O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

1. Boshlang‘ich sinfda matematika darsi va o‘qitishning turli shakllari. 
Maktabda matematika o‘qitishni uyushtirishning tarixiy, murakkab, ko‘p yillik 
tajribada tekshirilgan va hozirgi zamonning asosiy talablariga javob beradigan 
shakli darsdir. 
O‘quvchilarning matematik bilimlarni o‘zlashtirishi faqat o‘quv ishida to‘g‘ri 
metod tanlashga bog‘liq bo‘lmasdan, balki o‘quv jarayonini tashkil qilish forma-
siga ham bog‘liqdir. Dars deb dastur bo‘yicha belgilangan, aniq jadval asosida,
aniq vaqt mobaynida o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilarning o‘zgarmas soni bilan 
tashkil etilgan o‘quv ishiga aytiladi. 
Dars vaqtida o‘quvchilar matematikadan nazariy ma’lumotga, hisoblash mala-
kasiga, masala yechish, har xil o‘lchashlarni bajarishga o‘rganadilar, ya’ni darsda
hamma o‘quv ishlari bajariladi. 


33 
Matematika darsining o‘ziga xos tomonlari, eng avvalo, bu o‘quv predmetin-
ing xususiyatlaridan kelib chiqadi. Bu xususiyatdan biri shundan iboratki, unda 
arifmetik material bilan bir vaqtda algebra va geometriya elementlari ham
o‘rganiladi.
Matematika boshlang‘ich kursining boshqa o‘ziga xos tomoni nazariy-amaliy 
masalarning birgalikda qaralishidir. Shuning uchun har bir darsda yangi bilimlar 
berilishi bilan unga doir amaliy uquv va malakalar singdiriladi. 
Odatda darsda bir necha didaktik materiallar amalga oshiriladi: yangi material-
ni o‘tish; o‘tilgan mavzuni mustahkamlash; bilimlarni mustahkamlash; bilimlarni 
umumlashtirish, tizimlashtirish; mustahkam o‘quv va malakalar hosil qilish va 
hokazo. 
Matematika darslarining o‘ziga xos yana bir tomoni shundaki, bu - o‘quv
materialining abstraktligidir. Shuning uchun ko‘rgazmali vositalar, o‘qitishning 
faol metodlarini sinchiklab tanlash, o‘quvchilarning faolligi, sinf o‘quvchilarining 
o‘zlashtirish darajasi kabilarga ham bog‘liq. 
Matematika darsida turli-tuman tarbiyaviy vazifalar ham hal qilinadi. 
O‘quvchilarda kuzatuvchanlikni, ziyraklikni, atrofga tanqidiy qarashni, ishda 
tashabbuskorlikni, mas’uliyatni va sof vijdonlilikni, to‘g‘ri va aniq so‘zlashni, 
hisoblash, o‘lchash va yozuvlarda aniqlikni, mehnatsevarlik va qiyinchiliklarni 
yengish xislatlarini tarbiyalaydi. 
O‘quv ishini tashkil etishning darsdan tashqari quyidagi shakllari mavjud: 
1. Mustaqil uy ishlari. 
2. O‘quvchilari bilan yakka va guruh mashg‘ulotlari. 
3. Matematikaga qobiliyatli o‘quvchilar bilan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar. 
4. Matematikadan sinfdan tashqari mashg‘ulotlar. 
5. O‘quvchilar bilan ishlab chiqarishga, tabiatga ekskursiya. 
Bu yerda sanab o‘tilgan ish shakllari va dars bir-birini to‘ldiradi. Asosiy ma-
sala darsga taalluqlidir. Darsda hamma ishlarga bevosita o‘qituvchi rahbarlik qi-
ladi. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarda esa ish o‘qituvchining o‘zi tomonidan yoki 
o‘qituvchi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan bajariladi. 
2. Boshlang‘ich sinflarda matematika darslar tizimi 
O‘quvchilar bilan har bir darsda bir necha tushunchalar bilan ish olib boriladi. 
Har birini shu darsning turli bosqichlarida o‘zlashtirishi mumkin. Har bir 
tushunchani tushunish boshqa bir tushunchani takrorlash, esga olish bilan olib 
borilsa, bu tushuncha esa keyingi tushunchalarni tushuntirish uchun xizmat qiladi. 
O‘qitish jarayonida har bir o‘quv materiali rivojlantirilgan holda olib boriladi, bu 
o‘quv materiali o‘zidan keyin o‘qitiladigan materiallarni tushunish uchun 
poydevor bo‘ladi. Boshqa tushunchaning o‘zlashtirilish jarayonini qarasak, u bir 
necha darslarning o‘zaro bog‘liqli o‘qitilishi natijasida hosil bo‘ladi. Shunday qi-
lib matematik tushunchalarini hosil qilish birgina darsning o‘zida hosil qilin-
masdan, balki o‘zaro aloqada bo‘lgan bir qancha darslarni o‘tish jarayonida hosil 
qilinadi. Bunday darslarni birgalikda darslar tizimi deb ataymiz. 
Shuning uchun o‘qituvchi mavzuning mazmunini ochadigan darslarni manti-
qiy ketma-ketlikda joylashtirishi kerak. 


34 
Darslar sistemasining tuzilishidagi eng katta talab darsning o‘quv-tarbiyaviy 
maqsadini e’tiborga olish, o‘qitish tamoyillarining metodik va umumpedagogik 
tomonlarini hisobga olishdir. Mavzu bo‘yicha yaxshi o‘ylangan darslar tizimining 
o‘quv vaqtini mavzuchalarga to‘g‘ri taqsimlashga bog‘liq. 
Unda o‘quvchilarning mustaqilligini hosil qilish, xususiy misollarni qarash
xususiy xulosalar chiqarish, undan umumuy xulosalar chiqarishga olib kelish 
diqqat markazida turishi lozim. Bu bilimlar darslar tizimida hosil qilinib, mus-
tahkamlangandan keyin misol va masalalar yechishni ta’minlashi kerak. Undan 
keyin mashqlar yordamida malakalarni qayta ishlashi, shuningdek, hosil qilingan 
bilimlarni doimo bir tizimga keltirish va umumlashtirishni ham ta’minlash 
kerak. 
Dasturning qandaydir mavzusining mazmunini aniqlashda, mavzu material-
ini dars vaqtlariga taqsimlashda, ya’ni bilimlarni o‘zlashtirishga quyidagi asosiy 
bosqichlar qaraladi. 
1. Yangi materialni o‘qitishga tayyorlash. 
2. Yangi o‘quv materialini idrok qilish va yangi bilimlarni hosil qilish. 
3. Bilimlarni mustahkamlash va turli xil mashqlar orqali
malakalarni hosil qilish. 
4. Bilimlarni takrorlash, umumlashtirish va bir tizimga keltirish. 
5. Bilim va malakalarni tekshirish. 
Misol sifatida 1-sinfda «Ikkinchi o‘nlikda raqamlash» mavzusini 
o‘qitishdagi darslar tizimini qaraymiz. Bu mavzuni o‘qitishda:
1. Og‘zaki raqamlash. 
2. Qo‘shish va ayirishni qarash orqali yozma raqamlash bosqichlariga e’tibor 
berish kerak.
Bu mavzuni o‘qitishda quyidagicha reja tuzish mumin. 
1-dars.
2-o‘nlikdagi sonlarni raqamlash, bir xonali sonlarni raqamlash va 
taqqoslash bazasida tuziladi, shuning uchun darsning boshqa bir sonlarni raqam-
lash va uning umumiy savollari takrorlanishi kerak. Shundan keyin bir va birlik, 
o‘n va o‘nlik, o‘nta narsani bitta birlikka birlashtirish haqida tushuncha. 
2-dars.
2-o‘nlikning har bir sonini ifodalash, uning o‘nlik tuzilishi, 20 
ichida hisoblash, sonlarning natural ketma-ketligi o‘qitiladi. Barcha ishlar 
ko‘rgazma qurol asosida raqamlash qoidalari va tamoyillari asosida bajariladi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə