O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus



Yüklə 39,9 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə54/104
tarix26.09.2017
ölçüsü39,9 Kb.
#2123
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104

 
152 
Diqqatning ko‟lami – bir vaqtning o‟zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati. 
 
Diqqatning taqsimlanishi – diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga taqsimlanish xusuiyati. 
 
Diqqatning ko‟chishi – diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchisiga ko‟chirish. 
 
Dialog – ikki va undan ortiq kishilarning o‟zaro og‟zaki gaplashishi. 
 
Dialogik nutq – nutq turlaridan bo‟lib, bunda so‟zlovchilar barobar teng, birgalikda faollik ko‟rsatadi. 
 
Dominant shaxs – boshqalar bilan muomala va munosabat o‟rnatishda o‟z fikrini o‟tkazish xislatining 
yorqin namoyon bo‟lishi. 
 
Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini va rivojlanish 
qonuniyatlarini o‟rganadi.            
 
Yosh davri nizolari – o‟ziga xos, uncha uzoqqa cho‟zilmaydigan ontogenez davrlari bo‟lib, bu vaqtda 
keskin psixik o‟zgarishlar yuz beradi. 
 
Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan birlashgan odamlar 
guruhi. 
 
Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli qarorlarni shakllantiruvchi 
jamoa a‟zolari. 
 
Yo‟nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat‟i nazar ma‟lum yo‟lga 
yo‟naltiruvchi barqaror motivlar yig‟indisi. 
 
Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari va psixikasining o‟ziga 
xosligi, qaytarilmasligi. 
 
Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o‟zgarsa-da, idrok qilishdan hosil bo‟lgan narsa obrazlarning 
nisbatan o‟zgarmasligi. 
 
Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma‟lumotlarni ichki olam obyektiga kiritish 
xususiyati. 
 
Idrokning butunliligi – sezgi a‟zlariga bevosita ta‟sir etib turgan obyektlarni, ularning belgi va 
xususiyatlari bilan birgalikda qo‟shib idrok etish. 
 
Istedod – shaxsning ma‟lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori darajasi. 
 
Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o‟ziga xos maxsus tarmog‟i bo‟lib, unda psixik va 
jamiyat taraqqiyoti qonunlari o‟rganiladi. 
 
Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot - faoliyat jarayonida uni faol 
tarzda o‟zlashtirish jarayoni. 
 
Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta‟sir etgan narsa va xodisalarning yaqqol obrazi. 
 
Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan kutilishi mumkin bo‟lgan 
xolatning bashorat qilinishi. 
 


 
153 
Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo‟lib, o‟zgaruvchan mustaqil turli xolat 
va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va jarayonlarga ta‟sir etishdagi aniq ma‟lumotlariga 
tayanadi. 
 
Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta‟sir ko‟rsatish jarayoni. 
 
Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o‟z ichida kechayotgan fikrlarini bayon 
etish ehtiyojining nihoyatda pastligi. 
 
Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo‟lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar, mehnat natijalari hamda 
mehnat subyektini tayyorlashga qo‟yiladigan talablar majmui. 
 
Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so‟z, ibora, abzaslarni ma‟no-mohiyatini takrorlanish 
darajasiga qarab tahlil etish usuli.  
 
Kuzatish – sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog‟liq ravishda tekshirish, 
o‟rganish, ma‟lumotlar to‟plash metodi. 
 
Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma‟lumot, axborot, g‟oyalar almashinuvi jarayoni. 
 
Kichik guruh – a‟zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug‟ullanuvchi va bevosita shaxslararo 
munosabatda bo‟luvchi kishilar guruhi. 
 
Ko‟nikma – odamening ma‟lum ishni bajarishga tayyorligida ko‟rinadigan qobiliyati. K. mahoratning 
asosini tashkil etadi. 
 
Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda o‟rgansh. 
 
Metod – bilishning nazariy va amaliy o‟zlashtirish usullari yig‟indisi. 
 
Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo‟lib, bilishning nazariy va amaliy o‟zlashtirish usullari 
yig‟indisidir. 
 
Motiv – ma‟lum ehtiyojlarni qondirish bilan bog‟liq faoliyatga undovchi sabab. 
 
Motivasiya – odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui. 
 
Malaka – mashq qilish jarayonida ish harakatlar bajarilishining avtomatlashgan usullari. 
 
Mehnat psixologiyasi - kishi mehnat faoliyati psixologik xususiyatlarini, mehnatni ilmiy asosda 
tashkil etishning psixologik jihatlarini o‟rganadigan fan. 
 
Mehnat faoliyati psixologiyasi – bu psixologiyaning bir sohasi bo‟lib, inson shaxsini mehnat subyekti 
sifatidagi shakllanishi  xususiyatlarini, mehnatning shart-sharoitlari, yo‟llari va usullarini ilmiy 
jihatdan o‟rganadi. 
 
Mehnat – inson ehtiyojini qondirish asosida tashqi olamni o‟zgartirishga  qaratilgan maqsadli 
faoliyat. 
 
Mutaxassislik – faoliyatning aniq shakli bo‟lib, mehnat egasining kasbiy  tayyorligi, mehnat 
vositalari, mehnat jarayoni va maqsadining maxsus xususiyatlari bilan belgilanadi. 
 


 
154 
Mehnat subyekti (egasi) – bu faol harakat qiluvchi, anglash va o‟zgartirishga layoqatli, ong va iroda 
bilan ish olib boruvchi individ yoki ijtimoiy guruh. 
 
Muloqot – ikki yoki undan ortiq odamlarning o‟zaro bir-biriga ta‟sir etishi. 
 
Melanxolik – temperament turlaridan biri bo‟lib, psixik faollikning sust, tez ta‟sirlanuvchanlik, xatto 
arzimagan narsalar uchun ham juda chuqur ta‟sirotga berilishi bilan xarakterlanadi.  
 
Monologik nutq – bir odamning o‟z fikrlarini og‟zaki yoki yozma ravishda ifodalash nutqi. 
 
Monolog – ma‟ruzachi tomonidan nutq so‟zlanishi, ma‟ruzachi aktiv, tinglovchi passiv bo‟lgan 
jarayon. 
 
Mobil shaxs – shaxsning bir faoliyat turidan boshqasiga o‟tish va moslashish imkoniyatining yuqori 
darajada kuzatilishi. 
 
Negativizm – individning har qanday sharoiitda ham guruh fikriga qarshi turishi va o‟zicha mustaqil 
fikr, mavqyeni namoyon qilishi. 
 
Norasmiy – odamlarning birgalikdagi muloqot va faoliyatlarida ular orasidagi munosabatlarning 
o‟zaro ishonch, bir xil qarash va maqsadlarning ko‟zda tutilishi. 
 
Noverbal – nutqsiz ifodalangan harakat, mimika, xolatlarning boshqa shaxsga yo‟naltirilishi. 
 
Nizolar – o‟zaro ta‟sir ko‟rsatayotgan kishilarning qarama-qarshi turishi, bunda fikrlar, pozisiyalar, 
qarashlar teskariligi kuzatiladi. 
 
Nizo turlari – nizolarning kimlar orasida yuzaga kelishiga ko‟ra farqlari: shaxslararo, guruhlararo, 
shaxsiy, etnik, milliy; namoyon bo‟lish xususiyatiga ko‟ra: ochiq, yopiq, uzoq muddatli, qisqa; 
mavqye yoki darajaga ko‟ra: vertikal va gorizontal; yo‟nalishiga ko‟ra: destruktiv va konstruktiv. 
 
Nizo bosqichlari – uch bosqichda, ya‟ni nizo oldi, nizo va nizodan keyingi bosqichlar. 
 
Nizo hal etish yo‟llari – komromiss, ya‟ni kelishuv; joyida hal etish; nizodan chekinish; orqaga 
surish; qochish. 
 
Operativ xotira – xotira turlaridan biri bo‟lib, faoliyat bajarish jarayonida uzoq xotiradan vaqtincha 
foydalaniladi. 
 
Oila – turmush qurish, qarindosh-urug‟chilik asosidagi kichik guruh. 
 
Psixika – yuksak darajada tashkil topgan materiya, miyaning funksiyasi bo‟lib, uning mohiyati 
tuyg‟ular, idrok, tasavvur, fikrlar, iroda va boshqalar ko‟rinishida aks ettirishdan iborat. 
 
Psixik jarayonlar – u yoki bu psixik maxsult va natijalarni (psixik obrazlar, xolatlar, tushunchalar, 
xissiyot va x.k.) xosil qiluvchi, shakllantiruvchi va rivojlantiruvchi jarayon. 
 
Psixologiya – odamning obyektiv borliqni sezgi, idrok, tafakkur, tuyg‟u-hissiyot va boshqa psixik 
xolatlar orqali aks ettirish jarayonini o‟rganadigan fan. 
 
Psixik holatlar – psixik hayot shakllari, diqqat, hissiyot, iroda jarayonlariga aytiladi. P.H. 
(xushchaqchaqlik, ruhlanish, siqilish, ziyraklik, qat‟iylik, tirishoqlik v.b.) shaxslarda ma‟lum darajada 
barqaror bo‟lib, ularning muayyan xususiyatiga ham aylanib qoladi. 


Yüklə 39,9 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   104




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə