66
og‘irligi qancha?» deb emas, «ushbu predmetning massasi qancha?» deb so‘rash
joiz bo‘ladi. Savolning bunday shaklda qo‘yilishi birinchi sinfdanoq joriy etilgan.
Massa haqida tasavvurni shakllantirish metodikasida quyidagi bosqichlarni
ajratish mumkin.
Bolalarda massa haqida qanday tushuncha borligini aniqlab olish kerak.
Buning uchun o‘qituvchi shunday vaziyatdan foydalanish mumkin.
Stolga ikkita bir xil rangli va o‘lchamli ikkita kubikni qo‘yish lozim. (Ularning
birini yog‘ochdan, ikkinchisini kartondan yasash mumkin. Ularning tashqi tomon-
dan farqi bo‘lmasligi kerak).O‘qituvchi bu ikkala kubik bir xil bo‘lsa ham, ularn-
ing o‘rtasida farqlar borligini tushuntirishi kerak. Shunda bolalarda bu farq nimada
ekanligiga qiziqish uyg‘onadi. Ba’zi bolalar esa kubiklarni
yaqindan va hatto
ko‘tarib ko‘rishga harakat qilishadi. Shunda o‘qituvchi «og‘irroq» va «yengil-
roq»predmetning massasi bilan bog‘liq sifati ekanini tushintiradi. Matematikada
«og‘irroq» va «engilroq» so‘zlari o‘rniga «Ushbu predmetning massasi ko‘p (yoki
kam)» degan iboralar ishlatiladi. So‘ng o‘qituvchi har bir o‘quvchiga (massasiga
ko‘ra bir-biridan farq qiluvchi) ikkita kitobni ikki qo‘liga olib, ulardan qay biri
og‘iriroq ekanini so‘raydi. Javob turlicha bo‘lishi mumkin. Shunda o‘qituvchi
predmetlar massasini qo‘lga olib chamalash mushkul ekanligini uqtiradi. Bunday
hollarda eng oddiy pallali tarozilardan foydalanish mumkinligini tushintiradi va
predmetlar massasini taqqoslash jarayonida undan foydalanish yo‘llarini tushunti-
radi. Zaruriy tajribaga esa amaliy mashqlar davomida erishiladi. O‘quvchilarning
diqqatini taroz pallalari bo‘sh vaqtida ko‘rsatkich tillarning holatiga, so‘ngra esa,
pallalarga har xil buyum qo‘yilgandan keyingi holatga qaratiladi.
O‘qituvchi bolalarga, uzunlikni o‘lchashda qo‘llanilgani kabi, massani o‘lchash
uchun o‘lchov birligi zarurligini ma’lum qiladi. Bunday o‘lchov
birligi sifatida
«kilogramm» qabul qilingan.
O‘qituvchi 1 kg, 2 kg, 5 kg li taroz toshlarini namoyish etadi. O‘quvchilar
toshlarini o‘lchash (tortish) bo‘yicha mashqlarni o‘tkazadilar. Buning oqibatida
ular miqdorlar haqida tasavvurni kengaytirish o‘lchov bilan boshqa mavzularni
kengroq anglash, hisob-kitob bo‘yicha ko‘nikmalarini mukammallashtiradilar.
Massalarning yig‘indisi, ayirmasi yoki qoldig‘ini topish bilan bog‘liq masala-
larni yechish jarayonida o‘quvchilar bir xil nomdagi birliklarda ifodalangan mi-
qdorlarni qo‘shish va ayirishga oid vazifalarni bajaradilar.
4. Hajm.
Hajm tushunchasi va uning o‘lchov
birligi
litr
tushunchasi bilan bolalar bi-
rinchi sinfda tanishadilar. 4- sinfda hajm o‘lchov birligining sodda ko‘rinishlari
o‘rganiladi. Shuning uchun ham hajmni o‘rganishda bir nomli ko‘rsatkichdan
boshqa nomli ko‘rsatkichga o‘tish, ikki xil nomdagi hajm miqdorini qo‘shish va
ayirish kabi jarayonlar bo‘lmaydi.
Hajm va uning o‘lchov birligi litr bilan tanishish jarayonida quyidagi muam-
moli holatlardan foydalanish mumkin.
1. O‘qituvchi stolida suv to‘latilgan ikki xil idish turibdi. Har ikkovida suv bir
xil to‘latigan bo‘lsa ham idishlardan biri ingichka, ikkinchisi esa yo‘g‘on va ikki
67
xil hajmda ikkita stakan (ularni 1 va 2 deb belgilaymiz) va suvni quyish uchun
ishlatiladigan yana boshqa uchinchi idish bor.
O‘qituvchi 1 sonli stakan bilan har ikkala idishdagi suvlar hajmini o‘lchashni
topshiradi. O‘quvchilar katta idishda 10 stakan, kichik idishda 5 stakan suv borlig-
ini aniqlaydilar. Bundan tegishli xulosa chiqariladi.
Keyin ikkinchi stakan bilan har ikki idishdagi suv o‘lchanadi. Bu holatda katta
idishdagi suv 4 stakan, kichik stakandagi suv 2 stakan chiqadi. Ya’ni
xulosa qi-
linadi.
Endi o‘qituvchi katta idishdagi suvni ikkinchi stakan bilan, kichik idishdagi su-
vni birinchi stakan bilan o‘lchashni topshiradi. Yakunlarni muhokama qilish
o‘quvchilarni shunday xulosalarga olib keladiki, idishlardagi suv hajmini o‘lchash
va taqqoslash uchun bitta o‘lchov birligidan bitta stakandan foydalanish zarur
ekan. Bu holatda uzunlikni santimetr bilan, massani
esa kilogramlar bilan
o‘lchashni misol keltirib, hajmni o‘lchash uchun litrdan o‘lchov birligi sifatida
foydalanishni tushuntiradi.
2. Suvli ikki idishdan biri kengroq ikkinchisi uzunchoq bo‘lib, ikkinchisidagi
suvning balandligi birinchisiga nisbatan yuqoriroq. O‘qituvchi savol beradi: «Bu
idishlarning qaysi birida suv ko‘proq?». Javoblar turlicha bo‘ladi.
Qaysi idishda
suv ko‘proq ekanligini hal etish kerak. O‘quvchilarning o‘zlari idishlardagi suvni
o‘lchash uchun uchinchi idishdan foydalanishni taklif etadi. Bolalar suvni o‘lchash
jarayonida har ikkala idishda ham bir xil hajmdagi bir xil suv bor degan fikrlarga
kelishlari ham mumkin. O‘qituvchi o‘lchovlar yakuni bo‘yicha qo‘yidagicha
xulosaga keladi: turli hajmli idishlarda turli miqdorda suv bo‘lishi mumkin va
ularni yuzaki chamalash mumkin emasligini, o‘lchov yo‘li bilan aniq natijaga er-
ishish mumkinligini tushuntiradi. Hajmning o‘lchov birligi kiritilganidan so‘ng
turli amaliy mashqlar bajariladi. Masalan: «Bir idishda 5 l suv bor, ikkinchisida 3 l
suv bor. Har ikkala idishdagi suvlar hajmi teng bo‘lishi uchun nima qilishi
kerak?». (Birinchi idishdan ikkinchisiga suv quyilsa unda ikkala idishda 4 litrdan
suv bo‘ladi, yoki birinchi idishdagi 2 l suv to‘kib tashlansa, har ikkala idishdagi
suvning hajmi teng bo‘ladi). «Bir idishda 3 l. suv bor. Ikkinchisida esa 2 l.
ko‘proq.
Nima qilsak, ikkinchi idishda birinchi idishga nisbatan 1 l suv ko‘proq
bo‘ladi?».
Birinchi masala kabi, bu ham bolalarda fikrlash haqiqiy javobni topish davom-
ida aqliy harakatni yuzaga keltiradi. Masalan, bolalar, birinchi idishga 1 l suv
qo‘shimcha quyishni, yoki birinchisiga 2 l, ikkinchisiga 1 l suv yana quyishni tak-
lif etishlari mumkin. Bu takliflarning hammasi amalda bajarilib ko‘rilishi kerak,
ya’ni, hajmni o‘lchash bo‘yicha mashqlarga aylanishi kerak. Yuqorida keltirilgan
vazifalar bolalarda oddiy holat – idishdagi suvni stakan bilan o‘lchashga nisbatan
ko‘proq qiziqish uyg‘otish mumkin.
5.Vaqt.
Mavjud dastur bo‘yicha vaqt miqdori va uning o‘lchov birliklari bilan tanishuv
2-sinfda amalga oshiriladi. Vaqt haqidagi tushunchani shakllantirish jarayonidagi
murakkablikni nazarda tutib, bu sohadagi ishlarni birinchi sinfdanoq boshlamoq
lozim.
68
O‘quvchilarning kunlar va
oylarini yozib borishi, oy va hafta ichida kunlar soni
qancha ekanligini aniqlash, dars va tanaffuslar davomi kabi amaliy ishlar birinchi
sinfdanoq vaqt haqidagi tushunchalar berib boriladi.
2-sinfda esa yil, oy, sutka (kecha-kunduz), soat va minut kabi birliklar
o‘rganiladi. 3-sinfda esa, sekund va asr tushunchalari o‘tilishi bilan bolalarda vaqt
haqidagi tushunchalarni yanada aniqlashtirishga erishiladi. Vaqt birliklari haqida
tasavvurni shakllantirish uchun turli mashg‘ulotlar o‘tkazish yaxshi samara berishi
mumkin, masalan: o‘qituvchi o‘zi qarsak chalgandan so‘ng
bir minut
o‘tgach,bolalar ham qarsak chalishini tushuntiradi. (bolalar bir minut vaqt o‘tishi
uchun 60 gacha sanashlari kerak ). Kalendar bilan ishlash ham yaxshi natija be-
radi. Darslikda keltirilgan mashqlarni bajarish davomida bolalar yil davomida
qancha oy, haftada qancha kun borligini va ularning davomiyligini bilib oladilar.
Dostları ilə paylaş: