O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

Тopshiriq 1.
Darsligidan kalendar bilan ishlashga oid mashqlarni tanlab va 
o‘zingiz masala tuzing: 
3-sinfda vaqt birliklari bilan bog‘liq mashqlarni bajarish jarayonida 
«ulush»(dolya) mavzuiga oid materiallar bolalar ongida mustahkamlashga erishi-
ladi. Soatga qarab vaqtni belgilash ko‘nikmasini shakllantirish muhim vazifa 
hisoblanadi. Soat modelidan foydalanib, o‘qituvchi har kuni bu ishga birgina minut 
vaqt ajratishi mumkin. 
Vaqt birliklari haqida tasavvurni shakllantirishda unumdorlik, umumiy ish 
hajmi va vaqt, tezlik va vaqt masofa va vaqt kabi miqdorlar o‘rtasidagi mutona-
siblikka oid masalalar katta ahamiyatga egadir. 
Тopshiriq 2. 
Darsligida vaqt birliklari bilan ifodalangan miqdorlarni qo‘shish 
va ayirishga oid mashqlarni toping. Bu maqsadlarda darslik qanday usullarni 
tavsiya etadi. 
Тopshiriq 3.
Kecha - kunduzda soatlar ketma - ketligini o‘rganishda asr vaqt 
birligi bilan tanishish jarayonida darsligi qanday ko‘rgazmali o‘quv vositalaridan 
foydalanishdan tavsiya etiladi? 
Bu ko‘rgazmali vositalardan foydalanish maqsadga muofiq bo‘lgan topshiriq 
va savollar tuzing. 
Тopshiriq 4. 
O‘quvchilarga tavsiya etilgan, amaliy mashqlarni yozib oling. Bu 
mashg‘ulotda dars shunday qismlarga bo‘linsinki, ulardan birida o‘quvchilar 
«sekund» vaqt birligi bilan, ikkinchisida esa «sutka» (kecha va kunduzning) 12 
soatlik va 24 soatlik hisoblash usuli mavzusini qamro bo‘lsin. 
 
NOMANFIY BUTUN SONLAR USTIDA ARIFMETIK AMALLARNI 
O‘RGATISH METODIKASI VA HISOBLASH KO‘NIKMALARINI TAR-
KIB TOPTIRISH 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18 
Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar 
quyidagilardan iborat: 


69 
1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish amallarining 
mazmuni bilan tanishtirish; 
2) Hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash: 
a) Sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish usuli
b) Yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish usuli; 
d) Sonlarni ayirishda qo‘shishning tegishli holini bilishdan yoki yig‘indi va 
qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini topish malakasidan foyda-
laniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi bog‘lanishlarni 
bilganlikka asoslangan ayirish usuli 
3) Qo‘shish va ayirish, ko‘paytirish va bo‘lish ko‘nikma malakalarini 
shakllantirish (yod olishga yetkazish) 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish 
ishini o‘zaro bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. O‘quvchilarda 
og‘zaki va yozma hisoblash ko‘nikmalarini tarkib toptirish matematika dasturin-
ing asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Arifmetik amallarni o‘rganishdan oldin bolalar 
ongiga uning ma’nosini, mazmunini yetkazish kerak. Bu vazifa turli xil amaliy 
ishlarni bajarish asosida o‘tkaziladi. Masalan, «o‘nlik» mavzusini qo‘shish va 
ayirish amallarining manosi 2 to‘plam elementlarini birlashtirish va to‘plamdan 
uning qismlarini ajratish kabi amallar yordamida olib boriladi. Ko‘paytirishni
uning komponentlari bilan natijasi orasidagi bog‘lanishlarni o‘rganish esa bo‘lish 
amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Demak, o‘qitishning 1-bosqichida abstrakt bo‘lgan narsa navbatdagi bos-
qichda yanada abstraktroq bilimlarni shakllantirish uchun aniq asos bo‘lib xizmat 
qiladi. Тurli hisoblash usullarining o‘zlashtirilishi uchun dasturda arifmetik amal-
larning ba’zi muhim xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalar bilan tan-
ishtirishni nazarda tutadi. Masalan, 1-sinfda 10 ichida qo‘shish va ayirishni 
o‘rganishda bolalar qo‘shishning o‘rin almashtrish xossalari bilan tanishadilar.
Dasturda arifmetik amallarning xossalarini o‘rganishdan tashqari arifmetik amal 
hadlari va natijalari orasidagi bog‘lanishlarni tanishtirishni ham ko‘zda tutadi. Bu 
ish amallarni, tenglamalarni tekshirishda muhim ahamiyatga ega. Masalan, 6*4 = 
24 bo‘lsa, uni bo‘lishga bog‘lab 24:6=4, 24:4 = 6 kabi hollar hosil qilinadi. 
Muhim vazifalardan biri hisoblash ko‘nikmalarini shakllantirishdir. Og‘zaki 
va yozma usulda hisoblashlar 1-4 sinfning har bir mavzusida o‘z aksini topgan. 
Masalan, og‘zaki
276 + 432 = (200+400)+(70+30)+(6+2) = 600+100+8 = 708
yozma, +
276 
432 
Arifmetik amallarni o‘rganishda oldin o‘quvchilar ongiga uning ma’nosini, 
mazmunini yetkazish kerak. Bu ish predmetlarning har xil to‘plamlari bilan amaliy 
ishlar bajarish asosida o‘tkaziladi. O‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining 
ma’nosi bilan tanishtirish ikki to‘plam elementlarini birlashtirishga oid va berilgan 
to‘plamdan uning qismlarini ajratish kabi amaliy munosabatlar orqali amalga 
oshiriladi. Qo‘shish amali sonlarni ko‘paytirish amallari uchun asos bo‘lib xizmat
qiladi. Ko‘paytirish uning komponentlari bilan natijalari orasidagi bog‘lanishlarni 
o‘rganish o‘z navbatida bo‘lish amalini o‘rganish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 


70 
Arifmetik amallarni o‘rganishdagi masalalardan biri og‘zaki va yozma hisoblash 
usullarini ongli o‘zlashtirish, hisoblash malaka va ko‘nikmalarini shakllantirish bi-
lan bog‘liqdir. Og‘zaki hisoblashlarning asosiy ko‘nikmalari 1- va 2-sinflarda 
shakllanadi. Og‘zaki hisoblash usullari ham, yozma hisoblash usullari ham amal-
lar xossalari va ulardan kelib chiqadigan natijalarni amallar komponentlari bilan 
natijalari orsidagi bog‘lanishlarni bilganlikka asoslanadi. Ammo og‘zaki va yozma 
hisoblash usullarining farq qiluvchi xossalari ham bor. 
Og‘zaki hisoblashlar: 
1. Hisoblashlar yozuvlarsiz ( ya’ni xotirada bajariladi) yoki yozuvlar bilan 
tushuntirib berilishi mumkin.
Bunda yechimlarni: 
a) tushuntirishlarni to‘la yozish bilan (ya’ni hisoblash usulini dastlabki mus-
tahkamlash bosqichida) berish mumkin. masalan: 34 + 3 = (30 + 4 ) + 3 = 30 + ( 4 
+ 3) = 37, 9 + 3 = 9 + ( 1 + 2 ) = ( 9 + 1) + 2 = 12 va hokazo.
b) berilganlarni va natijalarni yozish mumkin. masalan,
34 + 4 = 37 
9 + 3 = 12. 
d) hisoblash natijalarini raqamlab yozish mumkin. masalan, 1) 37, 2) 12 .. 
2. Hisoblashlar yuqori xona birliklaridan boshlab bajariladi. masalan, 430 -
210 = ( 400 + 30 ) - - ( 200 + 10 ) = ( 400 - 200 ) + ( 30 - 10 ) = 200 + 20 = 220 
3. Oraliq natijalar xotirada saqlanadi, 
4. Hisoblashlar har xil usullar bilan bajarilishi mumkin. masalan,
26 * 12 = 26 * ( 10 + 2 ) = 26 * 10 + 26 * 2 = 260 + 252 = 312: 
26 * 12 = ( 20 + 6 ) * 12 = 20 * 12 + 6 * 12 = 240 + 72 = 312; 
26 * 12 = 26 * ( 3 * 4 ) = ( 26 * 3 ) * 4 = 78 * 4 = 312 
5. Amallar 10 va 100, engilroq hollarda 1000 ichida va ko‘p xonali sonlar usti-
da hisoblashlarning og‘zaki usullaridan foydalanib bajariladi. Masalan: 
54024:6=9004 
Yozma hisoblashlar: 
1.Hisoblashlar yozma bajariladi. yozma hisoblashlarda yechimini yozish ustun 
qilib bajariladi. 
Masalan:
276 

432 
———- 
708 
2. Hisoblashlar quyi xona birliklaridan boshlanadi (yozma bo‘lish bundan 
mustasno). 


71 
719 

315 
——— 
434 
3. Oraliq natijalar darhol yoziladi. 
4.Hisoblashlar o‘rnatilgan qoidalar bo‘yicha, shu bilan birga bitta yagona usul 
bilan bajariladi.Masalan: 
346 

14 
————- 
1384 
346 
———— 
4844 
1000 ichida va ko‘p xonali sonlar ustida amallar hisoblashlarning yozma usul-
laridan foydalanib bajariladi. 
Masalan: 
3912 : 4 
36 : 978 
———- 
31 
28 
——- 
32 
32 
——- 

Ba’zi misollarni og‘zaki ham, yozma ham yechish mumkin. Bu hollarda 
o‘quvchilar yechimlarni taqqoslab arifmetik amallarning mazmunini va sonlar us-
tida bajarilayotgan amallar mazmunini yaxshi tushunib oladilar. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə