O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


Ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə14/86
tarix24.08.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#120876
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86
matematika oqitish metodikasi

Ma‘ruza mashg‘ulotining texnologik kartasi

Bosqichlar, vaqti

Faoliyat mazmuni



O‘qituvchi

Talaba

1-bosqich.
Kirish (10 min)

1.1 Mavzu, uning maqsadi, o’quv mashg‘ulotidan kutilayotgan natijalar ma‘lum qilinadi.
1.2. Mavzuning rejasi ekranga chiqariladi

1.1 Eshitadi, yozib oldi

2-bosqich.
Asosiy
(60 min)

2.1. O`qitishda qo`llaniladigan metodlari haqida ma‘lumot beriladi. (1-ilova namoyish etiladi)
2.2.Kuzatish metodi (2-ilova) orqali tushuntirib berilad
2.3 Suhbat metodi haqida ma`lumot beriladi
2.4. Bayon qilish metodi tushuntirib beriladi
2.5. Mashq metodi foydalanish o`rgatiladi.
2.6 takrorlash va qarama-qarshi qoyish metodini ohsh va qarama-qarshi tomonlarini tushuntirish.
2.7 Dasturlashtirilgan o`qitish bilan tanishtirish.

2.1. E‘tibor beradilar

2.2. Ma‘lumotni yozib oladilar


2.3. Tushunchaga ega bo‘ladilar

2.4.ilyustrativ va problemali bayon qilish metodini tushunib oladilar.


2.5.mashq metodidan orinli foydalanishni organadilar.
2.6. takrorlash va qarama-qarshi qoyish metodini ohsh va qarama-qarshi tomonlarini anglab yetadilar.
2.7. Dasturlashtirilgan o`qitish bilan tanishadilar.

3-bosqich.
Yakuniy
(10 min.)

3.1. Mavzuga yakun yasaydi va talabalar e‘tiborini asosiy masalalarga qaratadi.
Faol ishtirok etgan talabalarni rag‘batlantiradi Mustaqil ish uchun vazifa: barch metjdlarni «venn» diagrammasiga solish va ilmiy tadqiqot metodlari bilan o`qitishda qollaniladigan metodlarni “konseptual jadval”ga solish.

Eshitildi, aniqlashtirildi.

3.2. Topshiriqni yozib oladi.



4-ilova.




5-ilova
Blits-so‘rov savol-javob



1

Matematika o‘qishda kuzatish metodi qanday amalgam oshiriladi ?




2

Suhbat metodi qanday metod ? Uning qanday foydali tomonlari bor?




3

Bayon qilish metodi necha turga bo‘linadi ? ularni tushuntiring




4

Mashq metodi nima uchun kerak ?




5

Taqqos va qarama-marshi qo‘yish masalalari echganda qanday foydasi bor




6

Dasturlashtirilgan o‘qitish qanday o‘qitish?




6-ilova


Ilmiy tadqiqоt metоdlari O‘qitishda ko‘llaniladigan metоdlar





  1. Kuzatish 1. Kuzatish

  2. Ekseriment 2. Suhbat metodi

  3. Maktab hujjatlarini o‘rganish. 3. Bayon qilish metodi

  4. Suhbat metodi. 4. Mashq metodi

  5. Anketalashtirish metodi. 5. Taqqoslash va qarama-qarshi

6. Dasturlashtirilgan o‘qitish
Kuzatish Kuzatishda
To‘plam O‘quvchilar matematika faktlarini Tanlanma kuzatadilar
I: 1-sinf o‘quvchilari qo‘shishning qo‘shish o‘rik almashtirish xossasini
kuzatish orqali bilib oladilar
Suhbat Suhbat
Bu ilmiy tadqiqot ishini I: 100 ichidagi sonlarni 1 dan
tekshirish uchun xizmat qiladi 9 gacha son, 10 dan 99 gacha nechta
son borligini bayon qiladi
7- ilova

Bayon qilish metоdi ikki turga bo‘linadi:

A) imоstrativ –o‘quituvchi bilimlarining bayon qilish bilan birga uning haqiqiyligini misоllar bilan imоstratsiya qiladi

Prоblemi- o‘qituvchi materialning prоlemasini qo‘yadi uni echimi yo‘llarini ko‘rsatadi, asоslaydi va isbоtlaydi.

I. O’quvchilar bilim oladigan manbalar bo’yicha:


Og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlar (tushuntirish, suhbat, hikoya, kitob bilan ishlash va h.k).
Ko’rsatmali metodlar (tevarak atrofdagi predmetlar va hodisalarni kuzatish, ularning modellari va tasvirlarini qarash) o’quvchilarning amaliy ishlari
II. O’quvchilar fikrining yo’nalishi bo’yicha:
Induksiya, deduksiya va analogiya.
III. Pedagogik ta’sir, boshqarishning darajasi, o’quvchi-larning o’qishda mustaqilliklar darajasi bo’yicha:
O’qituvchi boshchiligida bajariladigan o’quv ishi metodi;
O’quvchilarning mustaqil ishlari metodi.
IV. O’quvchilarning mustaqil faolliklari darajasi bo’yicha:
Izohli-illyustrativ metod;
Reproduktiv metod: bilimlarni muammoli bayon qilish metodi;
qisman izlanish va tadqiq qilish metodi.

I. Og’zaki, ko’rsatmali va amaliy metodlar


1) Og’zaki metodlar – qisqa muddat ichida hajmi bo’yicha eng ko’p ma’lymotlarni berish, o’quvchilar oldiga muammolar qo’yish, ularni hal qilish yo’llarini ko’rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar o’quvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.
a) Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda o’qituvchi materialni bayon qiladi, o’quvchilar esa uni, ya’ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi.
Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo’lishi kerak. Boshlang’ich matematika kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur. Misollar: 1. ko’p xonali sonni bir xonali songa yozma bo’lish algoritmi
(656:4; 1896:6)...
2. 1 yoki 0 ga ko’paytirish hollari. Bolalarda ko’paytirish amali haqida tarkib topgan bilimlar 1 yoki 0 ga ko’paytirish holini tushunib olishlariga yordam bermaydi. o’qituvchi bilimlarni tayyor holda yetkazishi kerak.
O’qituvchining bilimlarni tushuntirish metodidan ma’lumotlar to’g’rsidagi nazariy materiallar ishlatish bo’yicha yo’l-yo’riq berishda foydalaniladi.
b) Suhbat bu eng ko’p tarqalgan va yetakchi o’qitish metodlaridan biri bo’lib, darsning har xil bosqichlarida, har xil o’quv maqsadlarida qo’llanishi mumkin, ya’ni uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo’llanilishi mumkin.
Suhbat – o’qitishning savol-javob metodidir, bunda o’qituvchi o’quvchilarning bilimlarini qay darajada o’zlashtir-ganliklari va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo’li bilan o’quvchilarni qo’yilgan ta’limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotda suhbat metodidan ko’pincha matematik tushunchalar bilan tanishtirilayotganda (son, arifmetik amallar va hokazo) qonuniyatlar tipidagi bilimlar (arifmetik amallar xossalari va ular komponentlari bilan natijalari orasidagi bog’lanishlar) tanishtirishda foydalanish tavsiya yetiladi.
O’qitishda suhbatning ikki xilidan, ya’ni katexezik va evristik suhbatdan foydalaniladi.
Katexezik suhbat – shunday savollar tizimi asosida tuziladiki, bu savollar ilgari o’zlashtirilgan bilimlar, ta’riflarni oddiygina qayta yeslatishni talab yetadi.
Bu suhbatdan asosan bilimlarni tekshirish va baholashda yangi materialni mustahkamlashda va takrorlashda foydalaniladi.
2.Ko’rsatmali metodlar.
O’qitishning ko’rsatmali metodlari – o’quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi. Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o’qitishda, ayniqsa, boshlang’ich sinflarda keng foydalaniladi. Tevarak atrofdagi predmet va hodisalar va ularning turli-tuman modellari (har xil tipdagi ko’rsatma-qo’llanmalar) kuzatish obyektlari hisoblanadi. o’qitishning ko’rsatmali metodlarini o’qitishning og’zaki metodlaridan ajratib qo’yib bo’lmaydi. Ko’rsatma-qo’llanmalarni namoyish qilishni har doim o’qituvchining va o’quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O’qituvchining so’zi bilan ko’rsatma vositalardan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:
1) o’qituvchi so’zlar yordamida o’quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;
2) og’zaki tushuntirishlar obyektning bevosita ko’rin-maydigan tomonlari haqida ma’lumotlar beradi;
3) Ko’rsatma-qo’llanmalari o’qituvchining og’zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustrasiya bo’lib xizmat qiladi;
4) o’qituvchi o’quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.
3. Amaliy metodlar. Malaka va ko’nikmalarni shakllantirish va mukammalashtirish jarayoni bilan bog’liq bo’lgan metodlar o’qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og’zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba’zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tatbiq qilish, malaka va ko’nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo’llaniladi.
Mashq deb biror amalni, shu amalni o’zlashtirish yoki mustahkamlash maqsadida rejali ravishda tashkil qilingan takroriy bajarishga aytiladi. Mashqlar tayyorlash, mashq qildirish va ijodiy mashqlarga katta ahamiyat beriladi. Ijodiy xarakterdagi mashqlarga masalan, masala va misollarni turli usullar bilan yechish, ifoda bo’yicha masala tuzish, qisqa yozuv, chizmaga ko’ra masala tuzish, muammoli masalalarni yechish mashqlari va boshqa mashqlar kiradi.

Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə