227
muvaqqat bog’lanishlar tafakkur qilish uchun birinchi galda
ahamiyatga ega. Tafakkurni yo’naltirib turadigan asosiy nerv-
fiziologik negiz shunday yo’l ko’rsatib turuvchi refleksdirki, bu
refleks tafakkur qilish jarayonlarida katta rol o’ynaydi.
Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning
shunchaki
bir-biri
bilan
almashinishi
tarzida
voqe
bo’lmasdan, balki alohida aqliy operasiyalar-biz idrok
qilayotgan yoki tasavvur qilayotgan narsalar ustida,
umumiylashgan va amalda tushunchalarga ega bo’lgan
ob’yektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo’ladi.
Taqqoslash,
analish
va
sintez,
abstraksiya
va
umumiylashtirish, konkretlashtirish, klassifikasiya (tasnif) va
sistema (tizim)ga solish aqliy operasiyalarning asosiy
turlaridir.
Taqqoslash-
shunday bir aqliy operasiyadirki, bu
operasiya ayrim narsalar o’rtasidagi o’xshashlikni yoki
tafovutni, tenglik yoki tengsizlik borligini, bir xillik yoki
qarama-qarshilik borligini aniqlashda ifodalanadi. Amaliy
taqqoslash
bir
narsani
ikkinchi
narsaga
solishtirib
ko’rilayotganda, masalan, bir qalamni ikkinchi qalamga,
o’lchov
chizig’ini
taxtaga
va
kabilarga
solishtirib
ko’rilayotganda
sodir
bo’ladi.
Taqqoslash
tasavvur
qilinayotgan yoki qilingan narsalarni bir-biriga fikran
solishtirib ko’rish yo’li bilan hal bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: