1-mavzu: psixodiagnostika va eksperimental psixologiya faniga kirish reja



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə1/4
tarix15.09.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#122068
  1   2   3   4
1. Taqdimot

REJA:

  • 1.Psixodiagnostika fanining predmeti.
  • 2.Psixodiagnostik tadqiqotlarning maqsad va vazifalari.
  • 3.Psixodiagnostika fanining boshqa fanlar bilan aloqasi.
  • 4.Psixodiagnostikaning kasbiy, axloqiy jihatlari
  • 5. Eksperimental psixologiya fanining predmeti va vazifalari
  • «Psixodiagnostika» atamasi psixologik tashxis qo‘yish degan ma'noni anglatib, shaxsning ruhiy holati, to‘liq biror-bir alohida xususiyati haqida xulosa chiqarishdir, bunda «tashxis» shaxsning taraqqiyot ko‘rsatkichi va tavsifnomalarni birgalikda tahlil qilish asosida sinaluvchining holat va xususiyatlari haqidagi xulosalardan iborat.
  • Psixodiagnostika – bu maxsus bilimlar sohasi bo‘lib, individ yoki guruhning psixologik taraqqiyot ko‘rsatkichlarini, holat va xususiyatlarini baholash uchun metodikalar majmuini ishlab chiqish bilan bog‘liqdir. Psixologiya fani o‘rganayotgan har qanday jarayon psixodiagnostikaning baholash ob’yekti bo‘lishi mumkin.

«Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop yetilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.

  • «Psixodiagnostika» atamasi ilk bor Rorshaxning «Psixodiagnostika» asari chop yetilishidan so‘ng psixiatriyada qo‘llanilgan bo‘lib, u tez orada tibbiyotdan tashqarida ham keng miqyosda ommalasha boshladi. «Diagnoz», ya'ni «tashxis» esa shaxs rivojlanishidagi har qanday og‘ishlarni, hattoki uning holat va xususiyatlarining konkret taraqqiyot darajasini aniqlash demakdir.

Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • Psixodiagnostika fanining nazariy vazifalari quyidagilardan iborat:
  • -psixik ko‘rinishlar tabiati va ularni ilmiy jihatdan tamoyilial baholashning imkon darajasini aniqlashtirish;
  • -hozirgi paytda psixologik ko‘rinishlarning miqdorini baholash va uning ilmiy asoslanganlik holatini o‘rganish;
  • -psixodiagnostik usul va uslublarning asosiy metodologik talablari nimalardan iborat;
  • -psixodiagnostik tadqiqotning shart-sharoitlari, natijalarni qayta ishlash hamda ularni interpretatsiya qilish usullarining ishonchliligi nimalarga asoslangan;
  • -test va psixodiagnostik metodlarning tuzilishi hamda ilmiyligini tekshirishning asosiy muolajalari nimalardan iborat.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə