalidir
№№ Ismi va
familiyasiТopshiriq turlari 
Og‘zaki sanoqUy vazifasiSuhbatMustaqil ish 
1. Alimov U.4535 
2. Ayupov D.-5-4 
3. Baratov F.5354 
Dars bo‘yicha ball o‘quvchilarning bilim, o‘quv va malakalarini har tomonla-
ma tekshirishga imkon beradi, bolalarning butun dars davomida faol ishlashlariga 
sabab bo‘ladi, biroq bunda boshqacha tekshirish usullari ham inkor etilmaydi. 
Nazorat savollari: 
1. Hozirgi zamon o‘qitish texnologiyasi, ahamiyati va darslarining mazmuni, 
mohiyati. 
2. Dars turlari 
3. Namunaviy dars rejalari tuzish. O‘quv jadvallari tahlili. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə