O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
 
OZ KOMPLEKТLI MAKТABDA MAТEMAТIKADAN BOSh-
LANG‘ICh ТA’LIMNI ТAShKIL EТIShNING XUSUSIYaТLARI 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
12,13,14,15,,16,17,18,19,20, 
 
 
1. Oz komplektli maktablar haqida 
Mamlakatimizda, xususan bizning Respublikamizda qishloq joylarida kichik
va uzoq aholi yashaydigan punktlar mavjud bo‘lib, bu joylarga bir sinfga bel-
gilangan me’yordan anchagina kam bo‘lgan 7 yoshli bolalar bo‘lganda oz kom-
plektli maktablar ochiladi.Bu shunday maktabki, unda bir o‘qituvchi bir vaqtda bir 


53 
necha sinfda ishlaydi. Bu sinflarda soni 3 tadan 30 tagacha o‘quvchi bo‘lishi 
mumkin. Bir o‘qituvchi hamma (I–IV) sinflar bilan bir vaqtda ishlaydigan maktab 
bir komplektli maktab deyiladi. 
Ikkita o‘qituvchi, uchta (ba’zan to‘rtta) sinf bilan ishlaydigan maktab ikki 
komplektli maktab deyiladi. Ikki komplektli maktablarda uch sinfni ikki kom-
plektga birlashtirishning ushbu variantlarini amalga oshirish mumkin: 1- va 2 - 
sinflarni bir komplektli qilib birlashtirish (bu holda birinchi sinf bilan uchinchi 
sinf o‘qituvchisi ishlaydi), 1- va 3-sinflarni 2- va 4- sinflarni bir komplektga 
birlashtirishning mos variantlarini tanlanadi. 
Oz komplektli maktablarda ishlash o‘qituvchi va o‘quvchilar uchun bir qator 
qiyinchiliklar va to‘siqlar bilan bog‘liq: 
1. O‘qituvchi har kuni darsga tayyorlanishi va turli fanlardan eng kamida 8 soat 
dars o‘tishi kerak. Oz komplektli maktablarda darslar bo‘yicha reja tuzish oddiy 
maktabda bir sinf bilan ishlashdagiga qaraganda ko‘p vaqt talab qilishi bilan ish-
lash darajasi qiyin. Har kuni 8 yoki 12 ta reja ustida ishlash qiyingina bo‘lmay, 
balki bularni o‘zaro koordinatsiyalash anchagina vaqt talab qilishi bilan, ularga op-
timal pedagogik samara beradigan ularni bir butun birlashtirish zarurligi bilan ham 
qiyindir. Bularning hammasi o‘qituvchidan tegishli bilimlarni bilishdan tashqari, 
maksimal darajada kuch, sabot, uyushqoqlik, matonat, qat’iyatlikni talab qiladi. 
2. O‘quvchilarning bir necha sinfga diqqat e’tiborini taqsimlashi juda qiyin. 
3. O‘qituvchi bir sinf bilan darsning yarmi yoki 1/3 qismi davomida 
shug‘ullanishga, darsning qolgan vaqtida o‘quvchilar mustaqil ishlashiga to‘g‘ri 
keladi. 
4. O‘quvchilar mustaqil ish bajarayotganida darhol o‘qituvchidan yordam 
olish niyatidan mahrumdirlar, chunki bu vaqtda o‘qituvchi boshqa sinf bilan band 
bo‘ladi. 
5. Bir sinf o‘quvchilari, ayni vaqtda o‘qituvchi rahbarligida ishlayotgan boshqa 
sinf o‘quvchilarining xalaqit berishiga qaramay, mustaqil ishlayverishlari kerak. 
Shunga qaramay oz komplektli maktab o‘quvchilari uchun bir qator afzalliklari 
ham mavjud. 
1.Sinf o‘quvchilari sonining kamligi (ba’zan 2–3 ta o‘quvchi). Bu o‘qituvchiga 
tez-tez so‘rab turish, o‘quvchilar bilimlaridagi kamchilliklarni topish va ularni tu-
zatish imkoniyatlarini beradi.
2.. Oz komplektli maktablarda o‘quvchi daftarlarini tekshirishga oz vaqt sar-
flaydi, u bu daftarlar orqali o‘quvchi qanday va nimadan qiynalayotganini oson 
aniqlaydi.
3.Oz komplektli maktablar maktab xususiyatiga ko‘ra o‘quvchi darsning tax-
minan 1/3 qismida mustaqil ishlashga to‘g‘ri keladi. Buning o‘quv maqsadlaridan 
tashqari, katta tarbiyaviy ahamiyati ham bor: iroda mustahkamlanadi, qiyinchili-
klarni bartaraf qilish malakasi tarbiyalanadi.
4. Yuqori sinf o‘quvchilari quyi sinf o‘quvchilariga yordam berishlari mumkin, 
chunki ular har kuni bir sinf xonasida birga bo‘lishadi. 
Mustaqil ishni to‘g‘ri tashkil etishda o‘quv topshiriqlarining mufassal ish-
lanmalarini eslatmalar yordamida beradi. 


54 
Mustaqil ishlash usullari bilan bolalarni o‘qituvchi maktabdagi birinchi 
darslaridan boshlab tanishtira boshlaydi. Dastlab bu topshiriqlar kichik hajmli va 
ergashish xarakterida bo‘ladi. Masalan, “Sen ham shunday qil” o‘yini. 
Bu fikrlash uquvini shakllantiradi, matematik nutqni rivojlantiradi, kuchsiz 
o‘quvchilarning materialni yaxshiroq tushunib olish va hamma qatori o‘z muvaf-
faqiyatlaridan quvonishlariga imkon yaratadi. 
Nazorat uchun savollar: 
1. Oz komplektli qishloq maktabida o‘quv ishini tashkil etishning xususiyatlari 
nimalardan iborat? 
2. Oz komplektli maktabda dars o‘tishning taxminiy sxemasini tuzing. 
3.Mustaqil ishni yo‘lga qo‘yish xususiyatlarini nimalardan iborat. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə