O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus


Astronomiya va materialistik dunyoqarash manzarasi



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə57/63
tarix02.03.2022
ölçüsü5,69 Mb.
#84247
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63
Fazo jism fizik tab. va evol. 2020(28.09.2019)

Astronomiya va materialistik dunyoqarash manzarasi

Astronomiya boshqa tabiiy fanlar bilan bir qatorda o’zining tarixiy bosib o’tgan yo’li davomida tabiatga materialistik nuqtayi nazardan qarashga o’z xissasini dunyoning tuzilishi va kelib chiqishini tushuntirishda diniy qarashlarga qarshi qo’ydi.

Boshqa fanlardan astronomiyaning farqi osmon jismlari ustida tajriba o’tkazishning iloji yo’q. Ossmon jismlarini tekshirishda ulardan kelayotgan nurlanishni o’rganish mumkin. Astronomlar biror hodisani qaytarishni iloji yo’q, masalan, o’ta yangi yulduzning chaqnashini, kuzatilgan hodisani yoki nazariy hodisani tekshirirish uchun xuddi o’shanday o’ta yangi yulduzni topish kerak bo’ladi. Shunga qaramay bizni o’rab turgan olamni bilishda astronomiyaning roli katta. Haqiqatdan ham, optik asboblar bilan planetalar sistemasini va yulduzlar sistemasini o’rganish olimlarga geosentrik nazariyani noto’g’riligi to’g’risida olimlarga ko’p faktlar berdi va diniy qarashlarning noto’g’riligini isbotladi.

Kosmonavtikadagi yutuqlar, yaqin kosmomni osmomon jismi sifatida Yerni o’rganish va u to’g’risidagi bilimlarimizni boyitdi. Biz o’ylagandek Oyda, Venerada, Marsda va boshqa Quyosh sistemamidagi fizik jarayeyonlar sun’iy yo’ldoshlarda olingan yangi fizik kimyoviy natijalardan, Quyosh sistemasi mavjud u bor va dunyo bitta, uning qonunlari universal ekanligi o’z tasdig’ini topdi. Shuni takidlash lozimki ba’zi hollarda, astronomik kuzatishlarni taxlil qilganda, ular to’g’risidagi nazariyalarni ishlab chiqayotganda alohida extiyotkorlik lozim bo’ladi va tabiiy ilmiy va falsafiy natijalarni tushuntirishda ham buni isbotlovchi misol qilib galaktikaning spektrini qizilga siljishi muammosini keltirish mumkin. Bu hodisa ba’zi nomdor astronomlarni (Dj. Djins va boshqalar) koinotning abadiyligidan voz kechib, hozirgi zamon kosmologiyasini diniy qarashlar bilan tushuntirishga harakat qilishdi. Hozirda ba’zi dindorlar ilmiy kosmologiya va dinni birlashtirib moddiy dunyoni ya’ni Koinotni paydo bo’lishini tushuntirishga harakat qilmoqda.

Haqiqatdan Metagalaktikaning kengayib borishini “dunyo yaratilishining” boshlanishi deb qarash to’g’ri emas. O’tazich moddaning holati uning boshlab kengayishida chegaraviy holatni belgilaydi, busiz oldingi fizikaning fundamental nazariya va qonunlarini tushuntirib bo’lmaydi.

Shu narsani ishonch bilan aytish mumkinki moddalarning o’ta zich holati, o’tgan zamonda “hama narsaning” absolyut boshlanishi emas, u materiya rivojlanishida bir faza hisoblanib, u materiya harakati natijasida hosil bo’lib, fan nuqtayi nazaridan ham to’liq o’rganilmagan. Materiya yo’qolmaydi va yana yangidan paydo bo’lmaydi, o’zining doimiy harakati natijasida bir formadan boshqasiga o’tshi mumkin.

Dunyo bitta unda harakatlanuvchi materiyadan boshqa narsa yo’q, uning o’zgarishi xilma-xil, bitma tuganmas holda namoyon bo’ladi. Materiyaning bitmas tuganmasligi shu narsada namoyon bo’ladiki, tabiat o’lchab bo’lmas darajada o’zi to’g’risida tassurotga ega.

Materialistik dunyo qarash diniy dunyoqarashga qarama-qarshi bo’lib, dunyo uzluksiz rivojlanishda u tabiatda evalyusion va revalyusion yo’llar bilan boradi. Haqiqatdan ham, astronomlar aniqladiki har xil yoshdagi yulduzlarda portlash(revolyusion) jarayonlari, ularda va galaktikalarda sifat jihatdan yangi materiyaning holatiga o’tishini kuzatgan. Ushbu jarayonlar ta’sirida Koinotda materiyaning yangi formasi-hayot va uning oliy formasi ongli hayot shakllangan.

Hozircha aytish qiyin qayerda jonli, ongli hayot ko’p uchraydi, lekin bitta aniq misol yerda hayot mavjud. Lekin hayotning kelib chiqishini va koinotdagi yuqori rivojlangan sivilizasiya ko’rsatadiki tarixiy rivojlanishning yo’li Koinotda insonning o’rni: diniy qotib qolganlik va uning ajoyibligi va Koinotning markaziy holati, Yer va Quyosh sistemasining qator holatlari, Quyoshning Galaktikadagi, Galaktikaning boshqa Galaktikalar ichida o’rni Yer sivilizasiyasining koinotdagi o’rni bilan belgilanadi.

Shulardan kelib chiqib astronomlar, radioastronomiya usullarini qo’llagan holda Yerdan tashqarida sivilizasiyani izlamoqda. Bu soxadagi birinchi qadam 1960 yil ko’zgusining diametri 25m bo’lgan radioteleskop yordamida bir-biriga yaqin joylashgan –τ Kit va ε-Eridan Quyoshga o’xshagan bu yulduzlar atrofidan sun’iy radiosignallarni topishga harakat qilishdi. Rossiyada diametri 15m bo’lgan va sezgir qayd qilgichga ega bo’lgan radioteleskop yordamida uzoqligi Zopk dan kam bo’lgan yulduzlar yuqoridagi usul yordamida o’rganilmoqda. Bundan tashqari uzoq yulduzlarni ham “eshitish” ustida ham urunishlar bo’lmoqda. Yulduzlarga va yulduz to’dalariga kodlangan radiosignallar yuborilmoqda, hozircha bu tekshirishlardan natija yo’q.

Astronomik tekshirishlar har xil osmon jismlarini va yulduzlararo muhitni ko’rsatish Koinotdagi materiya bir xil uni o’rganish mumkin.


Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə