168
qurish ishini sobitqadamlik bilan amalga oshirayotgan O'zbekiston
aholisining xuquqiy madaniyatini va demokratik o'zgarishlarga
psixologik jihatdan tayyorligini amalda ta'minlash, bu sohada
muntazam tarzda ijtimoiy fikr va insonlar dunyoqarashlaridagi
o'zgarishlarni o'z vaqtida o'rganish, bashorat
qilish va taraqqiyot
mezonlarini ishlab chiqishda ikkala fanlar metodologiyasi va
metodlarini birlashtirish tadbiqiy ahamiyat kasb etadi.
Pedagogika
bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi
an'anaviy hamla azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon
talablari ruhida amalga oshirishdagi roli va nufuzi o'ziga xosdir.
Respublikamizda amalga oshirilayotgan yangi «Ta'lim to'g'risidagi
Qonun» hamda «Kadrlar tayyorlash milliy Dasturi»ni
amalga oshirish
ham ikki fan hamkorligi va o'zaro aloqasini har qachongidan ham
dolzarb qilib qo'ydi. Milliy dasturda e'tirof etilgan yangicha modeldagi
shaxsni kamol toptirish, uning chuqur bilimlar sohibi bo'lib yetishishi,
barkamolligini kafolotlovchi shart-sharoitlar orasida yangi pedagogik
texnologiyalarini ta'lim va tarbiya jarayonlariga
tadbiq etishda
pedagogikaning o'z uslub va qoidalari yetarli bo'lmaydi. Shuning
uchun ham psixologiya u bilan hamkorlikda yosh avlod ongining ta'lim
olish davrlaridagi rivojlanish tendensiyalaridan tortib, toki yangicha
o'qitish texnologiyalarini bola tomonidan o'zlashtirilishi va undagi aqliy
hamda intelektual qobiliyatlarga nechog'lik ta'sir ko'rsatayotganligini
o'rganish asosida ta'lim-tarbiya ishini tashkil
etish psixologiyadagi
metodlarni didaktik metodlar bilan uyg'ynlashtirishni taqozo etadi.
Dostları ilə paylaş: