O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə122/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

saqlab qolish va keyinchalik tiklashdan iborat bo'lgan aqliy 
faoliyat xotira deyiladi.
 
Xotira bir necha ruhiy jarayonni o'z ichiga 
oladi: 
1.
Esda olib qolish; 
2.
Esga tushirish; 
3.
Esda saqlash va unitish. 
Bu jarayonlarning har biri alohida mustaqil psixik xususiyat 
hisoblanmaydi. Ular faoliyat davomida shakllanadi va o'sha faoliyat 
bilan belgilanadi. Muayyan bir materialni 
esda olib qolish
 
hayot 
faoliyati jarayonida individual tajriba orttirilishiga bog'liqdir. Esda olib 
qolingan narsani keyinchalik bo'ladigan faoliyatda qo'llash uchun uni 
esga tushirish
 
taqozo etiladi. Muayyan bir materialning faoliyat 
doirasidan chiqib qolishi esa uning 
unitilishiga
 
olib keladi. Materialni 
esda saqlash 
uning shaxs faoliyatidagi ishtirokiga bog'liq bo'ladi. 
Chunki har bir muayyan paytda kishining xulq-atvori uning butun 
hayotiy tajribasi bilan belgilanadi. 
Xotira shaxs psixik hayotining eng muhim, belgilovchi xususiyati 
hisoblanadi. Xotiraning roli 
«o'tmishda yuz bergan» 
narsani aks 
ettirish bilangina cheklanib qolishi mumkin emas. 
Xotira barcha psixik jarayonlarning eng muhim xarakteristikasi 
bo'lish bilan birga 
inson shaxsining birligi va yaxlitligini 
ta'minlaydi. 
Xotira faoliyati esda olib qolishdan boshlanadi. Biz hamisha 
biror narsa yoki xodisani idrok qilamiz, biror narsa yoki hodisani esda 
olib qolamiz. Esda olib qolish jarayoni eng avval miya po'stida idrok 
qilinayotgan narsalar-buyum, surat, so'z, fikr va hokazolarning 
«izlari» 
hosil bo'lishidan va ayni vaqtda esda olib qolinadigan material bilan 
kishida mavjud bilim va tajriba o'rtasida, esda qoladigan materialning 
ayrim qismlari yoki elementlari o'rtasida bog'lanish vujudga kelishidan 
iboratdir. 
Esda olib qolishning ikki turi mavjud: 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə