O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


qonuniyatlarini tadbiq etadi



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə86/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

qonuniyatlarini tadbiq etadi. 
 
Ruhiyat deganda nima tushuniladi? 
Ruhiyat bu insonning ichki tuzilishi, ichki dunyosi, 
qobiliyatlari, barcha sohadagi imkoniyatlari kabilarni qamrab 
oladi. Tor ma'noda ichki dunyo tushuniladi.
Psixologiya o'zining predmetini to'rt bo'limga bo'lib 
o'rganadi: 
1. Psixologiyaning asosiy masalalari. 
2. Bilish jarayoni. 
3. Shaxsning hissiy-irodaviy xususiyatlari. 
4. Shaxsning individual tipologik xususiyatlari. 
Birinchi bo'lim, psixologiyaning asosiy masalalarida
a) fan predmeti; 
b) vazifalari, prinsiplari, tarixi, metodlari, sohalari 
o'rganiladi. 
Psixologiya o'z vazifalarini amalga oshirishda konkret 
prinsiplarga tayanadi. Prinsip tamoyil degan ma'noni 
anglatadi. Prinsiplar ikkiga bo'linib, ya'ni asosiy prinsiplarga 
hamda yordamchi prinsiplarga tayangan holda tadqiqot 
ishlari olib boriladi. 
Asosiy prinsiplarga:


166 
1. Determinizm prinsipi. 
2. Ong va faoliyat birligi prinsipi. 
3. Psixikani faoliyatda taraqqiyo etish prinsipi kiradi. 
Yordamchi prinsiplarga esa 
tarixiylik prinsipi, nazariya va 
amaliyot birligi prinsipi, monizm prinsipi
va hokazolar kiradi.
Determinizm nima? 
Determinizm so'zi sabab va 
oqibatning o'zaro birligini ifodalaydi. Bu prinsipga ko'ra 
sababsiz oqibat bo'lmaydi. Determinizm prinsipiga ko'ra 
psixika taraqqiyoti individning yashash muhiti bilan 
belgilanadi, ya'ni muhit o'zgarishi bilan psixika ham o'zgaradi. 
Masalan: qishloqda yaxshi dars o'ta olmaydigan qoloq bir 
maktabning o'quvchisi bilan shaharda maxsus chuqur ta'lim 
beriladigan lisey o'quvchisi tafakkuri o'rtasida farq bo'lishi 
tabiiy. Farqning sababi mavjud. Sababi muhit, shart-
sharoitdir.
Agar muhit o'rtasidagi farq qanchalik kam bo'lsa, psixik 
xususiyatlarning rivojlanishi va shakllanishida ham farq kam 
bo'ladi. Aksincha esa farq katta bo'ladi.
Determinizm prinsipi nima uchun prinsip sifatida qabul 
qilingan? Psixologik voqeliklarni tadqiq etishda, ularni 
baholashda va rivojlantirishda determinizm prinsipiga amal 
qilinadi.

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə