|
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsusSezgilarning klassifikasiyasiO’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent farSezgilarning klassifikasiyasi
.
Aks ettirish xususiyatiga va
reseptorlarning joylashgan o'rniga qarab sezgilar odatda uch guruhga
ajratiladi:
1. Tashqi muhitdagi narsalar va hodisalarning xususiyatlarini aks
ettiradigan hamda tananing yuzasida reseptorlari mavjud bo'lgan
ekstroreseptiv sezgilar
.
2. Tananing ichki a'zolarida va to'qimalarida joylashgan hamda
ichki a'zolarining holatini aks ettiradigan reseptorlarga ega bo'lgan
introseptiv sezgilar.
3.
Reseptorlari
mushaklarda
va
paylarda
o'rnashgan
proprioseptiv sezgilar.
Ekstrotsеptorlarni ikki guruhga: kontakt va distant rеtsеptorlarga
ajratish mumkin. Tеri orqali paypaslab ko`rishga asoslangan sеzgilarni
taktil sеzgilar dеyiladi, bular ham o`z funktsiyasiga ko`ra bir nеcha xil
bo`lishi mumkin, masalan, haroratni sеzish, silliq yoki g`adir-budirni,
qattiq yoki yumshoqni, issiq-sovuqni sеzish va hokazo.
Sezgilarning asosiy xususiyatlari.
Adaptasiya (moslashuvchanlik
)-
sezgi organlari sezgirligining
qo'zg'atuvchi ta'siri ostida o'zgarishiga aytiladi. Bu hodisaning uch xil
turini ajratish mumkin: 1. Qo'zg'atuvchining uzoq
muddat davomida ta'sir etishi jarayonida sezgining tamomila yo'qolib
qolishiga o'xshash. Masalan, hid bilish sezgilari atrof-muhitga ёqimsiz
hid yoyilgandan keyin ko'p o'tmay batamom yo'qolib qolishi ham
adaptasiya hodisasi hisoblanadi. 2. Kuchli qo'zg'atuvchining ta'siri
ostida sezgining zaiflashib qolishi. Masalan, sovuq qo'zg'atuvchi hosil
qiladigan sezgining jadalligi qo'lni sovuq suvga solganda susayadi. 3.
Kuchsiz qo'zg'atuvchining ta'siri ostida sezgirlikning ortishi ham
adaptasiya deb ataladi. Ko'rish analizatoriga tadbiqan buni qorong'ulik
adaptasiyasi deyiladi. Masalan, qorong'ulikda uzoq vaqt bo'lish ta'siri
ostida ko'zning sezuvchanligining ortishi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|