O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 3,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/150
tarix02.06.2023
ölçüsü3,36 Mb.
#115095
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150
O’zbekiston respublikasisog`liqni saqlash vazirligi toshkent far

 Sensibilizasiya.
 
Analizatorlarning o'zaro munosabati va mashq 
qilish natijasida sezuvchanlikning ortishi sensibilizasiya deb ataladi. 
Masalan, mashq qilish natijasida musiqa bilan shug'ullanadigan 
bolalarda past, baland ohanglarni eshitish qobiliyati rivojlanib boradi.
Qo`zg`alish jarayonining tarqalishi (irradiatsiyalashuvi) natijasida 
boshqa analizatorning sеzuvchanligi oshadi. Kuchli qo`zg`otuvchi ta'sir 
qilganda ko`zg`alishning aksincha to`planish xususiyatiga ega bo`lgan 
jarayoni yuzaga kеladi. O`zaro induktsiya qonuniga binoan bu 
markaziy bo`lmalarda boshqa analizatorning tormozlanishiga va ular 
sеzuvchanligining susayib qolishiga olib kеladi.


211 
Analizatorlarning sеzuvchanligi boshqa sеzgilarga mansub 
qo`zg`otuvchilar ta'siri ostida ham o`zgarishi mumkin. Jumladan 
sinaluvchilarga eshittirib «limon kabi nordon» dеgan so`zlarga javoban 
ko`zlarning elеktr sеzuvchanligini o`zgartirib yuborgani kuzatiladi.
Sеzgi a'zolari sеzuvchanligining o`zgarishi qonuniyatlarini bilgan 
holda maxsus tanlangan qo`shimcha qo`zg`otuvchilarni qo`llanish yo`li 
bilan u yoki bu rеtsеptorni sеnsibillashtirish, ya'ni uning 
sеzuvchanligini oshirish mumkin. 
Sеnsibillashtirishga mashq qilish natijasida ham erishish 
mumkin. Masalan, musiqa bilan shug`ullanadigan bolalarga past-
baland ohanglarni eshitish qobiliyati qanday rivojlana borishini 
bilamiz.
Sinesteziya.
 
Sinesteziya deb, bir analitorning qo'zg'alishi ostida 
boshqa analizaortga xos sezgining hosil bo'lishiga aytiladi. Sinesteziya 
sezgilarning har xil turlarida kuzatiladi. Tovush qo'zg'atuvchilari ta'sir 
qilganda kishida ko'rish obrazlari paydo bo'lsa, bu ko'rish-eshitish 
sinesteziyasi hisoblanadi. Har xil odamlarda bu sinesteziyalarda 
muvofiqlik bo'lmaydi, lekin o'lar alohida kishi uchun turg'un xususiyat 
hisoblanadi. Masalan, ayrim kompozitorlar (N.A.Rimskiy-Korsakos, 
Shopen, Betxoven kabilar)da «rangni eshitish» qobiliyati mavjud 
bo'lgan. Bu xildagi sinesteziyaning yorqin namunasini Litvalik rassom 
M.K.Churlyonisning ijodida, uning ranglar simfoniyasida ko'rish 
mumkin. 
Keyingi paytlarda tovush obrazini rang obraziga aylantiradigan 
rang-musiqaviy sozlarning yaratilayotganligi va rang-musiqaning jadal 
tadqiq qilinayotganligi sinesteziya hodisasiga asoslangan. Sinesteziya 
juda keng tarqalgan bo'lsada u hamma odamlarda ham 
uchrayvermaydi. «O'tkir did», «antiqa rang», «shirin tovush» va shu 
kabilarni ishlatish mumkinligi hech kimda shubha tug'dirmaydi. 

Yüklə 3,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   150




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə