223
Hayolning qimmati shunday iboratki, u hatto tafakkur uchun
kerak bo’lgan to’la va zarur bilimlar bo’lmagan joyda ham biror qarorga
kelish hamda muammoli vaziyatdan chiqish imkonini beradi.
Fantaziya tafakkurning qandaydir bosqichlaridan
«sakrab o’tish»
va
har holda so’nggi natijani tasavvur qilish imkonini beradi. Ammo
muammoni yechish yo’lining kuchsiz tomoni ham xuddi mana
shundadir. Masala yechishning fantaziya tomonidan belgilangan yo’li
ko’pincha yetarli darajada aniq va qat’iy bo’lmaydi. Biroq muhitda
yetarli bo’lmagan ma’lumotlar bilan yashash va harakat qilish zarurati
kishida hayol apparatining paydo bo’lishiga olib keldi. Vaholanki,
atrofimizni o’rab olgan olamda o’rganilmagan sohalar hamisha qolar
ekan, bu hayol apparati hamma vaqt foydali bo’ladi.
Hayol o’zining faolligi bilan xarakterlanadi. Shuning bilan birga
hayol apparati faqat atrofdagi olamni o’zgartirishga qaratilgan shaxs
ijodiy faoliyatining sharti sifatida foydalanilishi mumkin va
foydalaniladi. Ayrim hollarda odam o’ziga hal qilib bo’lmaydigandek
ko’rinadigan masalalardan, turmushning og’ir sharoitlaridan, o’z
xatolarining ta’kibidan va shu kabilardan yashirinish uchun real
tasavvurlardan uzoq bo’lgan fantastika olamiga vaqtincha kirib ketadi.
Bu yerda fantaziya hayotda gavdalanmaydigan obrazlarni yaratadi,
amalga oshmaydigan va ko’pincha amalga oshirib bo’lmaydigan ish-
harakat programmalarini belgilaydi. Hayolning bunday formasi
Dostları ilə paylaş: