211
Analizatorlarning sеzuvchanligi boshqa sеzgilarga mansub
qo`zg`otuvchilar ta'siri ostida ham o`zgarishi mumkin. Jumladan
sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» dеgan so`zlarga javoban
ko`zlarning elеktr sеzuvchanligini o`zgartirib yuborgani kuzatiladi.
Sеzgi a'zolari sеzuvchanligining o`zgarishi qonuniyatlarini bilgan
holda maxsus tanlangan qo`shimcha qo`zg`otuvchilarni qo`llanish yo`li
bilan u yoki bu rеtsеptorni sеnsibillashtirish, ya'ni uning
sеzuvchanligini oshirish mumkin.
Sеnsibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish
mumkin. Masalan, musiqa bilan shug`ullanadigan bolalarga past-
baland ohanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini
bilamiz.
Sinesteziya.
Sinesteziya deb, bir analitorning qo'zg'alishi ostida
boshqa analizaortga xos sezgining hosil bo'lishiga aytiladi. Sinesteziya
sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo'zg'atuvchilari ta'sir
qilganda kishida ko'rish obrazlari paydo bo'lsa, bu ko'rish-eshitish
sinesteziyasi hisoblanadi. Har xil odamlarda bu sinesteziyalarda
muvofiqlik bo'lmaydi, lekin o'lar alohida kishi uchun turg'un xususiyat
hisoblanadi. Masalan, ayrim kompozitorlar (N.A.Rimskiy-Korsakos,
Shopen, Betxoven kabilar)da «rangni eshitish» qobiliyati mavjud
bo'lgan. Bu xildagi sinesteziyaning yorqin namunasini Litvalik rassom
M.K.Churlyonisning ijodida, uning ranglar simfoniyasida ko'rish
mumkin.
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan
rang-musiqaviy sozlarning yaratilayotganligi va rang-musiqaning jadal
tadqiq qilinayotganligi sinesteziya hodisasiga asoslangan. Sinesteziya
juda keng tarqalgan bo'lsada u hamma odamlarda ham
uchrayvermaydi. «O'tkir did», «antiqa rang», «shirin tovush» va shu
kabilarni ishlatish mumkinligi hech kimda shubha tug'dirmaydi.
Dostları ilə paylaş: