O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
100 ICHIDA RAQAMLASH MEТODIKASI 
 
Mavzuni o‘rganish masalalari: 
1.O‘quvchilarni yangi sanoq birligi o‘nliklar bilan tanishtirish. 
2.Xonalar bo‘yicha tushuncha, ikki xonali sonlar ikkita raqamdan, birlik va 
o‘nlikdan iboratligini, bitta o‘nlik esa o‘nta birlikdan iboratligini o‘rgatish. 
3. 46 sonidagi ikkita raqam bir sonni bildirishini tushuntirish 
4.Raqamlar xonasini bilganlikka asoslangan holda qo‘shish va ayirish 
ko‘nikmalarini shakllantirish. 
5.Ikki xonali sonlarni bilganlikka asoslanib yangi o‘lchov birliklari uzunlik 
(dm, m) haqida tushuncha berish. 
6. 100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rgatishda predmetlarni bittalab va 
guruhlab sanashga o‘rgatish: 
7. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishga o‘rgatish xona birliklari bilan tan-
ishtirish. 


59 
Raqamlashni o‘rgatish ikki bosqichga ajratiladi: 
11–20 sonlarni raqamlash va 21–100 sonlarni raqamlash. 
10 dan katta sonlarni yozma raqamlash sanoqda birliklarni o‘nli guruhlashga va 
raqamlarning o‘rin qiymatlari tamoyilini qo‘llanishga asoslangan: o‘ngdan chapga 
qarab sanalganda birliklar birinchi o‘ringa, o‘nliklar ikkinchi o‘ringa yoziladi. 20 
ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlash bo‘yicha ish 
davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari («Bir xonali son» 
va «Ikki xonali son» atamalarini o‘quvchilar o‘zlashtirishlari, ularni tushunishini 
va o‘z nutqlarida ulardan foydalana olishni o‘rganishlari kerak) bilan tanishadi-
lar.O‘quvchilarga quyidagi ko‘rinishdagi topshiriqlarni berish yo‘li bilan bu ata-
malardan tez-tez foydalanish kerak: 
1) Quyidagi sonlar qatoridan bir xonali va ikki xonali sonlarni alohida-alohida 
ajratib yozing: 1, 11, 7,9, 12, 14, 10, 13, 15, 6, 19…………. 
2) 6 ta bir xonali ixtiyoriy son yozing va har birini 10 ta ortiring. Ularni 
o‘qing?. 
3)1 va 2 raqamlari yordamida avval bir xonali, so‘ngra ikki xonali sonlarni 
yozing. 
4) Faqat 2 raqamidan foydalanib bir xonali va ikki xonali son yozing. 
Bu topshiriqni bajarishda o‘quvchilarning e’tiborini 22 sonini yozish uchun bit-
ta 2 raqamining o‘zidan ikki marta foydalanilgan, bu son bir xil ikkita belgi 
yordamida yozilganligiga qaratish kerak. 
O‘quvchilarni 20 ichida, so‘ngra 100 ichida sonlarni o‘rganishda avval tayyor-
garlik bosqichi olib borilib so‘ngra og‘zaki raqamlash va yozma raqamlash amalga 
oshiriladi. 
20 ichida sonlarni raqamlashga doir bilim va malakalarni mustahkamlashga 
doir ish davomida o‘quvchilar bir xonali son va ikki xonali son atamalari bilan tan-
ishadilar.Masalan: 3, 8, 10, 12, 17, 20. 
Raqamlash jarayonida 11-20 sonlarini hosil bo‘lishi didaktik materiallar bilan 
mustahkamlanadi. 
1. Sonlar kassasidan 10 ta birlik oling va buni boshqacha qanday aytish mum-
kin? ( bitta o‘nlik) 
2. O‘n ikki sonida nechta o‘nlik va nechta birlik bor? 
3. Sanoq cho‘plar yordamida 15 ta cho‘pni ajrating, 10 ta cho‘pni alohida 
o‘nlik qilib bog‘lang, bu nechta o‘nlik va nechta birlik bo‘lishini ayting. 
4.Uzunligi 13 ta bo‘lgan qatorni chizing, 10 ta katakni bo‘yang. Nechata katak 
bo‘yalgan? 
5.Bir o‘nlik va beshta cho‘p oling - hammasi qancha bo‘ldi? 
6.Qanday son bir o‘nlik va 9 birlikdan iborat?……… 
100 ichida sonlarni raqamlashni o‘rganishda o‘qituvchining vazifasi bolalarni 
quyidagilarni o‘rgatishdan iborat. 
1. Predmetlarni bittalab, o‘ntalab, va yuztalab guruhlarga birlashtirib yozish. 
2. 100 ichida sonlarni o‘qish va yozishni hamda ularning natural qatorida 
kelish tartibini bilish. 
3. Sonlarni yuzliklardan, o‘nliklardan va birliklardan hosil qila olish ( ya’ni 
sonlarning o‘nli tarkibini bilish) 


60 
4. O‘ngdan chapga hisoblaganda birliklar (xona birliklari) o‘nliklar (2-xona) 
yuzliklar (3-xona) qaysi o‘ringa yozilishini aniqlash. 
5. Sonni (ikki va uch xonali) xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi shaklida 
ifodalash va berilgan sonda istalgan xona birligining umumiy sonini topish.
1-topshiriq.
Birinchi sinf darsligidan : 
a)o‘quvchilar raqamlashni o‘zlashtirishini tekshirishga oid mashqlar tanlang. 
b) ikkki xonali sonlarni o‘qish va yozish malakasini shakllantiradigan mashqlar 
tuzing. 
2-topshiriq.
Yuz ichida raqamlash jarayonida uzunlik o‘lchov birligi (dm)ni ki-
ritish qanaqa ahamiyatga ega ekanligini tushuntiring. Uzunliklarni o‘lchashning 
yangi birligi – detsimetr bilan tanishtirish, kesmalarni santimetr va detsimetr bilan 
o‘lchashga oid mashqlar natijasida detsimetr va santimetrlarda ifodalangan sonlar 
hosil bo‘ladi, ikkinchi o‘nlik sonlarini raqamlashni o‘zlashtirishga yordam beradi. 
Ikki xil o‘lchov birligi bilan o‘lchash o‘quvchilarga sonlarning o‘nlik va birliklarda 
hosil bo‘lishini o‘zlashtirishga yordam beradi: agar kesmaning uzunligi 1 dm va 5 
sm bo‘lsa, demak, unga 1 o‘nlik sm va 5 sm sig‘adi, degan so‘zdir. 
3-topshiriq.
O‘quvchilar ikki xonali sonlar tarkibini o‘rganishda beriladigan bi-
lim, hosil qilinadigan ko‘nikma va malakalarga oid mashqlar tuzing. ( tanlang) 
Birinchi xona birliklari, ikkinchi xona birliklari sonlarning o‘nli tarkiblarini 
tahlil etish jarayonida amaliy ravishda kiritiladi. Masalan, 35 sonida 3 o‘nlik va 5 
birlik bor deyiladi yoki 35 soni birinchi xonaning 5 birligidan va 2-xonaning 3 
birligidan tashkil topgan. O‘quvchilarning raqamlashga doir bilimlari keyinchalik 
100 ichida qo‘shish va va ayirish amallarini o‘rganish uchun zamin hozirlaydi. 
100 ichida sonlarni raqamlash metodikasini o‘rganish natijasida o‘quvchilar 
quyidagi ko‘nikmalar, malakalarni egallab olishlari kerak: 
1. 100 ichida raqamlashda sonlarning nomlarini o‘zlash-tirish, ular o‘nliklardan 
va birliklardan qanday hosil bo‘lishini tushuntirish 
2..Sanoqda sonlarning kelish tartibini bilish. Sonlarning natural ketma-
ketligidagi o‘rinlarini bilganlikka asoslanib sonlarni taqqoslab olish. ( 45 katta 35, 
chunki to‘rt o‘nlik katta uch o‘nlik.........).
3. 100 ichida sonlarni yozish va o‘qiy bilish 
4.Natural ketma-ketlikka asoslanib sonlarni
( 39+1, 50–1, 27+1, 27–1, 75–1.....) ko‘rinishdagi) qo‘shish va ayirishni, son-
larni xona qo‘shiluvchilarining yig‘indisi bilan (68= 60+8) almashtirish malakasini 
egallab olish.


61 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə