O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 5,69 Mb.
səhifə56/63
tarix02.03.2022
ölçüsü5,69 Mb.
#84247
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63
Fazo jism fizik tab. va evol. 2020(28.09.2019)

Nazorat savollari:

  1. Kosmogoniya nimani o’rganadi?

  2. Galaktikaning paydo bo’lish to’g’risidagi teoriyalr.

  3. Yulduzlar qanday rivojlangan?


Ma’ruza – 31. Quyosh sistemasining paydo bo’lishi.
Quyosh sistemasining paydo bo’lishi to’g’risidagi birinchi ilmiy g’oyalar 1755 yilda nemis filosofi I.Kant tomonidan ilgari surilgan. Kantning g’oyasiga ko’ra Quyosh va boshqa planetalar o’zaro ta’sir kuchlari tufayli qattiq jismlar bulutlarining bir-biriga yopishishi tufayli hosil bo’lgan. Bu fikr ko’pchilik olimlar tomonidan juda yuqori baholanib atroflicha o’rganildi va rivojlantirildi.

Ikkinchi g’oya 1796 yilda fransuz astronomi P.Laplas tomonidan ilgari surilgan g’oyadir. Laplasning g’oyasi quyidagicha. U Saturn halqasini planetaning o’z o’qi atrofida aylanish tufayli ajralib chiqqan gaz deb faraz qilib, Laplas Quyosh aylanishi tezligi uning siqilish tezligidan katta bo’lgan gaz tumanliklaridan shakillangan degan g’oyani ilgari surdi. Ya’ni bu jarayon natijasida Quyoshdan Saturn halqalariga o’xshash halqalar ajralib chiqqan bo’lishi mumkin degan fikrni ilgari surishadi.

Bu g’oya taxminan 100 yil davom etti. Lekin keyinchalik Kant g’oyasiga o’xshash g’oyalar inkor qilindi. Chunki bu g’oyalar Quyosh sistemasini qonuniyatlarini tushintirib bera olmadi.


  1. Planetalar Quyosh atrofida yer orbitasiga juda kam qiyalashgan holda aylana bo’ylab harakat qiladi. Ya’ni Quyosh ekvatori bilan Yer orbitasi tekisliggi orasidagi taxminan 7° ga teng bo’ladi.

  2. Planetalar Quyosh atrofida o’z o’qlari atrofida aylanish yo’nalishida aylanadi. (g’arbdan sharqga qarab). Xuddi shunday aksiriyat planetalar ham shunday aylanadi. Lekin Venera, Uran va Plutoni planetalari sharqdan g’arbga qarab aylanadi deb fikr bildirilgan.

  3. Quyoshning massasi quyosh sistemasining 99,87% ni tashkil etadi.

  4. Planeta massasining Quyoshgacha bo’lgan masofaga ko’paytmasi va uning orbital tezligi ko’paytmasi shu planetaning harakat miqdorining momenti deb ataladi: Quyosh massasining uning radiusiga va chiziqli aylanma tezligiga ko’paytmasi Quyoshning harakat miqdori momentini beradi deb tasavur qilinadi. Bu ko’paytmalarning umumiy yig’indisi Quyosh sistemasi harakat miqdori momentini beradi deb ta’kidlashadi. Bunga ko’ra 98% planetalarga qolgan 2% Quyosh hissasiga to’g’ri keladi. Ya’ni Quyosh juda sekin aylanadi (uning chiziqli tezligi 2 km/s)

  5. Yer gruhidagi planetalarning fizikoviy xususiyatlari Gigant planetalar fizik xususiyatlaridan farq qiladi.

Kant va Laplas g’oyalari bu qonuniyatlarni tushintirib bera olmadi. Shuning uchun ham bu g’oyalar rad etildi. Masalan Neptun planetasi Quyoshdan o’rtacha d=30 a.b. masofada joylashgan va uning orbitasi chiziqli tezligi v=5,5 km/s. Bundan kelib chiqadiki bu planetani hosil qilgan Quyoshning tezligi ham ekvatorial bo’yicha hyech bo’lmaganda shuncha bo’lisha kerak edi. Quyosh siqilib, keyinchalik boshqa planetalarni hosil qiladi va hozirga vaqtda uning radiusi R≈0,01 a.b. ga teng. Fizika qonunlariga ko’ra Quyosh ekvatorial tezligi quyidagicha bo’lishi kerak edi:

(1)

Ya’ni haqiqiy 2 km/s tezlikdan birnecha marta katta bo’lar edi. Bularning hammasi Lapdas g’oyalari noto’g’ri ekanligini ko’rsatadi.

XX asrning boshlarida boshqa g’oyalar ilgari surildi. Lekin bu g’oyalar ham Quyoshning tuzilishi to’g’risida aniq bir qonuniyatni yaratib bera olmadi va shuning uchun inkor qilindi.

Quyosh sistemasining paydo bshlishi to’g’risidagi hozirgi g’oyalarga Quyosh gaz-chang muhitdan paydo bo’lgan degan xulosalarga asoslanadi. Gaz va changlardan bundan 5 mlrd yil avval paydo bo’lgan Quyosh avval juda sekin aylangan. Quyosh asta sekin siqilishi tufayli uning tezligi ham ortib borib, keyinchalik disk shakliga kelib chiqqan.

Diskning markaziy qismi Quyoshning paydo bo’lishiga asos bo’lgan. Uning chetki qismlari planetar shakllanishi uchun imkoniyat yaratgan. Bu g’oya orqali Yer gruhidagi planetalar kimyoviy tarkibidagi va massalaridagi farq atroflicha tushintiriladi. Haqiqatan ham Quyoshdagi yengil elementlar (vodorod, geliy) yonishi natijasida bosim ortishi bilan, ya’ni bosimning ta’sirida markaziy qismdan chiqib ketadi. Shuning uchun ham Yer gruhidagi planetalar bir kimyoviy elementlardan tashkil topgan va o’lchami kichik bo’lib qolgan. Gaz va changning zichligi juda katta bo’lgani uchun Quyosh nurlari o’tishi ancha qiyinlashgan shuning uchun uzoq planetalar yoki gigant planetalar yirik bo’lib shakllangan bo’lib ularning tarkibi asosan yengil kimyoviy elementlardan tashkil topgan.

Bu kosmogonik g’oya Quyosh sistemasiga oid boshqa bir qator qonuniyatlarini ham izohlab beradi. Shuningdek bu g’oya massaning Quyosh va boshqa planetalar orasida taqsimlanish qonuniyatini ham tushintirib beradi. Quyoshdan planetalargacha bo’lgan masofani zamonaviy qiymatini ham aniqlash imkonini beradi. Bu g’oya 1944-1949 yillarda O.Yu.Shmidt tomonidan ilmiy mulohazalar asosida ishlab chiqilgan. Shundan keyin bu g’oya Shmidning shogirdlari tomonidan rivojlantirilgan.

Bu g’oyaga ko’ra planetalarning shakllanishi jarayoni quyidagicha:

Disk shaklidagi gaz-chang bulutida uning zarrachalarining o’zaro to’qnashishi natijasida juda ko’p sondagi quyuqlashuvlar yuzaga keladi. Shu bilan bir qatorda to’qnashuvlar tufayli juda ko’p mayda quyuqlashuvlar buzilib ketadi va keyinchalik yirik quyuqlashuvlarga qushilib ketadi va natijada ular tobora yiriklashib, zichligi ortib boradi. Natijada planetalar markazini hosil qila boshlaydi. Hosil bo’lgan qotishmaning noelastik to’qnashuvlari aylan shakliga olib keladi. Vaqt o’tishi bilan bir-biridan ancha uzoqda turgan yirik qotishmalar saqlanib qolib, ular Quyosh atrofida orbita bo’ylab harakat qila boshlaydi. Bu qotishma kurtaklar million yillar davomida katta planetalarni hosil qiladi. Mars va Yupiter orbitalari orasida ya’ni bu yerda Yupiter planetasining gravitasion ta’siri qotishma ko’rtaklarning turg’unligiga xalaqit beradi va qotishma ko’rtaklar rivojlanmay qoladi. Natijada bu sohada kichik planetalar, asteriodlar metioridlar shakllangan bo’lishi mumkin. Chang bulutlarining boshlang’ich paytida yengil gazlar qoldiqlaridan va kam miqdordagi changlardan uzoqdavrli juda ko’p miqdordagi kometalar hosil bo’lgan.

Lekin haqiqatga yaqin bu gipotezani tekshirib bo’lmaydi. Chunki bizning sistemamizga o’xshash sistemani hali biz kuzatgan emasmiz. Shuning uchun bu g’oyalarni hozircha hyech narsa bilan solishtirib o’rgana olmaymiz.

Lekin muntazam olb borilayotgan kuzatishlar bu muammoni yechish imkonini beradi deb umid qilamiz. Yerning su’iy yo’ldoshlarida turib olib borilgan kuzatishlar ya’ni Vega yulduzini va Formalgadt yulduzlarini kuzatishlar ularning atrofida infraqizil nurlanish borligini ko’rsatadi. Bizga ma’lumki infraqizil nurlanishlar bu qattiq zarrachalarga xosdir. Balkim bu yulduzlarda protoplanetali bulutlar bo’lishi mumkin. Bu bulutlar vaqtlar o’tishi bilan planetalarni shakllantiradi. Yer koridari radioaktiv elementlarni tahlil qilish, Oy tuprog’idan olingan namunalarni o’rganish va geologik ma’lumotlar Yerning yoshi taxminan 4,5 mlrd yil ekanligidan dalolat beradi. Quyosh va Quyosh sistemasidagi planetalar bundan 5 mlrd yil avval shakllana boshlagan. Quyoshdagi evalyusion jarayon sekin kechayotganligi sababli, bundan 3 mlrd yil avval Yerda hayot paydo bo’lgan. Juda ko’p yillar o’tishi va evolyusiyaning sekin kechishi tufayli Yerda hayot o’zining bugungi kundagi holatiga kelgan.

Quyosh atrofida planetalarning paydo bo’lishi va ularning shakllanishi bu qonuniy jarayondir. Shuning uchun biz yuqoridagi xulosalardan kelib siqib, barcha yulduzlar atrofida planetalar mavjud va ularning ko’pchiligida hayot mavjud degan muhim xulosaga kelishimiz mumkin.


Yüklə 5,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   63




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə