109
o'tirganlar birinchi guruhga misoldir.
Ikkinchi guruhdagi odamlarning har doim ham bevosita muloqotda bo'lish imkoniyatlari
bo'lmaydi. Ular o'rtasidagi munosabat va o'zaro ta'sir bilvosita bo'ladi.
Jamoa - maqsadlari jamiyat maqsadiga mos keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan
odamlar guruhi. Jamoa o'spirin va yoshlar-ning shaxsini shakllantirish uchun eng qulay
shart-sharoitlar yaratila-digan birlik hisoblanadi. Oila jamoasi, maktabdagi o'quv-tarbiya
jamoasi, korxona jamoasi, nihoyat kechagi maktab o'quvchilari o'rta ma'lumot olganidan
keyin borib qo'shiladigan mehnat jamoalari shun-day bir ijtimoiy muhit hisoblanadiki, unda
shaxsning voyaga yetishi va har tomonlama rivojlanishi yuz beradi.
2. Jamoa va guruhlarda shaxslararo munosabat
Guruhga kiruvchi odamlar bir-birlariga va guruhning faoliyatiga nisbatan bir xil nuqtai
nazarda bo'lmaydilar. Guruhning har bir a'zosi o'zining ishchanligi va shaxsiy fazilatlariga,
o'z maqomiga, ya'ni lining guruhda tutgan o'rni haqida dalolat beradigan, mustahkamlab
qo'yilgan huquq va burchlariga, uning xizmatlari va fazilatlarini guruhning tan olishi yoki
olmasligini aks ettiradigan nufuziga binoan Ciiruhdagi shaxslararo munosabatlar tizimida
muayyan mavqeiga ega noiadi.
Psixologiyada guruh ichidagi tabaqalanishning ikkita asosiy tizimi sotsiometrik va
referentometrik afzal ko'rish va tanlashlar alohida ajralib turadi.
PSIXOLOGIYA
fanidan
TEST SAVOLLARI
1.
Psixologiya so‟zi qanday ma‟noni bildiradi?
«Psixologiya» so‟zi ikkita grek so‟zlaridan – «psychye» – jon, ruh va «logos» – ta‟limot, degan
ma‟noni bildiradi
«Psixologiya» so‟zi qadimgi yunon ma‟budasi ismidan olingan
«Psixologiya» so‟zi ikkita grek «psychye» va «logos» so‟zlaridan olingan bo‟lib, shaxs degan
ma‟noni anglatadi
to‟g‟ri javob yo‟q
2.
Psixologiyaning predmeti nima?
110
konkret shaxs, uning jamiyatdagi xulq-atvori va turli ichki kechinmalari, amallari va faoliyatlarining
o‟ziga xos tarzda ongi tomonidan aks ettirilishidir
psixika
Individ
a va b javoblar to‟g‟ri
3.
Psixikaning namoyon bo‟lish shakllari qanday?
bilish jarayonlari
psixik jarayonlar, psixik holatlar
psixik jarayonlar, psixik holatlar, shaxs xususiyatlari
psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar
4.
Bilish jarayonlariga nimalar kiradi?
apatiya, qiziquvchanlik, hayratlanish, sezgi, idrok, xotira, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish
sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat
sezgi, tafakkur, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt
emosiya, idrok, xayol, nutq, diqqat, xarakter, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
5.
Qaysi javobda psixik holatlar to‟g‟ri berilgan?
emosiya, e‟tiqod, bardamlik, tetiklik, apatiya, qiziquvchanlik, hayratlanish, ishonchlilik, ijodiy
ruhlanish
apatiya, qiziquvchanlik, hayratlanish, sezgi, idrok, xotira, ishonchlilik, ijodiy ruhlanish
yo‟nalishlar, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
emosiya, idrok, xayol, nutq, diqqat, xarakter, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
6.
Qaysi javobda shaxs xususiyatlari ketma-ketiligi to‟g‟ri berilgan?
emosiya, idrok, xayol, nutq, diqqat, xarakter, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi
sezgi, tafakkur, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt
yo‟nalishlar, temperement, xarakter, qobiliyatlar, iqtidor, intellekt, xulq-atvor, ish uslubi, mas‟uliyat
sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol, nutq, diqqat
7.
Psixologiyaning fanlaro aloqasini necha blokka bo‟lish mumkin?
2 ta: ijtimoiy-gumanitar va iqtisodiyot
3 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy, aniq va texnika; iqtisodiyot
5 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy; aniq; texnika; iqtisodiyot
4 ta; ijtimoiy-gumanitar; tabiiy; aniq va texnika; iqtisodiyot
8.
AQShda muhandis psixolog qanday vazifani bajaradi?
odam va texnika o‟zaro munosabatlariga oid psixologik muammolar bilan shug‟ullanadi
111
odam-texnika ti-zimidagi o‟zaro munosabatlar xususida bilimlarga ega bo‟lib, texnik moslamalarni
ishlab chiqishda ishtirok etadi
shaxsiy muammolarni hal qilish yuzasidan tavsiyalar berib, testlar o‟tkazadi
muloqot malakalari oshirish, shaxsning o‟z imkoniyatlarini takomillashtirish bo‟yicha treninglar
o‟tkazadi
9.
RFda maktab psixologi qanday vazifani bajaradi?
shaxsiy muammolarni hal qilish yuzasidan tavsiyalar berib, testlar o‟tkazadi
muvaffiqiyatli o‟qishga xalaqit beruvchi omillarni diagnostika qiladi
maktabdagi o‟quv jarayoniga oid muammolar bilan shug‟ullanib, o‟quv-chilar, ota-onalar va
o‟qituvchilarga psixologi maslahatlar beradi
shaxsning usta-novkalari, dunyo-qarashi va biddi-yatlarini, ijtimoiy guruhlararo muno-sabatlarni,
liderlik masalalarini o‟rga-nadi
10.
AQShda iste‟molchilar psixologiyasi bo‟yicha mutaxassisning bajaradigan fuksiyasi qaysi qatorda
to‟g‟ri berilgan?
maxsus maslahatlar, menejerlarni o‟qitish va tayyorlash bo‟yicha trening-seminarlar tashkil etish,
tashkilotlarda axborotlar almashinuvining psixologik tomonlarini o‟rganadi
tovarlarning emotsional jihatdan iste‟molbopligini baholaydi, marketing, reklama va mollarning tovar
qiyofasiga oid muammolarni o‟rganadi
ishlab chiqarish sharoitlarini takomillashtirish hamda xodimlarni tanlash masalalarini o‟rganadi
psixologiyaning turli aspektlariga oid ma‟ruzalar o‟qiydi
11.
RFda bolalar psixologining bajaradigan fuksiyasi qaysi qatorda to‟g‟ri berilgan?
psixologiyaning turli aspektlariga oid ma‟ruzalar o‟qiydi
inson tug‟ilishidan to qarigunicha bo‟lgan taraqqiyot davrining psixologiyasini o‟rganadi
kichik guruhlar va jamoalar rivojlanishi va psixologiyasini
bola taraqqiyoti masalalari bilan shug‟ullanib, ota-onalarga maslahat-lar beradi va bola-larni
maktabga tayyorlaydi
12.
Umumiy psixologiya psixologiyaning qanday sohasini o‟rganadi?
psixologiyaning barcha masalalarining o‟ziga xos jihatlarini o‟rganadigan maxsus sohasi
turli yoshdagi odamlarning tug‟ilgandan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini,
shaxsning shakllanishi va o‟zaro munosabatlari qonuniyatlarini o‟rganadi
avtomatlashtirilgan boshqaruv sistemalari operatorning faoliyatini, odam-texnika o‟rtasida
funksiyalarni taqsimlash va muvofiqlashtirishning xususiyatlarini o‟rganadi
jamiyatda tijoratning psixologik sharoitlari, ehtiyojning individual, yoshga oid, jinsga oid
xususiyatlarini, xaridorga xizmat ko‟rsatishning psixologik omillarini aniqlaydi, modalar
psixologiyasi kabi masalalarini ko‟radi
Dostları ilə paylaş: |